Uslub va shakllari


-MAVZU: TAJRIBA – TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISHNING YETAKCHI USLUBI SIFATIDA, AMALIY USLUBLAR VA UNING TURLARI


Download 297.36 Kb.
bet10/36
Sana03.10.2022
Hajmi297.36 Kb.
#829918
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
2 5316925983507356173
EKONOMETRIK MOD-WPS Office, 22 (2)(1)23, 22 (2), 22 (2), 22 (2), ILMIY TADQIQОTDA TUSHUNISH VA TUSHUNTIRISHNING AHAMIYATI, portal.guldu.uz-Zoologiya-Kurs ishi, Dars jadval-конвертирован, Асадов Азизбек Самиевич (4), 8-O\'z T proba 12 A daraja, 8-O\'z T proba 05 A daraja, 8-O\'z T proba 17 A daraja S-J 100-150, Mustaqil talim
3-MAVZU: TAJRIBA – TABIATSHUNOSLIKNI O‘QITISHNING YETAKCHI USLUBI SIFATIDA, AMALIY USLUBLAR VA UNING TURLARI
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisoblanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar bo‘ladi. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakl­lantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritishni, nutqni tarbiyalashda tajri­ba­lar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilar tabiatni o‘zgartirishda tajribalar china­kam vosita bo‘lishini ko‘rish kerak. Tajribalarni o‘quvchilar asosan mustaqil holda o‘tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo‘lib ishlash talab qilina­digan tajribalarni o‘qituvchining uzi o‘tkazadi.
Tajriba qo‘yishdan oldin o‘quvchilar undan ko‘zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tani­shib chiqishlari kerak. Tajribani o‘tkazish va uning borishi hamda natijalarini «Kunda­lik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo‘lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarga yoritiladi va xulosalar qilinadi.
Sinfda, maktab o‘quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o‘zlashtirib olishdagina emas, balki ma’lum malaka va ko‘nikmalarni egallab olishda ham o‘quvchilarga yordam berishdan iborat. Bunday ishlarga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy, kolleksiyalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashga o‘lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o‘lchashga) qaratilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasini va shaxsiy hamda jamoat gigenasi qoidalarini o‘rganishga bog‘liq bo‘lgan amaliy ishlar kiradi.
O‘quvchilarning har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyorlangan, to‘g‘ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan bo‘lsa, topshiriqlar mazmuni o‘ylab tuzilgan bo‘lsagina ular samarali natija berishi mumkin.
Tajriba tabiatshunoslikni o‘qitishning yetakchi uslubi ekanligi, hamda ba’zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish va ularni o‘zlariga xos xususi­yatlari, shuningdek, ahamiyati bilan tanishamiz.
Tajriba – tabiatshunoslikni o‘qitishning amaliy metodidir. Tajriba – o‘qitish metodi bo‘lib, uning yordamida o‘rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o‘tkazishda o‘quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo‘lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakl­lanadi. Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyo qarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni mashqlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil tabiat jismlarning xossalarini blib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni konkret tushunchalarga aylantirishda bolalarga yordam beradi. Masalan, ularfaqat tajriba jarayonidangina termometrning simob ustuni haroratning o‘zgarishiga qarab ko‘tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ko‘rsatadi.
Oddiy tajribalar o‘quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o‘quv-tajriba uchast­kasida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajriba­larni o‘qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat aniq bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta’riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik, o‘quvchilar darsda Quyoshning yer yuzasiga nisbatan hola­tiga qarab kuzda sovib borish to‘g‘risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushun­tirish uchun o‘qituvchi tajriba o‘tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog‘oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmani shamning tepasida, ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O‘quvchilar qog‘oz tasmalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima uchunligini tushuntirishlari kerak. O‘quvchilar bu tajribaning yozda va kuzda Quyosh nurlarining yer yuzasini isitishini tushun­tirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajribaning borishini kuzatib, o‘quvchilar kuzda Quyosh yer ustida kun sayin tobora pasayishi to‘g‘risida xulosalar chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari er yuzasiga siyg‘anib o‘tadi va havoni isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi. Materialni mustahkamlash uchun o‘qituvchi namoyish qilgan va o‘quvchilarning o‘zlari o‘tkazgan tajribalarning rasmini chizish yoki ularni ta’riflab yozish, ba’zi hollarda uni ham, buni ham qilish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi. Har qaysi tajribani boshlashdan oldin o‘quvchilarga uning maqsadini, tajriba o‘tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligini yaxshi­lab tushuntirish, tajribaning o‘tkazilishini hikoya qilib berish rejasini yozish kerak.
Misol sifatida, «Ko‘p yillik manzarali va piyozli sabzavot o‘simliklarni ekish muddatlarining gullash muddati va mo‘lligiga ta’siri» mavzusidagi tajribani (4-sinf) keltiramiz. Tirik tabiat burchagi yoki o‘quv-tajriba uchastkasida o‘quv­chilar tajriba va kontrol o‘simliklarining o‘sishini parallel holda kuzatib boradilar, ularning rivojlanishini taqqoslaydilar, tajriba ishlari natijalarini qayd qilib bora­dilar. O‘quvchilar tajriba qo‘yilishining rasmini chizadilar, daftarlariga xulosalarni yozadilar (tajriba va nazorat qilinayotgan o‘simliklar hosilidagi farq­larni belgilay­dilar). Bu tajriba o‘quvchilar materialni chuqurroq o‘zlashtirib olishlari uchun mavzuni o‘rganishdan oldinroq o‘tkaziladi.
Qator maktablar amaliyotida qo‘pol xatolar kuzatilmoqda: avval o‘qituvchi tajribani ta’riflaydi va undan kelib chiqadigan xulosalarni aytadi, keyin esa o‘quv­chilar tajriba o‘tkazadilar. Natijada o‘quvchilarning bilish faolligi va tafakkurining mustaqilligi pasayadi, tajriba vaqtida kuzatilishi kerak bo‘lgan hodisalarga qiziqish kamayadi, tajriba o‘qituvchi hikoyasining bezagiga aylanib qoladi. Agar o‘qituvchi sinf oldiga quyidagicha muammoli savollar qo‘ysa tajriba o‘quvchilaning fikrlash faolligini oshiradi: Qanday isbot qilish kerak? Qanday aniqlash kerak. Tajriba davomida o‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar e’tiborini borayotgan jarayonlarga qaratishi, ular tafakkurini ushbu savollarga yo‘naltirishi kerak: Siz hozir nimani ko‘rayapsiz? Borayotganlarni qanday tushuntirish mumkin? Nima uchun siz shun­day hisoblaysiz? Tajriba tugallangach, o‘quvchilar shunday xulosaga olib kelina­diki, uning asosida o‘quvchilar qaysi ehtimol to‘g‘ri, qaysilari xato ekanligiga isho­n­sinlar.

Download 297.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling