Uslub va shakllari


Download 297.36 Kb.
bet1/36
Sana03.10.2022
Hajmi297.36 Kb.
#829918
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
2 5316925983507356173
EKONOMETRIK MOD-WPS Office, 22 (2)(1)23, 22 (2), 22 (2), 22 (2), ILMIY TADQIQОTDA TUSHUNISH VA TUSHUNTIRISHNING AHAMIYATI, portal.guldu.uz-Zoologiya-Kurs ishi, Dars jadval-конвертирован, Асадов Азизбек Самиевич (4), 8-O\'z T proba 12 A daraja, 8-O\'z T proba 05 A daraja, 8-O\'z T proba 17 A daraja S-J 100-150, Mustaqil talim

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Samarqand davlat universiteti
Pedagogika fakulteti


Nuriddinova Maysara


TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISHNING
USLUB VA SHAKLLARI
(sirtqi va maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun)
Uslubiy qo‘llanma


SamDUo‘quv-uslubiy

kengashi majlisida muhokama

qilinib, nashrga tavsiya etilgan


-bayonnoma).
Samarqand 2019

UDK
KVK


Z
M.Nuriddinova. Tabiatshunoslikni o‘qitishning uslub va shakllari (sirtqi va maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun). Uslubiy qo‘llanma. –Samarqand. 2019. –140 sahifa.

Ushbu uslubiy qo‘llanma Pedagogika fakulteti «5141700 – boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish” yo‘nalishining sirtqi va maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun rejalashtirilgan bo‘lib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga asosiy material sifatida taqdim etiladi.


Qo‘llanma jami 9 ta mavzuni o‘z ichiga oladi. Har bir mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar kiritilgan. Mazkur qo‘llanma boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining fanni mustaqil o‘zlashtirishi, nazariy bilimlarini mustahkamlashi, olingan bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari bilan bog‘liq masalalar yechimini topishida yordam beradi.


Mas’ul muharrir: Раҳимова Гулбаҳор
Taqrizchilar: Педагогика факультети
Бошланғич таълим назарияси ва
амалиёти кафедрасининг мудири, доцент: Ф.Шодиев
Самарқанд ВХТХҚТМОИ
“Мактабгача, бошланғич ва махсус таълим
методикалари” кафедраси мудири: доц.М.Рахимқулова
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bugungi kunda bo‘layotgan ko‘p qirrali o‘zgarishlar, mustahkam ilmiy bilimlar bazasiga, mustaqil bilim olish qobiliyatiga, izlanish, ijodkorlik usullari va fikrlash mantiqiga ega bo‘lgan yoshlarni tayyorlashni vazifa qilib qo‘ymoqda.
Kelajak avlodni zamonamizning yetuk mutaxassislari qilib tarbiyalash – hayotimiz, davrimizning shu kungi eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. Bolalarni, tabiat bizga in’om etgan go‘zal manzaralari bilan tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotining insonlar uchun, tabiat uchun naqadar ahamiyaga ega ekanligini uqtirib, o‘rgatib borishimiz, ma’naviy oziqlantirishimiz kerak. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdan maqsad yosh avlodni ona Vatanimizni sevishga, uning o‘simliklari, hayvonot olamini asrash, saqlash, ko‘paytirish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, imkoniyatlariga qarab ish tutishi zarur. Sinfdagi mashg‘ulotlarning, uyga beriladigan vazifalarning hajmini aniq sharoitini hisobga olgan holda belgilash, shuningdek, qo‘shimcha materiallardan ham mavzularga moslab foydalanish lozim. Bu borada boshqa fanlar singari tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi fani ham o‘z o‘rni, o‘z ahamiyatiga ega.
Ushbu uslubiy qo‘llanma Pedagogika fakulteti «5141700 – boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish” yo‘nalishining sirtqi va maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun rejalashtirilgan bo‘lib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga asosiy material sifatida taqdim etiladi.


Download 297.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling