Uslubiy tavsiyanoma


Download 366 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2020
Hajmi366 Kb.
#116134
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya ishlari MBBTS


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI

Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining servisi” fanidan tajriba va amaliyot ishlarini bajarish bo’yicha



USLUBIY TAVSIYANOMA

Urganch 2011

Tuzuvchilar: assistent Ro’zmetov A., assistent Ja’farov S.

5521900 – Informatika va axborot texnologiyalari bakalavr ta'lim yo’nalishi talabalariga Axborot tizimlarining unumdorligi fanidan uslubiy qo’llanma sifatida TATU Urganch filiali ilmiy – uslubiy kengashi tomonidan tavsiya qilingan 2011 yil ___ sonli bayonnoma



Tajriba ishi №1.

Mavzu: O’quv MBni tashkil qilish. MBga so’rovlarni tashkil qilish uchun Kodda algebrasidan foydalanish.

Ishdan maqsad: MBga so’rovlarni tashkil qilish uchun Kodda algebrasidan foydalanishni o’rganish.

Nazariy qism:

Kodda qoidasi.

1985 yil oktabrda E.F.Kodd “Computerworld” gazetasida ikkita maqolani e’lon qildi. Birinchi maqola 12 ta me’zonni o’z ichiga olgan bo’lib, “butunlay relyatsion” bazaga bag’ishlangan. Ikkinchi maqola esa ushbu 12 ta qoidani dasturiy mahsulotlarni meynfreymga mosligi nuqta’i nazaridan tekshirishdan iborat. Maqola shuni ta’kidlaydiki, agar MBBT nazariy jihatdan pishiq bo’lsa, u amaliy jihatdan effiktiv ishlaydi.



Koddaning 1-qoidasi. Axborot qoidasi.

Relyatsion MB uchun birinchi qoida ma’lumotlarni saqlash hamda ma’lumotlar orasidagi o’zaro munosabat uchun foydalaniladigan informatsion tuzilmani ifodalaydi:

Relyatsion ma’lumotlar bazasidagi barcha axborotlar mantiqiy darajada butunlay faqat bitta usulda ifodalanadi: jadvallardagi qiymatlar”.

Ushbu kriteriya shu shartni qo’yadiki, har qanday munosabat (ikki o’lchovli jadval) relyatsion MB da foydalaniladigan yagona informatsion strukturaga ega bo’ladi. O’z navbatida, qattiq dasturlashni talab etadigan mahsulotlarda jadvallar aro aloqa relyatsion hisoblanmaydi.



Koddaning 2-qoidasi. Kirishni kafolatlash qoidasi.

Agar MB ga axborot joylashtirish sababi paydo bo’lsa, u holda ohirgi tanlov amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda foydalanuvchi ma’lumotlarning yagona qismini ko’rish imkonining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Relyatison MBning har bir elementiga bilvosita jadval nomi, birlamchi kalitning qiymati va ustun nomi kombinatsiyalari orqali mantiqan kirishni kafolatlashi lozim.

Bu qoida shuni tasdiqlaydiki, ma’lumotlarning istalgan qismi faqat uchta komponenta orqali o’rganiladi: jadval nomi, ustun nomi va qatorning birlamchi kaliti.



Koddaning 3-qoidasi. Null-qiymat qoidasi.

Null-qiymat – bu maxsus qiymat bo’lib, MB da qo’llaniladi; u “aniqlanmagan” ma’nosini beradi. Bu qiymat axborotlarni o’qish vaqtida yuzaga keladigan xatoliklarning o’zgacha ko’rinishida kiritiladi. Misol sifatida jadvalga hodimlar orasidagi munosabatni kiritishni olaylik. Jadvalning ustuniga ularning ish xaqi kiritiladi. Taklif qilinadiki, bir qancha hodimlarning ish xaqi satri null-qiymatli bo’lsin. Agar, tasodifan jadvalga murojaat etilsa va barcha islovchi hodimlar to’g’risida ma’lumot so’ralsa ish xaqi 60000 dan ziyodi ishlab chiqiladimi? Satr null-qiymatli bo’lsa satr hisobga olinadimi yoki o’tkazib yuboriladimi?

Qachon MBBT null-qiymatni mantiqiy me’zonga (60000dan katta ish xaqiga) mos ravishda baholaydi? Agar satr ushbu me’zonga javob bersa, null-qiymat qabul qilishi aniq bo’lmaydi. Balki, bo’ladi yoki bo’lmaydi. Aynan ushbu holatda relyatsion MB da uch qiymatli mantiqdan foydalaniladi. Mantiqiy ifodaning natijasi “to’g’ri”, yoki “noto’g’ri”, yoki “bo’lishi mumkin” ko’rinishida bo’ladi.

Koddaning 3-qoidasi null- qiymatga bog'liq:

Null-qiymat (qayd etish kerakki, u bo’sh qatorni ifodalaydi) relyatsion MBBT da mavjud bo’lmagan axborotni butunlayin sistematik ravishda va ma’lumotning toifasiga bog’liq bo’lmagan holda ifodalashni qo’llab quvvatlaydi”

Null-qiymat ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchidan, relyatsion MBBT nul-qiymat ko’rinishida ifodalanishi mumkin. Ya’ni, foydalanuvchi barcha satr va ustunga ma’lumot kiritmaydi. Nullning qiymati ustunning tipiga bog’liq bo’lmaydi. Mustaqil ravishda tekshirib ko’rish mumkinki, ASCII va UNICODE kodida bo’sh qator belgisi ekranda bir xil bo’sh qator ko’rinishida ifodalanadi. Ikkinchi misolni esa yuqoridagi ish xaqi misolida ko’rsatamiz. Foydalanuvchi so’ramagan satrlari null qiymatni qabul qiladi.



Koddaning 4-qoidasi. Relyatsion model asosidagi dinamik operativ katalog qoidasi.

Har qanday ma’lumotlar bazasining lug’ati mavjud (endilikda u katalog deyiladi).

Ma’lumotlar bazasining qiyofasi mantiqiy darajada oddiy ma’lumotlar ko’rinishida ifodalanadi. Foydalanuvchi ushbu ifodaga to’liq murojaat etishi uchun va oddiy ma’lumotlar ustida ishlash uchun relyatsion tildan foydalanadi”.

Koddaning 5-qoidasi. Ma’lumotlarni qayta ishlash tili xaqidagi qoida.

Relyatsion MB da ma’lumotlarning tarkibiy elementlari bilan ishlash, modifikatsiyalash va hisoblash imkonini beruvchi qandaydir bir til mavjud bo’ladi. Koddaning 5-qoidasi aynan shuni ifodalaydi.

Relyatsion tizim bir qancha tillarni va terminallar bilan ishlashning bir necha rejimini qo’llab quvvatlashi lozim (masalan, blankalarni to’ldirish rejimi). Har qanday til operatorlari ishni to’liq ifodalaydi, simvollar qatori ko’rinishida berilgan o’zining aniq sintaksisiga ega bo’ladi. Undan tashqari u quyidagi ammallarni beradi:


  • Ma’lumotlarning bayonini

  • Ifodani bayonini

  • Ma’lumotlarni manipulyatsiyalashni

  • Maqsadni chegaralanganligini

  • Tranzaksiya chegarasini”.

SQL-92 tili ushbu qoidalarga to’la javob beradi.

Koddaning 6-qoidasi. Ifodani yangilash qoidasi.

Bir qancha ifodalar ma’lumotlarni yangilash uchun qo’llanilishi mumkin. Boshqa- bir qancha yaratilgan asosiy jadvallar va ifodalar, birlamchi kalitdan iborat bo’lmagan asosiy jadvallar va b.q larni yangilash imkonsiz. Koddaning 6-qoidasi aynan shu xaqda:

Barcha ifodalar yangilanishi mumkin, xatto sistemalar ham”.

Koddaning 7-qoidasi. Ma’lumotlarni yuqori darajada kiritish, o’chirish va yangilash.

Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda bitta operand nafaqat hisoblashi, balki kiritish, o’chirsh va yangilash imkoniga ega bo’lishi kerak”.



Koddaning 8-qoidasi. Ma’lumotlarni fizik mustaqilligi haqidagi qoida.

Amaliy dastur va terminal amallarga axborotlarning istalgan to’plami yoki kirish usuli o’zgartirilganda mantiqiy jihatdan putur yetmasligi kerak”.



Koddaning 9-qoidasi. Ma’lumotlarni fizik mustaqilligi haqidagi qoida.

Ma’lumotlarning mantiqiy mustaqilligi – fizik mustaqilliga qaraganda nozik masala hisoblanadi.

Amaliy dastur va terminal amallarga asosiy jadvalga o’zgartirish kiritilganda ham mantiqiy jihatdan putur yetmasligi kerak”.

Koddaning 10-qoidasi. Butunlikning mustaqilligi haqidagi qoida.

Butunlikni konkret relyatsion MB uchun chegaralash imkoniyati ma’lumotlar bazasining tili orqali amalga oshiriladi, amaliy dastur orqali emas”.



Koddaning 11-qoidasi. Taqsimlanishning mustaqilligi haqidagi qoida.

Taqsimlanish deganda ushbu ma’lumotlar bazasining bir qancha komputerlarda taqsimlanishi tushuniladi. Ushbu holatda, MB ning barcha qismlarini birlashtirish talab etiladi.

Relyatsion MBBT mustaqil tarqatiladi”.

Koddaning 12-qoidasi. Qoidani saqlash haqidagi qoida.

Oxirgi qoida Aldovni ta’qiqlashdeyiladi.

Agar relyatsion tizim quyi darajadagi tilga ega bo’lsa (“bir yo’la bir marta yoziladigan”), u holda yuqori darajadagi relyatsion til qoidalarini inobatga olmaslik yoki undan xato foydalanish mumkin emas”

Ishni bajarish tartibi:

Har bir talaba quyida ko’rsatilgan variantlar bo’yicha ma’lumotlar bazasini tashkil qilib, ularga so’rovlar jo’natadi. So’rovlarni tashkil qilishda Koddaning qaysi qoidasidan foydalanganliklarini izohlab beradilar.



Bajarish uchun topshiriq variantlari:

  1. Kadrlar bo’limi.

  2. Kafedra dars taqsimoti.

  3. Talabalar bo’limi.

  4. O’quv bo’limi.

  5. Axborot resurs markazi.

  6. Bug’alteriya

  7. Dasr jadvali.

  8. Dekanat

  9. Talabalar uyi.

  10. Universitet moddiy-texnik bazasi.

  11. Talabalar baholarining reyting tizimi.

  12. Kamolat YOIH

  13. Kafedra mudiri.

  14. Davomat.

Nazorat savollari:

  1. Koddaning nechta qoidasini bilasiz?

  2. Koddaning qoidalari nimaga xizmat qiladi?

  3. MB ni tuzishda Kodda qoidalarini inobatga olmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

  4. Kodda qoidalarini izohlab bering.

Tajriba ishi 2.

Mavzu: Normallashtirish qoidasi asosida relyatsion MBni loyihalashtirish va munosabat sxemalarini hosil qilish.

Ishdan maqsad: Normallashtirish qoidasi asosida relyatsion MBni loyihalashtirish va munosabat sxemalarini hosil qilishni hosil qilish.

Nazariy qism:

2.1. Ma‘lumotlar bazasini normallashtirish

Normallashtirish – bu ma‘lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo‘laklarga jadvalni bo‘lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma‘lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejam foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma‘lumotlar orasida qaramaqarshiliklarni bartaraf qilish uchundir.

Har bir jadval relyatsion ma‘lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko’ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko‘p miqdorda xuddi shunday qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya’ni takrorlanuvchi ma‘lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma‘lumotlar bazasiga kiritilmaydi.

Har qanday normallashgan jadval avtomat ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, “normallashtirilgan” va “1NF da joylashgan ” bitta ma’noni anglatadi. Lekin amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko‘proq tor ma‘noda islatiladi – “to‘liq normallashtirilgan”, ya‘ni proyektda normallashtirishning hech qaysi prinsipi buzilmayapti degan ma‘noda.

Keyingi pog‘onadagi normallashtirishlarni ko‘rib chiqamiz – ikkinchi normal forma (2NF), uchinchi normal forma (3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval 1NF da bo‘lsa va undan tashqari yana bir qo’shimcha shartni qoniqtirsa, uning ma’nosi keyinroq ko‘rib o‘tiladi. Jadval 3NF da deyiladi, qachonki u 2NF dab o’lsa va yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo.

Har bir normal forma qandaydir ma’noda oldingisiga qaraganda ancha chegaralangan, lekin ma’qulroqdir. Bu shunga bog‘liqki, “N-chi normal forma” ega bo‘lgan ba’zi yoqimsiz tomonlariga “(N+1)-chi normal forma” ega emas. N-chi normal forma ga qarab (N+1)-chi normal formaga qo‘yilgan qo‘shimcha shartning umumiy ma’nosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo‘qotishdan iborat.

Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog’liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog‘liqliklarning ikki turi aniqlangan:



  • funksional

  • ko‘p qiymatli

Funksional bog‘liqlik: Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo’lsa, jadvalning B maydoni huddi shu jadvalning A maydoniga funksional bog’langan deyiladi. Aytib o’tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo’lishi mumkin.

To’liq funksional bog’liqlik: B maydon A tashkil qiluvchiga to’liq funksional bog‘liq bo‘ladi, agar u A ga funksional bog‘liq bo‘lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog‘liq bo‘lmasa.

Ko‘p qiymatli bog‘liqlik: A maydon huddi shu jadvalning B maydonini ko’p qiymatli aniqlaydi, agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo’lsa.

Ko‘p funksional bog‘liqlikga misol “O‘qish jadvali”



Tartib

Muallim

Darslik

Dasturlash

Abdullayev I.R.

Liberti Dj . Osvoy samostoyatelno C++

Dasturlash

Raxmonov U.K.

Forsayt R. Pascal dlya vsex

Dasturlash

Kovalev N.N.

Liberti Dj. Osvoy samostoyatelno C++

Dasturlash

Kovalev N.N.

Forsayt R. Pascal dlya vsex

Dasturlash

Raxmonov U.K.

Faysman K. Professionalnoye programmirovaniye na Paskale

Jadvalda ko‘p qiymatli bog‘liqlik bor “Tartib-Muallim”: tartib (Dasturlash misolida) bir nechta muallim tomonidan o’qilishi mumkin (misolda Abdullayev, Raxmonov, Kovalev). Yana boshqa bog’liqlik ham bor “Tartib-Darslik”: informatikani o’tishda “Pascal dlya vsex”, ”Osvoy samostoyatelno C++” va “Professionalnoye programmirovaniye na Pascale” darsliklari ishlatiladi. Bunda Muallim va Darslik funksional bog’lanmagan, bu esa ortiqchalikka olib keladi (yangi darslikni yozish uchun yana ikkita yangi qator yozish kerak bo’ladi). Bu jadvalni ikkiga ajratganda ish yaxshilanadi: (Tartib-Muallim va Tartib-Darslik)

2.2 Normal formalar

Birinchi normal forma:

Jadval birinchi normal formada deyiladi , qachonki hech bir undagi qator istalgan maydonda bittadan ortiq bo’lmagan ma’noga ega bo’lmasa va birorta kalit maydoni bo’sh bo’lmasa ;



Ikkinchi normal forma:

Jadval ikkinchi normal formada deyiladi , qachonki agar u birinchi normal formadagi ifodalarni ,maydonlarni qanoatlantiradi va birlamchi kalit bo’lmaganda hamda birlamchi kalitga to’liq funksional qaram bolmaganda ;



Uchinchi normal forma:

Jadval uchinchi normal formada deyiladi, qachonki u 2NF ning barcha shartlarini qanoatlantirsa va birorta ham uning kalitsiz maydonlari boshqa bir kalitsiz maydonlar bilan bog’liq bo’lmasa;



Boysa-Kodd normal formasi

Jadval Boysa-Kodd normal (BKNF) formasida bo’ladi, agar maydonlar orasidagi har qanday funktsional bog’lanish to’liq funktsional bog’lanishga ega bo’lsa.



Beshinchi normal forma:

Jadval beshinchi normal formada (5 NF) bo’ladi, qachonki har bir to’liq dekompozitsiya barcha proektsiyalari mumkin bo’lgan kalitlarni saqlasa. Birorta to’liq dekompozitsiyaga ega bo’lmagan jadval ham beshinchi normal formada (5NF) bo’ladi.

To’rtinci normal forma agar to’liq dekompozitsiya ikkita proektsiya birlashmasidan iborat bo’lsa beshinchi normal formaning xususiy holi bo’ladi.

2.3. Normallashtirish protsedurasi


Normallashtirish – bu jadvallarni ma’lumotlarni yangilanishda, qo’shishda va o’chirishda bir nechaga bo’lishdir

Normallashtirish – bu jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket almashtirish jarayoni bo’lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalar 5NF joylashmagancha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5NF joylashadi.

Jadvallarni NFBK utkazish protsedurasi

Bu protsedura, ixtiyoriy jadvalda yagona funktsional bog’liqliklar K->F kurinishda bo’lishga asoslanadi, bunda K dastlabki kalit, F - esa qandaydir boshqa maydon. Shuni inobatga olish kerak-ki, bu dastlabki kalit ta’rifidan kelib chiqadi, yani K->F bog’lanish berilgan jadvalning barcha maydonlari uchun bajariladi. "Bir joyda bir fakt" degani boshqa funktsional bog’liqliklar hech qanday kuchga ega emas ma’noni bildiradi. Normallashnitishdan maqsad K->F kurinishdagi bog’lanishdan tashqari boshqa bog’lanishlsrdan vos kechishdir.

Agar norlashtirish vaqtida birlamchi(tashqi) kalitlar kodlarini boshlang’ich kalitlarnikiga almashtirilsa, u holda quyidagi ikki holni ko’rib chiqish kerak bo’ladi:


  1. Jadval birinchi tarkibli kalit ko’rinishida bo’lsin, aytaylik (К1,К2). Bundan tashqari, bu kalitning biror qismiga funktsional bog’liq, lekin to’la kalitga bog’liq bo’magan, masalan K2, F maydonni o’z ichiga olsin. Bu holda K2 va F(K2-birlamchi kalit) ni o’z ichiga oluvchi boshqa jadval tashkil qilish taklif etiladi va boshlang’ich jadvaldan F o’chiriladi:

Almashtirilsin T(K1,K2,F) , birlamchi kalit (К1,К2), ФЗ К2->F

T1(K1,K2)ga, birlamchi kalit (К1,К2),

va T2(K2,F), birlamchi kalit К2.


  1. Jadval birlamchi K kalitga ega, F1 maydonning mumkin bo’lgan kaliti bo’lmagan holda, qaysiki albatta Kga funktsional jihatdan bog’liq va boshqa kalitsiz F2 maydoni, qaysiki F1ga funktsional jihatdan bog’liq. Bu erda echim, aslida, avvalgining o’zi – F1 va F2 ni o’zida aks ettirgan jadval shakllantiriladi, boshlang’ich kalit F1 bo’lgan holda va F2 boshlang’ich jadvaldan olib tashlanadi:

Almashtirilsin T(K,F1,F2), birinchi kalit К, ФЗ F1->F2

T1(K,F1)ga, birinchi kalit К,

va T2(F1,F2), birinchi kalit F1.

Berilgan har qanday jadval uchun, ko’rib chiqilgan 2 qoidalarga asoslangan o’zgaruvchilarni takrorlab, deyarli barcha holatlarda oxir-oqibat ko’p jadvallarni olish mumkin, ular “oxiri” normal ko’rinishda (Formada) bo’ladi va shunday qilib K->F dan farqli bo’lgan hech qanday functsional bog’lanishga ega bo’lmaydi.



2.4 Ma’lumotlar sxemasini yaratish

Ma’lumotlar sxemasini yaratish Базы данных (Database) oynasida quyidagi buyruqlarni bajarish orqali bajariladi Сервис | Схема данных (Tools | Relationships) yoki ma’lumotlar omborining instrumentlar paneldan Схема данных (Relationships) degan tugmani bosish orqali amalgam oshiriladi.



Jadvallarni ma’lumotlar sxemasiga qo’shish: Схема данных (Relationships) tugmasini bosganingizdan so’ng Добавление таблицы (Show table) oynasi ochiladi, unda siz o’zingizga kerak bo’lgan jadval va so’rovlarni ma’lumotlar sxemasiga qo’shishingiz mumkin. Jadvalni ma’lumotlar sxemasida joylashtirish uchun Добавление таблицы (Show table) oynasida kerak bo’lgan jadvalni tanlab Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Bir necha jadvallarni sxemaga qo’shish uchun tugmasini bosgan holatda jadvallar nomini belgilab chiqib Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Hamma kerak bo’lgan jadvallarni sxemaga qo’shib bo’lgandan kegin Закрыть (Close) tugmasini bosish kerak.





Jadvallar orasida bogliklar yaratish: Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o’rtasidagi bogliqlikni aniqlashda informasion-mantiqiy modelni kanonik ko’rinishda foydalanish qulaylik tugdiradi bunda bosh va bo’ysunivchi jadvallar orasidagi munosabatlarni oson aniqlab olish mumkin bo‘ladi chunki informasion – mantiqiy modeldagiga o’hshab bosh jadvallar bo’ysunuvchi jadvallarga qaraganda yuqoriroqda joylashgan bo’ladi. birga – bir boglanishlar kamdan – kam holda ishlatilganli b boglanishlar realiasion omborlarda asosiy hisoblanadi.

Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o’rtasida 1:M munosabatlarni o’rnata turib, bosh jadvalda boglanish o’rnatilishi kerak bo’lgan unikal kalitli maydonni belgilab oling. Keyin sichqonchaning tugmasini qo’yib yubormasdan turib kursorni bo’ysunuvchi jadvalning mos maydoniga qo’ying.

Tarkibiy kalit orqali jadvallar o’rtasida munosabat o’rnatayotganingizda, bosh jadvalaning kaliti bo’ladigan hamma maydonlarni tanlab ularni bo’ysunuvchi jadvalning birorta maydoniga olib o’ting. Tarkibli kalitga kiradigan hamma maydonlarni belgilash uchun ularni knopkasini bosib belgilab chiqiladi. Munosabat o’rnatilgandan keyin Изменение связей (Edit Relationships) oynasi ochiladi. Тип отношений maydonida avtomatik tarzda birga-ko’p boglanish o’rnatiladi.

Tarkibli kalit bo’lgan holda Изменение связей (Edit Relationships) oynasida bosh jadvalning har bir maydoni uchun Таблица / Запрос (Table/Query) da bo’ysunuvchi jadvalning mos ravishdagi maydonini tanlash kerak.





Ishni bajarish tartibi:

Har bir talaba quyida ko’rsatilgan variantlar bo’yicha ma’lumotlar sxemasini tashkil qiladi. Sxemalarni tashkil qilishda normallashtirishning qaysi qoidasidan foydalanganliklarini izohlab beradilar.



Bajarish uchun topshiriq variantlari:

  1. Kadrlar bo’limi.

  2. Kafedra dars taqsimoti.

  3. Talabalar bo’limi.

  4. O’quv bo’limi.

  5. Axborot resurs markazi.

  6. Bug’alteriya

  7. Dasr jadvali.

  8. Dekanat

  9. Talabalar uyi.

  10. Universitet moddiy-texnik bazasi.

  11. Talabalar baholarining reyting tizimi.

  12. Kamolat YOIH

  13. Kafedra mudiri.

  14. Davomat.

Nazorat savollari:

  1. Normallashtirish deganda nimani tushinasiz?

  2. Qanday normal shakllarni bilasiz?

  3. Ma’lumotlar sxemasi nima?

  4. Ma’lumotlar sxemasi qanday tuziladi?

Tajriba ishi 3.

Mavzu: ER – diagrammadan foydalangan holda o’quv MBni loyihalashtirish. SQL tili va undan foydalanish.

Ishdan maqsad: ER – diagrammadan foydalangan holda o’quv MBni loyihalashtirish.

Nazariy qism:

Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling