Urganch davlat universiteti


Download 103.1 Kb.
bet1/2
Sana11.06.2020
Hajmi103.1 Kb.
#117406
  1   2
Bog'liq
metadalogik asos (Lotincha)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



PEDAGOGIKA FAKULTETI PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI YO’NALISHI 1-KURS MAGISTRI QUTLIMURATOVA NARGIZA

KURS ISHI

Mavzu: “Pedagogikaning metodalogik asoslari”

Qabul qildi: Jumaniyazova M

Topshirdi : Qutlimuratova N

Urganch 2020-yil

Mavzu: Pedagogikaning metodalogik asoslari

Reja:


I Kirish

II Asosiy qisim

21 Pedagogika tadqiqotlarning mazmun va moxiyati.

2.2 Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

2.3 Pedagogika tadqiqotning asosiy kategoryalari.

III Xulosa.

IV Foydalangan adabiyotlar royxati

KIRISH


“O`zbekiston Respublikasining ustuvor siyosati, ta’lim tizimi ish mazmunini demokratlashtirish, XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxslarni jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir”.1 Barkamol shaxs hamisha o`z Vatani kamolotini rivojlantiradi, uning ravnaqi yo`lida umrini baxshida etishni o`z burchi deb biladi. Barkamol avlod tushunchasi tarixiy ahamiyatga ega bo`lib, o`z davrining komil insoni hisoblanadi. Demak, sog`lom yoshlar har qachon, har yerda o`z fikriga, sog`lom mulohazasiga ega bo`ladi, xalq va davlat manfaatini himoya qiladi. Uning aql-zakovati, intellekti, teran dunyoqarashi orqali o`z maqsadiga erishish yo`llarini qidirib topadi. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimiga ko`plab tushuncha va atamalar, yangicha qarashlar kirib keldi. Bugungi kunda ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkillashtirish va takomillashtirish masalalari dolzarb bo`lib qolmoqda. Bizga ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosini interfaol metodlarga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi.

Ta’lim tizimida, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish – ta’lim samaradorligini oshiradigan innovasion usuldir. Yoshlarni yangicha ishlashga va tafakkur yuritishga o`rgatish davr talabi ekanligi birinchi Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan edi.

So`ngi yillarda barcha ta’lim muassasalarida o`qitish jarayonida interfaol usullardan foydalanish masalasi dolzarb etib ko`rsatilmoqda. Bu esa interfaol ta’lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik jarayonlarni mazmun-mohiyatini to`liq tushunib etishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli bo`lishini ta’minlashga olib keladi. Ushbu metodik tavsiyanomada pedagogik texnologiyalarning ta’rifi, tarkibiy tuzilishlari, interfaol ta’limning tasnifi, uslub, metod, mashq, o`yin tushunchalari va ularning mohiyati yoritib beriladi.

Interfaol usullardagi darslar o`quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabuskorlikka, guruhlarda masalalar echimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Bunday yondoshuvlar tarix fanlari o`qituvchilari uchun muximdir yurtboshimizning asarlarida barkamol avlod tarbiyasi hamda yurt kelajagi uchun juda muhim soha hisoblangan maorif tizimini takomillashtirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida o`qituvchilarimiz tajribasini oshirish hamda yetuk pedagoglar faoliyati masalasiga qaratgan e`tibori orqali zamirida ustoz va murabbiylarmizga yordam berish masalasiga e`tabor qaratilgandir.” pedagoglar va professor-o`qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta`lim olish, ma`naviy-ma`rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga ko`mak beradigan muhitni yaratish zarur”

Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlari orqali yoshlar tarbiyasi hamda kamolotini ta`minlashda asosiy ishtirokchi hisoblangan o`qituvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sifatida ko`rilayotgani ham ustoz va murabbiylar jamiyatimiz bunyodkorlari vazifasini bajarib berishini anglab yetishimiz mumkin.

Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Oliy ta`lim tizimini rivojlantirsh orqali Vatanimiz kelajagi, yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada rvojlantirish maqsadida 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi  PQ-2909 sonli Qarorida ham ustuvor vazifalardan birinchisi sifatida e`tibor qaratilgani diqqatga sazovordir. Jumladan, “Har bir oliy ta`lim muassasi jahonning yetakchi ilmiy-ta`lim muassalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatish, oquv jarayoniga xalqaro ta`lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik texnologiyalar, o`quv dasturlari va o`quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o`quv pedagogik faoliyatiga, master-klasslar o`tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta`lim muassasalaridan yuqori malakali o`qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta`lim muassasalari magistrant, yosh o`qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o`tashlarini, professor-o`qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish” . 

Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, Oliy ta`lim tizimini takomillashtirishda professor-o`qituvchilarning malakasi alohida ahmiyat kasb etadi. Chunki, aynan ushbu kasb egalari tomonidan Vatan, millat, milliy qadriyat, milliy mafkura kabi hayotimiz davomida o`zining mustahkam o`rniga ega bo`lgan tushunchalarning mohiyati ustozlarimiz tomonidan yosh avlod ongiga singdirib boriladi. Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o`shishni ta`minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi.


    1. Pedagogika tadqiqotlarning mazmun va moxiyati.

XXI asrda fanning yaratuvchanlik qudratining oshib borishi, ishlab chiqarish kuchiga aylangani ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Har bir fanning metodologiyasi fanshunoslikning tarkibiy qismi, fanning taraqqiyoti esa uning mukamma! metodologiyasining yaratil- ganligiga bog‘!iq. Fan obyektiv borliq haqida bilimlar tizimi, voqelikni ilmiy nazariy aks ettirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida, avvalo, har bir axborotga ilmiy yondashish, qolaversa, fanning jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida hozir javob bo‘lishi davr talabidir. Ilm-fanning dialektik xususiyati, davr talabi, jamiyat buyurtmasiga mos istiqbolli vazifasi har bir fanning metodologik asosini tako- millashtirishni taqozo etadi. 0 ‘z navbatida fanlarning tez rivojlanishi; har 3-4 yilda uzluksiz ta’lirn mazmuni o‘zgarib turishi; har tomonlama rivojlangan, intellektual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashdek dolzarb muammoni ilmiy-metodik ta’minlash metodologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Fandagi har bir yangi qadam faqat avvalgi yutuqlarga tayangan hol- da boyitilishi mumkin: - yangi bilim eski bilimni mukammallashgan to'liqroq va aniqroq shakli boiib, haqiqatni yanada aniqroq aks ettiradi; - o‘tmishdagi fan taraqqiyoti yangi fan uchun zamin tayyorlaydi; - o‘tmishdagi bilimlaming faqat hozirgi davr ilmiy nazariyalariga mos keluvchi elementlargina ahamiyatlidir. Falsafa lug‘atida: “Fan reallik haqidagi obyektiv bilimlami tay- yorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasiga xos inson faoliyati sohasidir.

Tarixiy taraqqiyotda fan jamiyatda ishlab chiqarish kuchiga va muhim ijtimoiy institutga aylanadi”, deb izoh berilgan. N.Shermuhammedova fanning mohiyati haqida quyidagi xulosaga keladi: umumiylik va tizimlilik; umumahamiyatlilik (intersubyektivik); obyektivlik (bilish subyektiga bog‘liq emasligi); maxsus bilish metod- larining mavjudligi (nazariy va eksperimental); asoslanganlik (verfi- katsiya); tanqidiylik (falsofikatsiya); to‘ldiruvchanlik (koriuskulyar - to'lqinli dualizmdan P. Fayerbendning metodologik anarxizmigacha); vorisiylik (mos kelish tamoyilida namoyon bo‘ladi).Fanshunoslikda fanlar avvalo ikki turkumga bo‘linadi: tabiat haqidagi va ijtimoiy- gumanitar, ya’ni insonni o'rganadigan fanlar. Barcha fanlarni tabiiy deb atash mumkin, zero insonning o‘zi tabiatning bir bo‘lagidir, demak uning ma’naviy va moddiy faoliyati barcha tirik mavjudotlar faoliyati kabi tabiiylik bilan chambarchas bogMiqdir.



Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar obyektlari sifatida insonparvarlikka asoslangan tizimlarni ajratib ko‘rsatish mumkin ~ bunday tizimlar insonning o‘zini asosiy komponent sifatida ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bunday tizimlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: biosfera, INTERNET global tarmog‘i, zamonaviy texnologik loyihalashtirish tizimlari, bunda nafaqat mashina, “inson - mashina” tizimi ham emas, yanada murakkab rivojlanayotgan kompleks “inson - mashina+eko- muhit tizimiga tatbiq etilib, ijtimoiy-madaniy muhit esa ushbu texno- logiyani qabul qiladi. V.S.Stepinning qayd etishicha: “Agar klassik ilm-fan haqiqatning alohida-alohida jihatlarini o'rganishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, zamonaviy ilm-fan xususiyatini bilimning turli sohalarining mutaxassislari ishtirok etadigan kompleks tadqiqot dasturlari belgilaydi”. Bu borada zamonaviy ilm-fanda “gibrid” tadqiqotlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. D.I.Fildshteynning fikricha, bugun inson va uning rivojlanishini o‘rga- nuvchi boshqa fanlar bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladigan psixologik- pedagogik tadqiqotlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda: ijtimoiy antropologiya, fenomenologiya, madaniyatshunoslik, kognitiv sotsio- logiya, semiotika, informatika. Yangi obyektlarni ng yuzaga kelishi o‘z navbatida metodoiogik strategiyalar, tadqiqot taktikalari, metodlari va mezonlarining o‘zga- rishini ham taqozo etadi. Postnoklassik davrda ilm-fanning rivojlanish tendensiyalari: - zamonaviy ilm-fan ilmiy tadqiqot asoslarining radikal trans- formatsiyasi bilan xarakterlanadi (to‘rtinchi “ilmiy inqilob”): olam manzarasi, falsafiy-aksiologik asoslar va me’yoriy-mezonli tizimlar. Paradigmal “odimlash” ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ham xarakter- lidir: pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va h.k. Ilmiy ratsionallikning postnoklassik turi shakllanadi; -yangi obyektlaming ilm-fan tomonidan o‘zlashtirilishi va oqibatda “gibrid” tadqiqotlarning dolzarb ahamiyat kasb etishi. Natijada “insonga mos” obyektlarni tadqiq etish jarayonida haqiqatni izlash nafaqat uning mohiyatini aniqlash bilan, balki bunday obyektlarni muayyan aksiologik ustanovkalarga muvofiq qayta tashki]Iashtirish strategiyalari va prognostik yo‘nalishlari bilan bog‘liq; - zamonaviy ilm-fan uchun ilmiy refleksiyaning umumiyligi va uzluksizligi xosdir. Ilmiy reffeksiya “maydonr’ni kengaytirish: nafaqat “xususiy” yoki metodoiogik refleksiya, balki “tashqi” refleksiyaning ham zaruriyat kasb etib (E.G. Yudin), uning ob'yekti sifatida jarayonning o‘zi emas, ilmiy tadqiqotning ijtimoiy-madaniy mazmun-mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi; paradigma, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish me’yorlarining ochiqligi va jo‘shqinligi. Zamonaviy ilmiy ratsionallik (V.S. Shvirev) - bu “ochiq ratsionallik”, bunda tadqiqot dasturlari va paradigmalar uzluksiz tanqidiy refleksiya va transformatsiyalar uyg‘unligini talab etadi; - ratsional-mantiqiy va subyektiv-irratsionallikning o'zaro uyg‘un- ligi ilmiy tadqiqotning o‘z-o‘zini aksiologiyazatsiyalash komponentlari sifatida. Ilmiy muammo tadqiqiga doir yondashuvlaming variativligi, dialogik tavsifga egaligi va o‘zaro bir-birini toldirishi, polikonsep- tuallik, haqiqatning ko‘p o‘lchovga ega ekanligi shular jumlasidandir. Um-fan maqomi falsafiy-aksiologik asoslar, tabiiy me’yoriy- mezonli tizim sifatidagi paradigma, obyekt, vazifa va funksiyalami, fan predmeti, nazariya, kategorial apparat va atamalar tizimi, metodologik vositalar majmui, empirik baza, dolzarb muammo doiralarini o‘z ichiga oluvchi metodologik tizimni rivojlantirish darajasi bilan belgilanadi.

Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida. Pedagogika fanining metodologik tizimi qator komponentlarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikaning obyekti va predmeti. Ilm-fan obyekti - mazkur fan tadqiq etuvchi voqelik sohasidir. Masalan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyekti inson bilan bog‘liq madaniy hodisalardir. Pedagogika fanining obyekti yaxlit pedagogik jarayon boTib, u zamonaviy bosqichda faqat bilimlaming shakllanish bosqichi, insonning intellektual salohiyatining rivojlanishi bilan belgilanmaydi. V.V.Serikovning qayd etishicha: “Ta’lim olganlik o‘zlashtirilgan ma’lumotlami bor holaticha qayta takrorlash va biümdonlik yoki “ko‘p bilimga egalik” bilan qiyoslanmaydi, balki ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa bilimlar dunyosida yuzaga kelgan masaiani echish uchun keraklisini tanlay bilish va mustaqil tadqiqot o‘tkazish va ana shu asosda yangi bilimlarni izlab topish va o‘rganilayotgan fan sohasida yaratilayotgan ekologik, ijtimoiy, axloqiy natijalami baholay olish, ya’ni mutaxassislar ta’kidlashganidek, gumanitar ekspertizani o‘tkaza olish ko‘nikmasidir”. Yaxlit pedagogik jarayon - bu ta’lim va tarbiya birligidir. Ta’lim va tarbiya masalasini turli fanlar tadqiq etishi mumkin.

Ta’lim-tarbiya esa ko‘p qirralidir. Ta’lim-tarbiya sotsiologiya, falsafa, psixologiya va boshqa fanlarning o‘rganish obyekti boiib, turlirakurslarda o‘rganiladi: qadriyat; madaniyat komponenti; ijtimoiyla- shuv; dinamik va statistik tizim; o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faoliyati; jarayon; natija; mustaqil ta’lim; boshqaruv va loyihalashtirish obyekti; ta’lim xizmatlari sohasi va h.k. Har bir fan muayyan rakurs, dolzarb tadqiqot masalalari, tushuncha doirasi, nazariy va metodologik pozitsiyalar kontekstida voqelik obyektini o‘rganadi va bu bilan tadqiqot predmetini loyihalashtiradi. E.G.Yudin nuqtai nazariga ko‘ra, o‘rganish obyekti, tadqiqot muammosi, metodologik vositalar tizimi (obyekt qismlarga ajratib o‘r- ganiladigan va tadqiqot muammosi asosida shakllantiriladigan tushun- chalar; obyektni o‘rganish tamoyillari va metodlari; tadqiqot jarayonlari) va ularni qoilashning izchilligi - tadqiqot predmetini yaratadi. Pedagogika voqelikning mazmun-mohiyatini o‘rganadi, qonuniyat- larini aniqlaydi, pedagogik o‘zaro ta’sirning mohiyati, pedagogik jarayonni loyihalashtirish va amalga oshirish shakl, metod, vositalari va texnologiyalari, uning sifat va samaradorligi mezonlarini ishlab chiqadi. Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.

Pedagogika ijtimoiy fan sifatida to‘rt asosiy funksiyani bajaradi: analitik, prognostik, tash- kiliy va metodologik. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani baja- rish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. 0 ‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya naza- riyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalami bajarishga e’tibor qaratiladi:

Pedagog-tadqiqotchi, ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, pedagogik voqelikni borligicha aks ettiradi: u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarining samarador yoki samarasi pastligini tushuntiradi (empirik daraja); ta’lim-tarbiya, boshqa pedagogik hodisalar mohiyatini aniqlash; pedagogik qonuniyatlarni o‘matadi; ijtimoiy- madaniy dinamikani hisobga oigan holda ta’lim-tarbiya mohiyatining komponentlari, tarkibi, darajalarini ilmiy asoslaydi; gibrid asosda yangi didaktik va tarbiya tizimlarining ilmiy asoslanishini tadqiq etadi (falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalardagi bilimlami integrallash asosida). Lekin pedagogika fan sifatida nafaqat pedagogik voqelikni aks ettirish, balki uning qayta isloh etish vosi- talarini aks ettirishga undaydi. Konstruktiv-texnik funksiyani amalga oshirar ekan, pedagog- tadqiqotchi “borliq haqidagi bilimlar”ga ega bo‘ladi: bilimlar - me’yorlar, bilimlar - ko‘rsatmalar (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar va tavsiyalar), ular pedagogik jarayon maksimal darajada natijador bo‘lishi uchun uni qanday amalga oshirilishini aks ettiradi. U yoki bu darajada ko‘plab pedagogik tadqiqotlar ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani bajaradi. Didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogikaning umumiy va me’yoriy metodikalari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlaming natijalariturli koYmishdadir (deskriptiv, preskriptiv), ierarxik tuzilgan ilmiy.. pedagogik bilimlar maxsus ilmiy hamda metodologik.Metodologiya, bilim va faoliyat tizimi Olingan ilmiy bilim qonun va qonuniyat tartibga keltiriladi Ammo hamma vaqt tadqiqot qonun va qonuniyatli natija beravermaydi. Ko‘pincha olim ilmiy bilim, nazariya yaratadi, konseptual tajriba ishlab chiqadi.

Har bir tadqiqotda maqsad, yangi ma’lumotlar olish, yangilik yaratish shu sohadagi mavzudagi g‘oyalarni tadqiqlash yoki inkor qilish argumentiga qaratiladi. Tizimli yondoshuv ilmiy faraz, taxminlarni asoslash imkoniyatini beradi. Pedagogik tadqiqotda tizimli yondoshuv quyidagilardan iborat: - o‘rganilayotgan pedagogik jarayon, voqelikning barcha tarkibiy qismini aniqlash; - Har bir qismini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish va asosiysini aniqlash; - O‘ziga xos modelni tuzish, tashkiliy yaxlitlik va tarixiylik; Tizimli yondoshuv murakkab pedagogik muammolarni hal etishda vaqt va kuchni tejash imkoniyatini beradi. SHuning uchun nazariy g‘oyalarni amalga joriy etish tizimida ham tezkorlik talab etiladi, tezkor zamonda tezkorlik bo‘lmasa, ertaga tadqiqot natijasi eskirishi mumkin. SHundan kelib chiqadigan pedagogik tadqiqotning quyidagi tamoyillarini ko‘rsatish mumkin. 1. Pedagogik voqelik va ta’lim-tarbiya jarayonini bir butunlikda yaxlit o‘rganish; - tadqiqotda qat’iy izchillik; - o‘rganilayotgan shaxslarning ma’naviy ruhiy, yot xususiyatlarini, yo‘nalishini aniqlash; - shaxsiy fazilatlar shakllanishiga tashki ta’sirlarni ko‘rsatish; - Pedagogik voqelikni o‘rganish joyini aniqlash; 2. Pedagogik muammolarni o‘rganishda kompleks metodlarni qo‘llash: Avvalo pedagogik tadqiqot metodlarini maqsadli qo‘llash, kuzatish, anketa, test, eksperiment metodlar orqali tadqiqot muammosini tizimli o‘rganish; - Pedagogik voqelikni har tomonlama o‘rganish maqsad vazifalari; - Tadqiqotga tashqi ta’sir, kutilgan va tasodifiy ta’sirlarni hisobga olish; - Har bir pedagogik dalilni voqelikni, misolni, ko‘pmartalab har xil metodlar bilan tekshirish, tahlil etish; - Tadqiqot natijalarini falsafiy mantiqiy va psihologik pedagogik tahlil qilish. Inson hayoti singari pedagogik voqelik murakkab, serqirra bo‘ladi, tipik holatni aniqlash tadqiqotga qo‘yiladigan talabdir. 3. Tadqiqotning ob’ektivlik tamoyili Ma’lumki pedagogikada sub’ektivlik holati ko‘p uchraydi, chunki har bir bola, shaxs o‘ziga xos mo‘jizaviy takrorlanmas xususiyatga ega Biriga ijobiy ta’sir etgan, ikkinchisiga aksiy natija berishi mumkin.

SHuning uchun tadqiqotchidan ob’ektivlikka erishish uchun yuksak vijdonli, o‘zidagi sub’ektivlikdan qutilish talabchanligi, o‘zini o‘zi tanqid qilish, ob’ektiv haqiqatga shubha qoldirmaslik talab etiladi. Albatta: - har bir dalil, natijani bir necha metodlar bilan tekshirish; - olingan natijani eksperiment, tajriba asosida qayta tekshirish; - shaxsning barcha o‘zgarish xususiyatini hisobga olish (kamchiligini ham) - o‘z tadqiqoti natijalarini o‘zga olimlar natijalari bilan qiyoslash, o‘xshashligi va rivojlanish farqini ko‘rsatish; - olingan ilmiy natijalarni o‘quvchilar, ota onalar, o‘rganilayotgan ob’ektning yaqinlari fikri bilan qiyoslash; Tadqiqotchi o‘zidagi sub’ektiv holatlar: kayfiyat, hissiyot, simpatiya, antipatiya kabilarni o‘zi nazorat qilishi; 4. Tadqiqot va tarbiyaning uyg‘unligi: YUqorida ta’kidlaganimizdek insonni o‘rganish murakkab, ayniqsa yoshlarda tadqiqot olib borish tarbiya qonuniyatlariga mos tarbiyaviy harakterda bo‘lishi talab etiladi. Tadqiqot metodlari tarbiya metodlari bilan uyg‘un bo‘lishi bolalarni o‘zini o‘zligini bilishga yo‘naltirish, ilhomlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa suhbat metodi, eksperiment, test metodlari tadqiqot va tarbiya uyg‘unligida natijali bo‘ladi. 5. SHaxsni va jamoani o‘rganish: SHaxsni o‘rganish uchun jamoani o‘rganish, jamoani o‘rganish uchun esa shaxslarni o‘rganish, o‘rab turgan mahitni o‘rganish pedagogik tadqiqotning o‘ziga xos tamoyilidir. Ma’lumki shaxs ikki tomonlama ma’naviy holatga ega: jamoadagi hayoti, burcha, faoliyati va o‘zining ichki dunyosi bilan yashaydi. 6. Tadqiqotning tarixiylik tamoyili. Tadqiqotchi eksperiment o‘tkazishdan oldin fanning tarixi, muammoning o‘rganilganlik darajasini aniqlashi shart. Pedagogik tadqiqotda mavzuni o‘rganilish tarixini chuqur bilishi, muammoli yondoshuv muhimdir. Tadqiqotda qaysi ma’lumotga, qaysi metodologik ta’limotga tayanish izlanish samarasini belgilaydi. 7. Ilmiy jasorat, tashabbuskorlik tamoyili: Har bir ulkan yangilik, ko‘pgina samarasiz eksperiment, xatolardan xulosa chiqarib, tadqiqotchining yangi metodlar qo‘llashi asosida yaratilgani fanshunoslik tarixidan ma’lum.: - muammoni echishda yangi istiqbolli metodika yaratish, izlash; - YAngi metodika eskisidan afzalligi; - YAngi metodikani asoslash, mashhur olimlar qarashlarini tahlil qilish Tadqiqotda omadsizlikdan qo‘rqmaslik

- Eksperiment zararini bilsa, yoshlarga aksiy ta’sir etsa undan voz kechish; - Eksperementning xavfli holatlarini, va uni echish yo‘llarini oldindan ko‘ra bilish kabilar. 8. Muammoni chuqur o‘rganish tamoyili: Ilm kenglikka emas, chuqur o‘rganishni taqazo etadi. Fizikada atomning zarralarini o‘rganish bunga misol bo‘ladi. Pedagogik voqelikning ichki botuniy mohiyati, qonuniyatiga qarab borish insonning murakkab qalbini, jismini, ma’naviy olamini yoritish imkonini beradi.



2.2 Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi.Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.

Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bolgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuyini tushunamiz.

Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy

nazar uzviy aloqada bo’lishi;

2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;

3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga

tayanish;

4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular o‘rtasidagi tafovutlarni bilish, aniqlash asosida yaxshi bilan yomon, eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi. Bugungi kungaqadar mavjud bo‘lgan va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritish mumkin: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini o‘rganish metodi; 4) test, so‘rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi.

Kuzatish metodi. Pedagogikaning kuzatish metodi ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va'shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun

dalillar, omillar yig‘ish imkonini tug‘diradi. Bu metodni qo‘llanish jarayoni ancha murakkab bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o‘qituvchi va o‘quvchilaming o‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi.

Tajribalarning ko‘rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma’lum

reja asosida yig‘ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida

tashkil etilsagina samarali boMadi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yigMsh, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya

jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga

oshiriladi.

Odatda, pedagogik kuzatish orqali o‘quvchilarning fanlarni

o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomilalaridagi o‘zgarish-

larni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish

yoMlari belgilanadi.

Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o‘quvchilarning tabiiy faoliyatini,

balki ularning ilmiy dunyoqarashlarining shakllanishi, fikrlash va

xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi

hamda tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Bunday

kuzatishlar pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab boMadi.

Suhbat metodi

Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy

farazlarning qay darajada to‘g‘ri ekanligini aniqlash maqsadida

suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab

o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng

jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda

qoMlaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli

reja tuziladi, amalga oshirish yoMlari belgilanadi, natijalar tahlil

qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining

suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo‘naltira olishni bilishi,

suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat

bilishi g‘oyat muhimdir. Bunda:

1) suhbat uchun oldindan savol tuzish;

Ogohlantrishadi.

2) vaqti va o‘tkazish joyini belgilash;

3) suhbat ishtirokchilarining soni va ularning kasb-korlaridan xa- bardor bo‘lishi;

4) suhbat uchun qulay sharoit va erkin suhbatlashish imkonini yaratish;

5) mahmadona va bachkana bo‘lmaslik;

6) suhbatdoshning xarakterini e’tiborga olish;

7) suhbat natijalarini darhol tahlil qilish, qiyoslash, tegishli

xulosa chiqarish, kerak bo‘lsa qo‘shimchalar kiritish va uni maktab

hayotiga tatbiq etish pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir.

Bolalar ijodini o‘rganish metodi

Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab

o‘quvchilarining o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma’lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Shu sababli

yoshlarning turli yozma ishlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari,

she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari

bolalar ijodini o‘rganish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.

Oqibatda, maktab o‘quvchilari orasidan yetishib chiqayotgan

qobiliyatli, iste’dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste’dod-

larini namoyon etish uchun sharoitlar yaratiladi. Odatda, bolalar

ijodini o‘rganish manbayi ko‘p bo‘lib, ular: fan olimpiadalari,

mavzular bo‘yicha konkurslar, maktablar bo‘yicha ko‘rgazmalar,

musobaqalar, ekskursiyalar, sayllar va hokazo.

Test, so‘rovnomalar metodi

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod

so‘rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So‘rovnoma-anketa

(fransuzcha «tekshirish» ma’nosini bildiradi) metodi yaratilgan ilmiy

farazning yangiligini bilish, aniqlash, o‘quvchilaming yakka yoki

guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasbga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar

berish maqsadida o‘tkaziladi.

0 ‘zbekiston, ta’bir joiz bo‘lsa Markaziy Osiyoda birinchi boMib

test metodini maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga tadbiq etdi.


Download 103.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling