Urushning so’ngi qurboni (O’tkir Hoshimov)


Download 10.92 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi10.92 Kb.
#1331277
Bog'liq
Urushning songi qurboni


Urushning so’ngi qurboni
(O’tkir Hoshimov)
Ushbu asar nafaqat o’zbek elining , balki butunjahonda bo’layotgan inqiroz , urush yillarining gavdalantirish vositasi sifatida qaraladi , haqiqatdan bu va bunga o’xshash asarlar juda ko’plab uchraydi , ammo , har birining janrlari , qahramonlari voqealar rivoji turlicha …
Bu asar o’sha davrning qisman detektiv asariga ham o’xshab ketadi , qotillik , reja tuzish kabi sahnalar asarning qizg’in tus olishini nisbatan ta’minlab beradi . O’tkir Hoshimovning ushbu asardagi qo’llagan sehri (desam mubolag’a bo’lmas) meni kuchli jalb qilgan , asar boshlanishidan , o’quvchini o’sha muhitga sola olish , hamma yozuvchining ham qo’lidan kelavermaydi . Asardagi detallar , sandal , qoshiq , ko’rpa kabilar ushbu asarga yanada chuqurroq berilishga olib keladi , hech ikkilanmay aytishim mumkinki ikki asr orasida tug’ilgan bolalar* bunga juda ko’p amin bo’lishgan . Asar davomida toki Umri xolaning kovush kiyishidan , qulupnayzor ichida turgan holatigacha va aynan tok urgan insonning qotib qolishigacha kiygan kiyimlarining ahvoli-yu , yuz obrazining shakligacha bittalab tasvirlab berilgan ushbu asarda , o’quvchi o’sha dunyoga tushib qolmasdan iloji yo’q.
Ammo asarning xolis o’rta qismlari tomon kelinsa “suv bulg’ansa loyqasi yuzaga chiqadi” jumlasi hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan …
Deyarli har yili bo’ladigan kichik va katta urushlar davomida xalq orasidan o’zining dushmanlari chiqib turaveradi . Xalqning bu insonlarga nafrati katta , bir insonni molini o’g’irlash , ochlik zamonda , uni pichoqsiz o’ldirgandek gap .
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishim kerakki , o’zbek xalqiga xos bo’lmagan yot g’oyalar qizg’anchiqlik , qotillik , o’g’rilik qoralangan ushbu asardan olinadigan ibrat juda ko’p , agar imkoni bo’lganda ushbu asarning davomini ham chiqazish mumkinmidi ?!


*ikki asr orasida tug’ilgan bolalar - 1990 - 2000 - yillar oralig’ida tug’ilgan bolalar
Download 10.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling