Urganch davlat universiteti ollaberganov surojning mikro va makro iqtisodiyot


Download 0.57 Mb.
Sana15.12.2020
Hajmi0.57 Mb.
#167812
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi t




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


OLLABERGANOV SUROJNING

MIKRO VA MAKRO IQTISODIYOT

FANIDAN TAYYORLAGAN


Kurs ishi


Topshirdi: Ollaberganov Suroj

Qabul qildi: _________________

Urganch 2020

Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yo`llari

Reja:

1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.

2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari.

3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi.

4. Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari.

KIRISH

Hammamizga ma‘lumki Rеspublikamiz mustaqillikkа erishgandan so`ng iqtisodiyotni rivojlantirish, isloh qilish va erkinlashtirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e‘tibor berilmoqda.

Bu jarayonlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish albatta oson kechmaydi. Ushbu masalalarning dolzarbligini mamalakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi: .Bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo`lishi va mustahkam o`rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko`rib chiqish lozim.Bunda tashqi bozorda xaridorbop,yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag`batlantirishni yanada kuchaytirish,ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo`yicha qo`shimcha chora tadbirlar tayyorlash zarur.

Prezidentimizning bu fikrlaridan ko`rinib turibdiki mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishning samarali yo`llaridan biri - bu iqtisodiyotni erkinlashtirishdir, ya‘ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo`l ochib berishdan iborat. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznesni boshqarishni yo`lga qo`yishning qulay imkoniyatlari quyidagilar:

 ishlab chiqarish hajmi , ishlovchilar soni hamda sarmoya hajmining kamligi;

 bozordagi talabga nisbatan tez moslasha borib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati mavjudligi;

 yangi ish o`rinlarini barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko`maklashish imkoniyati;

 Yangilikka monand tovarlarni ishlab chiqarish orqali iste‘molchilarning psixologiyasiga ta‘sir eta olishi;

 biznes egasini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki;

 nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan tovar va xizmatlarga bo`lgan talabni qondira olishi;

Malakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2005-yil 20-iyundagi ―Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi. PF-3620-sonli Farmoniga asosan kichik biznes subektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag`batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushuni tubdan oshirish maqsadida 2005-yil,1-iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi joriy etildi. Dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo`lsak, rivojlangan mamlakatlarda ham dastavval kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o`rni yuqori edi.Hozirda eng ilg`or rivojlanayotgan davlatlardan biri Yaponiyada ―Yapon mo`jizasi., deb atalgan iqtisodiy shiddat ham davlatning rejalashtirilgan qat‘iy siyosati tufayli oyoqqa turib, hozirgi paytda mamlakat yalpi ichki mahsuloti yetishtirishda umumiy foydaning yarmini kichik biznes tashkil etadi..Yapon korxonalarida ikkinchi jahon urushidan so‘ng kichik biznеs bilan shug‘ullanishi rеvolyutsion tarzda kеchdi. Yapon xo‘jaligining kichik va yirik biznеs chirmashib kеtgan iqtisodiyot dеb atash mumkin. Kichik biznes-iqtisodiyotni rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Kichik biznesda samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar:  ilg'or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish;  xomashyo va materiallaming yangi turlarini qo'llash;  asosiy fondlardan samarali foydalanish;  aylanma mablag'lar aylanishini jadallashtirish;  mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo'llash;  menejment fani va amaliyotining ilg'or yutuqlaridan foydalanish;  mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg'or tajribalarini tatbiq etish; Kabi jarayonlarni yaxshilash maqsadga muvofiqdir. Bu uchun tadbirkorlik faoliyatini ham yaxshi yo`lga qo`yish zarur.


    1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi

Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.

Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.

Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi

mahsulot tannarxini tashkil qiladi,

ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx deb yuritiladi.



ICHX = C + V yoki TMTN = C + V (2)ni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari ikki qismga bo’linadi:


  1. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari

  2. Muomala xarajatlari.





Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.


Muomala xarajatlari ikki guruhga bo’linadi:


  1. Qo’shimcha muomala xarajatlari

  2. Sof muomala xarajatlari.

Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.

Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.



Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.

Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi.



Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko’ra turkumlanishini chizmada tasvirlash mumkin:



Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.



Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.

SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi.

Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.



Ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi.




Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqa xarajatlar kiradi.



O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xarajatlar kiradi.

Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.


2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari


Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya‘ni xarajat qilinadigan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi мумкин. Bu qisqa muddatli xarajatlardir.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir.

Ishlab chiqarish rivojlanib borishi uchun ishlab chiqarishni o’rtacha xarajatlari kamayishi lozim, unga quyidagi omillar ta‘sir qilib boradi:



  1. Mehnatning ixtisoslashuvi

  2. Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi

  3. Kapitaldan samarali foydalanishi

  4. Qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarishi.

Vaqt o’tishi bilan firmaning mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishiga olib kelishi mumkin. Firmalar faoliyati yiriklashib, kengayib borish, firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish va uni boshqarishda qiyinchiliklarni kamaytirib chiqaradi. O’rtacha hajmdagi korxonada bitta yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o’zi qabul qiladi, shu boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini tezlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara oladi.

Firma miqyosini kengayishi bilan bunday holat o’zgaradi. Buning natijasida ma‘muriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko’payib boradi, yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma‘lumotlarni yig’ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo’ladi. Boshqaruv apparatining

chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashishuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo’g’inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur yetib, ishlab chiqarishning o’rtacha xarajatlarni oshiradi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10 foizga o’sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5 foizga o’sishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish miqyosining o’sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara ikki holat o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Bu ijobiy va salbiy miqyosdir. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10 foizga o’sishi ishlab chiqarish hajmining mutanosib ravishda 10 foizga ko’payishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo’yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga imkoniyat yaratib beradi.

3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi


Korxona faoliyatiga baho berilganda, eng avvalo mehnat faoliyatining biron bir turiga ixtisoslashgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga sarf qilingan xarajatlar, hosil qilingan daromad va olingan foyda miqdoriga e‘tibor qaratiladi.

Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar hamda ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.

Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi.

Birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yalpi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi.

Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishda to’liq namoyon bo’ladi.

Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha qiymati esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir.

Fich = Hy –T (1)


Ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu maxsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Hy) o’rtasidagi farqdan iborat.

Ushbu formuladan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi:



  1. Mahsulot tannarxi darajasi (c + v);

  2. Ulgurji narxlar darajasi.

Tannarx – bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir: c + v + m > c + v.

Tannarx bu mahsulot qiymatidan kichikdir. Mahsulot qiymati (MQ) o’z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Qiv), hamda yangidan yaratilgan qiymatni (Qya) to’liq oladi.



Demak, MQ = Qiv+ Qя (2).

O’z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) yalpi foydaga (Fya) ajraladi:




Foyda miqdoriga ta‘sir ko’rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o’z maxsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo’lib, bu o’rinda mahsulot narxi. Qiymati va tannarxi o’rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajrayib ko’rsatish mumkin:





N1 N2 N3 N4 N5

Bu chizmada tovar qiymati va narxining nisbati tasvirlanganligini ko’rsatish mumkin. N1, N2, N3, N4 va N5larni holatini tannarx va foydaga nisbatan ifodalab berish mumkin.



Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham chizmada tasvirlash mumkin:




Yalpi foyda



























Ish ҳaқi





Kredit uchun foiz



Sof foyda






Xayriya va boshқa fondlar



Soliқlar

























Jamғarish






Atrof-muҳit muҳofazasi




Kadrlarni tayyorlash




Ijtimoiy fondlar




Tadbirkorlik daromadi


Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.


Buxgalteriya atamasi bўyicha


Buxgalteriya xarajatlari


Buxgalteriya foydasi




Normal foyda

Ishlab chiқarish xarajatlari

Iқtisodchilar atamasi bўyicha

Ichki xarajatlar

Tashқi xarajatlar

Umumiy tushum tarkibi
Daromad




Iқtisoiy foyda




Bu chizmada umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi ko’rsatilgan.

Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Foyda normasining hisoblashning amaliyotda ikki variantidagi foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag’larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Bular quyidagicha aniqlanadi:

P

1. P’ = W × 100% (3).

Bu yerda: P’ - foyda normasi; P - foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari.



P _

2. P’ =Kavans × 100% (4).

Bu yerda: P’ - foyda normasi; P - foyda massasi; Kavans (asosiy kapital + aylanma kapital) - korxona avanslangan mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o’rtacha yillik qiymati.

Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi to’g’ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag’lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko’rsatkichi hisoblanadi.

Foydaning o’sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o’zgarmagan holda ikki yo’l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.


4. Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish


shakllari va tizimlari

Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan unumining puldagi ifodasidir. Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy (v) mahsulot bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.

Ish haqining asosiy vazifasi – ishchi va xizmatchining turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me‘yori bilan iste‘mol me‘yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta‘minotdan iboratdir. Ish haqining mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhimdir. Shu sababli nominal va real ish haqi bir-biridan farqlanadi.

Nominal ish haqi – bu ma‘lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.

Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste‘mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada qo’yidagicha tasvirlash mumkin:

Vn


Vp = R (5)

Bu yerda: Vp – real ish haqi; Vn – nominal ish haqi; R- iste‘mol buyumlari va xizmatlarining narx darajasi.

Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste‘moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.

Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli - vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.

Vaqtbay ish haqi – xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq

hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlarga haq to’lashga) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarda ishlash) qo’llaniladi.



Ishbay ish haqi - ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir.

Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari



ish haqining tizimini tashkil qiladi.

  1. To’g’ri ishbay tizimi – bunda ishlab chiqarish me‘yori qay darajada bajarilishidan qat‘iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha to’lanadi.

  2. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.

  3. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me‘yor (darajasida) doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi.

Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat miqyosi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.

Tarif-malaka ma‘lumotnomalari – bu aniq ish bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi.

Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari bo’lib, ular birinchi razryad va keyingi razryadlar o’rtasidagi nisbatini ko’rsatadi.

Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.

Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga



qo’shimcha haqlar belgilanadi.

Mamlakatimizda o’tgan 20 yil mobaynida har yili ish haqi miqdori ikki marta oshirib borildi. Xususan, 2006 yilning ohirida o’rtacha real oylik ish haqi 185 ming so’mni yoki 150 AQSH dollarini tashkil etgan edi, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1.5 barobar ko’paytirildi va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollarga teng bo’ldi, 2008 yilda 1,5 barobar oshirildi yoki 310 dollarga yetdi, 2009 yilda 1,4 barobarga oshirildi.



XULOSA

Mamlakatimiz rahbari va hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni modernizatsiyalashtirish tufayli iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlanmoqda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlanmoqda. Ammo bu degan so’z, tadbirkorlikni rivojlantirishda, ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida barcha muammolar bartaraf etildi, degani emas. Shu o’rinda ba’zi muammolarga to’xtalsak.

Birinchidan, respublikamiz viloyat va hududlarida sifatli xizmat ko’rsatishga qaratilgan kadrlar tayyorlanishi yaxshi yo’lga qo’yilgan emas. Mavjud oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining faoliyat ko’rsatishiga qaramasdan, xizmat ko’rsatish sohasida tadbirkorlar malakasini oshiradigan, ularni qayta tayyorlaydigan o’quv muassasalari hamon yetarli emas. Tadqiqotimiz natijalari shuni ko’rsatdiki, xizmat sohasidagi tadbirkorlar qayerda nimani o’qishni bilmaydilar, hududlarda ularni o’qitadigan qisqa tayyorlov kurslari yetarli darajada tashkil qilinmagan. Faoliyat ko’rsatayotgan biznes maktablari va kasb-hunar kollejlarida alohida mutaxassislar (menejerlar, marketologlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar) emas, balki sohalar bo’yicha tadbirkorlarni, ya’ni uy xo’jaligi tadbirkori, fermer xo’jaligi tadbirkori, dehqon xo’jaligi tadbirkori, meva va sabzavotlarni qayta ishlash tadbirkori, xizmat sohasi tadbirkori kabilarni tayyorlash lozim. Bunday mutaxassislikni olgan yoshlar qayerga borishini, nima bilan shug’ullanishini yaxshi biladigan bo’lishlari kerak. Shuningdek, hozirgi xizmat ko’rsatish sohasiga o’rta ma’lumotli marketologlar emas, balki xizmatning ma’lum turi bilan mukammal shug’ullanadigan tadbirkorlar kerak. Ular tadbirkorlik sirlari bilan birga buxgalteriya hisobini, moliyaviy munosabatlarni, eng zarur bo’lgan huquqiy masalalarni ham bilishlari lozim.

Ikkinchidan, ko’plab xizmat ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari juda qisqa vaqt oralig’ida yopilib ketmoqda. Buning sabablari tadqiq qilinganida shunga amin bo’ldikki, ularning ko’pchiligi o’z haq-huquqlarini yaxshi 113 bilmaydilar. Bundan ko’rinadiki, tadbirkorlar hayotini tartibga soluvchi, tez-tez o’zgarib turayotgan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ularga yetkazish mexanizmini yaratish lozim. Ushbu muammoni hal etish yo’llaridan biri mazkur sohaga malakali advokatlik institutlari yoki masofadan o’qitish tizimini joriy etishdir.

Uchinchidan, hozirgi paytda mamlakatimiz hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan biznes maktablarida biznesmenlar emas, balki uning ayrim sohalari bilan shug’ullanadigan marketologlar, menejerlar, buxgalterlar, hatto huquqshunos kabi kadrlar tayyorlanmoqdaki, ular biznes maktabini tugatib, ishni nimadan boshlashni bilmaydilar. Chunki, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida bor-yo’g’i 3-5 kishi ishlasa, unga alohida buxgalter yoki marketolog kerak emas. Fikrimizcha, hududlarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bo’yicha tadbirkorlik maktablarini ochish yoki ularni shu kasbga o’qitish maqsadga muvofiq.

To’rtinchidan, xizmat sohasidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy ta’minoti bilan bog’liq muammolar mavjud. Ushbu sohaga mamlakatimiz Prezidentining tashabbusi bilan 2006-yildan buyon tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar berib kelinmoqda, ammo bundan barcha xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bir xilda manfaatdor emaslar. Chunki, ayrim hududlarda tijorat banklari kredit berishni ko’p paysalga solganligi tufayli ba’zi tadbirkorlar ulardan bezib qolmoqda. Xizmat sohasi bilan shug’ullanadigan tadbirkorlarning kredit olishlariga to’sqinlik qilib turgan yana bir jihat xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining asosiy vositalarga ega emasligi yoki kredit uchun garov mulkining mavjud emasligi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2014 (qo’shimchalar va o’zgartirishlar bilan).

2. O’zbekiston Respublikasining Solik Kodeksi, – T.: “O’zbekiston”, 1997.

3. O’zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi, – T.: “O’zbekiston”, 2013.

4. O’zbekiston Respublikasining Uy-joy Kodeksi, – T.: “O’zbekiston”, 1999.

5. O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonuni, 1993-yil 7-may.

6. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni. 1993-yil 7-may.

7. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonuni, 1993-yil 28-dekabr.

8. O’zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi Qonuni, 1993-yil 28-dekabr.

9. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni, 1996-yil 24-aprel.

10. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, 1996-yil 30-avgust.

11. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida”gi Qonuni, 2006-yil 12-aprel, O’RQ–32-son.

12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida”gi Farmoni, 2001-yil 17-aprel, PF-2832-son.

13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, 2002-yil 26-fevral, PF-3038-son.

14. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik hamda ular uchun o’z vaqtida va to’liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2005-yil 11-fevral, PQ-5-son.

15. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “1991-yilgacha qurilgan ko’p xonadonli turarjoy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini yakunlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2006-yil 27-iyul, PQ-425-son.

16. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston «O’zkommunxizmat» agentligi faoliyatini takomillashtirish va kommunal xo’jalik korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2006-yil 17-avgust, PQ-445-son. 118

17. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi Qarori, 2012-yil 10-may, PQ-1754-son.

18. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 – 2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, 2013-yil 17 -aprel, PQ1957-son.

19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2270 sonli Qarori, Toshkent sh., 2014-yil 4- dekabr.

20. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi”, 1998-yil 3-noyabrd, 461-son.

21. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini va uy-joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro hamkorlik qilish tartibi to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori, 1999 -yil 4- oktyabr, 454-son.

22. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori,1999-yil 3-sentyabr, 414-son.

23. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, 2002-yil 1-mart, 74-son.



24. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar-joylarga xizmatlar ko’rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarori, 2006-yil 12-aprel, 64-son.

25. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko’p kvartirali uydagi turar joyga mo’ljallanmagan bino mulkdori o’rtasidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori, 2006-yil 30-may, 100-son.
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling