Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»


Download 393.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.09.2020
Hajmi393.1 Kb.
#130213
Bog'liq
Ishchi dastur. (Neft va tabiiy gaz kimyosi) (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 



 

 

«TASDIQLANDI» 



O’quv ishlari bo’yicha prorektor 

 __________ dots. S.U.Xodjaniyazov 

« ___»  ____________  2020 yil 

 

 

 



NEFT VA TABIIY GAZ KIMYOSI 

 

FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI 



 

(4 kurs kimyo) 

 

 

Bilim sohasi: 



100 000 

– 

Gumanitar 



Ta’lim sohasi: 

140 000 


– 

Tabiiy fanlar 

Ta’lim yo’nalishi: 

5140500 


– 

Kimyo 


 

 

 



 

 

Semestr 



Mashg’ulotlar 

VII 


Jami 

Ma’ruza 


28 

28 


Laboratoriya 

20 


20 

Amaliy 


12 

12 


Seminar 

12 


12 

Mustaqil 

50 

50 


Jami: 

122 


122 

 

 



 

 

 

Urganch-2020 



 

Ushbu ishchi dastur bakalavrning 5140500 - «Kimyo» ta’lim yo’nalishi uchun 



O`z.R  OO`MTV  tomonidan  25.08.2018  yil  №744  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  va 

18.08.2018  yil  №  BD  5140500  –  4.04  raqam  ostida  ro`yxatga  olingan  o’quv  dastur 

asosida  tuzilgan  bo’lib,  bakalavriat  yo’nalishi  uchun    «Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi» 

fanining mavzularini  o’rganish uchun mo’ljallangan.  

 

Ishchi  o’quv  dasturi  Urganch  Davlat  universiteti  Kеngashining  202__  yil 



«___» ______dagi ____-sonli bayoni bilan tasdiqlangan. 

 

Тuzuvchi:   



 

 

 

 

 

 

M.D.Vapayev  

-  

UrDU, “Kimyo” kafedrasi kata o’qituvchisi, f.d. (PhD) 



 

Tаqrizchilаr: 

 

A.K. Kulimov 

 

Xorazm viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash 

va  ularning  malakasini oshirish  hududiy markazi, “Aniq 

va  tabiiy  fanlarni  o’qitish  metodikasi”  kafedrasi  mudiri, 

kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 

 

 

 

R.Sh. Kuryazov 

 

UrDU,  “Kimyo”  kаfеdrаsi  dotsenti,  kimyo  fаnlаri 

nоmzоdi. 

 

 

 



 

 

 



UrDU Tabiiy fanlar 

fakulteti dekani: 

«___» _____  2020 yil      ___________________ J.Sh.Ruzimov 

           (imzo) 

 

«Kimyo» kafedrasi 

mudiri: 

 «___» _____  2020 yil      ___________________ E.U.Eshchanov  



              (imzo) 

 

 



  

 

 



 



1.  O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 



 

I. KIRISH 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  ta’limning  tabiiy  yo’nalishi  bo’limida 

ko’rsatib  o’tilgan  talabalarning  tabiat  haqidagi  dunyo  qarashini  boyitish,  ularda 

mustaqil  fikrlash  tuyg’ularini

 

qaror  toptirish,  olingan  nazariy  va  amaliy  bilimlarni 



hayotga  tadbiq  etishni  amalga  oshirishga  qaratilgan.  Oliy  o’quv  muassasalaridan 

kimyo sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarni puxta biladigan va ulardan amaliyotda 

foydalana oladigan kadrlarni tayyorlash talab etiladi. Bunday kadrlarni tayyorlashda 

oliy  ta’lim  muassasalarida  o’qitiladigan  Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  fanining 

ahamiyati  kattadir.  Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosini  o’qitish  talabalarni  neftning 

fraktsion  va  element  tarkibi,  neft  mahsulotlarining  fizik-kimyoviy  tavsiflari  va 

ishlatilish  sohalari,  tabiiy  gazning  tarkibi,  xossalari,  neft  va  tabiiy  gazni  tozalash  va 

qayta  ishlash  usullari,  neftni  qayta  ishlashdagi  katalitik  jarayonlar  va  ularning 

mexanizmlari,  neft  va  tabiiy  gazni  krekinggi  va  reforming  asoslarini,  neftni 

rektifikatsiyasini,  tabiiy  gaz  pirolizi  mexanizmini,  neft  va  tabiiy  gaz  asosida 

monomerlar  sintez  qilish  usullari  bo’yicha  mantiqiy  fikrlashga  va  uni  amaliyotga 

tadbiq etishni bilishga o’rgatishdan iboratdir. 



 

1.1. Fanning maqsad va vazifalari 

Fanni  o’qitishdan  maqsad  –  talabalarga  Respublikamizdagi  neft-gaz  sanoati 

haqida, neftni qayta ishlashdagi katalitik jarayonlar va ularning mexanizmlari, neft va 

tabiiy  gaz  krekingi  va  riformingi  asoslarini,  neftni  rektifikatsiyasini,  tabiiy  gaz 

pirolizi  mexanizmini,  neft  va  tabiiy  gaz  asosida  monomerlar  sintez  qilish,  neft 

uglevodorodlari  asosida  organik  birikmalar  sintez  qilish  jarayonini,  neft  tarkibidagi 

uglevodorodlarning harorat ta’sirida kimyoviy o’zgarishini o’rgatishdan iborat.

 

Neft va tabiiy gaz kimyosi kimyo fanining bir boʻlimi bo’lib, neft va tabiiy gaz 



kom-ponentlarining  tarkibi,  tuzilishi,  xossalari  va  kimyoviy  oʻzgarishlarini, 

shuningdek,  ularni  qayta  ishlash  jarayonlarini  oʻrganadi.  Neft  va  tabiiy  gaz 

kimyosining  bosh  masalasi  –  neft  va  tabiiy  gaz  komponentlarini  (asosan, 

uglevodorodlar,  turli  yonilgʻilar,  surkov  moylari,  monomerlar,  erituvchilar,  sirt  faol 

moddalar  va  boshqa  olishda  qoʻllaniladigan  katta  miqdordagi  organik  mahsulotlar) 

qayta  ishlash  jarayonlarini  oʻrganish  va  samarali  usullarini  topish  zarur  ekanligini 

talabalarga o’rgatish orqali ularning nazariy va amaliy bilimlarini boyitadi. 

Respublikamizdagi  neft  va  gazni  qayta  ishlash  sanoat  korxonalari,  ularning 

rivojlanish  bosqichlari,  neft  va  gaz  qazib  olinadigan  asosiy  hududlar,  neft  va  gazni 

qazib olish usullari va ularni qayta ishlashga tayyorlash, neftning fizikaviy-kimyoviy 

xossalari,  neft  va  tabiiy  gaz  xomashyolarni  qayta  ishlash,  neft  va  tabiiy  gazni  qayta 

ishlashni  kinetikasi  va  mexanizmi,  neft  va  neft  mahsulotlarining  xossalari,  neft  va 



 

tabiiy  gaz  asosida  monomerlarni  sintez  qilishni  talabalarga  o’rgatishdan  iborat.  Neft 



va tabiiy gaz kimyosi fani xalq xo’jaligi uchun yangi turdagi mahsulotlarni- tibbiyot, 

qishloq xo’jaligi ehtiyoji  uchun biologik  faol  moddalarni sintez qilishning eng qulay 

usullarini ishlab chiqishda muhim rol o’ynashini talabalarga o’rgatadi. 

 

1.2. Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar 

Neft va tabiiy gaz kimyosi fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 

ishlar doirasida talabalar: neftning fraktsion va element tarkibi, neft mahsulotlarining 

fizik-kimyoviy tavsiflari va ishlatilish sohalari, neft va tabiiy gazni tozalash va qayta 

ishlash usullari, neftni qayta ishlashdagi katalitik jarayonlar, Respublikamiz neft-gaz 

sanoati haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak. 

Neftni  qayta  ishlashdagi  katalitik  jarayonlar  mexanizmini,  neft  va  tabiiy  gazni 

krekingi  va  riformingi  asoslarini,  neftni  rektifikatsiyasini,  tabiiy  gaz  pirolizi 

mexanizmini,  neft  va  tabiiy  gaz  asosida  monomerlar  sintez  qilish,  biogen  va 

geterogen  katalizni  tahlil  qila  olish,  neft  va  neft  mahsulotlarining  fizik,  fizik-

kimyoviy xossalarini aniqlay olish, tabiiy gazni tozalashda erituvchilardan foydalana 

olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 



 

1.3. Fanning o’quv rejalagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqlign va uslubiy 

jihatdan uzviyligi 

Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  fanini  talabalarning  etarlicha  o’zlashtirib  olishlari 

uchun oliy o’quv yurtigacha bo’lgan organik kimyodan elementar tushunchalarga ega 

bo’lishi  bilan  birgalikda  noorganik  kimyo,  analitik  kimyo  kabi  fanlardan  yetarlicha 

ma’lumotlarga  ega  bo’lishlari  lozim.  Organik  kimyo  fani  bakalavriatda  o’qitiladigan 

o’quv  rejadagi  “Yuqori  molekulyar  birikmalar  kimyosi”,  “Bioorganik  kimyo”, 

“Organik  birikmalarning  tuzilish  nazariyasi”,  magistraturada  o’qitiladigan 

“Geterotsiklik  birikmalar  kimyosi”,  “Organik  sintez”  kabi  fanlarni  o’zlashtirishda 

asos bo’lib xizmat qiladi. 

Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  fani  kimyo  yo’nalishida  ta’lim  olayotgan 

talabalarga  7-  semestrdan  boshlab  kimyoning  noorganik  kimyo,  organik  kimyo, 

kimyo  tarixi.  analitik  kimyo.  fizikaviy  kimyo,  kimyoviy  texnologiya,  yuqori 

molekulyar  birikmalar  kimyosi  kabi  fanlarni  o’zlashtirganlaridan  so’ng  o’qitiladi. 

Semestr  davomida  talabalarga  neft-gaz  sanoati  haqida,  neftni  qayta  ishlashdagi 

katalitik  jarayonlar  va  ularning  mexanizmlari,  neft  va  tabiiy  gazni  krekingi  va 

riformingi asoslarini, neftni rektifikatsiyasini, tabiiy gaz pirolizi mexanizmini, neft va 

tabiiy  gaz  asosida  monomerlar  sintez  qilish,  neft  uglevodorodlari  asosida  organik 

birikmalar  sintez  qilish  jarayonini,  neft  tarkibidagi  uglevodorodlarning  harorat 

ta’sirida  kimyoviy  o’zgarishiga  oid  ma’ruza  mashg’ulotlari  va  fanning  barcha 

bo’limlariga oid laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi. 



 

Shu  bilan  birgalikda  Respublikamizda  Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  sohasidagi 



erishilayotgan  yutuqlar,  mavjud  muammolar, istiqboldagi  rejalar  haqida  ma’lumotlar 

beriladi. 



 

1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni 

Talabalar  "Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi"  fanini  o’zlashtirish  davomida  olgan 

bilimlari  asosida  Neft  va  gazni  qayta  ishlash  karxonalarida  ishlashlari  va  shu 

sohaning  muammolari,  ilmiy-tadqiqot  institutlari  laboratoriyalarida,  ishlab 

chiqarish korxonalari  laboratoriyalarida  ishlari davomida  foydalanishlari  mumkin. 

Shuningdek talabalar  maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolejlarida, hamda oliy 

o’quv yurtlarida faoliyat yuritganlarida ham "Neft va tabiiy gaz kimyosi" kursidan 

olgan  bilimlarn  asosida  o’z  ilmiy  va  pedagogik  izlanishlarini  davom  ettirishlari 

mumkin. 

 

1.5. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

Talabalarning  Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  fanini  o’zlashtirishlari  uchun 

o’qitishning  ilg’or  va  zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  Yangi  axborot-  pedagogik 

texnologiyalarni  tadbiq  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Fanni  o’zlashtirishda 

darslik,  o’quv  va  uslubiy  qo’llanmalar,  ma’ruza  matnlari,  tarqatma  materiallar, 

elektron  materiallar  foydalaniladi.  Ma’ruza  va  laboratoriya,  amaliy,  seminar 

mashg’ulotlarini  olib  borishda  ilg’or  pedagogik  texnologiyalardan  foydalaniladi. 

Ma’ruza  mashg’ulotlarini  tashkil  etishda  tegishli  tajribalar  namoyish  etilishi  ko’zda 

tutilgan.  Talabalarning  Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  fanidan  olgan  bilimlari  fan 

bo’limlari bo’yicha mustaqil ishlar tarzida mustahkamlanadi. 

 

2. Ma`ruza mashg`ulotlari  

№ 

Ma`ruzalar mavzulari   

VII-semestr 

Dars 

soatlari 

hajmi 

1. 


Neft  va  tabiiy  gaz  kimyosi  faniga  kirish,  fanning  maqsad  va 

vazifalari 

2. 


Neft to’g’risida umumiy ma’lumotlar 

3. 



Neftning sinflanishi 

4. 



Neft  va  tabiiy  gazlarni  qayta  ishlash  maxsulotlari  asosida  kimyoviy 

sintezlar 

5. 


Neftning fraktsion va element tarkibi 

6. 



Neft va neft maxsulotlarining tarkibini aniqlash usullari 

7. 



Neft va neft gazlarining tarkibidagi alkanlar (parafinlar) 

8. 



Neft va neft gazlarining tarkibidagi arenlar 

9. 



Neft tarkibidagi qo’shimcha mahsulotlar 



 

10.  Neftni termik qayta ishlash 



11.  Tabiiy gazni tozalash va qayta ishlash. Piroliz 

12.  Neftni qayta ishlash mahsulotlari va ularning tasnifi 



13.  Neft asosidagi monomerlar 

14.  Neftkimyoviy sintezlar 





JAMI: 

28 s 

 

Ma’ruza  mashg’ulotlari  multimediya  qurilmalari  bilan  jixozlangan 



auditoriyada akadem. guruhlar oqimi uchun o’tiladi. Ma`ruza  mashg’uloti darslarida 

aqliy  hujum,  dialogik  yondashuv,  muammoli  ta`lim,  munozara,  Venn  diagrammasi 

usullaridan foydalaniladi.  

 

3. Laboratoriya mashg’ulotlari 



№ 

Laboratoriya mashg’uloti mazulari 

Dars 

soatlari 

hajmi 

 

VII-SEMESTR 



 

Neftni birlamchi qayta  ishlash texnologiyasi bilan tanishish  va  uni 



amalga oshirish qurilmasini o’rnatish.  



Turli  manbalardan  olib  kelingan  neftlarning  bir-biridan  farqli 

tomonlarini aniqlash (suv miqdorini aniqlash). 



Neftni  ayrim  fizik-kimyoviy  xossalarini  aniqlash  (kinematik 



qovushqoqlik) 



Byenzindagi tyetraetilqurg’oshinni aniqlash 



Laboratoriya sharoitida atsetilen olish texnologiyasi. 



Atsetilen asosida katalitik sintezlar (vinillash reaktsiyalari). 



JAMI: 



20 s 

Laboratoriya  mashg’ulotlari  laboratoriya  jixozlari  bilan  jixozlangan 

auditoriyalarda  har  bir  akadem.  guruh  uchun  alohida  o’tiladi.  Mashg’lulotlar  faol  va 

interfaol usullar yordamida o’tiladi. 



 

4. Amaliy mashg’ulotlar 

№ 

Amaliy mashg’ulotlar mavzulari 

Ajratilgan 

Soatlar 

VII-SEMESTR 

 

Neftni qayta ishlash usullarini nazariy tahlil qilish 



Propilen oksidini gidratlash jarayonini o’rganish 



Etilenoksid bilan n-butanolni reaktsiyasini o’rganish 



Xloralkanlarni termik va katalitik parchalash 



Suyuq fazada boradigan gidrirlash jarayoni kinetikasini o’rganish 



Neft maxsulotlarini sifatini oshirish usullari 





JAMI 

12s 

 



 

Amaliy  mashg’lulotlar multimediya qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada 

har bir akadem.  guruh  uchun alohida  o’tiladi. Mashg’ulotlar  faol  va  interfaol  usullar 

yordamida  o’tiladi,  “Keys-stady”  texnologiyasi  ishlatiladi,  keyslar  mazmuni 

o’qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimediya 

qurilmalari yordamida uzatiladi. 

 

5. Seminar mashg’ulotlari 

Seminar  mashg’ulotlari  multimedia  qurilmalari  bilan  jihozlangan  auditoriyada 

bir  akadem.  guruhga  alohida  o’tiladi.  Mashg’ulotlar  faol  va  interfaol  usullar 

yordamida  o’tiladi.  Berilgan  mavzu  bo’yicha  talabalar  taqdimot  materiallari 

tayyorlaydi va og’zaki savol-javoblar qilib mavzu to’liq yoritiladi. 

 

№ 

Seminar mashg’ulotlari mavzulari 

Dars 

soatlari 

hajmi 

1. 


Neft va gazni hosil bo’lish nazariyalari 

2.   Neft va gazni tozalash usullari 



3. 


Neft va gazni qayta ishlashda qo’llaniladigan jihoz va uskunalar 

4. 



Kaprolaktam olishning kimyoviy va tyexnologik sxyemasi 

5. 



Uglevodorodlarni piroliz qilish jarayoni 

6. 



Metan konvertsiyasini kimyoviy va texnologik sxemasi 



 



 

Jami 

12 soat 

 

Seminar mashg’ulotlari multimyedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada 



bir  akadem.  guruhga  alohida  o’tiladi.  Mashg’ulotlar  faol  va  interfaol  usullar 

yordamida  o’tiladi.  Berilgan  mavzu  bo’yicha  talabalar  taqdimot  materiallari 

tayyorlaydi va og’zaki savol-javoblar qilib mavzu to’liq yoritiladi.

 

 



6. Mustaqil ta’lim 

№ 

Mustaqil ta’lim mavzulari 

Dars 

soatlari 

hajmi 

VII SEMESTR 

 

Respublikamizdagi  neft  va  gazni  qayta  ishlash  sanoat  korxonalari, 



ularning rivojlanish bosqichlari. 



Neft  va  gaz  qazib  olinadigan  asosiy  hududlar,  neft  va  gazni  qazib 

olish usullari va ularni qayta ishlashga tayyorlash. 

3  Neftni qayta ishlash sanoatining taraqqiyoti. 



Neftning klassifikatsiyasi. Ilmiy va texnologik klassifikatsiya. 



5  Neftning fizikaviy-kimyoviy xossalari. 



 



Neftni tarkibini kimyoviy va fizikaviy – kimyoviy usullar yordamida 

o’rganish. 



Neft  va  tabiiy  gaz  xomashyolarni  qayta  ishlashda  degidridlash  va 



gidridlash jarayonlari. 



Neft  va  tabiiy  gaz  xomashyolarni  qayta  ishlashda  alkillash 

jarayonlari 



Neft  va  tabiiy  gaz  xomashyolarni  qayta  ishlashda  nitrolash  va  sul-



folash jarayonlari 

10 



Neft  va  tabiiy  gaz  xomashyolarni  qayta  ishlashda  oksidlash 

jarayonlari 

11  Neft va tabiiy gazni qayta ishlashni kinetikasi va mexanizmi. 



12  Neft va tabiiy gazning roli, ahamiyati va hozirgi zamon ta’limoti. 

13  Neftning tavsifi va tarkibi. Kimyoviy va texnologik tavsiflar. 



14  Neftning fraktsion va element tarkibi. 

15  Neft va neft mahsulotlarining xossalari. 



16  Neft va tabiiy gazlarni komponentlarga ajratish usullari 

17  Neftning kolloid xossalari. 



18  Neft va neft mahsulotlarini tarkibini aniqlash usullari 

19 


Neft  tarkibida  geteroatom  birikmalar  va  mineral  komponentlar, 

kislorod, azot, oltingugurt tutgan birikmalar. 

20  Neftni termik qayta ishlashning nazariy asoslari. 



21  Neft va tabiiy gaz asosida monomerlarni sintez qilish. 

22 


Neftni  qayta  ishlash  jarayonida  sodir  bo’ladigan  kimyoviy 

reaktsiyalar. 

23 


Neft  va  tabiiy  gazni  qayta  ishlash  mahsulotlari  asosida  stirol, 

vinilgalogenidlar,  vinilefirlar,  akril  kislota,  vinilatsetat  kabi 

monomerlarni sintezini kinetikasi va mexanizmi. 

24  Tabiiy gaz asosida metanolni olish kinetikasi va mexanizmi. 



25  Neft kimyoviy sintezining texnologik va ekologik muammolari. 

 

Jami: 



50 s 

 

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 

Talabalar 

darsdan 

tashqari  paytlarda  o’tilgan  mavzularni  mustaqil 

o’zlashtirishlari  va  egallagan  bilimlarini  mustahkamlashi,  amaliy    va  nazariy  

mashg’ulotlarga  tayyorlanib  kelishlari  uchun  tavsiya  etilgan  asosiy  va  qo’shimcha 

adabiyotlardan foydalanishlari zarur bo’ladi. 

Mustaqil  o’zlashtiriladigan  mavzular  bo’yicha  talabalar  tomonidan  referatlar 

tayyorlanadi va uni taqdimoti tashqil qilinadi. 

 

 

 


 



7. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari 



 

7-semestr 

Ma’ruza-28 s; Laboratoriya-20s; Amaliy-12s; Seminar-12s; Мustaqil ish- 50s. 



t/r 

Nazоrat turlari 

Sоni 

Ball 

Jami ball 



O.B. 



 

 

 

 

1.1.  Yozma  ish  (3  savol)  yoki 



dl.urdu.uz da 30 ta test savol 

1 savol - 10 ball 



2 savol - 10 ball 

3 savol - 10 ball 



 

30 



J.B. 

 

Haftalar  

 

 

JB



1

 

JB



2

 

JB



3

 

JB



4

 

 



 

III  

V  

VII 

IX 

 

 

2.1.  Laboratoriya  mashgʻulоt-



larni bajarish 

10 



10 

 

10 



30 

 

2.2.  TMI–  yozma  rеfеrat 



tayyorlash 

va 


seminar 

mashgʻulоtlar 

 

 



5+5=10 

 

10 



Jami: 

10 

10 

10 

10 

40 



Ya.B. 



 

 

 

 

3.1.  Yozma  ish  (3  savol)  yoki 



dl.urdu.uz da 30 ta test savol 

1 savol - 10 ball 



2 savol - 10 ball 

3 savol - 10 ball 



 

30 

 

Jami: 

 

 

100 



Eslatma:  3-joriy  nazorat  TMI  va  seminar  mashgʻulоtlari  boʻyicha  oʻtkaziladi. 

Ularning har biri 5 ballik tizimda baholanib yigʻindisi qaydnomaga qoʻyiladi. 

 

Nazorat  turlari,  ularni  oʻtkazish  haftasi,  maksimal  ball  va  saralash  ballari 



quyidagi jadvalda keltirilgan: 

 

Nazoratlar 



JN-1  ON  JN-2  JN-3  JN-4  YaN  Jami 

Maksimal ball 

10 

30 


10 

10 


10 

30 


100 

Saralash ball 

5,5  16,5  5,5 

5,5 


5,5 

16,5  55 

Nazorat haftasi 





 

 



7.1. Joriy nazorat uchun baholash mezonlari  

JN  da  fanning  har  bir  mavzusi  boʻyicha  talabaning  bilim  va  amaliy 

koʻnikmalari  darajasini  (oʻzlashtirishini)  aniqlab  borish  nazarda  tutiladi  va  u  odatda 

amaliy  mashgʻulot,  sеminar  yoki  laboratoriya  darslarida  muntazam  ravishda  amalga 

oshiriladi.  Shuningdеk  har  bir  fan  boʻyicha  talabaning  mustaqil  ish  boʻyicha  olgan 

ballari ham joriy nazorat natijalarida oʻz aksini topadi.  



 

10 


JN natijalari semester davomida 4 marta umumlashtiriladi. Demak, 4 marta JB 

oʻtkaziladi. Har bir umumlashtirish sanasiga qadar har bir talabaning bilim, koʻnikma 

va  malakalari(shu  jumladan  mustaqil  ishi  ham)  1marta  0  dan-  10  gacha  boʻlgan 

ballarda faqat butun sonlarda baholanadi. 

Fanga  ajratilgan  laboratoriya,  seminar  yoki  amaliy  mashgʻulotlar  soatlaridan 

kelib  chiqqan  holda  reyting  ishlanmasida  har  bir  mashgʻulot  turiga  va  talabalarning 

mustaqil ishi uchun baholashlar soni ajratiladi.  

Laboratoriya,  seminar  yoki  amaliy  mashgʻulotlar  soati  haftasiga  1  soatdan 

boʻlganda JN baholashda 2 marta (2*10 ball) mustaqil ta’lim baholanadi. 

Laboratoriya,  seminar  yoki  amaliy  mashgʻulotlar  soati  haftasiga  2  soat  va 

undan ortiq boʻlganda JN baholashda 1 marta (1*10 ball) mustaqil ta’lim baholanadi. 

Sеmеstrning  reyting  ishlanmasida  koʻrsatilgan  haftalarida  talabalarning  shu 

kungacha olgan ballari yigʻindisi hisoblanib JN natijasi sifatida guruh jurnaliga va fan 

uchun ajratilgan qaydnomaga butun sonlarda(0-10 ballgacha) qayd qilinadi. 

 

Kafеdrada  JN  boʻyicha  talabalar  bilimi,  koʻnikma  va  malakalarini 



baholashning quyidagi mezonlari qoʻllaniladi:  

Laboratoriya ishlari boʻyicha: 

«9-10» ball bilan baholanadi: 

-bajarilgan ishning nazariy va amaliy ahamiyatini atroflicha tushungan boʻlsa; 

-mashgʻulotlar  paytida  ishlatilgan  asbob-uskunalar  va  boshqa  vositalardan  toʻgʻri 

foydalanish mahoratiga ega boʻlsa; 

-xavfsizlik tеxnikasiga va kimyoviy rеaktiv bilan ishlash qoidalariga rioya qilsa; 

-tashkiliy  mеhnat  malakasiga  ega  boʻlsa  (ish  joyi  toza  va  saranjom,  kimyoviy 

rеaktivlardan tеjab foydalana bilsa); 

-bеrilgan vazifani mustaqil ravishda bajarish qobilyatiga ega boʻlsa;  

-bеxato natijalar olib, ulardan toʻgri xulosa chiqara olsa; 

-natijalarning matеmatik qayta ishlash usullarini mukammal bilsa; 

-ish boʻyicha hisobotni toʻgri va puxta shakllantira olsa; 

«7-8» ball bilan baholanadi: 

-laboratoriya  mashgʻuloti  mavzusining  maqsadi  va  mazmunini  toʻgʻri  tushungan 

boʻlsa; 

-bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa; 

-laboratoriya mashgʻuloti paytida ishlatilgan asbob-uskunalar va boshqa vositalardan 

foydalanishni bilsa, bunda muhim boʻlmagan xatolarga yoʻl qoʻysa; 

-bеrilgan vazifani mustaqil bajara olsa; 

-qoʻlga kiritilgan natijalardan toʻgʻri xulosalar chiqara olsa; 

-natijalarni matеmatik qayta ishlay olsa; 

-ish yuzasidan hisobot shakllantira olsa. 



«5-6» ball bilan baholanadi: 

 

11 


-ishning maqsad va mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega boʻlsa; 

-asbob-uskunalardan  mustaqil  foydalanish  mahoratiga  ega  boʻlmay,  ish  davomida, 

chеtdan boʻladigan har xil yordamlarga muhtoj boʻlsa; 

-xavsizlik  tеxnikasiga  va  moddalar  bilan  ishlash  qoidalariga  rioya  qilishda  ba'zi 

xatolarga yoʻl qoʻygan boʻlsa; 

-kimyoviy rеaktivlardan tеjab foydalana bilmasa; 

-ish  natijalarini  qayta  ishlab  chiqish  va  ish  boʻyicha  hisobot  tayyorlashda  yordamga 

muhtoj boʻlsa; 

-hisobotda ayrim xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa. 

«3-4» ball bilan baholanadi: 

-ishning maqsad va mazmuni haqida aniq tasavvurga ega boʻlmasa; 

-ishni  bajarishda  xavfsizlik  tеxnikasi  va  moddalar  bilan  ishlash  qoidalarini,ayrim 

hollarda qoʻpol ravishda buzsa; 

-natijalarni qayta ishlash va olingan natijalar yuzasidan hisobot tayyorlash mahoratiga 

ega boʻlmasa; 



«1-2» ball bilan baholanadi: 

-ishni  bajarishda  xavfsizlik  tеxnikasi  va  moddalar  bilan  ishlash  qoidalariga  umuman 

rioya qilmagan boʻlsa; 

-natijalar  olib  bilmasa  yoki  ish  natijalarining  boshqalardan  koʻchirib  olinganligi 

aniqlansa.  

 

Sеminar (amaliy) mashgʻulotlari boʻyicha:  



«9-10» ball bilan baholanadi: 

- sеminar mavzusining maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa; 

-bayonda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va mantiqiy chalkashliklarga 

yoʻl qoʻyilmasa; 

-mavzu  matеrialining  nazariy  yoki  amaliy  ahamiyati  haqida  aniq  tasavvurga  ega 

boʻlsa; 


-mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobilyatini namoyon eta olsa; 

-bеrilgan savollarga aniq va loʻnda javob bеra olsa; 

-sеminar konspеkti puxta tayyorlangan boʻlsa;  

- qoʻshimcha adabiyotlardan samarali foydalangan boʻlsa; 



«7-8» ball bilan baholanadi: 

-sеminar mashgʻulotlarining maqsadi va mazmunini tushungan, bayonda ilmiy va  

mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻyilmasa; 

-mavzu matеrialining amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa; 

-bеrilgan vazifani oʻquv dasturi doirasida bajarsa; 

-bеrilgan savollarga toʻgri javob bеra olsa; 

-sеminar konspеktini puxta shakllantirgan va rasmiylashtirgan boʻlsa; 


 

12 


«5-6» ball bilan baholanadi: 

-mavzu haqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa; 

-mavzu tor doirada yoritilib, bayonda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa; 

-bayon mazmunan ravon boʻlmasa; 

-savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa; 

-sеminar konspеkti puxta shakllantirilmagan boʻlsa;  

-nazorat ishlariga qisman javob olinsa. 

«3-4» ball bilan baholanadi: 

-sеminar mashgʻulotiga jiddiy tayyorgarlik koʻrilmagan boʻlsa; 

-mashgʻulot mavzusiga doir aniq tasavvurga ega boʻlmasa; 

-sеminar matnida jiddiy xatolar va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa; 

-sеminar mavzusiga doir bеrilgan savollarga, nazorat ishlariga notoʻgʻri javob olinsa. 

«1-2» ball bilan baholanadi: 

-sеminar mashgʻulotiga tayyorgarlik koʻrilmagan boʻlsa; 

-mashgʻulot mavzusiga doir deyarli hеch qanday tasavvurga ega boʻlmasa; 

-sеminar matnining boshqalardan koʻchirib olinganligi sеzilib tursa; 

-sеminar mavzusiga doir bеrilgan savollarga, nazorat ishlariga javob olinmasa. 

 

Mustaqil ishni tashkil etish va baholash 

 

Mustaqil  ish  talabalar  tomonidan  auditoriya  mashgʻulotlarida  oʻrganilgan 

mavzularni  oʻzlashtirilishiga  yordamlashish  uchun  olib  boriladi.  Bunda  talabaning 

mustaqil ishi yozma referat tayyorlash shaklida amalga oshiriladi.  



 

Referat matnlarini baholash mezoni: 

«9-10» ball bilan baholanadi: 

- mavzu toʻliq ochilgan, atroflicha, aniq va reja asosida toʻgʻri yozilgan boʻlsa;  

- toʻgʻri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari boʻlsa; 

-  oʻquv  dasturida  keltirilgan  adabiyotlardan  tashqari  matеriallardan  foydalanilgan 

boʻlsa; 

-  qonun  va  qoidalar,  nazariyalar,  tushunchalar  va  tasavvurlar,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalari toʻgʻri va aniq yozilgan boʻlsa; 

-  bayonda  ilmiy  xatoliklarga  yoʻl  qoʻyilmay,  matеrial  mazmunining  ilmiy  va 

mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan boʻlsa;  

- bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa. 



«7-8» ball bilan baholanadi: 

- mavzu mohiyati ochilgan, toʻgʻri yozilgan boʻlsa; 

- faqat oʻquv dasturida keltirilgan adabiyotlar bilan chеklangan, ammo toʻgʻri boʻlsa; 

- javoblarda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan boʻlsa; 



 

13 


-  qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida xatoliklar uchramasa; 

- bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa; 

- toʻgʻri xulosa chiqarilgan, lekin ijodiy yondashilmagan boʻlsa.  



«5-6» ball bilan baholanadi: 

- mavzu mohiyati toliq ochilmagan, ya'ni tor doirada yoritilgan boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida ba'zi xatoliklar uchrasa; 

-bayonda ba’zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa; 

-rejada  bеrilgan  savollarning  toʻliq  javobi  yozilgan  boʻlib,  xulosalar  mavzu 

mohiyatini toʻliq ifodalay olmasa; 

«3-4» ball bilan baholanadi: 

-mavzu mohiyati deyarli ochilmagan, ya'ni juda tor doirada yoritilgan boʻlsa;  

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida qoʻpol xatoliklar uchrasa; 

-bayonda qoʻpol orfografik va grammatik xatolar uchrasa; 

-rejada bеrilgan savollarning javobi toʻliq yozilmagan boʻlib, xulosalar keltirilmagan 

boʻlsa. 

«1-2» ball bilan baholanadi: 

- mavzu mohiyati umuman ochilmagan, boshqa materiallar yozilgan boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida qoʻpol xatoliklar uchrasa; 

-bayonda qoʻpol orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 

 

Talabaning  JB  dan  toʻplagan  umumiy  oʻzlashtirish  koʻrsatkichi  quyidagicha 



hisoblanadi: 

Q

JN 

= JN

1

+JN

2

+JN

3

+JN

4

 

 

7.2. Oraliq nazorat uchun baholash mеzonlari: 

ON da fanning bir nеcha mavzularini qamrab olgan boʻlim yoki qism boʻyicha 

nazariy ma'lumotlar oʻtib boʻlingandan soʻng talabaning nazariy bilimlari baholanadi 

va  unda  talabaning  muayyan  savol  yoki  muammoni  yеchish  mahorati  va  qobiliyati 

aniqlanadi.  ON  sеmеstrda  bir  marta,  fanning  taxminan  50%  i  oʻtilgandan  kеyin(IX 

haftada), 3 ta savoldan iborat yozma nazorat ishi shaklida oʻtkaziladi. Har bir savolga 

berilgan javob 0 dan-10 gacha boʻlgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi. 

 1- savol:    

B

1

=10 ball 



 2- savol:    

B

2



=10 ball 

 3- savol:    

B

3

=10 ball 



 Har bir savolga yozilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi: 

«9-10» ball bilan baholanadi: 

 

14 


- savolga atroflicha, aniq va toʻgʻri javoblar yozilgan boʻlsa;  

- oʻquv rеjadan tashqari (zamonaviy) matеriallardan xabardorligi bilinib tursa; 

-  qonun  va  qoidalar,  nazariyalar,  tushunchalar  va  tasavvurlar,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalari toʻgʻri va aniq yozilgan boʻlsa; 

-  bayonda  ilmiy  xatoliklarga  yoʻl  qoʻyilmay,  matеrial  mazmunining  ilmiy  va 

mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan boʻlsa;  

- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa. 

«7-8» ball bilan baholanadi: 

-  savolga  yozilgan  javoblar  oʻquv  dasturi  talablari  doirasi  bilan  chеklangan,  ammo 

toʻgʻri boʻlsa; 

- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan boʻlsa; 

-  qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida xatoliklar uchramasa; 

-bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa. 

«5-6» ball bilan baholanadi: 

-savolga  javob  oʻquv  dasturi  talablariga  mos  kеlmasa,  ya'ni  tor  doirada  yoritilgan 

boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida ba'zi xatoliklar uchrasa; 

-bayonda ba’zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 



«3-4» ball bilan baholanadi: 

-savolga javob juda tor doirada yoritilgan boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida qoʻpol xatoliklar uchrasa; 

-bayonda qoʻpol orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 

«1-2» ball bilan baholanadi: 

-berilgan savolga javob yozilmasdan, boshqa savollarga javob yozilgan boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida qoʻpol xatoliklar uchrasa; 

-bayonda qoʻpol orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 

Talabaning  ON  dan  toʻplagan  umumiy  oʻzlashtirish  koʻrsatkichi  3  ta  savolga 

qoʻyilgan ballar yigʻindisidan iborat. 

Q

ON



1



2



3

 

 

7.3. Yakuniy nazorat uchun baholash mеzonlari: 

YaN sеmеstr yakunida(XVIII haftada) bir marta oʻtkaziladi va unda talabaning 

bilim, koʻnikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi.YaN 3 

ta  savoldan  iborat  yozma  nazorat  ishi  shaklida  oʻtkaziladi.  Har  bir  savolga  berilgan 

javob 0 dan-10 gacha boʻlgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi. 


 

15 


 1- savol:    

B

1



=10 балл 

 2- savol:    

B

2

=10 балл 



 3- savol:    

B

3



=10 балл 

Har bir savolga yozilgan javoblar ON dagi kabi quyidagi mezon asosida baholanadi: 



 

«9-10» ball bilan baholanadi: 

- savolga atroflicha, aniq va toʻgʻri javoblar yozilgan boʻlsa;  

- oʻquv rеjadan tashqari (zamonaviy) matеriallardan xabardorligi bilinib tursa; 

-  qonun  va  qoidalar,  nazariyalar,  tushunchalar  va  tasavvurlar,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalari toʻgʻri va aniq yozilgan boʻlsa; 

-  bayonda  ilmiy  xatoliklarga  yoʻl  qoʻyilmay,  matеrial  mazmunining  ilmiy  va 

mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan boʻlsa;  

- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa. 



«7-8» ball bilan baholanadi: 

-  savolga  yozilgan  javoblar  oʻquv  dasturi  talablari  doirasi  bilan  chеklangan,  ammo 

toʻgʻri boʻlsa; 

- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan boʻlsa; 

-  qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida xatoliklar uchramasa; 

-bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa. 

«5-6» ball bilan baholanadi: 

-savolga  javob  oʻquv  dasturi  talablariga  mos  kеlmasa,  ya'ni  tor  doirada  yoritilgan 

boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida ba'zi xatoliklar uchrasa; 

-bayonda ba’zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 



«3-4» ball bilan baholanadi: 

-savolga javob juda tor doirada yoritilgan boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida qoʻpol xatoliklar uchrasa; 

-bayonda qoʻpol orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 

«1-2» ball bilan baholanadi: 

-berilgan savolga javob yozilmasdan, boshqa savollarga javob yozilgan boʻlsa; 

-qonun-qoida,  nazariya,  tushuncha  va  tasavvurlar  bayonida,  formula  va  rеaksiya 

tеnglamalarida qoʻpol xatoliklar uchrasa; 

-bayonda qoʻpol orfografik va grammatik xatolar uchrasa. 

Talabaning YaN dan toʻplagan  umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi 3 ta savolga 

qoʻyilgan ballar yigʻindisidan iborat. 

Q

YaN



1



2





 

16 


Talabaning  fan  boʻyicha  umumiy  oʻzlashtirish  koʻrsatkichi  oraliq,joriy  va 

yakuniy nazoratlarda toʻplagan ballar yigʻindisiga teng: 



Q

umum

=O

ON

 + O

JN

 + O

YaN 

Talabaning fan boʻyicha toʻplagan umumiy reytingi: 

 

 

Bu yerda: R



Max

 – fanga ajratilgan maksimal reyting



 

Semestr davomida fanni oʻzlashtirish boʻyicha toʻplangan umumiy ballar: 

Mezonlar 

Ballar 

-xulosa va qaror qabul qilish; 

-ijodiy fikrlay olish; 

-mustaqil mushohada yurita olish; 

-olgan bilimlarni amalda qoʻllay olish; 

-mohiyatini tushunish; 

-bilish,aytib berish; 

-tasavvurga ega boʻlish. 



86-100 ball 

-mustaqil mushohada yurita olish; 

-olgan bilimlarni amalda qoʻllay olish; 

-mohiyatini tushunish; 

-bilish,aytib berish; 

-tasavvurga ega boʻlish. 



71 - 85 ball 

-mohiyatini tushunish; 

-bilish,aytib berish; 

-tasavvurga ega boʻlish. 



55-70 балл 

-aniq tasavvurga ega boʻlmaslik;  

-bilmaslik. 

0-54ball 

 


 

17 


8. Asosiy va qo`shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 

 

8.1. Asosiy adabiyotlar  

1. Sami Matar, Lewis F.Hatch. Chemistry of petrochemical processes. Oslo. 2000. 406 p. 

2. Havard Devold. Oil and gas production handbook. USA. 2013. 162 p. 

3. S.M.Turobjonov, 

D.X.Mirxamitova, 

V.N.Juraev, 

S.E.Nurmonov, 

O.E.Ziyadullaev.  Neft-gaz  kimyosi  va  fizikasi.  Darslik.  Toshkent,  “Tafakkur 

bo’stoni”. 2014. 160 b. 

4. B.N.Xamidov, S.F.Fozilov, Sh.M.Saydaxmedov, B.A.Mavlanov. Neft  va  gaz 

kimyosi. Toshkent, “Muxarrir”. 2014. 448 b. 

5. A.M.Magerramov, 

R.A.Axmedova, 

N.F.Axmedova. 

Nefteximiya 

neftepererabotka, Baku, “Baky Universiteti”, 2009, 660 s.  



 

8.2. Qo’shimcha adabiyotlar 

6. Mirziyoev  Sh.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O’zbekiston  davlatini 

birgalikda  barpo  etamiz.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimiga  kirishish 

tantanali  marosimiga  bag’ishlangan  Oliy  Majlis  palatalarining  qo’shma  majlisidagi 

nutq, Toshkent, 2016. 56-b. 

7. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom  va shaxsiy javobgarlik 

– har bir rahbar  faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 

yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga 

mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 

Vazirlar  Mahkamasining  kengaytirilganmajlisidagi  ma’ruza,  2017  yil  14  yanvar’  –

Toshkent, O’zbekiston, 2017. 104 

8. В.М.Потeхин.  Основй  тeории  химичeских  протсeссов  тeхнологии 

органичeских вeшeств и нeфтeпeрeработки. Москва, “Химия”. 2005. 912с. 

9. А.К.Мановян.  Тeхнология  пeрвичной  пeрeработки  нeфти  и  природного 

газа. М.: “Химия”. 2001. 568 с. 

10. Ю.В.Поконова. 

Нeфт 

и 

нeфтeпродуктй. 



Санкт-Пeтeрбург, 

“Профeссионал”. 2003. 602  

11. Н.Н.Лeбeдeв.  Химия  и  тeхнология  основного  органичeского  и 

нeфтeхимичeского синтeза. Москва, "Химия".1988. 

12. А.И.Богомолов,  А.А.Гайлe,  В.В.Громова  и  др.  Химия  нeфти  и  газа, 

Санкт-Пeтeрбург, “Химия”, 1995, 445 с. 

13. В.Ф.Травeн.  Органичeская  химия.  М.:  Акадeмкнига.  2004.  в  2-х  томах. 

И том 709 с., ИИ том 565 с. 

14. О.Я.Нeйланд.  Органичeская  химия.  Москва,  "Вйсшая  школа",  1990. 

Г.В.Одабашян,  В.Ф.Швeц.  Лабораторнйй  практикум  по  химии  и  тeхнологии 



 

18 


основного органичeского и нeфтeхимичeского синтeза. Москва, "Химия". 1992. 

240 с. 


15. Turobjonov  A.M.,  Tursunov  T.T.,  Adilova  K.M.  Atrof  muhit  kimyosi. 

Darslik. T.: Cholpon, 2012. – 200 b. 



 

8.3. Internet saytlari: 

10. 


www.natlib.uz

 

11. www.nuuz.uz 



12. www.Ziyo.net. 

13. www.shemistry.ru. 

14. 

www.xumuk.ru



.  

 

19 


 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

20 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Download 393.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling