Ushbu vaziyatda kim haq? Masalani hal qiling?


Download 17.12 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi17.12 Kb.
#164143
Bog'liq
diyor (1)


3-kazus

Fuqaro Qobilov maishiy texnika vositalarini prokatga beruvchi “Al-Mashriq” firmasi bilan televizorni 1 yil muddatga ijaraga olish to'g'risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga muvofiq, ijara haqi har oyning 15 sanasida to'lanishi lozim edi. Shu bilan birga “Al-Mashriq” firmasi televizorga maxsus plomba o'rnatgan holda, uni joriy va kapital ta'mirlash majburiyatini oldi.Shartnoma yuzasidan taraflar zimmalaridagi majburiyatlarni to'liq bajardilar. Biroq shartnoma muddati tugagach, Qobilov televizorni yana bir yilga prokatga olmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Biroq, firma ushbu televizorni boshqa fuqaroga prokatga berishni kelishib qo'yganligini, firmada hozircha bo'sh televizor yo'qligini, Qobilov televizorni topshirib bir oz ko'tib turishini aytishdi. Lekin Qobilov televizorni ijaraga beruvchiga qaytarib topshirishdan bosh tortib, uning haqini har doim to'lab turishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu vaziyatda kim haq? Masalani hal qiling?.

Yuqoridagi bizga berilgan muamoli vaziyatga yechim topishda biz o’zimizga kerakli bo’lgan qonun hujjatlarini aniqlab olsak.

O’zbekiston Respublikasi Konustitusiyasi

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi

O’zbekiston Respublikasi Ijara to’g’risidagi Qonuni

Biz ushbu vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Ijara to’g’risidagi Qonuni

asosida ijara shartnomasi nima eganligiga va uning abyeklari va subyektlariga to’xtalib o’tsak. O’zbekiston Respublikasi Ijara to’g’risidagi Qonunining 1-moddasida shunday deyiladi:

Ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo‘lgan mol mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir.Ijara O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilmagan faoliyatning hamma sohasida mulkchilikning barcha shakl va turidagi mol-mulkiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Ushbu qonuning uchinchi va to’rtinchi moddalarida ijara obyeklari va subyeklariga to’xtalib o’tilgan unga binoan:

Quyidagilar ijara munosabatlarining obyektlari bo‘lishi mumkin, chunonchi:

korxonalar, ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar, fermalar, boshqa bo‘linmalar, tashkilotlar; ayrim binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari, inventarlar, asboblar, boshqa moddiy boyliklar; er (qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerlar ijaraga faqatgina qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi) va boshqa tabiiy resurslar.

Ijaraga topshirishga yo‘l qo‘yilmaydigan korxonalar, tashkilotlarning turlari (guruhlari), mulk va tabiiy resurslarning turlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

Ijara munosabatlarining subyektlari

Ijaraga beruvchi va ijarachi ijara munosabatlarining subyektlari hisoblanadilar. Mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari mol-mulkni ijaraga berish huquqiga ega bo‘lgan ijara beruvchi hisoblanadi.Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan sovet va chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, xalqaro uyushmalar va tashkilotlar, shuningdek xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar ijarachi bo‘lishlari mumkin.

Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining davlat mulkini ijaraga olishdagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.

Shuningdek ushbu qonunda keltirilib o’tilishicha. Ijara shartnomasini davom ettirish ijara shartnomasi muddati tugaganidan keyin ham ijarachi ijaraga olingan mulkdan amalda foydalanishni davom ettiraversa hamda ijaraga beruvchi ijara shartnomasi muddati tugaguniga qadar bunga hech qanday e’tiroz bildirmagan va shartnomada o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda shartnoma xuddi shu muddatga davom ettirilgan hisoblanadi.

Shartnoma muddati tugagach, shartnomadagi o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijarachi shartnomani qayta tiklashda boshqa shaxslarga nisbatan ustun huquqka ega bo‘ladi.

Bundan ko’rinib turibdikiy fuqaro Qobilov ijara shartnomasida ustun huquqa ega. Mol-mulk boshqa mulkdorga o‘tganda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi

Ijaraga olingan mulkka egalik qilish huquqi yoki O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risidagi qonunlarida sanab o‘tilgan huquqlar ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga o‘tganda ilgari tuzilgan shartnoma, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa yangi mulk egasiga nisbatan ham o‘z kuchini saqlab qoladi. Mulk egasi bo‘lmagan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda uning ijaraga beruvchi sifatidagi majburiyatlari va huquqlari, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, huquqiy vorislarga o‘tadi.

Bizga berilgan muamoli vaziyatni O’zbekiston Respublikasi Ijara to’g’risidagi Qonuni asosida tahlil qildik. Endi ushbu vaziyatni O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi asosida ham tahlil qilsak. Ushbu Kodeksning 535-moddasida Mulk ijarasi shartnomasi Mulk ijarasi shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi deyiladi. 537-modda esa obyeklari ko’rsatib o’tilgan. Mulk ijarasining ob'ektlari

Yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy ob'ektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o'zining tabiiy xususiyatlarini yo'qotmaydigan boshqa ashyolar (iste'mol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin. Qonun hujjatlarida mulk ijarasiga berilishi mumkin bo'lmagan yoki cheklangan korxonalar turlari (guruhlari) va mol-mulk turlari belgilab qo'yilishi mumkin. Ushbu Kodeksning 538-moddasida Ijaraga beruvchining huquqlari ham keltirib o’tilgan. Unda aytilishicha:

Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo'lishlari mumkin.

Yuqoridagi muamoli vaziyatimizda kelib chiqqan holda ijara shartnomasini shakli va muddarlariga ham to’xtalib o’tsak.

FK 539-modda Mulk ijarasi shartnomasining shakli

Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo'ljallangan bo'lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo'lgan hollarda esa, muddatidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.

Ko'chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.

Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o'tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.

FK 540-modda Mulk ijarasi shartnomasining muddati

Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.

Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo'lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko'chmas mulk ijarasida esa –– uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo'yilishi mumkin. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko'p (oxirgi) muddatlar belgilab qo'yilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan bo'lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat o'tishi bilan shartnoma bekor bo'ladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.

FK ning 553-moddasiga asosan, Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchining imtiyozli hisoblanadi unga binoan;

Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, o'z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar teng bo'lgan hollarda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo'ladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan bo'lmasa, shartnomaning amal qilishi tamom bo'lguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

Mulk ijarasi shartnomasini yangi muddatga tuzishda shartnoma shartlari taraflarning kelishuvi asosida o'zgartirilishi mumkin. Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi bilan yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etsa-yu, ammo u bilan tuzilgan shartnoma muddati tugaganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxs bilan mulk ijarasi shartnomasini tuzsa, ijaraga oluvchi o'z xohishiga ko'ra yo tuzilgan shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlar o'ziga o'tkazilishini va o'zi bilan shartnomani yangilashni rad etish oqibatida o'ziga yetkazilgan zararning to'lanishini yoki faqat zararning o'zi to'lanishini sud orqali talab qilishga haqli.

Agar mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom bo'lganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e'tiroz bildirmagan bo'lsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida noma'lum muddatga qaytadan tuzilgan hisoblanadi. FKning 554-moddasida keltirilishicha Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish;

Mulk ijarasi shartnomasi bekor bo'lganidan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni o'ziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim. Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktiri qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lashni talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchi ko'rgan zararni qoplamagan taqdirda zararni to'lashni talab qilishga haqli. Ijaraga olingan mol-mulk o'z vaqtida qaytarilmaganligi uchun shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, neustoykadan tashqari zarar to'liq miqdorda undirilishi mumkin.

Shu o’rinda FKning 558-moddasiga ya’ni Prokat shartnomasiga ham to’htalib o’tsak. Prokat shartnomasi bo'yicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko'char mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.Prokat shartnomasi bo'yicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, iste'mol maqsadlarida foydalaniladi. Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir.

FK 559-moddasida Prokat shartnomasining muddati keltirilib o’tilgan

Prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi.

Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qo'llanmaydi.

Ijaraga oluvchi prokat shartnomasini bajarishni istagan vaqtida rad etishga haqli.



Ushbu vaziyatdan ko’rinib turibdikiy yuqoridagi muamoliy holatimizga hulosa o’rnida “Al-Mashriq” firmasi to’g’ri ish qilgan va u yuqorida keltirib o’ganimizdek huquqiy asosga ham ega. Prakat shartnomasi bir yilga tuziladi buni FKning 559-moddasi asosida ham ko’rdik. Bundan tashqari “Al-Mashriq” firmasi o’z vaqtida tamirlash ishlarini olib borib televizorni soz holatda ishlashini taminlab o’z majburiyatlarini bajargan.
Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling