Urganch Davlat Universiteti Magistratura bo‘limi “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi” mutaxassisligi magistranti Sadullayev


Download 15.52 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi15.52 Kb.
#131228
Bog'liq
Taqriz disser Sadullayev (2)


Urganch Davlat Universiteti Magistratura bo‘limi “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi” mutaxassisligi magistranti Sadullayev Sadullaning “Fotoelement xarakteristikalariga geometrik o‘lchamlarining ta’sirini modellashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga

TAQRIZ

Magistrant Sadullayev Sadullaning taqrizga taqdim etilgan magistrlik dissertatsiyasi kirish qismi, uch bob, xulosa, rasmlar va 38 ta foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Shu jumladan internet ma’lumotlaridan ham foydalanilgan.

Ilmiy maqolalar va yangi chop qilingan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda quyosh batareyalarini modellashtirish va shu model asosida ularning xarakteristikalarini o‘rganish muammosi faol ko‘rilmoqda. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida shunday masalalardan biri, yani fotoelementni modellashtirish haqida so‘z yuritilgan.

Sadullayev Sadullaning magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida quyosh energiyasi va undan foydalanish, quyosh nurlanishi xususiyatlari, quyoshdan elektr energiya olish usullari hamda masala qo‘yilishi haqida so‘z yuritilgan. Talaba bu muammolarni batafsil yoritishda yangi adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydalangan.

Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida fotoelementlarning tuzilishi, ishlash printsipi, ularning asosiy parametrlari va xarakteristikalari hamda fotoelementlardan amaliyotda foydalanish jarayonlari bilan batafsil tanishtirgan.

Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobida TCAD Sentaurus dasturi va unda fotoelementlarni modellashtirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Olingan natijalardan eng e’tiborga sazovorligi deb, fotoelement qisqa tutashuv toki hamda samaradorligi uning antireflektiv qatlam qalinligiga bog‘liq ekanligini aniqlanishini keltirib o‘tish mumkin.

Magistrlik dissertatsiyasining xulosalari Sadullayev Sadullaning fotoelementlarning ishlash printsipini bilishi va TCAD sentaurus dasturida ishlay olish qobiliyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu dissertatsiyani kelgusida quyosh batareyalarini modellashtirish orqali o‘rganishda foydali manba sifatida tavsiya qilish mumkin. Magistrlik dissertatsiyasi bunday ishlarga qo‘yilgan talablarga javob beradi va ushbu ishni “a’lo” bahoga loyiq deb o‘ylayman.


TATU Urganch filiali “Telekommunikatsiya injineringi” kafedrasi mudiri, f.-m. f. n, dotsent



dots. Ismoilov Sh.

Urganch Davlat Universiteti Magistratura bo‘limi “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi” mutaxassisligi magistranti Sadullayev Sadullaning “Fotoelement xarakteristikalariga geometrik o‘lchamlarining ta’sirini modellashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga

TAQRIZ

Bugungi kunda energiyaga bo‘lgan talabning oshib borayotganligi, an’anaviy energiya manbalari resurslarining cheklanganligi sababli qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda.

Quyosh batareyalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiya olish mumkinligidan, ularning xarakteristikalarini o‘rganish hamda samarodorligini oshirish dolzarb masalalardan biri. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida fotoelementlarning xarakteristikasiga geometrik qatlam qalinligining, xususan, antireflektiv qatlam qalinligining ta’siri modellashtirish orqali o‘rganilgan.

Sadullayev Sadullaning magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida adabiyotlar tahlili bo‘lib unda quyosh energiyasi va undan foydalanish, quyosh nurlanishi xususiyatlari, quyoshdan elektr energiya olish usullari hamda masala qo‘yilishi haqida so‘z yuritilgan.

Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida fotoelementlarning tuzilishi, fizikasi, ularning asosiy parametrlari va xarakteristikalari hamda fotoelementlardan amaliyotda foydalanish jarayonlari bilan batafsil tanishtirgan. Shu ish bo‘yicha xorijiy va Respublikamizning ilmiy adabiyotlarida chop etilgan ishlar har tomonlama tahlil qilib chiqilgan.

Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobida TCAD Sentaurus dasturi va unda fotoelementlarni modellashtirish imkoniyatlari haqida va dasturda ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Modellashtirilgan quyosh elementining asosiy parametrlari hamda xarakteristikalari tahlil qilib chiqilgan. Magistrlik dissertatsiyasining so‘ngida muallif tomonidan aniq xulosalar keltirilgan.



Magistrlik dissertatsiyasini bajarishda Sadullayev Sadulla qarab o‘tilgan murakkab modellar va ularni hisoblash metodlarini tahlil qilishda yuqori qobiliyatga ega ekanligini ko‘rsatdi, dissertatsiyasi bunday ishlarga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va shuning uchun magistrantning dissertatsiyasini “a’lo” bahoga loyiq deb o‘ylayman.
Ilmiy rahbar, f-m.f.d: dots. Atamuratov A.E.
Download 15.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling