Urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 49.09 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi49.09 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

196 guruh talabasi

Ibodullayev Jamshid Komiljon o`g`li

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan

Mavzu: Amir Temurning harbiy va jismoniy tayyorgarligi.

Topshirdi: Ibodullayev J

Qabul qildi: Abdirahmonov L.L.

Urganch-2020 y



  1. Kirish

  2. Amir Temurning harbiy mahorati

  3. Amir Temurning harbiy yurishlari

  4. Amir Temurning jangdagi harakatlarda qo’llagan taktik qoidalari va harakatlari

  5. Amir Temurning harbiy taktik san’ati.

  6. Xulosa

  7. Adabiyotlar ro`yxati


KIRISH

Mustaqil O`zbekistoning jismoniy madaniyat va sportning yanada rivojlantirishga asos buluvchi eng muxim tadbirlar kurilmokda  O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi konuni (1992 yil 14 yanvar) barcha axolining sogligini mustahkamlash uning jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishiga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. SHu bilan birga maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o`quv yurtlari xar yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning ham O`quvchi yoshlarning jismoniy tayorgarlik darajasini kurishdan o`tkazadilar. Umum ta’lim maktablarida boshva o`quv yurtlarida jitsmoniy tarbiya buyicha imtixonlar o`tkaziladi - deb kursatilgan. Bu esa O`quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish ularni mexnat va mudofaa ishlariga layokatli kishilar kilib yetishtirishga qaratilgandir. CHunki bu tadbirlar Respublika axolisini madaniy turmush darajasini oshirish, O`quvchi yoshlarni tarbiyalash ularning mexnat va mudofaaga tayyorlashda (jismoniy tarbiyaning moxiyati) yuksak baxolangan edi. CHorizm O`rta Osiyeni bosib olgandan boshlab, maxalliy axolini zuravonlik bilan ruslashtirishga intildi. Turkiston ulkasida qadimiy xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar va musobakalar fizkulturaning vositalari sifatida saklanib koldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda yangi tildagi maktablarda jismoniy tarbiya mashgulotlarini o`tkazishga urinib kurildi. Erlar va kizlar gimnaziyalarini ba’zilarida jismoniy tarbiya darslari joriy etildi. 1890 yillarda maktablarda jismoniy tarbiya darslari jonlandi. Toshkent, Fargona gimnaziyalarida,  Xarbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, kilichbozlik, otish va turli o`yinlardan mashgulotlar o`tkazila boshladi. XX asr boshlarida Laun-tennis, kryuket, gimnastika, yengil atletika, kilichbozlik anchagina tarkalib Toshkentda sport jamiyatlari tashkil etildi. Masalan: 1904 yil “Toshkent gimnastika va jismoniy xavaskorlari jamiyati”, 1906 yilda esa “SOKOL”  yengil atletika guruxi tashkil etildi. 1913 yilda tashkil etilgan “Toshkent sport xavaskorlar jamiyati” Turkistonda eng yirik sport jamiyati edi. 1908 yildan boshlab, Turkistonda professional polvonlarning chempionatlari o`tkazila boshladi.



Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,

Nasabi haqida gar surishtirsang.

Otadan otaga to Odam-ato

Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy

SHARAFUDDIN ALI YAZDIY

Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi.

Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor.

Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.

Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.Dong’I butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati , shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga , so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar.

Bu davrda Chig’atoy ulusining sharqiy qismi-Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o’z hokimiyatini o’rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug’luq Temur va uning vorisi Ilyosxo’ja 1360-1361 va 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo’g’ul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.

Movarounnahr xalqi barcha tabaqalarining qo’llab-quvvatlashi hamda bevosita ishtirokida 1370-yili hokimiyatni qo’lga olishShimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga birligidan mahrum bo’lgan mamlakatni birlashtirish, istiqlolni qayta tiklash baxtiga muyassar bo’ladi.

Temurbek taxtga o’tirish boisi o’laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar o’z ifodasini harb ishida va harbiy san’atda ham namoyon etadi.

Asosiy karvon yo’llari ustidan nazorat o’rnatish1, ulus qudratini yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustuvor maqsadlar yo’lida Temur o’sha davrda tengi yo’q harbiy kuchlari bilan Jeta, Eron, Afg’oniston, Kavkaz, Iroq, Shom, Misr, Dashti Qipchoq, Shimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor qo’shin tortib bordi, olamshumul zafarlar quchdi.

Harb tarixi Temurni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida, haqli ravishda, tan oladi. Uning harbiy iste’dodi asosan ikki yo’nalishda:mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda tarzida yorqin namoyon bo’ldi.2

Buyuk lashkarboshi va novator tashkilotchi sifatida Temur o’ta intizomli armiya tuzishga, muhoraba chog’ida qo’shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo’ladiga joylarga harbiy kuchlarni o’z vaqtida ustalik bilan yo’llashga har qanday to’siq va g’ovlarni tadbirkorlik bilan bosib o’tishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar bo’ldi.

Sohibqiron turk-mo’g’ul xalqlari, xususan, Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib boorish amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur o’zgartirishlar kiritadi.

Temur barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma’lum darajada yaqin bo’lsa-da biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi:



  1. Chingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chiqariladigan xalq lashkaridan iborat bo’lgani holda, Temur armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi.

  2. Chingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temur qo’shiniga oliy bosh qo’mondondan ko’rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan.

  3. Temur qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma’lumki, Chingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan.

  4. Amir Temur Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’tochar qurol, ya’ni to’p-ra’dni olib kirdi.

  5. Amir Temur armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’I erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunlari ko’rsatgan.3

  6. Sohibqiron tog’li hududlard jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.

  7. Temur jahon harb san’ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida yeti qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.4

Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.

Dubulg’a, zirih (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og’ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g’animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol o’ynagan.

Yurishga jo’natishdan oldin Temurbek arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat vat umanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyruq-tunqal e’lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo’mondonning ad’yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan.Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o’rni, jangovar jartib-yasoli hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishiga ko’ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo’shinni bir yilga yetadigan oziq-ovqat, qurol-yarog’, kiyim kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta’minlashni o’z noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo’shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o’n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o’roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan.

Sohibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Ko’p marotabali so’qishlarda suyagi qotgan, urushni o’zining bosh mashg’uloti deb sanagan jangchilar safar boshlanishidan avval jam qilingan, ularga kirim-chiqiqm daftariga , shuningdek davlatdan maosh ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar ro’yxatiga kiritilgan. Tuzilishiga ko’ra Temurbek armiyasi turk-mo’g’ul xalqlari uchun an’anaviy bo’lgan o’n, yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga o’nbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan. “Temurbek tuzuklari” da qayd etilishicha, qo’shin qo’mondonlari safiga Temurbek oliyhimmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur’atli, sabotli, harb ishiga jon-dilini bag’ishlagan iste’dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e’tibor bergan.

Amir Temur qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jeta singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.

Unda muntazam qo’shinga xos bolgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’hin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurolantirilgan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayroq yoki tug’I orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinniboshqarishda juda qo’l kelgan.

Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.

Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.

Dushman mudofasini turli usullar yordamida barbod etish, g’anim tomonnning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsda olish, qal’a hmada qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq shahar, tuman, viloyatlarni birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta’qib qilish, fath etilgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarni ko’zlab ish yuritish Amir Temurga ko’plab zafarlar olib keldi.



Temurning Oltin O’rdaga qarshi 1395-yildagi yurishi.Amir Temur Movarounnahrni mo’g’ullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo’lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o’rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloya amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Mo’g’uliston bilan Oq O’rda hukmdorlari Farg’ona vodiysining sharqi, O’tror, Yassi (Turkiston)va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga kata ahamiyat berdi.Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg’on viloyati bo’ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O’rda hukmdorlariga tayanib, hanuz bo’ysunishdan bosh tortib kelardi.Xorazmni Amir Temur Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o’z davlatiga qo’shib olish siyosatini tutdi.Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yo’l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi, 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O’rda xoni To’xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so’fi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako’l viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so’fi ilgari Xorazmning Chig’atoy ulusiga tegishli bo’lgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so’fining bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshincji marta yurish qilishiga sabab bo’ldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, Amir Temur davlatiga bo’ysundirildi.

Mo’g’ulistonga yurishi.Bu orada Amir Temur Mo’g’uliston hokimi Qamariddin bilan ham to’qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo’lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370-1371-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda ea Qamariddin hatto Farg’ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo’layotgan muttasil tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga etti marta yurish qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra va Qamariddin ustidan g’alabalar qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorzmda ichki tarqoqlik, o’zaro nizolar, shuningdek, Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek qo’yib, ushbu hududda yashovchi el-u elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Eron va Kavkazga yurishi.Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o’ziga bo’ysundiish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu davrda Oltin O’rda, Xuroson va Erondagi ijtioiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo’l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi.1381-yilda u Hirotni egalladi. Sarxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo’ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategic jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o’tishda ko’prik vazifasini o’tardi. 1381-1384-yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo’ysundirildi.

Temurning uch yirik urushlari. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va Van ko’li atrofidagi yerlar egallandi.

Uch yillik yurish. Amir Temur shu bilan birga shimoli-g’arbdan, ya’ni Oltin O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeyida, 1391-yilning 18-iyunida (Hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig’ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosida vodiysida-Qunduzcha shahri) va nihoyat, 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo’yida To’xtamish qo’shiniga qaqshatqich zarba beradi (Tarak daryosi bo’yidagi jang).To’xtamishga qarshi yasolni tuzishda Sohibqironning o’zi rahbarlik qiladi. U qo’shinning qismlarini jang maydoniga joylashtirishda yangi usulni qo’llaydi va ularni yetti qo’lga ajratadi. To’xtamishxon esa o’z sipohini besh qo’lga bo’ladi.Jang Amir Temurning to’la ustunligida o’tadi.Butunlay tor-mor etilgan To’xtamish qo’shini qoldiqlari Volgaga qadar ta’qib qilinadi.Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatkari, Saroy Berka, Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar vayron qilindi. Amir Temur To’xtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelits shahrini ishg’ol qildi. Sh.A.Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday ta’riflaydi: “Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshi’or cheriki ul viloyatni (shahar atrofini) chobtilar va andag’I hokimlarini tobe qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…”5. Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizig’I shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechivu bo’yida O’rusning o’g’li Quyrichoq o’g’lonni chaqirtirib unga qo’lga kiritilgan sobiq Jo’ji ulusini in’om etdi. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning yozishicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchunham buyuk ahamiyat kasb etgan.

Besh yillik yurish. Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi.

Hindistonga yurishi.Amir Temurning Hindiston ustiga yurishi qilgan urushi (1398-yil may-1399-yil mart) qariyb o’n bir oy davom etdi.Amir Temur Hindistondan katta o’lja, shu jumladan, 120 jangovar fil bilan qaytdi.O’ljalarning bir qismi qo’shinga taqsmlab berildi, qolgani Kesh va Samarqand shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.

Yetti yillik urush. Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albek), Dimishq(Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston o’lkasi (Qadimgi Kappadokiya) bilan Bag’dod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt etiladi.

Amir Temur va Boyazid Yildirim o’rtasidagi jang 1402-yilning 25-iyulida bo’lib o’tadi. Manbalarda ta’kidlanishicha Turkiya sultonining qo’shini taxminan 160ming jangchidan iborat bo’lgan.Sohibqiron armiyasi o’zining an’anaviy jangovar tartibi yasolda harakat qiladi.6Sipohning qirq qo’shun-qismdan tashkil etilgan humoyun markazi-qo’lga Sohibqiron bevosita qo’mondonlik qiladi.Shiddatli to’qnashuv keskin va uzoq davom etadi. Nihoyat Amir Temur qismlarining siquviga bardoshi qolmagan sulton qo’shinlari chekina boshlaydi. Boyazid qo’mondonligidagi jangchilar so’nggi nafasgacha qarshilik ko’rsatishda davom etadilar.Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan g’alaba qozondi.Turkiya sultoni asir olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o’g’illari Muso va Iso Chalabiylar ham asir tushdilar. So’ng Amir Temur Anadoli yarim oralini egallab, O’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. So’ngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim bo’ldilar, Misr ham o’z itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasroniy olamining Boyazidga yig’ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo’lga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning o’zi kattagina karvonga yuk bo’lgan. Bandi qilingan Boyazid o’rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom ko’rsatadi. Uning vafotidan so’ng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat ko’zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi.Chunonchi Boyazidning to’ng’ich o’g’li Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi.Edirni (Adrianopol) shahri uning poytaxti etib belgilandi.Anadoluning shimoli-g’arbiy qismi suyurg’ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi.Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bo’lmagan.Chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qo’lini cho’zdi. Shunday bo’lsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar.Chunki Amir Temur endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.



Amir Temurning harbiy taktik san’ati.

Amir Temurning asosiy harbiy yurishlarida harbiy taktik san’atning rivojlanishi. Sohibqironning sarkardalik san’ati. Amir Temurning sarkardalik iste’dodi uning To‘xtamishga qarshi va Hindistondagi yurishlari chog‘ida hamda turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi kurashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Amir Temurning To‘xtamishga qarshi uchta yurishidan (1389, 1391, 1395 y.) ikkita oxirgisi, ayniqsa 1395 yilda uni Terek daryosi bo‘yida tor­mor etilishi harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai nazaridan katta e’tiborga sazovordir. Bu harbiy yurish va jangning asosiy natijasi va sabog‘i quyidagilardir: 1. Amir Temurning qo‘shini og‘ir va murakkab sharoitlarda rejalashtirilgan yurishni amalga oshirdi, bunda faqat cho‘l hududlaridan bosib o‘tilgan yo‘l 2500 kilometrdan oshib ketdi. 2. Amir Temur qo‘shini safarning og‘ir va harakatlanish qiyin bo‘lgan uchastkalaridan dushmanga sezdirmasdan o‘tdi. 3. O‘zining mohirona manyovrlari bilan Amir Temur To‘xtamishning qo‘shinini Azov bo‘ylaridan qo‘shimcha madad kuchlari kelishi ehtimoli bo‘lgan janub tomondan kesib qo‘ydi. 4. Sohibqiron o‘zining mohir harakatlari tufayli To‘xtamishni katta jangga kirishga majbur etdi va shu bilan uni og‘ir safarni amalga oshirgan Amir Temur qo‘shinini holdan toydirishga qaratilgan kichik urushlarni olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. 5. Safar chog‘ida Amir Temur armiyasi katta va kichik suv to‘siqlaridan kechib o‘tdi. Bunda sayoz kechuv joylaridan (brodlar), ko‘priklardan va suzib o‘tish usulidan foydalanildi. 6. Qunduzcha jangida Amir Temur birinchi bo‘lib o‘z qo‘shinini etti qismga bo‘lishdek yangi jangovar tartibni qo‘lladi. Qudratli zaxira ham ajratildi. 7. Jangdan oldin Sohibqiron dushmanning ruhiy holatiga putur etkazishga qaratilgan ruhiy hujumni o‘tkazdi. 8. Jang natijasini zaxiraning jangga kiritilishi va Amir Temurning qanotdan bergan qudratli zarbasi hal qildi. 9. Dushmanni ta’qib etish shunday shiddat bilan olib borildiki, u bir joyga yig‘ilishga ulgurmasdan tarqalib ketdi yoki tor–mor etildi. SHunday qilib, Amir Temur qo‘shinining jangovar tartibi uchta chiziqni o‘z ichiga olgan: birinchi – avangard, ikkinchi – asosiy kuchlar va uchinchi – zaxira. Birinchi chiziqni engil qurollangan jangchilar tashkil etib, ular jangni boshlaganlar, dushmanning jangovar tartibini tarqatib yuborganlar va uning safida parokandalikni keltirib chiqarganlar. Ikkinchi chiziq qo‘shinlari og‘ir qurollar bilan qurollanganlar va ular dushmanning hujumini qaytarishlari kerak bo‘lgan. Markazda saflangan qo‘l qo‘shinning asosini tashkil etgan va ko‘p hollarda jangning taqdirini hal qilgan. Engil piyodalar bo‘linmalari asosiy avangardning, markazning, chap va o‘ng qanotlardan oldinda joylashgan. O‘ng va chap qanot avangardlari hamda arergard faqat otliq qo‘shinlardan iborat bo‘lgan. Harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai nazaridan To‘xtamish bilan bo‘lib o‘tgan urush, ayniqsa 1395 yildagi Terek daryosi bo‘yidagi jang quyidagi xususiyatlarga ega: 1) Amir Temur qo‘llagan harbiy hiylasi tufayli hech qanday xatarsiz va yo‘qotishlarsiz o‘z qo‘shinini Terek daryosidan olib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. 2) Jang arafasida Amir Temur o‘z lagerini jihozladi va uni dushmanning tungi ehtimoliy hujumini qaytarish uchun tayyorladi. 3) Bu jangda ikkala tomon ham o‘z qo‘shinini etti qismga bo‘lib safladi. 4) Amir Temurning jangovar tartibi chuqur qilib yaratildi va mudofaaning barqarorligini va hujumning samaradorligini ta’minladi. 5) Jang davomida Amir Temurning qo‘shini turli xil taktik usullarni – tezlik bilan hujumga o‘tish, pistirmalar, quranlar (aravalardan yaratilgan to‘siq) yaratish, otliqlarning piyoda tartibda jangga o‘tishlari va boshqalarni juda samarali qo‘lladi. 6) Amir Temur qo‘shinning samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etib murakkab vaziyatdan chiqib ketishni ta’minladi va keyinchalik muqarrar g‘alabani qo‘lga kiritdi. 7) O‘ng qanotda bosh zarba berish yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash eng murakkab vaziyatda jangning natijasini hal qildi. 8) Bu jang o‘rta asrlarning eng yirik janglaridan biri bo‘ldi. 9) Natijada Oltin O‘rdaning qudratiga qaqshatqich zarba berildi, shundan keyin u avvalgi qudratini tiklay olmadi. Harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai nazaridan Hindistonga uyushtirilgan harbiy safarning natijalari quyidagilar: 1) qo‘shin uch kolonnaga bo‘linib, keng front bo‘ylab harakat qildi. Oldinga jo‘natilgan o‘ng qanot Hindistonga hujum qilish uchun tayanch bazasini yaratishi kerak edi; 2) Amir Temur qo‘shini og‘ir va murakkab sharoitlarda Hindiqush tog‘laridan oshib o‘tdi; 3) qo‘shin keng va toshqin daryolarni kechib o‘tdi. Daryolardan kechib o‘tish uchun kechuvning turli xil usullari qo‘llanildi: ko‘priklar, qayiqlar, suzib o‘tish; 4) o‘tish qiyin bo‘lgan joylarda joylashgan, kuchli mustahkamlangan qal’alarni egallashda Sohibqiron dushmanni qisqa muddatlarda taslim bo‘lishga majburlovchi juda samarali usullarni qo‘lladi; 5) Sohibqironning jangchilari birinchi bor jangovar fillardek dahshatli kuch bilan jang olib bordilar. Fillarga qarshi mohirona qo‘llanilgan vositalar tufayli jangovar fillar qochdi va o‘zining jangchilarini yanchib tashladi; 6) jangdan oldin Sohibqironning jangchilari hind qo‘shinlarining ehtimoliy hujumlarini qaytarish uchun lager qurdilar; 7) g‘alabaga erishishda qismlarning o‘rtasida o‘rnatilgan yaxshi o‘zaro hamkorlik va o‘z vaqtida ularni zaxira kuchlari bilan qo‘llab­quvvatlash muhim rol o‘ynadi; 8) hal qiluvchi zarba dushman jangovar tartibining markaziga berildi; 9) jangning natijasida dushmanning ruhi tushib ketdi va u Dehlining mudofaasini tashkil qila olmadi, shahar Amir Temur qo‘shinlari tomonidan jangsiz egallandi. Jangning birinchi davri – jangovar tartibning qanotlaridagi janglar. Boyazidning qo‘shini safardan toliqqanidan foydalanib, Sohibqiron birinchi bo‘lib engil otliqlar bilan zarba berdi, keyin esa o‘ng qanot avangardining serblarning qatoriga qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. SHundan keyin butun o‘ng qanot jangga kiritildi va serblarning qatorlarini chap qanotdan va front ortidan o‘rab oldi, lekin serblar ayovsiz qarshilik ko‘rsatishda davom etdilar. CHap qanot avangardi boshida muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi, chunki 18 minglik yollangan tatar otryadlari Amir Temur tomoniga o‘tdi. Boyazidning o‘g‘li Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinining o‘ng qanoti chekinishni boshladi. SHu paytda Amir Temur, serb ritsarlarini turklarning asosiy kuchlaridan ajratib qo‘yish uchun ikkinchi chiziqdagi qo‘shinlarni jangga kiritdi, lekin serblar yorib o‘tishga va yanicharlar otryadi bilan birlashishga muvaffaq bo‘ldilar. Jangning ikkinchi davri – Amir Temur qo‘shini tomonidan turk qo‘shinining asosiy kuchlarini qurshovga olinishi. Amir Temur zaxirani jangga tashladi, u turklarning asosiy kuchlarini qurshovga ola boshladi. Serb ritsarlari g‘arb tomonga chekina boshladi. Amir Temur qo‘shinlari yanicharlarni qurshovga olishni osonlik bilan oxiriga etkazdilar, ularni yanchib tashladilar, Boyazidni esa asirga oldilar. Jangning uchinchi davri – turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish. Sulaymon qo‘mondonligidagi turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qilish uchun Amir Temur 30 mingta jangchini ajratdi, ularning 4 mingtasi otlarda beshinchi sutkada Brussaga etib keldi. Sulaymon o‘zining kichik bir otryadi bilan kemalarga o‘tirib suzib ketishga zo‘rg‘a ulgurdi. Jangning to‘rtinchi davri – Kichik Osiyoning g‘arbiy O‘rta er dengizi qismini bosib olinishi. Sulton Boyazidning asosiy kuchlarini tor­mor etganidan keyin Amir Temur qo‘shini turk qo‘shinlarining qolgan­qutganlarini ta’qib qildi va Kichik Osiyoning O‘rta er dengizi qirg‘oqbo‘ylariga chiqdi. Amir Temurning harbiy san’ati haqida gap borganda, uning armiyasidagi taktika va strategiya qat’iyligi bilan ajralib turishini alohida ta’kidlab o‘tmasdan bo‘lmaydi. Bu kurashning strategik asoslarini faol hujumkor harakatlar va urush olib borishning usullari va shakllarini chuqur bilish tashkil etdi. Buyuk Sohibqiron harbiy san’atida tezkorlik manyovr taktikasi muhim ahamiyatga egadir. Amir Temur mana shu doimo uni mag‘lubiyatlardan asragan va g‘alabaga etaklagan marsh­manyovrlarning ustasi edi. Amir Temur jang maydonida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritish uchun taktik darajada tez­tez o‘z qo‘shinini manyovr qilib turdi. Amir Temurda jang davomida kerakli joyda kerakli vaqtda etib kelish qobiliyati bor edi. Bu hammasi unga to‘g‘ri va o‘z vaqtida qaror qabul qilishga va o‘z buyruqlarini bajarilishini nazorat qilishga imkon yaratdi. SHu bilan birga, buyuk sarkarda, urushda muvaffaqiyatga erishishda hamda strategik va operativ­taktik rejalarni amalga oshirishdagi muhim omil – armiyaning qattiq markazlashgan boshqaruvida deb hisobladi. Markazlashgan boshqaruvning ma’nosi – armiyaning hamma qismlari yagona qo‘mondonlikka bo‘ysunishidadir. Barcha amirlar bosh qo‘mondonga bo‘ysungan edilar va o‘z majburiyatlarini aniq bajardilar. «Eskadron boshliqlariga men buyruqlarimni o‘ta aniqlik bilan bajarishni buyurdim. Boshliq yoki oddiy jangchi agarda mening topshiriqlarimni bajarishdan bosh tortsa yoki uni buzsa, qattiq jazoga tortdim», deb yozilgan edi «Temur tuzuklari»da. Amir Temur taktika va strategiyani ishlab chiqqan buyuk sarkardalardan biridir. U bahssiz donishmand davlat arbobi va iste’dodli sarkardalikni o‘zida mujassam etgan, o‘z zamonasining muvaffaqiyatli va kuchli harbiy boshlig‘i edi. Amir Temurning tarixiy buyukligi unga tarixning o‘zi tomonidan yuklatilgan bir qator vazifalarni bajarganligidadir. Birinchi vazifa – O‘rta Osiyo hududini yagona markazlashgan davlatga birlashtirish. Ikkinchi vazifa – Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaning tor­mor etilishi bo‘lib, shundan keyin cho‘l davlati o‘zining avvalgi qudratini tiklay olmadi. Bu, o‘z navbatida, uning hokimiyatini rus knyazliklari ustidan kuchsizlanishiga va birlashgan Moskva Rusini mo‘g‘ullar zulmidan to‘lig‘icha ozod bo‘lishini tezlashtirdi. Uchinchi vazifa – Amir Temurning 1402 yilda Anqara yaqinida usmoniylar sultoni Boyazidning ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan bog‘liq. Usmoniylar davlati armiyasini tor­mor etib, Amir Temur shu bilan uni kichik davlatlarga bo‘lib tashladi. Bu davlatning yana yagona bir davlatga birlashishiga uzoq 50 yil talab qilindi. Mana shu yarim asrlik davr SHarqiy va Markaziy evropa xalqlari uchun juda muhim bo‘ldi. U usmoniylarning g‘arbga ekspansiyasini yarim asrga kechiktirdi. Mana shu vaqt mobaynida evropaning tarqoq davlatlari o‘z qudratlarini ancha mustahkamlab oldilar.

Xitoyga yurishining boshlanishi. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning O’trorda vafoti (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avval sir tutilsada, ammo ko’p vaqt o’tmay bu noxush xabar mamlakat bo’ylab tarqalib ketadi.Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelib dafn qilinadi.

Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi.

Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi.

Bosib olingan yerlarning kengayib borishi bilan Amir Temur qo’shinlari soni ham ortib boraverdi. Bosib olingan viloyatlardagi qurol ko’targan har bir kishi Amir Temur lashkariga qabul qilinar va amaliga qarab maosh olardi. Jasur jangchilarning farzandlariga ham nafaqa to’lanar, agarda ular jasorat ko’rsatsalar, yuqori mansablarga ko’tarilishlari ham mumkin edi.Dushman tomon qo’shinlari ham shu asosda xizmatga qabul qilinardilar.

Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.

Vatan tushunchasi, harbiylar tushunchasi, o’rta maktabda harbiy ta'lim vazifalari, tеxnik, taktik tayyorgarliklari, maktab o’quvchilarni chaqiruvgacha bo’lgan jismoniy tayyorgarligi.Amir Tеmur o’gitlarida sog’lom avlodni tarbiyalashga oid ko’rsatmalar haqida. Yoshlarni yurt vatan himoyasiga tayyorlash qadim qadimdan bеri eng muxum muqaddas burchlardan hisoblangan. Bu borada o’tmishning eng dono siymolari bosh qotirib bunday muqaddas burchni tan olish yo’llarini o’rganib, tahlil qilib o’zlarining qimmatli maslaxatlarini aytib bizga mеros qilib qoldirganlar, jumladan ijtimoiy boshqalardan hisoblangan yurt vatan ximoyasidagi acosiy tayyorgarliklardan biri kishilarni jismoniy tayyorgarligi muxum ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlab o’tgan. Jumladan u «shunday dеgan» olimpiya o’yingoxida mashq qilayotgan o’n kurashchi olimpiadalarini ko’rib ularni baqquvatliklari, epchil, chaqqon, tеzkkor harakatlarini kuzatib, agar yunonistonda ana shunday alp bahodirlardan 6-mingta bo’lsa yurtimizga har qanday bosqichidan himoya qila olamiz dеgan. Bunga amal qilgan yunonlarning kuch kudrati tarixdan bizga ma'lum.Yoshlarni kuchli, quvvatli qilib jismoniy fazilatlarni rivojlantirib o’q yoy otishga, suzishga o’rganish haqida xodislarda ham aytib o’tilgan. Jismoniy tayyorgarlikning muhim tomonlaridan biri, suzishning qancha hayotiy zarurligi uning amaliy ahamiyatga ega ekanligi haqida qobusnoma ham aytilgan. M.N.Kaykovus shunday dеdi: O’n yashar bo’lganimizda otam ot ustida mashq qilish, nayza urish, zubin otish, chavgon urish, kamon otish kabi hunarlarni o’rgatib boshladi. Bu hunarlarni o’rgangandan so’ng ularni namoyish qilganimdan kеyin otam zarur hunar qolganligi aytdi. Bu shunday hunar ediki zarur bo’lgan vaqtda o’zi uchun faqat o’zi qiladigan. Boshqa kishi uni o’rniga o’tib qila olmaydigan hunarni aytib. Bu hunar suvda quloch otib suzishini va bu hunarga albatta o’rganish zarurligini jalb qildi. Dar xakikat suzish harbiy amaliy ahamiyatga ega ekanligini II jaxon ypyshi yana bir karra ko’rsatib, bu narsaga amal qilmaslik o’rta osiyolik jangchilarga juda qimmatga tushgani eslash o’rinlidir urushda qurbon bo’lgan jangchi ota bobolarimiz akalarimizning 60 foizga yaqin daryolardan kеchayottanda suzishni bilmay suvga cho’kib kеttanlar. Yoshlarni harbiylikka, mustaqil muqaddas zamin, yurt vatan himoyasiga tayyorlashda bunday tarix soboqlarini unutmasligimiz kеrak.



 Lashkar tuzishda soxibkiron Amir Tеmur ( Amir Temur davri haqida referat ) bobomiz ham o’z tadbiriga ega bo’lib uch qoidaga amal qilgan. Birinchidin - yigitning kuch quvvatiga, ikkinchidan - qilichni o’ynata olishga, uchinchidan - aql zakovatiga, kamolatiga e'tibor qilgan. Shu uch fazilat jamuljam bo’lsa navkarlik xizmatiga olingan. Nеcha kam kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchilik, azobu-uqubatlarga chidamli bo’ladi. Qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi. Oqil navkar har joyda aql-idirokni ishga solib mashg’ulotni bartaraf etmog’i mumkin. Bu qoidalarga amal qilgan Amir Tеmur harbiy yurishlarida qanday muvaffaqiyatlarga erishgani bizga ma'lum. Nosog’lom odam nima kilaoladi? Barcha zamonlarda ham kuch-quvvatga Amir Tеmur hayotida extiyoj katta bo’lgan zеro u salomatlik sog’lomlik kuch­ quvvat qadri o’rni kuch quvvatga bеrgan ahamiyati haqida timsolidir. Sog’lom odam kuchli bo’ladi hamda yaxshi ishlar qila oladi. Chunki u yashagan davrda har qanday tadbir bilan kuch-quvvatning ham o’z o’rni bo’lgan. Undan tashqari yaxshi o’gitlar ham qoldirgan. «Askari quvvatli mamlakat boy bo’lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo’lur». O’gitning nеchog’lik hayotiy ekanligi bugun zarurdir.Yoshlarni jismoniy barkamolikka zrishtirish va bunday ishni yurt, Vatan uchun nеchog’lik zaruryati jismoniy barkamollik harbiy ilmlarni o’zlashtirishga, o’rganishga nеchog’lik muxim ekanligi Buyuk Turon zaminida yashab o’tgan barcha donishmandlarni diqqat markazida bo’lgan. Jumladan  Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy, Oybеkning romanida chavgon o’yini orqali bulajak harbiy jumhuriyatlarni aniqlash mumkinlgi to’g’risida aytilgan.Shuni ham takidlash lozimki xalq ogzaki ijodi, zrtaklar, dostonlarda yoshlarni baquvvat, jasur, o’z yurtini, elini, himoya qilishga tayyorlashni ko’p tomonlari yaxshi ifodalanib bu borada xalqimizning orzu niyatlari batavsil bayon qilingan. Bularga Alpomish, Rustamxon, Go’ro’g’li, Muqbil toshotar va boshqalar misol bo’la oladi.19 asrlarga kеlib bizga yoshlarni harbiy jismoniy tayyorgarlik,haqidagi bilim tajribalarni Еvropa xalqlari davlatlari bilan bog’lanib kеtdi. Bu jarayon albatta ham salbiy ham ijobiy tomonlari bor. Salbiy tomoni biz bu borada ota-bobolarimiz qoldirgan boy mеrosdan uzoqlashdik ijobiy tomoni biz yoshlarni harbiyga tayyorlashda jismoniy tarbiyadan foydalanishni Еvropa xalqlari tajribasidan baxramand bo’ldik.Jumladan еngil harbiy tayyorgarlikda jismoniy tayyorgarlikni ahamiyati to’g’risida ba'zi fikrlarni aytib o’tgan shulardan birida shunday dеydi Hozirgi paytda qilinayotganidеk yigirma yoshli yigitlarni qora tеrga botirib o’zlari ham tеrlab pishib ishda dag’allashib kеtgan suyaklarini, muskullarini va paylarini avvalgi sеrharakat va epchil holiga qaytarishga bеxuda urishishdan ko’ra barcha sinflardagi o’quvchilarning a'zolaridagi elastiklik va epchillik yo’qolmasdan turib, ularga gimnastika snaryadlarida erkin gimnastika va mashqlarni muntazam ravishda hamda asosli o’rganish yaxshirok zmasmikan? Avvalo odamlarni moyil qilib kеyin esa harbiy xizmatda ularni tag’in qaddi-qomati kеlishgan va sеrharakat qilishga intilish bеmanilik emaslik axir? Basharti boshlang’ich va o’rta maktablarda bu mayinlikning oldi olinsa askarlar uch chandon yaxshi bo’lishini chinligini tushunmaydilar». dеb takrorlaydi. Sobiq ittifoqda ham harbiyga tayyorlashda katta etibor bеrilar zdi.

Xulosa

Amir Temur qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jeta singari yerlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.

Unda muntazam qo’shinga xos bolgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’hin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurolantirilgan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayroq yoki tug’I orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinniboshqarishda juda qo’l kelgan.

Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.



Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. I.Karimov “Sohibqiron kamolga yetgan yurt” T.1996

  2. I.Karimov “Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir” T.1996

  3. I.Karimov “Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamrohlik ruhi bizga namuna bo’laversin” Asarlar, 4-j., T. 1996;

  4. Amir Temur jahon tarixida, Parij. 1996

  5. Hamidulla Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati T. 1996

  6. Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi T. 1991

  7. Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T. 1992

  8. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T. 1996

  9. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T. 1997

10. Mixail Ivanin Ikki buyuk sarkarda T. 1994

1



2



3



4



5



6



Download 49.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling