Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti “Umumiy biologiya” yo’nalishi 403-guruhi talabalari “Yahshitarbiya kelajagimiz kamoli, yomon tarbiya kelajagimiz kulfati”mavzusidagi ochiq muloqot bayonnomasi


Download 13.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.82 Kb.
#219428
Bog'liq
Urganch davlat universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti


Urganch Davlat Universiteti Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti “Umumiy biologiya” yo’nalishi 403-guruhi talabalari “Yahshitarbiya kelajagimiz kamoli, yomon tarbiya kelajagimiz kulfati”mavzusidagi ochiq muloqot bayonnomasi.

31.01.2014 yil Urganch shahri.
Qatnashdilar:Tabiatshunoslik va geografiya fakultet dekani

dots. Polvonov X.K, “Umumiy biologiy kafedra mudiri dots. Yoqubov G’, guruh

rahbari. Raximova X,Guruh kamolotchisi Maratov Dilmurod 403-guruh talabalari.
Kun tartibi:


  1. Tarbiyani oiladan boshlash kerak.

  2. Talabalarning oilaviy sharoiti (qush uyasida ko’rganini qiladi).

  3. Har-xil masalalar.

Dastlab davra suxbatini ochib berish uchun so’z Tabiatshunoslik va Geografiya fakulteti dekani dots.Polvonov X.K ga berildi. Bu masala bo’yicha ”Yaxshi tarbiya kelajagimiz kamoli yomon tarbiya kelajagimiz zavoli” borasida universitetimizda ko’pgina ishlar olib borilmoqda nafaqat universitetimizda balki mamlakatimizda ta’lim va tarbiya birgalikda uzviy olib borilmoqda. Ta’lim va tarbiya doimo bir-biridan ajralmas hilqat ekanligi ajdodlarimiz tomonidan ham ezozlab kelinishi bejizga emasligi va bu borada hozir ta’lim muassasamizda shu ezgu qadriyatlar asosida ishlar olib borilayatganini o’z so’zini isboti sifatida takidlab aytib o’tdi.

“Umumiy biologiya” kafedrasi mudiri k.x.f.n.G’.Yoqubov ham so’zga chiqib, universitetdagi ta’lim samaradorligini oshirish borasidagi qilinayotgan chora tadbirlar to’g’risida gapirdi. Ta’lim sifatini belgilovchi omillar bu talabalarning tarbiyaviy, pedogogik maxoratini shakillantirishimiz zarurligi to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdi.

Suhbat davomida guruh rahbari X. Raximova ham so’zga chiqib, talabaga qo’yiladigan quyidagi talablar: ichki tartib qoidalarga rioya qilish, odob axloq qoidalarga rioya qilish, o’quv mashg’ulotlarida faol bo’lish, o’z-o’zini anglash, doimo komillik va xalollikka intilish, axborot makonida mafkuraviy va ma'naviy immunitеtini namoyon eta olishi, aniq maqsadga ega bo’lish, o’z ustida doimo ishlash, ilm olish uchun intilish, sog’lom turmush tarzi sari intilish, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, mustaqil izlanish, badiiy adabiyotga qiziqish, ijtimoiy faol bo’lish va vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash kerakligini aytib o’tdi. Tadbir so’ngida talabalar tadbir to’g’risidagi o’z fikirlarini bildirdilar

Guruh kamolotchisi Maratov Dilmurod Unversitetimiz odob axloq qoidalarini o`qib eshittirdi.



Yig’ilish qaror qa’bul qiladi:

  1. Ta’lim – tarbiya, odob axloq qoidalari to’g’risidagi bunday tadbirlar muloqot soatlarida guruhlar o’rtasida muhokama qilinsin va tez-tez o’tkazilib turilsin.

Umumiy biologiya” kafedrasi mudiri dots. Yoqubov. G’

Guruhrahbarlari: Raximova X.

Kotib; Atojonov G`.
Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling