Urganch innovatsion university nodavlat ta’lim muassasasi


Download 141.5 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi141.5 Kb.
#1071822
Bog'liq
SILLABUS Maxsus tarix (4) DIlDORA — копия


URGANCH INNOVATSION UNIVERSITY
NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI

“TASDIQLAYMAN”


UrIU oʻquv ishlari prorektori
____M.Masharipov
“MAXSUS TARIX FANLARI”
FANIDAN ISHCHI OʻQUV DASTURI (SILLABUS)

Bilim sohasi:

200 000 – San’at va gumanitar fanlar

Ta’lim sohasi:

220 000 – Gumanitar fanlar (tillardan tashqari)

Ta’lim yo‘nalishi:

Ta’lim shakli:



60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Sirtqi



Umumiy oʻquv soati – 120 soat (1-kurs 1-semestr)


Shu jumladan:
Ma’ruza – 6 soat
Seminar – 10 soat
Mustaqil ta’lim – 104 soat

Urganch– 2022


Fanning ishchi oʻquv dasturi (sillabus) ______ning 2022-yil “__” avgustdagi tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlangan.


Mazkur ishchi oʻquv dasturi (sillabus) “Ijtimoiygumanitar fanlar va tillar” kafedrasining 2022-yil “__” __ dagi “__”-sonli yig’ilishida muhokama qilinib, ma’qullangan.


Fanning ishchi oʻquv dasturi (sillabus) “Ijtimoiygumanitar fanlar va pedagogika” fakulteti kengashining 2022-yil “__” __ dagi “__”-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqqa tavsiya etilgan.


Tuzuvchilar: ____D. Jumaboyeva


Taqrizchi: ____ G.Ibragimova

UrIU o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig'i: ______ S.Do‘schanov


2022-yil “__” _____________


UrIU “Ijtimoiygumanitar fanlar va
pedagogika” fakulteti dekani: ________ M.Abdullayev

2022-yil “__” _____________


UrIU “Ijtimoiygumanitar fanlar va tillar”
kafedrasi mudiri: ________ PhD. J. Davletov
2022-yil “__” _____________



Fan/ modul kodi
MTFB 106

O`quv yili
2022-2023

Semestr
1

ЕСТS-Kreditlar
1-semestr-4



Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O`zbek

Haftalik o`quv soati
1-semestr-4



1

Fan

Auditoriya
mashg`ulotlari

Mustaqil ta’lim

Jami yuklama

Maxsus tarix fanlari

1-semestr-16



1-semestr-104



120 soat

I. Oʻquv fanining dolzarbligi
Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o’tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g’oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, Oliy oʻquv yurtlarida meterologiya fanini chuqur o’rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o’rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o’zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to’g’ri va to’liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Metrologiya haqida so’z ketganda, avvalo xronologiya va metrologiya fanining fan sifatida paydo bo‘lishi, qadimda foydalanilgan vaqt va o‘lchov birliklarini o‘rgatish, turli xalqlarda qo‘llanilgan vaqt o‘lchov birliklarini qiyoslash, kalendarlar va ularning turlarini kabi masalalarni anglash mumkin.
Ushbu dasturda talabalarga xronologiya va metrologiya fani va uning vazifalari, xronologiyaga oid tadqiqotlar, qadimda foydalanilgan vaqt va o‘lchov birliklarini o‘rganish, xronologiya va metrologiya fanining fan sifatida shakllanish bosqichlarini o‘rganishga oid masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.

II. Oʻquv fanining maqsadi va vazifasi


Fanning maqsadi – kasb haqida amaliy tushuncha va ko‘nikmalarni shakllantirish, arxivchining kasbiy faoliyati, arxivshunoslik va arxiv ishining ilmiy-nazariy va tarixiy asoslarini o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, talabalarda xronologiya va metrologiya fani va uning vazifalari, xronologiyaga oid tadqiqotlar, qadimda foydalanilgan vaqt va o‘lchov birliklarini o‘rganish, xronologiya va metrologiya fanining fan sifatida shakllanish bosqichlarini o‘rganishga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – O’zbekistonda arxiv sohasidagi ishlar, xalqaro arxivlar hamkorligi, kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslari hamda tadqiqot ishlarida arxiv fondlarihujjatlaridan foydalanishni tushuntirishdan iborat. Shuningdek, talabalarga xronologiya va metrologiya fanining fan sifatida paydo bo‘lishi, qadimda foydalanilgan vaqt va o‘lchov birliklarini o‘rgatish, turli xalqlarda qo‘llanilgan vaqt o‘lchov birliklarini qiyoslash, kalendarlar va ularning turlarini o‘rgatishdan iborat.

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)


1-mavzu. Kirish. O‘zbekiston Milliy Universiteti: O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlari orasidagi O‘zMU tarix fakultetining o‘rni va ahamiyati


Kursning maqsadi va vazifasi. O‘zbekiston Milliy Universiteti: O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlari orasidagi O‘zMU tarix fakultetining o‘rni va ahamiyati. O‘zMUning va O‘zMU tarix fakultetining tuzilishi. Tarix fakulteti dekanati va kafedralari tuzilishi. O‘zMUning tarix fakultetida yuqori malakali arxivshunos mutaxassislar tayyorlashning o‘ziga xosligi va xarakteri. O‘zMU tarix fakulteti bakalavriatura va magistraturasi.
2-mavzu. Arxivshunos mutaxassis tayyorlashning xarakteri va xususiyati
Arxivshunos mutaxassis faoliyatining professional xarakteri. Arxivshunos mutaxassisning ishlashi mumkin bo‘lgan tashkilot va muassalar. Arxivshunoslarning Oliy o‘quv yurtlari. kollej, litsey va maktablardagi pedagogik faoliyatini davom ettirish bosqichlari va shartlari. Arxivshunoslik sohasida ilmiy-pedagogik faoliyati. Arxivshunoslarning davlat va jamoatchilik markazlari hamda tashkilotlarda tarixiy-analitik faoliyati. Arxivshunoslarning ma'naviy, ma'rifiy, tarbiyaviy ishlardagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasida Milliy mustaqillik g’oyasi va tarix-arxivshunos fanini rivojlantirish muammosi. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda arxivshunoslik fanining o‘rni va ahamiyati.

3-mavzu. Kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslari hamda ularning tarixchining ish sohasidagi ahamiyati


Tarix fakultetida o‘quv jarayonining tashkiliy usullari va o‘quv jarayonida talabalarning mustaqil ishlashi. Kutubxonada ishlashning asosiy tamoyil va usullari. Tarixiy bibliografiya: vazifasi va tarixiy fanlarni o‘rganishda uning o‘rni va ahamiyati. Bibliografiyaning asosiy turlari: Umumtarixiy, tematik, davriy, retrospektiv va hokazo.Tarixiy bibliografiyaning paydo bo‘lishi va asosiy bosqichlari. Hozirgi davrda tarixiy bibliografiya. O‘zbekistonda tarixiy bibliografiya. Tarixiy bibliografiyaning yirik markalari. Muhim tarixiy bibliografiyalar.Kutubxonalar va ularning ma'naviyat va madaniyat rivoji tarixidagi o‘rni va ahamiyati. Dunyoda kutubxonalar taraqqiyotining asosiy bosqichlari.Kerakli adabiyotlarni qidirish uslubi. Alfavit va alohida mavzuga doir kataloglar. Adabiyotlar ro‘yxatini to’g‘ri tuldirish. O‘zMU tarix fakultetining kutubxonasi. Arxiv kutubxonalari.
4-mavzu. Xronologiya fanining vujudga kelishi va uning rivojlanish tarixi. Vaqtning boshlang’ich o’lchov birliklari
Xronologiya faning vazifasi, predmeti va ob'ekti. Xronologiyaning fan sifatidagi o‘rni. Xronologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Tarixiy va astronomik xronologiya. Xronologik tadqiqotlar tarixshunosligi. Xronologik tadqiqotlarning uslublari. Tarixiy xronologiya asoslari. Xronologiyaning fan sifatida vujudga kelishi. Qadimgi Sharq mamlakatlari, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda xronologiyaning taraqqiyoti. J. Skaliger va uning tarixi xronologiyaning fan sifatida rivojiga qo‘shgan hissasi. XVII-XIX asrlarda xronologiya faning rivojlanishi. Xronologiyani ilmiy tadqiq etilishi. XX asrda xronologiya fanining va xronologiyaga oid tadqiqotlarning zamonaviy fan sifatida rivojlanishi. Xronologiya va kalendarlar. Vaqtning tabiiy va sun'iy birliklari. O‘rta Osiyo allomalarining xronologiyaning rivojiga qo‘shgan hissasi. Mustaqil O‘zbekistonda xronologiyaga oid tadqiqotlar.
5-mavzu. Qadimgi Rim va Yunoniston kalendarlari. Yuliy Sezarning kalendar islohoti. Mayya va slavyan xalqlari kalendarlari
Qadimgi yunon kalendarlari. Qadimgi Yunonistonda Olimpia eralari va Olimpia yil hisobining qo‘llanilishi. Qadimgi yunon kalendarlaridagi qo‘shimcha oylar va dekada. Qadimgi yunon kalendarlarida davriyliklarning qo‘llanilishi. Qadimgi Rimda kalendarlar. Eramizdan avvalgi VIII asrda Qadimgi Rimda qo‘llanilgan Romul Oy kalendari. Eramizdan avvalgi VII asrda Numa Pompiliyning kalendar islohoti. Sozigen tomonidan yangi kalendarning tuzilishi. Yuliy Sezarning kalendar islohoti. Yulian kalendarining keng tarqalishi.
Mayyalarda yil hisobi. “Tun”, “Xaab” va “Sol'kin” kalendarlari. Asteklar kalendarlari. Slavyan xalqlari kalendarlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Mart va ul'tramart yil xisoblari.

1-jadval




Ma’ruza mavzulari

Soati

1

Kirish. O‘zbekiston Milliy Universiteti: O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakultetlari orasidagi O‘zMU tarix fakultetining o‘rni va ahamiyati

2

2

Arxivshunos mutaxassis tayyorlashning xarakteri va xususiyati

2

3

Kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslari hamda ularning tarixchining ish sohasidagi ahamiyati

2



















Jami:

6

4. Seminar mashg’ulotlar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar “Maxsus tarix” fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishib, qo’shimcha bilim oladilar.
Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. Shuningdek, darslik va Oʻquvqo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislar chop etish orqali talabalar bilimlarini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.

2-jadval




Seminar mavzulari

Soati

1

Tarix fakultetida arxivshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o’quv jarayonining tashkiliy usullari va o‘quv jarayonida talabalarning mustaqil ishlashi

2

2

Arxivshunoslik sohasida uslubiy ishlar.Tadqiqot ishlarida arxiv fondlari hujjatlaridan foydalanish

2

3

Yil va davrlarni aniqlash. Kalendar va ularning turlari. Sharq mamlakatlari kalendarlari

2

4

O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Kalendarning isloh qilinishi. Grigoriy kalendarining qabul qilinishi. Zamonaviy kalendarlar loyihalari

2

5

Umumjahon kalendarlari loyihalari. Vaqt mintaqasining vaqtni hisoblashdagi o‘rni

2

Jami:

10

5. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Mustaqil ta’lim davomida talabalar Oʻquvdasturiga kirmagan mavzularni qo’shimcha adabiyotlar asosida mustaqil o’rganadilar. Mustaqil ta’lim ikki usulda: Referat va nazorat ishi ko’rinishida bajariladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va Oʻquvqo’llanmalari bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabalarning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
faol va muammoli o’qitish uslublaridan foydalanadigan Oʻquvmashg’ulotlari.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
3-jadval



Mustaqil ta’lim mavzulari

Hajmi (soatda)




1

Arxivshunoslik fanlarining boshqa fanlar ichida tutgan o‘rni va ahamiyati.

2

2

Аrхivchi- kаsbiy fаоliyat turi sifаtidа.

2

3

Аrхivchi kаsbining hоzirgi kundаgi o`rni vа аhаmiyati.

2

4

Аrхivchilаrning kаsbiy kоmpеtеntligigа qo`yilаdigаn tаlаblаr

2

5

Hоzirgi bоsqichdа O`zbеkistоndа аrхiv ishi.

2

6

O`zbеkistоn Rеspublikаsining “Аrхiv ishi to`g`risidа”gi Qоnuni

2

7

Arxiv hujjatlarini tuzish, hisobga olish va saqlash

2

8

Arxiv hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish

2

9

Arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish

4

10

Milliy аrхiv fоndi (MАF).

4

11

Аrхivchilаrning хаlqаrо hаmkоrligi.

4

12

Kutubхоnаlаr, kutubхоnаshunоslik vа bibliоgrаfiya аsоslаri hаmdа ulаrning аrхivchining fаоliyatidаgi аhаmiyati.

4

13

Аrхiv kutubхоnаlаri.

4

14

O`zbеkistоn kutubхоnаlаri. Kutubхоnаshunоslik.

4

15

Arxivshunoslik fanlarining boshqa fanlar ichida tutgan o‘rni va ahamiyati

4

16

Jadvalli kalendarlar.

4

17

O’rta asrlarda G’arbda qo’llanilgan o’lchov birliklari

4

18

Rossiya hududida qo’llanilgan o’lchov birliklar

4

19

O’n uch oylik kalendar loyihalari va ularning kamshiliklari. O’n ikki oylik kalendar loyixalari.

4

20

XX asr boshida Yevropada vujudga milliy inqilobiy kalendarlar va “abadiy kalendar”ni tuzish ushun olib borilgan xarakatlar.

4

21

XX asrda O`zbekistonda qo’llanilagan kalendarlar

4

22

Grigoriy kalendaridagi kabisa yillari. Grigoriy kalendarining umumyevropa kalendari sifatida qabul qilinishi.

4

23

Maxmud Qoshg’ariyning “Devonu lug`otut turk” asarida mushal kalendari haqidagi ma’lumotlar.

4

24

Qadimgi Misr jamiyatida o’lchov birliklari

4

25

Qadimgi Mesopotamiya va Bobil o’lchov birliklari

4

26

Qadimgi Xitoy va Hindiston davlatlarida o’lchov birliklar

4

27

Qadimgi Yunonistonda uzunlik va og’irlik o’lchov birliklari.

4

28

Qadimgi Rimda uzunlik va og’irlik o’lchov birliklari

4

29

Metrologiya fanining shakllanishi va metrologik tadqiqotlar

4

30

O’zida metrologik manbalarni aks ettirgan arxeologik va numizmatik manbalar

4

Jami:

104

6. Asosiy va qo’shimcha Oʻquvadabiyotlar hamda axborot manbalari


Rahbariy adabiyotlar:
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т. 1. - Тошкент: Ўзбекистон.. 2017.
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон маънфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йилигига бағишланган тантанали маросимидаги маърузаси. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. 1. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996.
Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т. 12. - Тошкент: Ўзбекистон, 2004.
Каримов И.А. Инсон унинг ҳуқуқ ва эркинликлари - олий қадрият. Т. 14. - Тошкент: Ўзбекистон, 2006.
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008.
Каримов И.А. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқоролик жамиятини шакллантириш-мамлакатимиз тараққиётининг асосий мезонидир. Т.19. – Toshkent: O’zbekiston, 2011.
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: Ўзбекистон, 2011.
Каримов И.А. Тарихий хотира ва инсон омили – буюк келажагимиз гаровидир. Халқ сўзи. 2012, 10 май.
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. - Тошкент: Ўзбекистон. 2015.

Asosiy adabiyotlar


1. Arxivshunoslik. Darslik. - T.: “TURON-IQBOL”, 2018.


2. Алимов И. Архившунослиk. - Андижон, 2006.
3. Саидбобев З. Мутахассислиkkа kириш. Ўқув қўлланма. - T., 2006.
4. Rahmonkulova Z. Xronologiya. - T.: Voris, 2013.
5. Рахмонқулова З. Хронология. - T.: А.Навоий номидаги давлат нашриёти, 2006.
6. Иофе В.Г., Чориев З.У. Хронология и метрология. - T., 2003.
7. Szyman'ski J. Nauki pomosnisze historii. Warszawa, 2001: Wydawnistwo Naukowe PWN. 763 s.
8. Blahova Marie. Historiska shronologie Praga: Libri, 2001.948 s.
Qo`shimcha adabiyotlar
9. Ўзбекистан Республикасининг «Архив иши тўғрисида»ги Қонуни // Lex.uz.
10. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: «Ўзбекистан» , 2017.
11. Мирзиёев Ш.М. «Миллий тикланишдан миллий юксалиш сари». — Тошкент, «Ёшлар нашриёт уйи». 2019. -158 бет.
12. Азаров А. И., Брежестовская Н. В. Государственные архивы и архивное дело всоюзных республиках. -М., 1971.13. АlimоvI. А., Bo`tаеv А., Аrхivshunоslik. - T., 1997.
14. Архивы. Историшеская энциклопедия. Т. 1. — М., 1997.
15. ДременевД.А. Государственные архивы и архивное дело всоюзных республиках. - М, 1972.
16. Исакова М.С. Становление иразвитие архивного дела вУзбекистане. - Т.: Университет, 2012.
17. Исакова М.С. ХИХ аср охири - ХХИ асрбошларида Ўзбекистонда архивишинингшаклланишива ривожланиши: Тарих фанларидоктори (ДСс) диссертацияси автореферата - Т., 2017.
18. Как писать курсовую идипломную работу. - М., 1968.
19. КозлитинИ.П. Государственные архивы республик Средней Азии. - М., 1961.
20. КрайскаяЖ. В. Организация архивного дела. - М., 1980.
21. МадковскийИ.Л. Очерки по истории архивного дела. - М, 1960.
22. Магистрлик диссертацияси ҳақида методик кўрсатма. Тузувчилар: академик Мамадолимов А.Т., ф-м. ф. н. Турсунов И.Т. - Т., 2000.
23. Митяев К.Г. История и организация делопроизводства. - М.,1959.
24. Митяев К.Г. Составление и изготовление документов в учреждениях // Вопроси архивоведения 1962, №5.
25. Мухсинова К. Опыт работы по упорядечению фонда «Кушбеги эмира Бухарского»
// Научно-методический бюллетень Архивного управления МВД. 1975, №3.
. Сартр Ж.П. Проблемы метода. Пер. с франц. - М., 1994.
. Симон К.Р. История иностранной библиографии. - М., 1963.
28 . Справочник по архивному делу в Узбекистане (1918-1968 гг.) // Составители Алимов А.И., Мирзабева А.А., Вайс, М.Л. идр. - Т., 1970.
29. Справочник. Государственные архивы // Под. ред. Ваганова. Х.М. идр. - М, 1989.
30. Телеукулов Г.С. Роль архивов Узбекистана в научно-исследовательской и
Культурной жизни республики (1918-80 гг.). - Т, 1995.
31. Центральный Государственный архив Узбекистана. Каталог. -Т, 1975.
32. Aaronson S. Style in sсientifis writing. Surrent Sontents. No. 2, 10 January, 1977.
33. Day Robert A. How to write a scientifis paper. ASM News, 1975.
34. Trslease S.F. How to write scientifis and technisal papers. - Baltimore, 1958.
35. Абу Райҳон Беруний. Ўтмиш халқлардан қолган ёдгорликлар. Танланган асарлар. - Т.: Фан, 1968.
36. Исмоилова И.О. Ат-Табарий вақт ўлчови тартиблар ҳақида // Шарқшунослик, 1992. №3.
37. Мамадазимов М. Улугбек ва унинг расадхонаси. - Т.: Ўзбекистон, 1994.
38. Мамадазимов М. Плёсов С. Маликшох эраси //Фан ва турмуш. 2004. №4-5. -43 б.
39. Умар Хайём. Наврўзнома. Таржимон Урфон Отажон. - Т.: Мехнат, 1990.
40. Ўзбскистон Миллий энциклопедияси (барча томлари). - Т.: Ўзбекистон, 2000-2005 йиллар.
41. Ҳакимов М. Туркистон халқлари қўллаган тақвимлар. - Т., 1999.

Axborot manbalari.


1. http://www.ziyonet.uz


2. http://www.edu.uz
3. http://www.google.uz
4. http://www.history.ru
5. http://www.archeologia.ru
6. http://www.archeo.ru
TАLАBА BILIMINI BАXOLАSH

I. OʼQUV SOАTLАRI


Ushbu fan 1 semestr davomida oʼqitiladi va oʼquv soatlari quyidagicha:

Semestr

Xaftalar soni

Ma`ruza

Amaliy

Seminar

Tajriba

Jami auditoriya soati

Mustaqil ta`lim

1

4

6




10




16
(xaftasiga 4 soat)

104

II. NAZORAT TURLARI


1-SEMESTR:
1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʼtkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat Oʻquvmashg’ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarish asosida talabaning bilim va amaliy koʼnikmalarini baholash maqsadida 1-semestr davomida 1 marta oʼtkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy (yoki boʼlsa seminar xam) laboratoriya mashgʼulotlari va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashgʼulotlardagi faolligi fan oʼqituvchisi tomonidan baholab boriladi.
1.4. Talabani oraliq nazorat turi boʼyicha baholashda mustaqil ishni topshirishi, oʼquv mashgʼulotlari davomida olgan baholari va nazoratda berilgan 3 ta nazariy savolga bergan yozma (og’zaki) javoblari umumlashtirilib yaxlitlab qo’yiladi
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan boʼyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʼnikmalarini oʼzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma (og’zaki) shaklda oʼtkaziladi:
Yakuniy nazorat turini oʼtkazish ushbu shakllari kafedra tomonidan belgilanadi.
III. TАLАBАLАR BILIMINI BАHOLАSH MEZONLАRI
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (aʼlo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini oʼzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

IV. TАLАBАLАR BILIMINI BАHOLАSHDА UMUMIY QOIDАLАR


1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.


2. Yakuniy nazorat, Ijtimoiy gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti dekani tomonidan ishlab chiqilgan (oʼquv ishlari boʼyicha prorektor tasdiqlagan) Yakuniy nazorat turlarini oʼtkazish jadvaliga muvofiq oʼtkaziladi.
3. Аgar taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi tomonidan nazorat turlarini oʼtkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, oʼtkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan oʼtkazilishi mumkin.
5. Talaba tegishli fan boʼyicha yakuniy nazorat turi oʼtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan boʼlishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʼyicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʼyicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
7. Talaba uzrli sabablarga koʼra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
8. Talaba oraliq (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan oʼta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan boʼyicha professor-oʼqituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq (yoki) yakuniy nazorat turini oʼtkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud boʼlgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba boʼyicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy taʼlim muassasasi rektorini (boshligʼini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrugʼi asosida kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi boʼlgan taqdirda, baholash natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Аpellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʼrib chiqiladi. Talabaning apellyatsiyasini koʼrib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Аpellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini koʼrib chiqib, uning natijasi boʼyicha ushbu semestrda fanni oʼzlashtirgani yoki oʼzlashtira olmagani koʼrsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini taʼminlaydi.
11. Nazorat turi boʼyicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (aʼlo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yoʼl qoʼyilmaydi.
Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling