Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana03.09.2017
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8


qarashlilik  kuchi. 

 

Korroziyalanishning  harakatlantiruvchi  kuchi  -  muvozanat  potensiallarinig 



farqi  va emirilayotgan  metallning  ionlashuvi bulsa, qarshilik  kuchi  - ayrim ketma-

ket va paralel boruvchi bosqichlar amalga oshuvining qiyinligidir. Bular qatoriga:  

 

o‘tish  reaksiya  (kuchish  reaksiya)  lari  kiradi,  ya’ni  zaryad  tashuvchi 



zarrachalar  (metall  ioni  va  elektronlar)  ning  qo‘sh  elektr  qavatning  diffo‘zion 

qatlami orqali kattik faza (metall) dan suyuq (yoki gaz) fazaga o‘tishi kiradi. Bunda 

zaryadli  zarrachaning  kuchishi  ellektrod  potensiali  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  energetik 

to‘siqni engib o‘tishi kerak. 

 

ximiyaviy  reaksiyalar:  metall  ioning  erituvchi  (suv)  molekulalari  bilan, 



korrozion  muhitdagi boshqa  ionlar bilan ta’sirlashi  gidratlangan  ion  yoki  murrakab 

tarkibli  kompleks  va  kam  eriydigan  gidroksidlar  hosil  kilish  jarayonlari  kiradi. 

Umuman  bu  reaksiyalar  gomogen  (eritmada)  va  geterogen  (metall  sirtida)  tabiatga 

ega bo‘lishi mumkin. 

Potensialning  korroziya    tezligiga  ta’siri.Korroziyalanish  tezligiga  asosiy 

ta’sir  etuvchi  termodinamik  kattaliklardan  biri  metallning  elektrod  potensialidir. 

Potensialning  o‘zgarishi  elektroximiyaviy  jarayonlar  muvozanatini  siljishiga, 

boshqacha aytganda korroziya tezligi o‘zgarishiga olib keladi. 

Masalan,  metalning  muvozanat  potensialini  musbat  potensial  tomonga 

siljitilsa, metall sirtidan elektronning  ajralishi tezlashadi, ya’ni: 

{Me

n+

*ne



-

}+ mH


2

O= Me


n+

* mH


2

O+ ne


-  

  

muvozanat ungga suriladi. Bu anod jarayoni tezligini (anod toki zichligini) ortishga 



34 

 

olib keladi.  



Ma’lumki, korroziyalanish  bir  vaqtda boruvchi anod  va katod jarayonlaridan 

iboratdir. Bu jarayonlar tezligi i

a

 va i


k

   bilan harakterlanib, Tafel tenglamasiga ko‘ra 

ularning potensiao bilan o‘zaro bog‘liqligi quyidagi ko‘rinishga ega: 

 i

a



 = K

a

 * exp*( V nF/RT) *   va i



k

 = K


k

 * C


e

ox

* exp*(- nF/RT)* . 



bu erda: K

, K



k

 - anod va katod jarayonlari tezligi doimiysi; 

 qo‘sh  elektr  qavatdan  zaryadlar  o‘tishining  energetik  shartiga  muvofiq  keluvchi 

koeffitsientlar (   +    =1) 

 C

e

ox



 - oksidlovchining elektrod atrofidagi konsentratsiyasi. 

 i

a



 -  ifodasida  metallning  konsentratsiyasi  ishlatilmagan, chunki S

m

 = 1  mol/l 



(kattik faza)ga teng deb olinadi. 

Bu  ikkala  tenglama  korroziya  jarayoni  uchun  asosiy  (fundamental)  formula 

hisoblanib,  biror  reaksiya    potensialining  ortishi  ikkinchi  reaksiya  tezligini 

kamayishiga olib keladi. Agar potensial musbat qiymat ortishi tomonga siljisa, anod 

reaksiyasi tezlashib katod jarayoni sekinlashadi. 

Ikkala  elektrod  jarayonlari  tezliklari  metall  sirt  yuzasi  birligidan  vaqt  birligi 

ichida  ajralib  chiquvchi  elektronlar  soni  shu  vaqt  birligi  ichida  oksidlovchi  qabul 

kilib  oluvchi  elektronlar  soniga  teng  bo‘lganda  i

a

=i

k



  tenglashadi  (S  nuqta).  Bunda 

sistemada  statsionar  (doimiy)  potensial  yuzaga  keladi  va  korroziyalanish  potensiali 

deyiladi.  Unga to’g’ri keluvchi toq - i

kor


 korroziyalanishi toki zichligi   deyiladi (S 

nuqta).  Bu  vaqtda  metallning  sirti  bir  xil  potensial  bilan  harakterlanib,  potensiallar 

farqi  yuzaga  kelmaydi,  ya’ni  metall  sirtining  barcha  nuqtalari  izopotensial  bo‘lib 

qoladi, metall bir me’yorda emrila boshlaydi [8]. 

Har  bir  jarayon  muvozanat  potensiali  bilan      o‘rtasidagi  farq            

va “o‘ta kuchlanish” deb aytiladi va har bir jarayonning qanchalik qiyinchiligi bilan 

borishi (energetik to‘sig‘i)ning miqdoriy harakteristikasi hisoblanadi. 

“O‘ta  kuchlanish”  ning  amaliy-  ahamiyati  shundaki,  elektrod  jarayoni 

tezligini  o‘zgartirish  uchun  (almashinish  toki  qiymatini  biror  belgilangan    (i

kor


qiymatgacha  o‘zgartirish  uchun)  muvozanat  potensialini  qanday  qiymatga 

(o‘zgartirish) siljitish kerakligini ko‘rsatadi [9]. 


35 

 

Bir  necha  oksidlovchi  ishtirokida  boruvchi  Korroziya.  Ayrim  xollarda  bir  necha 



oksidlovchining  birgalikdagi  ta’siri  tufayli    korroziya  ro‘y  beradi.  Bunday  xollarda 

oksidlovchi sifatida N va O

2

 birgalikda ishtirok etishadi. Bu korroziyalanish asosan 



pH < 7  ro‘y beradi. 

Bu  korroziyalanishda  emiruvchi  agent  sifatida  muvozanat  potensiali 

musbatrok  bulgan  modda  avval  reaksiyaga  kirishadi,  ayni  xolda  bu  O

2

 



molekulasidir.  Bu  jarayonning  asosiy  tuskinligi  diffo‘ziya  xodisasi  bulib,  uning 

natijasida  i

02

cheg


    -  yuzaga  keladi.  Bu  jarayonda  diffo‘zion  uta  kuchlanish  kiymati 

muvozanat  potensiali  kichikrok  bulgan  oksidlovchi  kaytarila  boshlaguncha  oshib 

boradi (ya’ni vodorodli uta kuchlanish xodisasi amal  kiladi). 

Korroziyalanish  potensialiga  etganda  metall  sirtida  ikkala  oksidlovchi  xam 

kaytarila boshlaydi (O

2

  va  N



+

).  Bunda kislorodning qaytarilishi- diffo‘zion chegara 

toki  (i

02

cheg



)  zichligi  bilan,  N

+

  -  ning  qaytarilishi    i



H2

=i

kop



  -  i

02

np



  tok  zichligi  bilan 

xarakterlanadi.  Polyarizatsiya  diagrammasidan  kurinib  turibdiki,  ikki  yoki  undan 

ortiq oksidlovchilar kaytarilishi bilan boradigan korroziya jarayoni ularning xar 

biri alohida ishtirok etgandagidan ancha katta tezligi bilan boradi [10].  

 

Adabiyotlar tahlili bo‘yicha xulosalar 



 

 

 



Adabiyotlar, ilmiy  maqolalar  va patentlar tahlili  quyidagilarni ko‘rsatdi:  

1.  Metallar  korroziyasi  turli  muhitlarda  turlicha  ketadi,  korroziyaga 

muhitning konsentratsiyasi, ko‘p tuzlilik, potokning tezligi, ta’sir etuvchilar harorati 

kabilar keskin ta’sir etadi. 

2.  Tahlildan 

ya’na 


shular 

ma’lum 


bo‘ldiki, 

ko‘pchilik 

ishlab 

chiqaruvchilarga  udum  bo‘lgan  universial  zangga  qarshi  qoplamalar  bo‘lishi 



mumkin  emas  degan  xulosaga  keldim.  CHunki  mettallar  korroziyasini  keltirib 

chiqarish  turlicha  jarayonlarni  o‘z  ichiga  olgani  sabab,  zangga  qarshi 

qoplamalarning  ham  spetsipik,  ya’ni  har  bir  xolat  uchun  alohida  turlarini  yaratish 

maqsadga muvofiq.  

3.  Adabiyotlar  tahlilida  rangli  zangga  qarshi  qoplamalar  borligi  va 

ularning  ishlatish  sohalari  to‘g‘risida  ma’lumotlarni  uchratmadim.  SHundan  kelib 



36 

 

chiqilsa,  mening  bitiruv  malakaviy  ishimda  qo‘yilgan  maqsad  va  vazifalarning 



to‘g‘ri tanlanganidan dalolat beradi. 

4.  Rangli  -  deqarativ  zangga  qarshi  qoplamalarning  turlarini  yaratish 

bugungi  kunning  talablari  jumlasiga  kiradi.  Ularning  turli  agressiv  muhitda 

ishlovchi  turlarini  sintez  qili  sh,  bino  va  inshoatlar,  metallokonstruksiyalarga 

qo‘yilgan go‘zallik talablarini qondiribgina qolmay, ularning xizmat muddatlarining 

oshishiga olib keladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

37 

 

III. TADQIQOT O’BEKTI VA XOM ASHYO VA TAYYOR 



MAXSULOTLARNI ANALIZ QILISH USULLARI  

 

 



Havola qilinayotgan nazariy va amaliy ishning asosiy obektlari:  

  Rangli pigmentlar;  

  Gossipol smolasi yog‘– moy sanoati chiqindisi; 

  So‘ndirilmagan ohak; 

   Geksametilentetramin (GMTA) 

   Karbaksimetilselyuloza 

   Erituvchilar  

Yog‘  kislotalarini  distillash    220-230 

0

C  da  olib  boriladi.  Mazkur  jarayon 



natijasida yog‘ kislotalarining  haydalishi bilan bir  vaqtda kubda 40-50%  miqdorida 

kondensatsiya  mahsulotlarini  tutuvchi  gossipol  smolasi  hosil  bo‘ladi.  Gossipol 

smolasining  tarkibi  52-64%  xomaki  yog‘  kislotalari  va  ularning  hosilalaridan, 

qolgan qismi esa gossipolning polimerizatsiya va kondensatsiya mahsulotlari hamda 

uning  moylarni  ajratib  olishda  hosil  bo‘ladigan  o‘zgarish  mahsulotlaridan  tashkil 

topgan. Tashqi ko‘rinishi to‘q jigar rangli qovushoq massa, azot saqlovchi moddalar 

miqdori 12%, zichligi 0,98 g/sm

3

 bo‘lgan massadir. 



Tadqiqot  predmeti  yuqoridagi  tur  mahalliy  xom  ashyolar  va  sanoat 

chiqindilari  asosida  yangi  turdagi  rangli  buyoqlar  olishga  qaratilgan.  Tadqiqotlarda 

kimyoviy, fizik-kimyoviy uslublardan foydalanildi. 

 

3.1.  Xom-ashyolar  va  olingan  kompozitsiyalarni  kimyoviy  va  fizik- 



kimyoviy analiz qilish uslublari  

 

Tanlangan xomashyo materiallar va mahsulotlarning kimyoviy tahlillarida 



analitik  kimyoning  sifat  va  miqdoriy  analiz  usullaridan  keng  foydalanildi. 

Moddalarning  element  analizlari  adabiyotlarda  keltirilgan  uslublar  bo‘yicha 

aniqlandi [11-13]. 

Muhitning vodorod ko‘rsatkichi  pH metr 121-V da o‘lchandi. 

        Kinematik  qovushoqlik  kapillyar  diametri  1,47  mm  bo‘lgan  VPJ  tipidagi 


38 

 

viskozimetrda aniqlandi [14]. 



Solishtirma  og‘irlik  piknometrik  usulda  topildi.  Bunda  5  sm

3

  hajmli 



kapillyar  piknometr  ishlatildi.  Hajmni  aniqlash  uchun  piknometr  bidistillangan  suv 

bilan termostatda 25 

o

S haroratda to‘ldirildi va o‘lchandi. Quruq piknometr massasi 



va  25 

o

S  haroratdagi  suvning  zichligini  bilgan  holda  hamda  to‘ldirilgan  suvning 



massasini tortib, uning hajmi aniqlandi. O‘lchovlar  0,00005 aniqlikda olib borildi.  

Uchmaydigan  moddalar  massa  ulushini  aniqlash  GOST  17537-76  ga 

muvofiq olib borildi. Namunadan 1,52 g tortib olinib, kosachaga bir xil tekislikda 

yoyildi  va  quritish  shkafiga  qo‘yildi.  Doimiy  og‘irlikka  etguncha  140-200

o



haroratda  ushlandi.  Doimiy  og‘irlikka  etganini  aniqlash  uchun  har  30-minut 



oralig‘ida namuna tortib borildi. 

 

3.2. Olingan rangli bo’yoqlarning himoya qobiliyatlarini va   



       ekspluatatsion xossalarini sinash uslublari 

 

Namunalar ekspluatatsion xossalarini sinashga tanlash va ularni tekshirishga 



tayyorlash  GOST  9980.2  talablari  bo‘yicha  amalga  oshirildi.  Namunalar 

surkaladigan plastinkalar GOST 8832.3 ga muvofiq tanlandi.   

Kompozitsion 

qoplamalarning 

fizik-mexanik 

xossalari 

150x70x1,0 

o‘lchamli  08KP  va  8KS  markali  po‘lat  yuzalarda  sinaldi.  Kompozitsiyalar 

zanglagan  va  zanglamagan  yuzalarga  moybuyoqlar  yordamida  50-70  mkm 

qalainlikda  surkaldi  va  qoplamalarga  botirilgan  holda  tayyorlandi.  Zanglagan 

yuzalar  plastinkani  72  soat  maboynida  3  %  li  NaCI  eritmasida  saqlagan  holda  

tayyorlandi. 

Zangga  qarshi  kompozitsiyalar  qobiqlari  qalinligi  ITP-1  tipidagi  magnitli 

o‘lchagichda aniqlanadi.  Asbobning  ishlash prinsipi  ferromagnit taglikka surkalgan 

magnitmas 

qobiqning 

tortishish 

kuchining 

qobiq 

qalinligiga 



bog‘liqligi 

nomogrammaga solishtirilib, mikrometrda topiladi. 

Qoplamaning  egilishga  mustahkamligi  GOST  6806-78  bo‘yicha 

aniqlandi.  Bu  uslub  qoplama  surkalgan  sterjenning  egilishdagi  mexanik 

bo‘zilmasdan saqlanadigan diametrni aniqlashga asoslangan. 


39 

 

Zarbga  chidamliligi  GOST  4765-78  talablariga  asosan  o‘lchandi. 



O‘lchovlarni U-1A asbobida olib borildi.  Bunda  1 kg  massali  yukning tushishidagi 

qoplamani mexanik buzmaydigan balandligi (sm) aniqlandi. 

Adgeziyani aniqlash GOST 15140-76 talablari asosida o‘rganildi. Adgeziya 

korroziyabardosh  qoplamalarda  muhim  parametr  hisoblanib,  bu  ko‘rsatkichga 

metallarni  korroziyadan  himoyalanish  darajasi,  qoplamaning  uzoq  muddat 

ekspluatatsiyalanishi kabilar chambarchas bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkichni aniqlashda 2 

ta  uslubdan  foydalandik.  Birinchi  uslubpanjarali  kesish  bo‘lib,  u  tekshirilayotgan 

ob’ektni  olmos  yoki  skalpel  yordamida  5  dan  kam  bo‘lmagan  1-2  mm  oralig‘idagi 

perpendikulyar  kesishlar  qilishga  asoslangan.  Kesilgan  qoplamalar  maxsus 

cho‘tkalar yordamida tozalanadi va 4 balli shkala bo‘yicha baholanadi. 

Ikkinchi uslubda 5 dan kam bo‘lmagan parallel kesishlar qilinadi va kesilgan 

qoplamalar  yuzasiga  yopishqoq  10x10  mm  o‘lchamdagi  polietilen  lenta 

yopishtiriladi.  Lenta  tezlik  bilan  yulib  olinadi  va  3  ballik  shkalada  baholanadi. 

Himoya  xossalarining  barqarorligi  8  ballik  shkalada  aniqlanadi  [15].  Unga  ko‘ra 

qoplamaning  darz  ketishi,  qobiqlanishi,  havo  pufaklari  hosil  bo‘lishi,  korroziya 

paydo  bo‘lishi,  maydalanishi  kabi  turli  bo‘zilishlar  vizual  aniqlandi.  YUqori  ball  8 

bo‘lishi, barcha buzilishlar yo‘qligidan dalolat beradi. O‘rtacha ball 4 bo‘lishi, 25% 

gacha  bo‘zilishlar  borligidan  darak  beradi.  Eng  past  bal  1  da  to‘la 

buzilishlarchuqur  yoriqlar  paydo  bo‘lishi,  maydalanish,  qobiqlanish  va  10  %  dan 

ortiq yuzada korroziya paydo bo‘lishiga mos keladi. 

Qoplamalarni  suvga  chidamliligi  namuna  distillangan  suv  to‘ldirilgan 

stakanga  solinib,  suv  sathi  aniqlandi  va  shu  sath  doimiy  saqlanadi.  Namunalar 

1,3,5,10,14 sutka oralig‘ida vizual nazorat qilindi. Suvdan olingan namunalar darhol 

ko‘rib chiqildi va 1-2 soat havoda qoldirilib, o‘zgarishlar aniqlandi.  

Tuzga  chidamlilik  3%  li  NaCl  ning  filtrlangan  eritmasida  belgilangan 

muddatlarda  saqlash        orqali        aniqlanadi.  Qoplamalarning  atmosfera  tasiriga 

chidamliligi  shahar  binolari  tomlarida  2  yil  muddatda  saqlab  ko‘rildi.  Qoplamali 

plastinkalar 45

o

 burchakda yuza qismini yuqoriga qilib mustahkamlandi [16]. 



 Bitumsimon  kompozitsion  materiallarning  igna  botish  chuqurligi  GOST 

40 

 

11501  talablari  asosida  penetrometrda  aniqlandi.  Bunda  yuk  100  g,  moddaga  igna 



tushishi  5  sek,  namunaning  tekshirilayotgandagi  harorati  25 

o

S    bo‘lishiga  alohida 



etibor  berildi.  Ignaning  botish  chuqurligi  graduslarda  ifodalanadi.  Penetrometr 

diskining har gradusi ignaning 0,1 mm botishini belgilaydi [17,18].

 

Bitumsimon  kompozitsiyalarning  cho‘ziluvchanligi  GOST  11505-75 



bo‘yicha  aniqlandi.  Bu  ko‘rsatkich  standart  pribor  duktilometrda  o‘lchandi.  Bunda 

eritilgan  bitumsimon  kompozitsiya  “sakkizsimon”  qolipga  quyildi  va  30  minut 

davomida 25 

o

S haroratda sovutildi. So‘ng qolipdan chiqib qolgan qismi qizdirilgan 



pichoqda  tekis  kesildi  va  qolip  duktilometrga  o‘rnatildi.  Duktilometrdagi  suv 

harorati  25  0,5 

o

S  ga  olib  kelinib,  qurilma  ishga  tushirildi  va  namunaning 



cho‘zilishi  kuzatildi.  Namunaning  o‘zilish  paytidagi  cho‘zilish  masofasi 

cho‘ziluvchanlik deb qaraldi. 

Gossipol  smolasi  asosida  turli  muxitda  ishlovchi  korxonalar  uchun 

Kompozitsion materiallarning yonish haroratini Brenken usulida aniqlandi. Buning 

uchun  ochiq  chinni  tigelga  namuna  eritib  solindi  va  25 

o

S  gacha  sovitildi  va 



kuydirilgan  qumli  apparatga  qo‘yildi.  Tigelning  qirg‘oqlaridan  12  mm  ichkarida 

bo‘lishiga  etibor  berish  zarur.  Tigelning  ichiga  vertikal  ravishda  termometr 

o‘rnatildi. SHundan so‘ng gaz gorelkasida 10 

o

S/min tezlikda namuna solingan tigel 



qizdirilib  borildi.  Tigel  ichidagi  namunaning  birinchi  ko‘k  alanga  berib  yonish 

harorati ushbu ko‘rsatkichni aniqladi [7, 8]. 

  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


41 

 

IV. TURLI MUXITDA ISHLOVCHI KORXONALAR UCHUN KIMYOVIY 



BARQAROR RANGLI BO’YOQLAR  OLISHNING TAJRIBA TADQIQOT 

QISMI 


 

4.1. Tajriba tavsifi 

 

Turli muxitda ishlovchi korxonalar uchun kimyoviy barqaror rangli bo’yoqlar  



olish  uchun  amaldagi  me’yoriy  hujjatlarning  talablariga  javob  beradigan  quyidagi 

xom  ashyolardan  foydalanilishi  lozim  bo‘lib,  ular  kirish  nazoratidan  o‘tishi  va 

mutanosiblik sertifikatiga ega bo‘lishi zarur:  

Jadval 3. 

Tajribada ishlatilgan xom ashyolarning GOST talabiga mosligi 

Rangli pigmentlar;  

GOST 6552-80 

Gossipol smolasi yog‘– moy sanoati chiqindisi; 

GOST 10930-74 

So‘ndirilmagan ohak; 

GOST 1387-80 

Erituvchilar (nefras) 

GOST 1981-95 

Karbaksimetilselyuloza 

GOST 1886-79 

Geksametilentetramin (GMTA), 

GOST 1585-88 

 

YUqoridigi  xom  ashyolar  oshqozonga  ta’sir  qilgandagi  zaharlilik 



ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  gossipol  smolasi  asosidagi  qurilish  bitumlari  mo‘‘tadil 

zaharsiz  modda hisoblanib, GOST 12.1.007-76 bo‘yicha zaharlilikning III toifasiga 

mansubdir. Eritilgan vositaning bug‘lari teri, ko‘z va yuqori nafas olish yo‘llarining 

shilliq  qavatiga  mo‘‘tadil  yallig‘lantiruvchi  ta’sir  ko‘rsatadi,  kumuyativ  xossalar 

sust namoyon bo‘ladi.            Vositani ishlab chiqarishda, sinashda va qo‘llanishda 

GOST  12.3.005-75  bo‘yicha  umumiy  xavfsizlik  talablariga  va  sanoat  sanitariyasi 

talablariga rioya qilish lozim. 

Mahsulotni  sintez  qilish    va  undan  foydalanish  bilan  bog‘liq  barcha  ishlar 

GOST  12.4.021-75  va  KMK  2.04.05  bo‘yicha  SanPiN  №  0046-05ga  mos  ravishda 

amalga  oshirishi,  bunda  ish  hududi  havosining  tozaligini  ta’minlab  turuvchi 

mahalliy  va  kiritish-chiqarish  ventilyasiyasi  doimiy  ishlab  turishi,  havodagi  zararli 

moddalar  miqdori  GOST  12.1.005-88  bo‘yicha  ruxsat  berilgan  chegaraviy 



42 

 

konsentratsiyadan oshmasligi lozim. 



Ishlab chiqarish xonalaridagi yong‘in xavfsizligi choralari GOST 12.1.004-91 

talablariga javob berishi lozim. 

Belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  atmosferaga  chiqariladigan  chiqindilarning 

ruxsat  berilgan  chegaraviy  ko‘rsatkichlariga  rioya  qilish  nazorati  GOST  17.2.3.02-

78 ga mos ravishda olib borilishi lozim 

Filtrlash,  asbob-uskunalar  va  kommunikatsiyalarni  yuvish  va  tozalashdan 

so‘ng  hosil  bo‘ladigan  ifloslangan  eritmalar  ko‘rinishidagi  suyuq  va  qattiq 

chiqindilar SanPiN № 0127-02, SanPiN № 0183-05 va SanPiN № 0128-02 ga mos 

ravishda utilizatsiya qilinishi lozim. 

Namunani sinash ishlari 

Sinovlar  o‘tkazish  uchun  har  bir  partiyaning  3  foizi  miqdorida,  kichik 

partiyalardan esa kamida uchta qadoq namuna olinadi.  

Agar  organoleptik  va  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlar  nazoratining  natijalari 

qoniqarli  bo‘lsa,  qabul  qilinadi.  Davriy  sinovlarning  natijalari  qoniqarsiz  bo‘lsa, 

vositaning ikki baravar ko‘p miqdori ustida takroriy sinovlar amalga oshiriladi.  

 Agar  organoleptik  va  fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlardan  birortasi  bo‘yicha 

qoniqarsiz  natija  olinsa,  partiya  brak  deb  topiladi.  Takroriy  sinovlarning  natijalari 

yakuniy hisoblanadi. 

 Sinovlari barcha talablariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.  

Vositani  nazorat  qilish  uchun  GOST  9980.2-86  bo‘yicha  namuna  olinadi. 

Birlashgan  namunaning  hajmi  –  0,5  l.    Vositaning  tashqi  ko‘rinishi  talablarga  mos 

kelishi bo‘yicha tekshiruv GOST 9.407-84 bo‘yicha vizual ko‘rik yo‘li bilan amalga 

oshiriladi. 

Vositaning  hidi  mazkur  texnikaviy  shartlarning  talablariga  mos  kelishi 

bo‘yicha  tekshiruv  GOST  9.407-84  bo‘yicha  (20±2)

0

S  haroratda  organoleptik  yo‘l 



bilan amalga oshiriladi. 

 GOST  9.402-80  ga  ko‘ra  sirtni  tayyorlash  bilan  vositani  surish  oralig‘i  6 

soatdan oshmasligi lozim. 

Vosita  tayyorlangan  sirt  ustiga  havosiz,  pnevmatik  purkash  usuli  bilan  yoki 



43 

 

cho‘tka,  valik  yordamida  amalga  oshiriladi.  Vizual  qaralganda  zang  qatlamlari 



vosita  bilan  yaxshilab  singdirilishi  kerak.  Vositaning  solishtirma  sarfi  sirtning 

holatiga qarab 75-80 g/m

2

ni tashkil qiladi. 



 Vosita 4

o

S dan past va 45



o

S dan yuqori bo‘lmagan haroratda (optimal harorat 

20

0

S  dan  30



0

S  gacha),  30%-85%  nisbiy  namlikda,  atmosfera  yog‘inlari 

yog‘mayotgan  sharoitda  suriladi.  Sirtda  (agressiv  qo‘shimchalik)  namlikning 

bo‘lishi vositani surishga to‘sqinlik qilmaydi. 

Korroziya  mahsulotlari  sirti  vosita  surilgandan  5  kun  keyin  himoyalovchi 

antikorrozion qatlamga to‘liq aylanadi. 

 

 

4.2. Gossipol smolasi asosida turli muxitda ishlovchi korxonalar uchun 



kimyoviy barqaror rangli  bo’yoqlar  olish  borasida tadqiqotlar 

 

 



4.2.1. Tadqiqod uchun laboratoriya jihozlarini yig‘ish 

 

Menga  berilgan  ilmiy  tadqiqod  ishlarini  bajarishga  kirishdan  oldin 



laboratoriya  uskunasini  yig‘dim.  Quyida  tajriba  stolinini  tayyorlash  jarayonining 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling