Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 289.93 Kb.
bet1/2
Sana10.06.2020
Hajmi289.93 Kb.
#116799
  1   2
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarini boshqa fanlar bilan uzviylikda otish metodikasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI

Matematikadan fanlararo aloqadorlik o'qitish samaradorligini ishirish omili sifatida
Kurs ishi

Urganch - 2020

1

MUNDARIJA


KIRISH


  1. BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLARARO ALOQA ORQALI TA`LIMNI HAYOT BILAN BOG`LASH

1.1. Matematika o’qitishda predmetlararo bog`lanishni tashkil etish imkoniyatlari


1.2. Boshlang’ich sinf matematika darslaridagi predmetlararo bog`lanishning o`ziga xos xususiyatlari


  1. BOB. FANLARARO ALOQANI TASHKIL ETISHNING TA’LIMIY– TARBIYAVIY VAZIFALARI

2.1. O`quvchilarga matematika darslarida ekologik ta`lim-tarbiya berish


2.2. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga fanlararo aloqadorlikda o’yin vositasi orqali ekologik ta’lim-tarbiya berishning uslubiy asoslari
2.3. Boshlang’ich ta’limda mehnat va matematika fanlarini o’rganishda fanlararo aloqadorlik
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

2

KIRISH


Respublikamiz mustaqillikka erishgach xalq talim sohasida ulkan yutuqlarga erishildi va erishilib kelinmoqda. Bu haqida I.A.Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» nomli asarida shunday deb ta’kidlab o’tgan «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi obro’ e’tibori, avvalombor farzanlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak»
Bizga ma’lumki, matematika o`qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir bo`limi bo`lib, u matematika fanini o`qitish qoidalarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Matematika o`qitish metodikasi matematika fanini o`qitish qonuniyatlarini o`rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo`ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematika o`qitish muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog`liqda hal qilinadi. Matematika o`qitish metodikasining myetodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir.
Matematika metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tadbiqiy qonuniyatlarini o`rganib kyeladi. Matematika fani fizika. chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo`ladi. Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo`l bilan amalga oshiriladi:


  1. Matematika tizimining butunligini buzmagan holda o`qishni fanlarning dasturlarini moslashtirish.




  1. Boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini tyeoryemalarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan materiallardan matematika kursida foydalanish.

Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko`rsatish qiyin, buni o`qituvchining o`zi amalga oshiradi, ya’ni o`quv matyerialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e’tiborga olishi kerak.


3

Qo`shni fanlarga doir matyeriallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi.


Boshlang’ich sinflarda ta’limni samarali tashkil etishda fanlar aro aloqadorlik masalasi katta ahamiyatga egadir.
Ta’limda fan aloqadorligini shunday tashkil etish kerakki, u shu fan darsiga o’quvchilarning shu fan materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin.
Men o’z pedagogik amaliyot davridagi tajribamdan kelib chiqib shu narsaga amin bo’ldimki, kichik maktab yoshidagi bolalarni fan asoslarini (ayniqsa matematika fani) asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda turli
– tuman o’qitish usullaridan, o’qitish vositalaridan va boshqa qo’shimcha imkoniyatlardan foydalanib uzluksiz oshirib borilmasa, bu o’quvchilardagi bilim olishga bo’lgan orzu – havas asta – sekin susayib boradi. Bu qiziqtirish nimalarda ko’rinadi.


    1. har bir darsni didaktik o’yinlar orqali tashkil etish;




    1. o’tilayotgan o’quv materiallarini bevosita o’quvchilarning amaliy kundalik hayotlari bilan bog’lash;




  1. matematik materialarni tarixiy, o’lkashunoslik va mahalliy materialar bilan boyitish;




  1. darsda yangi innovasion texnologiyalardan foydalanish orqali;




  1. ta’limni fanlar aro aloqadorlikda tashkil etish orqali va boshqa shunga o’xshash qiziqtiruvchi vositalarda.

Boshlang’ich sinflarda ta’limni samarali tashkil etishda fanlar aro aloqadorlik masalasi katta ahamiyatga egadir.


Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’zi rahbarlik qilayotgan sinfdagi barcha o’quv predmetlaridan o’zi dars beradi. Shuning uchun ham unda ikki va va undan ortiq fanlar aloqadorligida o’qishni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kichik maktab yoshdagi bolalarga matematika o’rgatish matematika fanining o’z mazmun va mohiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak ma’lum bir

4

qiyinchiliklarga ega. Bu qiyinchiliklar birinchidan oila a’zolarining ko’pchiligi matematika fanini bilmasligi bo’lib, bola oilada matematikani mustaqil o’rganishi uchun uyda hech kimdan yordam ololmaydi, ikkinchidan bilganlari ham bu matematik tushunchalarni bolaning kundalik amaliy hayot bilan bog’lay olmaydilar, natijada bu matematik tushunchalar bolaning esidan tez chiqib ketadilar.


Matematik bilim malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar o’z kundalik hayotlarida amaliy misol va masalalar ko’rinishda qo’llay olsalar bu bilimlar mustahkam bo’lib ular bolaning xotirasida uzoq hatto bir umrga muhrlanib qoladi.
Boshlang’ich ta’lim matematik bilimlar asosan matematika fani darslarida o’rgatilsa boshqa fanlararo darslar amaliy misol va masalalarni yechishga qo’llashda boshqa fan darslaridan unumli foydalanish mumkin. Masalan. Atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, rasm va tasviriy san’at darslaridan foydalanib o’quvchilarning matematik bilimlariga umumlashtirish, kengaytirish va mustahkamlash mumkin.
Biz bu bitiruv ishimizda boshlang’ich ta’lim tasviriy san’at darslarida ba’zi bir matematik tushunchalar (geometrik figuralar) haqidagi bilimlarni mustahkamlash masalalari bilan shug’ullandik. Avvalo boshlang’ich ta’lim matematika dasturini tasviriy san’at darslarida ishlatiladigan matematik tushunchalar nuqtai nazardan tahlilini o’tkazdik. Shundan keyin tasviriy san’at darslarining qaysi birlarida matematik tushunchalardan foydalanib turli rasmlar, naqshlar, haykallar yasalishini o’rganib chiqdik. Oxirida esa bu ikkala fan darslarini matematik bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish bo’yicha rejalashtirish imkoniyatlarini o’rganib, bu bo’yicha ba’zi bir uslubiy tavsiyalar berishga harakat qildik.
Ta’limda fan aloqadorligini shunday tashkil etish kerakki, u shu fan darsiga o’quvchilarning shu fan materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin. Buni qanday amalga oshirish mumkin.

5

Masalan, shu o’tilayotgan rasm darsimizning mavzusi «Svetafor modelini yasash» mazusi bo’lsin. 4 – sinf o’quvchilari o’qituvchi rahbarligida svetaforning rasmini ko`rsatadi va bir xil diametrli doirachalardan va paralelopepeddan iborat ekanligini aytadi.


O’qituvchi o’quvchilarga svetafor modelini ko’rsatib u qanday geometrik figuralardan tashkil topganlgini so’rab, ularning javoblarini to’g’ri yo’lga solib turadi.
O’qituvchi darsning vaqt byujetiga ko’p ziyon yetkazmasdan bu geometrik figuralarning ta’rifini o’quvchilar yordamida esga oladilar.
Yoki rasm darslarida ham hamisha geometrik tushunchalar bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi.


  1. Bu tanlangan kurs ishi mavzusi hozirgi kun ta’lim – tarbiyasida dolzarb bo’lib kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matematika fanini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda matematika darslarini tasviriy san’at darslari bilan uzviy aloqadorlikda o’tish muommosi dolzarb mavzu bo’lib o’rganishga tahlil qilishag arziydi;




  1. Ilmiy taqiqot ishining tekshirish obekti boshlang’ich sinflarning matematika va tasviriy san’at darslari hisoblanadi. Ikkita paralel sinflar olinib, shu sinflarda bir xil tabiiy sharoitda matematika va rasm darslari tashkil etilib har bir sinf o’quvchilarining o’zlashtirilish darajasi solishtiriladi. Masalaning mohiyatini yaxshilab ochib berish maqsadida matematika va tasviriy san’at darslarini o’zaro fanlararo aloqadorlikda o’tkazish imkoniyatlari o’rganiladi;




  1. Ishning tadqiqot predmeti boshlang’ich sinflarning rasm darslarida ajratib olingan shu rasm darsida uchraydigan metematik tushunchalar haqida o’quvchilarning bilimini qisqacha (shu rasm darsining samaradorligini oshirish

nuqtai nazaridan) tekshirib ularni qaytaddan esga olish ishlarini tashkil etish masalasi o’rganish masalasi rejalashtirilgan.

6


  1. Kurs ishining tadqiqot metodlari tajriba sinovlar o’tkazish, olingan natijalarni taqqoslash o’quvchilar o’rtasida so’rovlar o’tkazish natijalari orqali umumiy xulosalarga kelish




  1. Ilmiy - tadqiqot ishining asosiy amaliy – uslubiy ahamiyati shundan iboratki, kichik maktab yoshidagi bolalarga ikki va ko’p tomonlama predmetlararo aloqadorlikda ta’limni tashkil etish orqali shu aloqadorlikdagi fan materiallarini o’quvchilar tomonidan qiziqib tez va oson o’zlashtirishga erishishdir. Haqiqatdan ham bu narsa tajribalardan o’z ijobiy tasdig’ini topgan. Shuningdek yana ishning amaliy ahamiyati kichik maktab yoshidagi bolalarning matematika fani asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda matematik bilim, malaka va

ko’nikmalarini mustahkamlashda ularning kundalik amaliy hayotlari bilan bog’lashda tasviriy san’at va matematika darslarini o’zaro aloqadorlikda o’tish bo’yicha yosh boshlang’ich sinf o’qituvchilariga amaliy yo rdam sifatida dars ishlanmalari yozishda uslubiy yordam berishdan iboratdir.




  1. Kurs ishi predmeti boshlang’ich sinf tasviriy san’at darslarida qanday matematik tushunchalardan foydalaniladi va ularni umumlashtirish masalalari o’rganiladi;




  1. ishning ilmiy-tadqiqot metodi suhbat, anketa saviyalarini o’rganish tasviriy san’at dars ishlanmalarini o’rganish va boshqa usullardir;

Ushbu o’rganilgan bitiruv malkaviy ish asosan kirish, asosiy, xulosa qismlaridan, hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bundan tashqari bitiru malakaviy ish bo’yicha ishga ilmiy rahbarning yakuniy xulosasi, tashqi taqriz, talabaga ishni yozish davomida foydalanishi uchun berilgan topshiriq varag’i, ishning kafedradagi muhokama bayonnomasi ham ilova qilingan.


Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning hozirgi kunda boshlang’ich ta’limda o’rganilganlik darajasiga qarab chiqildi. Mavzu bo’yicha oynama va ro’znomalarda chop etilgan ma’lumotlar bilan tanishildi.
7

Keyingi vaqtlarda boshlang’ich ta’limda matematika o’qitishda fanlararo aloqadorlikda o’tish bo’yicha aytarlik risolalar yo’q. Shuni e’tiborga olib 3-kursda malakaviy amaliyot davomida ushbu mavzuni tanlab shu yili pedagogik amaliyot davomida tasviriy san’at darslarida asosan naqsh chizish, geometrik figuralardan (uchburchak, teng tomonli , teng yonli, o’tkir va o’tmas burchakli, to’g’ri burchakli besh va olti burchakli, doira, kvadrat) foydalanib bu figuralar haqidagi o’quvchilarning bilimini mustahkamlashni mo’ljalladik.


Kurs ishining ikkinchi bobida matematika, mehnat va tasviriy san’at darslarini aloqadorlikda o’tishda bu fanlarning mavzularini o’zaro muvofiqlashtirish masalasi o’rganilgan.
Ishning oxirida mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlar ro’yxati berilgan.

8

I. BOB. BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLARARO ALOQA ORQALI TA`LIMNI HAYOT BILAN BOG`LASH


1.1. Matematika o’qitishda predmetlararo bog`lanishni tashkil etish imkoniyatlari
Predmetlararo aloqa boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki b u jarayon ta’lim mazmuni strukturasi bilan bog’liq bo’lib talimning metodlarida, formalarida va vositalarida o’z aksini topadi, boshlang’ich sinflarda fanlarni o’zaro bog’lab o’rganishning o’z mazmuni, metodlari, usullari va tashkiliy formalari bor. Materialni o’quvchilarning hayotiy va amaliy tajribalariga tayangan holda bayon qilinishini qo’llash, predmetlararo bog’lanishlar xarakteriga ega bo’lgan mashqlarni, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish har tomonlama umumlashtiruvchi javoblarni talab qiladigan savollarni qo’yish, predmetlararo xarakterdagi o’yinlar, kompleks eskursiyalar, predmetlararo to’garaklar shular jumlasidandir. Predmetlararo xarakterdagi topishmoqlar va mashqlarni bajarish ham bog’lanishni amalga oshirishning samarali usullardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bunday ish turlari o’quv predmetlarining biri bo’yicha o’quvchilarni qo’shni predmetlar ayrim bo’limlarini o’zlashtirishga oldindan tayyorlashga yordam beradi. misol: matematika darslarida qo’shni predmetlar yordamida bilimlarni chuqurlashtirishni nazarda tutadigan mashqlar berish
mumkin: M: 3 - sinf o’quvchilari tabiatshunoslik darslarida plan masshtab, gorizont tomonlari bo’yicha oriyentir olish malakasini tugallaydilar, Ana shu malakalarni mustahkamlash matematika darslarida harakatga doir masala yechish orqali amalga oshiriladi.
Bir qishloqdan ikki piyoda bir vaqtda qarama-qarshi ya’ni biri g’arbga, biri sharqqa qarab yo’lga chiqdi. Birinchi piyodaning tezligi soatiga 6 km, ikkinchisining tezligi soatiga 5 km. 3 soatdan keyin piyodalar bir-biridan qancha uzoqlikda bo’ladilar? Bu masalaga chizma yasab, ikki usul bilan yechsa bo’ladi.
9

Birinchi usul bilan yechganda chizmani chizib tushuntirayotganda piyodalar qarama-qarshi tomonga biri sharqqa, biri g’arbga qarab chiqqanini, tabiatshunoslik darsi bilan bog’lab shimol, janub, g’arb, sharq degan tushunchalarni o’quvchilar ongiga singdirish kerak. Buni oddiygina misol orqali o’quvchini doskaga chiqarib, gorizont tomonlarni, nomlarni shimol - janub, g’arb




  • sharq tomonlarni ko’rsatib berish kerak. bo’ladi. bundan keyin esa masalani

yechish bilan shug’ullanish mumkin. Masalaning o’zini ikki usul bilan yechish mumkin. kichkina, kichkina savollar qo’yib:




  1. 6 3 =18 (km) 1-piyodaning o’tgan yo’li.




  1. 53 = 15 (km)2-piyodaning o’tgan yo’li.




  1. 18+15=33 (km) 3 soatdan keyin piyodalar orasidagi

masofa.
Yoki birdan bitta savol qo’yib» ya’ni ifoda tuzib:


(6 3) + (5 3) = 18+15=33 (km)
javob: 33 -. (km).
Bundan tashqari geometrik figuralarning yuzalarini o’lchash (kv. dm.) larda o’quvchilarga predmetlararo xarakterdagi muommoli topshiriqlar berish mumkin, bu topshiriqlar bunday bo’ladi: "Stolning rejali 1 sm da, uni 1 dm masshtab bilan chizing. Stolning yuzini hisoblang". Bunday topshiriqlarning vazifasi matematika va tabiatshunoslik darslarida olingan bilimlardan birgalikda foydalanishdir (Ma’lum masshtabda reja chizish tabiatshunoslik darslarida olingan bilimlarni, tadbiq qilishni talab qiladi) predmetlararo aloqalar o’qituvchiga tabiatshunoslik tushunchalarni shakllantirish ishini faqat tabiatshunoslik darsida amal balki boshqa predmet darslarida ham olib borish mumkin.
Tabiatshunoslik darslari texnikaviy mehnat bilan bog’liqdir. Texnikaviy mehnat darslarida - flyuger, nivelir tayyorlaydilar. Flyuger tabiatshunoslik darsi

10

uchun ko’rgazma hisoblanadi. Plastilin yoki loydan yer sathi tuproq kesaklari kabi shakllarini yasaydilar. Tabiat hodisalarini kuzatish ona tili darslarida og’zaki va nutqni o’stirish uchun boy hamda qiziqarli material beradi. Isloh qilingan maktablarning 3 - sinfida,




  1. yoshli 2 - sinf tabiatshunoslk darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishi uchun kerak bo’ladigan sevimli bolalar shoirlarining (Q.Muhammadiy) juda chiroyli sherlari kiritilganki, bunda o’qish darslari bilan predmetlararo aloqani amalga oshirsa bo’ladi. Matematika darslari tabiatshunoslik darslari bilan ham bog’liq. "Kuzatish kundalik daftari" hamda "Tabiat va mehnat kalendari" da yozilgan ma’lumotlar statistik qayta ishlanadi va shular asosida misol va masalalar tuziladi. Mana, oddiygina bir ekskursiyani olaylik. Mashg’ulotlarning ekskursiya formasi bolalarga o’z faoliyatlari jarayonida atrof - borliqni kuzatish, egallagan bilimlarni amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Ayni vaqtda o’qitishning bu formasi mehnat kishilari, ularning kasblari haqidagi bilim va tushunchalarini

shakllantiradi.
Ekskursiya bolalarda qiziquvchanlik hissini uyg’otadi, ko’rgan hamma narsalarini oson eslab qolishga odatlantiradi. Masalan: boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan qurilishga ekskursiya uyushtirilganda, o’quvchilar qurilish uchun kerak bo’ladigan materiallarni o’z ko’zlari bilan ko’radilar shu kasbdagi kishilar bilan uchrashib, kasbga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Tabiatshunoslik darslarida qilingan ekskursiya matematika darslarida qo’l keladi. O’quvchilar qurilishda ko’rgan bilgan narsalari asosida sodda va murakkab masala tuza oladilar.
Shuningdek, ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan mehnat darslarida ko’rgazmali qurollar sifatida foydalansa bo’ladi. Ona tili darslarida esa ekskursiyada tanishilgan so’zlar lug’at daftariga yoziladi, ularning so’z boyligi oshadi. Shu so’zlardan gaplar tuzib, kichik hikoyacha yoki bayon, insho yoziladi.

11

Tasviriy sanat darslarida ana shu ekskursiya taasurotlari natijasida "Qurilishda" sarlavhali, rasm suyujetini chizish imkoniyati tug’ildi.


O’quvchilarda badiiy va estetik tarbiya berishda tasviriy sanatning roli kattadir. Bu predmet bolalarda estetik didni shakllantirishda, ularni yuksak manaviy axloqli bo’lishlarida katta yordam beradi. boshlang’ich sinflarda tasviriy sanat darslarini hamma predmetlar bilan bog’lab olib borish mumkin. Ayniqsa, o’qish darslaridagi badiiy asarlar, ya’ni ertaklar, qiziqarli hikoyalar o’quvchilarni nafaqat darsga qiziqtirib qolmay, ularning ma’naviy boyligini oshirishga yordam beradi. «Uch ayiqcha" ertagi o’quvchilarda juda katta qiziqish uyg’otadi. O’quvchi bu ertakni o’qib mazmunini aytib bergach, shu ertak asosida rasm chizishni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. «Ular chizgan rasmlarning ertak mazmuniga bog’liqligini o’qituvchi kuzatib boradi. Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda sabzovotlar haqida rasm chizishda o’quvchilarning og’zaki nutqi rivojlantiriladi. Ular sabzavotlarni rasmini chizish bilan birga inson uchun eng kerakli vitaminli ozuqa ekanligi, agar bu sabzavotlar istemol qilinmasa, kishilar dardga chalinish xavfi borligi haqida tasavvur hosil qiladilar. Bu sabzavotlarni yetishtirishda bobodehqonning mehnatini ko’z oldiga keltiradilar, ularni isrof qilmaslik haqida ma’lum ko’nikma hosil qiladilar. Juda ko’p sher va topshamoqlar o’rganadilar.

Masalan:
Yer tagida oltin qozik.


( sabzi.)
Tunda kelib quyonjon
O’g’irlaydi sabzini.
Tulki esa anqayib
Ochib qoldi og’zini.
Tasviriy san’at darslarini badiiy adabiyot bilan bog’lab olib borishda ko’rgazmalilikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko’rgazmada kurslar sodda,

12

aniq rangdor bo’lishi kerak. Rasmlarga taaluqli tekstlar ham qisqa, oddiy bo’lib asar mazmunini to’liq ochishga yordam berishi darkor.



Yuqori sinflarda predmetlararo aloqani amalga oshirish ancha qiyin, chunki har qaysi predmetni alohida o’qituvchi olib boradi, buning ustiga predmet o’qituvchilarning ishlashida yaqindan aloqa bo’lmasa, predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish ancha murakkablashib ketadi. Boshlang’ich sinflarda bunday emas. Hamma fanlarni (o’qish, ona tili, matematika, tabiatshunoslik, mehnat, tasviriy san’at) bir o’qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldida predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish imkoniyatlari juda katta.
Shunday qilib, predmetlararo aloqa o’quvchilarning bilimlarini sistemalashtirib, bu tushunchalarni turmushda qo’llashga yordam beradi. Bu uchun o’qituvchi o’z kasbining ustasi eng muhimi bolalarni joni-dilidan sevishi, chuqur bilimga ega bo’lishi, ijodkor inson bo`lmog`i lozim.

13

1.2. Boshlang’ich sinf matematika darslaridagi predmetlararo bog`lanishning o`ziga xos xususiyatlari


Ma’lumki «Ta’lim to’g’risidagi qonun» asosida tayorlangan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqiyosidagi yutuqlar asosida hamda umumiy va kasb hunar madaniyatida ijobiy va ijtimoiy faollikka va siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ol bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqbol vazifalarni ilgari surish va hall etishga qodir kadrlarni yangi avlodni shakllantirish yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Vaholanki bolaning dunyoqarashi salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarda eng yetuk eng tajribali murabbiylar biriktirilib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi. Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? O’quvchilar qanday bilimga ega bo’lishi kerak? Ularning tarbiyasi qanday bo’lishi kerak?» degan savollarni Prezidentimiz maorifchilar oldiga qo’ydi. Bu kabi savollarga to’g’ri javob topish va ularni amalga oshirish pedagogik kollejlar, akademik liseylar va oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Boshlang’ich ta’limda matematika fani alohida o’rin egallaydi, chunki bu fan bolalarni hisoblash qobiliyatlarini shakllantiribgina qolmay ularning dunyoqarashlarini rvojlantirish, hayotda uchraydigan turli-tuman tushunchalar, miqdorlar har xil xossalar bilan tanishtiradilar. Darsliklarda berilgan har qanday misol va masalalarni yechishda fanlar bog’lanishlarni aniqlab ularni hayot bilan bog’laymiz.
So’ngi yillarda respublikamiz boshlang’ich sinf maktablarida matematikani o’qitish butun sistemasida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab oldiga yangi vazifalarning
14

qo’yilishi matematika o’qitish mazmunini tubdan o’zgarishiga olib keldi va quyidagi savollarni qo’yadi:


1.O’qitishning maqsadi va vazifalari (nima uchun o’qitiladi?)


  1. O’qitishning mazmuni (nima o’qitiladi?)




  1. O’Qitishning shakli (qanday o’qitiladi?)




  1. O’qitishning uslubi (qanday uslublar o’qitiladi?)




  1. O’qitish vositalari (qanday vositalar orqali o’qitiladi?)




  1. Kim o’qitadi? (o’qituvchi)




  1. Kimlarni o’qitadi? (o’quvchilarni)

Aynan mana shu texnologik tizm yuqoridagi yetti elementlarning barchasi samarasiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi elementlar hisoblanadi. Mazkur texnologiyalar tizimi matematika fanini o’qitishga asoslangandir.


Respublikamiz matematika fanini o’qitish bo’yicha amal qilayotgan o’quv bazasi mazmuniga to’g’ri munosabatdan matematika bo’yicha yaratilgan davlat ta’lim standartlariga qo’yilagn talablarni to’liq amalga oshirishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitish boshlang’ich sinflardagi boshqa fanlar bilan o’zaro chambarchas bog’langan.
Matematika o’qitish metodikasi fani matematika fani bilan bog’langandir. Boshlang’ich 1-4 sinflar matematika darsliklaridan o’rin olgan misol va
masalalarni yechishda uning qonun qoidalariga tayangan holda u yoki bu masalalarni hal qilamiz.
1.Qo’shish amali uchun a+b=c


  1. a+b=b+a qo’shishning o’rin almashtirish xossasi




  1. a+(b+c)=(a+b)+c qo’shishning gruppalash xossasi va h.k.

Demak,



  1. Matematika o’qitish metodikasi o’zining eng birinchi bo’lgan matematika

fani bilan bog’liq;


2. Matematika o’qitish metodikasi pedagogika fani bilan bog’langan;
15

Matematika o’qitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning qonuniyatlariga tayanadi.


Bu fan pedagogika fani bilan ikki tomonlama bog’langandir. Bir tomondan matematika o’qitish metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi.
Ikkinchi tomondan pedagogikaning umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodlar tomondan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi. Pedagogika metodlarining konkret materialidan «oziqlanadi» undan pedagogik umumlashtirishlardan foydalaniladi va o’z navbatida u metodlarni ishlab chiqishda yo’llanma bo’lib xizmat qiladi.


  1. Matematika o’qitish metodikasi fani pedagogika psixologiya va yosh psixologiya fani bilan bog’langan. Ta’lim va tarbiyaning ko’pgina masalalarini hal qilishda o’qituvchi pedagogik psixologik va yosh psixologiyasiga oid ko’pgina bilimlardan foydalanish kerak.

Yosh psixologiyasi ta’lim ta’sirida kishi ma’naviyat qiyofasining shakllanish


qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalarning bilimlarini malakalarni o’zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini, ularning mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanish yo’lini, o’quvchilar shaxsining kamol topish qonuniyatlarini o’rganish .
Bu jarayon o’quv tarbiya ishini tashkil qilishda katta ahamiyatga egadir. Boshlang’ich matematika kursi ta’limning boshqa fanlari bilan uzviy
ravishda bog’langandir. Fanlararo bog’lanishlarni to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Boshlang’ich sinflarda predmetlararo bog’lanishlarni amalga oshirish juda oson kechadi. Chunki barcha fanlarni bir o’qituvchi olib boradi va shu sababli uning oldiga predmetlararo bog’lanishlar ochiladi.
Boshlang’ich sinflarning o’quv predmetlararo tevarak atrofdagi voqealar va hodisalar, ularning xossalariga oid aniq tasavvurlar oladilar. Matematikaning faxrlanuvchi xususiyati shundan iboratki, u obyektiv borliqni o’rganish bilan bir

16

vaqtda o’rganilayotgan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan uning miqdoriy tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlarga tegishli bo’lmagan hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi. Ya’ni tushunchalarni abstraksiyaligi va umumiyligini etirof etadi. Ular orasida bog’lanishlarni ifoda etadi bunday bog’lanishlarni o`rgatadi umumiy faoliyatlarni son haqidagi, arifmetik amallar haqidagi tasavvurlar va elementar tushunchalar: har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari, o’qitish forma va metodlarga tayanadi.


Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimda bo’layogan o’zgarishlar ta’lim to’g’risidagi qonunlarda hamda «Kadrlar tayyorlash midlliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgandek har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga muhim vazifa qo’ymoqda. Bu vazifa boshlang’ich ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g’inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturida, o’quv rejalarida darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimda biror tarmoqni hosil qilish mumkin.
Davlat ta’lim standartlari o’quv fani bo’yicha o’quv metodik rejalarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek o’quv fanlararo bog’lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarining o’zaro bog’liqligi va fanlararo bog’lanishlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarning metodik-matematik tayyorgarligi haqida so’z borganda biz uni ilmiy pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorgarligini tushunish kerak.
Fanlararo aloqani tashkil etishda matematika o’qitish metodikasi oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi:
1.Ta’lim tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirish;


  1. Nazariy bilimlar tizimini o`rganish jarayonini yoritib berish;




  1. O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo’llarini o`rgatish;




  1. Ta’limni insonparvarlashtirish;

17


  1. Matematika o’qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o’zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi vazifalarni tarbiyalashni ko’rsatib berishi;




  1. O’qitish metodikasi 1-4 sinf matematikasining davomi bo’lgan 5-6 sinf matematikasi mazmuni bilan bog’lab o’qitishdan iborat.

18


  1. Download 289.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling