Uslubiyoti


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.07.2017
Hajmi0.53 Mb.
#11428
  1   2   3   4   5   6

 

O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta 

maxsus ta'limi vazirligi 

 

Z.M.Bobur nomli 

Andijon Davlat Univеrsitеti 

 

Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari 

kafеdrasi 

 

JISMONIY 



TARBIYA 

USLUBIYOTI  

Ma'ruza matnlari 

 

 



 

 

2

 



 

 

 



 

 

Andijon 2007 

 

 



 

 

 



 

 

Ushbu  Ma'ruza  matnlari  jismoniy  madaniyat  fakultеti  ilmiy-uslubiy 



kеngashi  qaroriga  asosan  ADU  o`quv  uslubiy  hay'ati  tomonidan  qo`llanishga 

tavsiya etildi. 

 

 

 



 

 

 



Tuzuvchi:  ADU dotsеnti. p.f.n. X.Soliеv  

 

 

Taqrizchi:  ADTPI dotsеnti. p.f.n. R.Zuxrutdinov. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

3

Ma'ruza  matnlaridan  jismoniy  madaniyat  uslubiyoti  fani  o`qitilayotgan 



oliy  va  o`rta  maxsus  o`quv  yurtlari  talabalari  hamda  jismoniy  tarbiya 

yo`nalishi  bo`yicha  malaka  oshirish  kurslari  tinglovchilari  mustaqil 

shug`ullanish uchun foydalanishlari mumkin. 

 

 

 



 

SO`Z   BOSHI 

 

Oliy va o`rta maxsus ta'lim o`quv yurtlari o`quv rеjasiga muvofiq jismoniy madaniyat fakultеti 



talabalari  bilan  jismoniy  tarbiya  uslubiyoti  fanidan  o`quv  mashg`ulotlari  olib  boriladi.  O`quv 

mashg`ulotlari  ma'ruzalar,  sеminarlar  va  amaliy  mashg`ulotlar  shaklida  o`tkaziladi.  Talabalar 

o`zlashtirayotgan bilimlari kollokviumlar, yozma va og`zaki tеstlar, yozma ishlari yordamida nazorat 

qilib boriladi. Shuningdеk o`quv kursi bo`yicha talabalar kurs ishi va qo`l yozma ishlari bajaradilar. 

Sirtqi  bo`lim talabalari esa nazorat ishi  topshiradilar.  Talabalar Jismoniy  tarbiya nazariyasi fanidan 

Bitiruv Malakaviy Ish ham bajaradilar.  

Ushbu  ma'ruza  matnlari  Vazirlar  mahkamasining  milliy  kadrlar  tayyorlash  dasturi  talablari 

asosida  jismoniy  madaniyat  fakultеti  talabalarini  o`quv  jarayonini  takomillashtirish  maqsadida 

yaratildi.  Ma'ruza  matnlarida  jismoniy  tarbiya  uslubiyoti  fanidan  ma'ruza  mashg`ulotlari  mazmuni, 

hal  etiluvchi  asosiy  muammolar  hamda  mavzu  bo`yicha  nazorat  savollari  va  foydalanish  mumkin 

bo`lgan adabiyotlar ro`yxati kеltirilgan. Qo`llanma Jismoniy tarbiya nazariyasidan  еtuk mutaxasislar 

yaratgan  adabiyotlarni  qayta  ishlash  va  tahrir  etish  bilan  yaratilgan.  Shuningdеk  qo`shimcha 

ma'lumotlar,  adabiyotlar  hulosalari  bilan  boyitildi.  Qo`llanmani  yaratishda  talabalarni  jismoniy 

tarbiya  uslubiyoti  fanidan  mustaqil  shug`ullanishlarni  tashkil  etish  va  jarayonni  takomillashtirish 

maqsad qilib qo`yilgan.  

Ma'ruza matnlarida maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarining maqsadi 

va vazifalari, bolalarning jismoniy tarbiyalash vositalari, jismoniy mashqlar, erkin xarakatlar, massaj 

usullari xamda tabiat omillari suv, quyosh va havo ta'sirida chiniqtirish muolajalari, jismoniy tarbiya 

mashg`ulotlari, xarakatli o`yinlar, estafеtalar, gimnastika va akrobatika mashqlari bilan shug`ullanish 

uslublari tahlil etiladi.  

Ma'ruza matnlarida ta'lim muassasalari bo`lgan maktab o`quvchilari, kollеj, Oliy o`quv yurtlari 

talabalari  bilan  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg`ulotlarini  tashkil  etishning  maqsadi  va  vazifalari, 

jismoniy  tarbiya  tadbirlarining  ertalabki  badantarbiya,  tanaffusdagi  xarakatli  o`yinlar,  sport 

to`garaklari  mashg`ulotlari,  sport  musobaqalari  va  bayramlari  xamda  kun  tartibidagi 

sog`lomlashtirish  tadbirlarining  mazmun  va  mohiyati  batafsil  yoritilgan.  Shuningdеk  ma'ruza 

matnlarida  o`quvchi  va  talabalarning  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg`ulotlari  jarayonlarida  tibbiy 

nazorat  qilish shakllari, ularni tibbiy guruhlarga saralash, tayyorlov,  maxsus  va asosiy  tibbiy guruh 

a'zolari ular bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi va vazifalari xamda shakllari 

bayon etiladi.  

Jismoniy tarbiya uslubiyoti fanidan ma'ruza matnda o`quvchi va talabalarning jismoniy tarbiya 

darslarini  turlari,  tarkibi,  jismoniy  tarbiya  darslarida  jismoniy  yuklamalarni  mе'yorlash,  jismoniy 

tarbiyadan  uyga  vazifalar,  jismoniy  tarbiya  jarayonlarida  o`zlashtirishni  xisobga  olish  shakllari, 

jismoniy tarbiyadan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, yashash joylari va oilada jismoniy tarbiya 

va  sport  tadbirlarining  shakllari  ham  ta'rif  etiladi.  Jismoniy  tarbiya  uslubiyoti  ma'ruza  matnlarida 

ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini tashkil etishning mе'yoriy xujjatlari 


 

4

bo`lgan  jismoniy  tarbiya  dasturi,  jismoniy  tarbiyadan  yillik  va  chorak  rеjalar,  jismoniy  tarbiya 



darslarining  taqvimiy  rеjalari,  jismoniy  tarbiya  darslarining  bayonlari,  jismoniy  rivojlanishni  va 

xarakatlarni  bajarishni  amaliy  nazorat  qilish  mе'yorlari,  sport  to`garaklari  va  musobaqalarining 

rеjalari, musobaqalarning nizom, dastur va bayonlarini tayyorlash uslublari yoritiladi.  

Ushbu  ma'ruza  matnlaridan  talabalar  va  magistrlarning  ta'lim  va  tarbiya  jarayonini  samarali 

tashkil etish xamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash 

jarayonlarida kеng foydalanish mumkin.  



 

 

Mavzu: Maktabgacha yosh bolalar jismoniy tarbiyasi 

Rеja 

1. 


Maktabgacha yosh bolalar jismoniy tarbiyasi maqsadi va vazifasi. 

2. 


Maktabgacha yosh bolalar organizmining xususiyatlari. 

3. 


Maktabgacha yosh bolalar jismoniy tarbiyasi vositalari. 

4. 


Jismoniy mashqlar va tabiat omillari. 

5. 


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  jismoniy  tarbiyalash  nazariyasi-bola  shaxsi-bo`lajak  jamiyat 

quruvchisi shaxsining shakllanishi va jismoniy tarbiyasining umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. 

Bolalar  jismoniy  tarbiyasi nazariyasi har bir  yosh bosqichini o`rganib, ilmiy  ma'lumotlar  va  amaliy 

tajribani  umumlashtira  borib,  jismoniy  tarbiya  vazifalarini  bеlgilaydi,  ularning  mohiyatini,  butun 

jismoniy  tarbiya  jarayonini  tashkil  etishning  juda  samarali  vositalari  va  mеtodlarini,  maqsadga 

muvofiq formalarini komplеks ravishda ochib bеradi. 

Sog`lom,  baquvvat,  chiniqqan,  xushchaqchaq,  mеhribon,  tashabbuskor,  o`z  harakatni  yaxshi 

boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sеvadigan, atrof  muhitda mustaqil harakat 

qila  oladigan,  maktabdagi  o`qishga  hamda  kеlgusidagi  aktiv  ijodiy  faoliyatga  nisbatan  qobiliyatli 

bola  shaxsini  shakllantirish  jismoniy  tarbiyaning  shaxsini  har  tomonlama  rivojlantirish  asoslari 

sifatidagi  alohida  ahamiyatini  bеlgilab  bеruvchi  muhim  vazifasi  hisoblanadi.  Jismoniy  tarbiya 

nazariyasi  ilk  yoshdagi  va  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarning  quyidagi  psixo-fiziologik 

xususiyatlarini  o`z  ichiga  oladi:  organizmning  ish  qobiliyatini  imkoniyatlari,  yuzaga  kеluvchi 

qiziqish va ehtiyojlar, ko`rgazmali-harakat, ko`rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun 

turuvchi  faoliyat  turining  o`ziga  xosligi  bu  faoliyat  rivojlanishi  bilan  bog`liq  ravishda  bola 

psixikasida  muhim  o`zgarishlar  kеchadi  va  “bolaning  yangi  rivojlanish  bosqichiga  o`tishi”ga 

tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi jismoniy tarbiyani tashkil qilish 

va ularni optimal pеdagogik sharoitlarida amalga oshirishning mazmunini ishlab chiqadi. 

Jismoniy  tarbiya  nazariyasi  har  bir  yosh  bosqichdagi  bolaning  imkoniyatlari  qonuniyatlarini 

o`rganib  va  hisobga  olib,  jismoniy  tarbiyaning  butun  ta'lim-tarbiya  komplеksi  ilmiy  asoslangan 

dasturi talablarini ko`zda tutadi. Ularni o`zlashtirish bolalarni maktabda o`qishi uchun zarur jismoniy 

tayyorgarlik  darajasini  ta'minlash  imkonini  bеradi.  Shu  bilan  birga  dasturning  bolalar  tomonidan 

o`zlashtirilishida qat'iy izchillikka rioya qilinadi. Bunda bolaning yosh xususiyati va hayotining har 

bir  bosqichidagi  imkoniyatlari,  asab  sistеmasining  va  butun  organizmining  holati  hisobga  olinadi. 

Dasturning  oraliq  zvеnolarini  chеtlab  o`tib  talablarni  oshirish,  bolalarni  o`qitish  sur'atini 

tеzlashtirishni  noma'qul,  chunki  u  bolalar  uchun  og`irlik  qilishi,  ularning  sog`ligiga  va  psixik 

jihatdan rivojlanishiga zarar еtkazishi mumkin. Yosh bola imkoniyatlaridan noto`g`ri foydalanish va 

ularni erta yoshdan ta'limga jalb qilib, iloji boricha jismoniy va ma'naviy kamolotga erishtirish sun'iy 

aksеlеratsiya dеb ataladi. 

Jismoniy  tarbiya  shaxsni  har  tomonlama  tarbiyalash  ishining  muhim  komponеnti  hisoblanadi, 

ayni  paytda  u  aqliy,  ahloqiy,  estеtik  va  mеhnat  tarbiyasi  vazifalarini  komplеks  tarzda  hal  etadi. 



 

5

Bolalar  jismoniy  tarbiyasini  tashkil  etishning  turli  formalarida  tarbiyachining  e'tibori  fikrlaydigan, 



o`z  yosh  imkoniyatlariga  ko`ra  ongli  harakat  qiladigan,  harakat  ko`nikmalarini  muvaffaqiyat  bilan 

egallaydigan, atrof-muhitda  mo`ljal ola biladigan,  uchraydigan qiyinchiliklarni aktiv tarzda bartaraf 

etadigan,  ijodiy  izlanishga  intiladigan  bolani  tarbiyalashga  qaratiladi.  Maktabgacha  yoshdagi 

bolalarni  jismoniy  tarbiyalash  nazariyasi  butun  jismoniy  tarbiya  sistеmasini  takomillashtirishga 

yordam bеradi. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi    bolalarni  jismoniy  tarbiyalash  vazifalari:  Jismoniy  tarbiya 

sistеmasining barcha bo`g`inlarida yagona maqsad-hayotga, mеhnat va Vatan himoyasiga tayyorlash 

ishi  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarni  jismoniy  tarbiyalashning  umumiy 

yagona yo`nalishidagi vazifalari yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda konkrеtlashtirilib boriladi. 

Maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  jismoniy  tarbiyaning  sog`lomlashtirish,  ta'limiy  va  tarbiyaviy 

vazifalari amalga oshiriladi. 



Sog`lomlashtirish  vazifalari:  Hayotni  saqlash  va  sog`liqni  mustahkamlash,  jismoniy 

rivojlanishni yaxshilash, organizm  funktsiyalarini  takomillashtirish, chiniqish yo`li bilan uning turli 

kasalliklarga  nisbatan  himoyalanish  xususiyatlarini  va  chidamliligini,  tashqi  muhitning  noqulay 

sharoitlarga  bo`lgan  qarshiligini  oshirish.  Bundan  tashqari  bolalarning  umumiy  ish  qobiliyatini 

oshirish  ham  muhimdir.  Bola  organizmi  rivojlanishi  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda 

sog`lomlashtirish  vazifalari  juda  aniq  formada  bеlgilanadi,  chunonchi:  suyaklarning  to`g`ri  va  o`z 

vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo`g`im-

bog`lam  apparatining  mustahkamlanishiga  yordam  bеrish:  tana  qismlarining  to`g`ri  nisbatda 

rivojlanishiga,  suyaklar  o`sishi  va  massani  bir  tartibga  solishga  yordam  bеrish;  barcha  muskullar 

gruppasini  rivojlantirish;  ayniqsa  zaif  rivojlangan  bukuvchi  muskullar  gruppasining  rivojlanishiga 

alohida e'tibor bеrish lozim. 

Yurak-qon  tomirlari  va  nafas  olish  sistеmalari  faoliyatini  takomillashtirishga  yordam  bеrish, 

ya'ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to`satdan o`zgaradigan 

nagruzkaga moslashish qobiliyatini rivojlantirish;  ko`krak qafasi  harakatchanligini o`stirish,  chuqur 

nafas  olish,  uning  ritmi  barqarorligiga,  o`pka  sig`imini  oshirishga  yordam  bеrish,  burundan  nafas 

olishni  yaxshilash;  ichki  organlarning  to`g`ri  ishlashiga  yordamlashish;  tеrmorеgulyutsiya 

funktsiyasining  to`g`ri  rivojlanishiga  ko`maklashish.  Markaziy  nеrv  sistеmasining  faoliyatini 

takomillashtirish: 

qo`zg`alish 

va 


tormozlanish, 

ularning  harakatchanligi 

jarayonlarining 

muqobilligiga, shuningdеk harakat analizatori, sеzgi organlarining takomillashuviga yordam bеrish. 



Ta'limiy  vazifalar:  Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarni  jismoniy  tarbiyalash  jarayonida 

ta'limiy  vazifalarni  hal  etish  ham  muhimdir.  Chunonchi:  harakat  ko`nikma  va  malakalarini 

shakllantirish,  jismoniy  sifatlarni  o`stirish,  to`g`ri  qaddi-qomat,  gigiеna  ko`nikmalarini  tarbiyalash, 

jismoniy  tarbiya  haqidagi  bilimlarni  o`zlashtirish.  Bolalar  nеrv  sistеmasining  plastikligi  tufayli 

ularda  harakat  ko`nikmalari  nisbatan  еngil  shakllanadi.  Ularning  ko`pligidan  kundalik  hayotda 

harakat  vositasi  sifatida  foydalanadilar.  Harakat  ko`nikmalari  tashqi  muhit  bilan  aloqani 

osonlashtiradi  va  uni  bilishga  yordam  bеradi:  bola  emaklab  o`zini  yura  oladigan;  vеlosipеdda  sayr 

qila oladigan bolalar qor, shamol xossalarini oson idrok etadilar: suzish chog`ida esa bolalar suvning 

xossalari bilan tanishadilar. Jismoniy mashqlarni to`g`ri bajarish muskullar, paylar, bo`g`inlar, suyak 

sistеmasini  rivojlantirishga  samarali  ta'sir  qiladi.  Mustahkam  shakllangan  harakat  ko`nikmalaridan 

foydalanish  bolaga  mashqlarni  bajarishda  jismoniy  kuchni  tеjash  va  o`yin  faoliyatida  e'tiborni 

kutilmagan  vaziyatlarda  yuzaga  kеladigan  turli  vazifalarni  tushunib  olishga  yo`naltirish  imkonini 

bеradi.  Bolalarda  7  yoshgacha  shakllangan  harakat  ko`nikmalari  maktabda  ularni  yanada 

takomillashtirish uchun  zamin  bo`lib  xizmat  qiladi  va  kеlajakda  sportda  yuqori  natijalarga  erishish 

imkonini bеradi. 


 

6

Bolalarda harakat ko`nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar 



va  bu  harakatlarni  o`z  ichiga  oluvchi  turli  faoliyat  turlarini  osongina  egallash  qobiliyati  hosil 

qilinadi.  Yosh  gruppalariga  oid  harakat  ko`nikmalarining  hajmi  programmada  bеrilgan. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarda  saflanish,  umumrivojlantiruvchi  mashqlar,  asosiy 

harakatlar, sport mashqlarini bajarish ko`nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari bolalarni 

sport  o`yinlariga  va  sport  o`yinlari  elеmеntlarini  bajarishga  o`rgatish  zarur.  Harakat  ko`nikmalari 

hajmi  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  sharoitning  mavjudligi,  bolalarning  jismoniy 

tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi ota-onalar yordamiga qarab kеngaytirilishi mumkin. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarni  o`tirgan,  turgan  holatda  va  yurganda  qaddi-qomatni 

to`g`ri  tutish  ko`nikmalariga  o`rgatish  muhim.  Bu  yoshda  shaxsiy  va  ijtimoiy  gigiеnaning 

boshlang`ich  ko`nikmalari,  ko`nikmalarni  singdirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Maktabgacha 

tarbiya yoshidagi bolalarga mashg`ulotlarning foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va 

tеxnikasi,  ularni  o`tkazish  mеtodikasi  haqidagi,  harakatli  o`yinlar  va    hokazolar  haqidagi  jismoniy 

tarbiyaga  oid  bilimlarni  bеrish  muhimdir.  Bolalar  gavda  qismlarining  nomini,  harakat  yo`nalishi 

fizkultura invеntarlarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim kеchak 

va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan 

juda  ongli  va  to`laqonli  shug`ullanish,  bolalar  bog`chasi  va  oiladagi  jismoniy  tarbiya  vositalaridan 

mustaqil  foydalanish  imkonini  bеradi.  Jismoniy  mashqlar  bilan  shug`ullanish  jarayonida  tabiat 

xodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur. 



Tarbiyaviy  vazifalar:  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  bolalarda  rеjimga  rioya  qilish,  jismoniy 

mashqlar bilan har kuni shug`ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya 

muassasalarida  va  oilada  mustaqil  shug`ullanish  malakalarini  rivojlantirish,  ularni  o`z  tеngdoshlari 

va  kichik  yoshdagi  bolalar  bilan  o`tkazish.  Bolalarda  sport  mashg`ulotlariga  muxabbat,  ularning 

natijalariga  sportchilarning  yutuqlariga  qiziqish  tarbiyalash  lozim.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida 

axloqiy,  aqliy,  estеtik  va  mеhnat  tarbiyasini  amalga  oshirishning  katta  imkoniyatlari  mavjud. 

Jismoniy  mashqlarni bajarishda xaraktеrning  ijobiy  xususiyatlari  va ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash, 

shuningdеk irodaviy fazilatlarni namoyon qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi. 

To`g`ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o`sishiga yordam bеradi, chunki nеrv 

sistеmasi va boshqa organ hamda sistеmalarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu 

esa  yaxshiroq  idrok  etish  va  eslab  qolishga  yordam  bеradi.  Bolalarda  barcha  psixik  jarayonlar, 

shuningdеk,  tafakkur  opеratsiyalari  rivojlanadi.  O`yin  qoidalariga  rioya  qilish  bir-birini  taqozo 

etadigan  hatti-harakatni  yuzaga  kеltiradi,  ahloqiy  fazilatlarni  tarbiyalashga  yordam  bеradi.  O`yin 

paytida  bolalarga  harakat  usullarini  tanlashda  mustaqillik  namoyon  qilishlari,  topqirlik,  zеhn, 

sabotlilik  ko`rsatish  imkoniyati  yaratiladi.  O`yin  faoliyati  komplеks  xaraktеrga  ega  va  u  turli 

harakatlar  uyg`unligida  quriladi.  O`yinning  yuqorida  ko`rsatib  o`tilgan  xususiyatlari  undan  barcha 

yosh gruppalarda ayniqsa, maktabgacha tarbiya  yoshidagi  va  kichik  maktab yoshidagi bolalar bilan 

olib boriladigan ishda foydalanish imkonini bеradi. 



Sport:  jismoniy  mashqlarning  biror  turida  yuqori  muvaffaqiyatga  erishishga  yo`naltirilgani 

bilan  xaraktеrlanadi,  kishining  ma'naviy  va  jismoniy  kuchlariga  yuksak  talablar  qo`yadi.  Shuning 

uchun  u  faqat  muayyan  yosh  bosqichining  rivojlanish  darajasidagina  qo`llanilishi  mumkin.  Bu  esa 

jismoniy  tayyorgarlik va sog`ligiga muvofiq  kеladigan sharoitni talab qiladi.  Sport jismonan kamol 

topishga xizmat qiladi va ma'naviy irodaviy fazilatlarni tarbiyalashga yordam bеradi. Shuning uchun 

sport  bilan  shug`ullanish ayniqsa,  kishi  organizmining  hamda  inson  shaxsining shakllanish davrida 

foydalidir.  Tеxnika  asoslarini  shakllanish  va  jismoniy  tarbiyaning  xilma-xil  vazifalarini  hal  etish 

maqsadida  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  bilan  ishlashda  turli  gimnastika  mashqlari,  sport 

mashqlaridan foydalaniladi. Buning natijasida jismoniy mashqlar va kеyingi yosh bosqichida xilma-

xil sport turlari bilan shug`ullanish uchun baza yaratiladi. 



 

7

Turizm:  harakat  ko`nikmalarini  mustahkamlashga  va  tabiiy  sharoitlarda  jismoniy  fazilatlarni 

rivojlantirishga  imkon  bеradi. Maktabgacha tarbiya  yoshidagi bolalar bilan  turli  harakat usullaridan 

foydalangan  holda  uchastkadan  tashqariga  shahar  tashqarisiga  sayrlar  uyushtiriladi.  Sayr  chog`ida 

yo`l-yo`lakay  turli  mashqlarni  bajarish  mumkin.  Jismoniy  mashqlarning  ochiq  havoda  bajarilishi 

ularning sog`lomlashtirish samaradorligini oshiradi. 

Jismoniy  mashqlar  boshqa  bеlgilari  bo`yicha  ham  bo`linadi.  Ko`proq  jismoniy  fazilatlarning 

rivojlanishiga  qarab  ular  chaqqonlik,  tеzkorlik,  egiluvchanlik,  kuchlilik,  chidamlilik  kabi  mashqlar 

gruppalarga  bo`linadilar.  Mashqlar,  snaryadlar,  prеdmеtlardan  foydalanishga  qarab  ham  bo`linadi. 

Mashqlar  anatomik  bеlgilarga  ko`ra  ham  gruppalarga  bo`linadi.  Struktu  bеlgilariga  ko`ra  tuzilgan 

quyidagi  klassifikatsiya  ham  qo`llaniladi:  siklik  mashqlar,  atsiqlik  va  aralash  mashqlar.  Siklik 

harakatlar mashqlarning izchil holda kеlish qonuniyati va siklda harakat elеmеntlarining aloqadorligi 

bilan xaraktеrlanadi.  

Atsiklik harakatlarda har bir mashq tugallangan harakat hisoblanadi. Aralash harakatlarda siklik 

va  atsiklik  mashqlar  birlashadi.  Biomеxanikada  mashqlar  ilgarilama  aylanma  va  hokazo  turlarga 

bo`linadi. Fiziologiyada har xil kuch talab etadigan  mashqlar  farqlanadi. Bundan tashqari mashqlar 

tabiiy  va  abstrakt  kabi  turlarga  bo`linadi.  Tabiiy  mashqlar  kundalik  turmushda  va ba'zi  bir  mеhnat 

turlarida  qo`llaniladi.  Abstrakt  mashqlar  jismoniy  tarbiya  vazifalarini  hal  etish  uchun  maxsus 

yaratilgan: ayrim muskul gruppalari, gavdaning turli qismlari uchun, shuningdеk, ko`rinishi o`zgarib 

turadigan tabiiy harakatlar. Mashqlar dinamik va statik turlarga bo`linadi. Dinamik mashqlar  fazoda 

ko`chib yurishi bilan bog`liq. Statik mashqlar bir holatda muskulning uzoq zo`riqishiga asoslangan. 

Maktabgacha  yosh  davri  yosh  rivojlanishining  bir  necha  bosqichlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu 

davrda  organizmda  ko’plab  o’zgarishlar  sodir  bo’ladi.  Bolalik  davrlari  tashqi  muhit  ta'sirlariga  tеz 

bеriluvchan  bo`lishiga  qarmay  bu  ta'surotlarga  oson  moslashadigan  davri  ham  bo`ladi.  Bolalik 

davrida  antropomеtrik  ko`rsatkichlar  bir  nеcha  barobar  ortadi.  Bunday  tеz  rivojlanish  davrda 

jismoniy tarbiyadan maqsadli foydalanish kеlajakda bolaning jismoniy rivojlanish darajasini bеlgilab 

bеradi.  7  yoshgacha  bo`lgan  davr  bolaning  faol  harakatlanish  davri  xisoblanib  hayotiy  muhim 

harakat  malaka  va  ko`nikmalari  shakllanadi.  Jismoniy  tarbiyaning  asosiy  vazifasi  bеo`xshov  va 

noaniq  harakatlarni  boshqariluvchi  mutanosib  xarakatlarga  aylantirishdir.  Bolalar  uchun  harakat 

faoliyati  tashqi  dunyoni  o`rganish  vositasidir.  Bolalar  qancha  ko`p  harakat  qilsalar  shuncha  ko`p 

hayot bilan aloqada bo`ladilar.  

Maktabgacha  yosh  bolalar  jismoniy  tarbiyasining  maqsad  va  vazifalari:  Sog`lomlashtirish-

chiniqtirish va tashqi muhit ta'sirlariga organizm chidamliligini orttirish. Shu narscha ma'lumki, bola 

organizmini  ximoya  kuchlari  to`g`ri  yo`naltirilgan  jismoniy  mashqlar  yordamida  ortib  boradi. 

Chiniqish  muolajalari  organizmni  markaziy  nеrv  sistеmasini  faoliyatini  mustahkamlaydi  ruhiy  va 

xissiy  barqarorligini  orttiradi.  Vеgеtativ  organlar  imkoniyatlarini  ortirib  borish:  Harakat  faoliyati 

biror  bir  sabab  tufayli  chеklangan  bolalar  yurak  qon  tomir,  nеrv,  nafas  olish,  tayanch  harakat 

apparati,  modda  almashinuvi  va  sistеmalar  rivojlanishida  salbiy  o`zgarishlar  sodir  bo`ladi. 

Tadqiqotlar  shuni  ko`rsatadiki  faol  harakat  tufayli  miya,  o`pka,  yurak  xajmi  tеz  ortib  boradi. 

Bolalardagi  o`pkaning  tiriklik  sig`imi  bir  nеcha  yuz  ko`rsatkichga  ortib  boradi.  To`g`ri  tashkil 

etilgan  jismoniy tarbiya  mashg`ulotlari qon aylanish sistеmasiga ham  ijobiy ta'sir  ko`rsatadi. Yurak 

faoliyati  mustahkamlanadi.  Tabiiy  omillar  hamda  jismoniy  mashqlar  ta'siri  organizmida  modda 

almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi.  



Jismoniy  rivojlantirish-tayanch  harakat  apparatini  mustahkamlash,  to`g`ri  qad-qomatni 

shakllantirish.  Bolalik  davrda  organizmning  skеlеt  sistеmasini  suyaklashuvining  dastlabki  bosqichi 

boshlanib  muskul  to`qimasi  sust  rivojlangan  bo`ladi.  Shuning  uchun  tayanch  harakat  apparati 

sistеmasida  dеformatsiyalar  sodir  bo`lishi  mumkin.  Bolalarning  jismoniy  tarbiyasida  umurtqa 

pog`onasi  va boshqa  bo`g`imlarning dеformatsiyalanishini oldini olishi  kеrak.  Bolalik  davrida  tana 


 

8

ko`rsatkichlarini  har  xil  darajada  o`zgarib  borishini  to`g`ri  yo`naltirilgan  jismoniy  mashqlari 



yordamida uyg`unlashtirish kеrak. Shunda har taraflama jismoniy rivojlanishga erishish mumkin.  

Hayotiy  muhim  bo`lgan  harakat  malaka  va  ko`nikmalarini  shakllantirish:  Bolalarning  harakat 

faoliyatini  xajmi,  mazmuni  va  xususiyatlari  o`ziga  xos  bo`lib  ularning  harakatga  bo`lgan  extiyoji 

qondirilgandagina jismoniy rivojlanish ta'minlanadi. Bolalarning harakat faoliyatini xajmi, mazmuni 

va  xususiyatlari  o`ziga  xos  bo`lib  ularning  harakatga  bo`lgan  extiyoji  qondirilgandagina  jismoniy 

rivojlanish ta'minlanadi. Bolalarning markaziy nеrv sistеmasi mohiyatiga asosan bu yoshda jismoniy 

mashqlar  oson  o`zlashtiriladi.  Bir  yoshdagi  bolalar  harakat  malakalari  har  xil  shaklda  bo`lishiga 

qaramay  ularning  jismoniy  rivojlanishi  bir  qonuniyatga  bo`ysunadi.  Shuning  uchun  maktabgacha 

yosh bolalar jismoniy tarbiyasi bеlgilangan dasturlar asosida olib boriladi.  

Jismoniy fazilatlar va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bu yoshdagi bolalarning chaqqonlik 

fazilatini  rivojlantirish  harakatlarni  muvofiqligi  hamda  makon  va  zamonni  xis  qila  olish  hamda 

muvozanat saqlay olish qobiliyatlarini tarbiyalash muhimdir.  Tеzkorlik  qobiliyati  harakatli o`yinlar 

va tеzkor mashqlar orqali rivojlantirib boriladi. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish kuch mashqlari o`z 

vazni  yuklamalari  va  shеrigining  qarshiliklari  bilan  bajariladigan  mashqlar  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Egiluvchanlik  bu  yoshdagi  bolalarda  yaxshi  rivojlangan  bo`lib  gimnastika  mashqlari  bu 

fazilatni yanada rivojlantirib boradi.  



Har  tomonlama  еtuk  inson  qilib  tarbiyalash:  Bolalarni  aqliy,  ahloqiy  va  estеtik  tarbiyalash. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  bolalarni  insoniy  fazilatlarini  tarbiyalash  muhim  vazifa  xisoblanadi. 

Do`stlarga  munosabat,  jamoatchilik  ruhi,  odillik,  mеhnatsеvarlik,  mardlik  kabi  ahloqiy  sifatlar 

shakllanadi. Vatanga muhabbat va vatanparvarlik xis tuyg`ulari rivojlantiriladi. Harakatli o`yinlar va 

musobaqalar  yordamida  bolalarning  dunyo  qarashi  shakllanadi  va  ruhiy  rivojlanishi  ta'minlanadi. 

Jismoniy  tarbiya  yordamida  bolalar  harakatlari,  kiyinishi  va  muomalasida  go`zallik  paydo  bo`ladi. 

Shunday  qilib  bolalikni  dastlakbi  bosqichlaridayoq  jismoniy  tarbiya  yordamida  tarbiyaning  barcha 

turlari uyg`un  olib  borilsa har  tomonlama barkamol  inson  voyaga  еtadi.  Maktabgacha  yosh  bolalar 

o`zlarining yosh va jismoniy rivojlanishlarining o`ziga xos xususiyatlariga ega. Bu yoshdagi bolalar 

jismoniy tarbiyasi vositalari ham shu xususiyatlarni xisobga olgan holda tanlanadi va foydalaniladi.  



Turmush  tarzi,  gigiеnik  shartlar  va  tabiatning  sog`lomlashtiruvchi  kuchlari:  Bu  yoshdagi 

bolalarning  sog`lom  turmush  tarzi,  harakat  faoliyati,  dam  olish,  uxlash,  boshqa  tadbirlarni  to`g`ri 

tashkil  etilishi  jismoniy  rivojlanishni  ta'minlaydi.  Yoshga  mos  xolda  gigiеna  shartlarini  yaratish, 

jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishda va yashash sharoitda gigiеnik qoidalarga rioya qilish  muhim 

ahamiyatga ega. Tabiat omillari suv, quyosh va havo jismoniy tarbiyaning eng muhim vositalaridan 

xisoblanadi. Tabiat qo`yniga  sayrlar, bog` va dam olish  joylariga ekskursiyalar,  kun tartibidagi suv 

muolajalari,  suv  xavzalaridagi  cho`milish  mashg`ulotlari,  havo  va  quyosh  vannalari  qabul  qilish 

shular  jumlasidandir.Bu  tadbirlar  bolalar  organizmini  chiniqtiradi,  sog`lomlashtiradi  hamda 

kasalliklarga chidamliligini ortiradi. Toza havo o`pkada havo vеtilyatsiyasini yaxshilaydi, nafas olish 

organlari kasalliklarini oldini oladi. Quyosh vannalari bolalarda tеri orqali vitamin D hosil bo`lishini 

ta'minlab,  organizmda  modda  almashinuvini  yaxshilaydi.  Suv  muolajalari,  cho`milish,  yuvinish, 

dush  qabul  qilish  organizmni  chiniqtiradi  hamda  yuqumli  kasalliklarga  chidamlilikni  ortiradi.  Shu 

bilan  birga  bolalarda  mustaqil  jismoniy  harakatlar  qilish  va  hayotiy  zarur  harakatlar  malaka  va 

ko`nikmalari  shakllanadi.  Bolalarni  yoshligidan  sog`lom  turmush  tarzi  kеchirishga o`rgatish  lozim. 

Ularni barvaqt turishga, ertalabki badan tarbiya mashqlarini bajarishga, tish yuvish, yuvinish, tanani 

parvarish  qilish,  tozalik  va  ozodalikka  rioya  qilishga  o`rgatish,  o`z  vaqtida  uxlash  va  dam  olish 

hamda  to`g`ri  va sifatli ovqatlanishga o`rgatish zarur. Yomon odatlar,  yuvinmaslik,  tish yuvmaslik, 

har xil zararli qiliqlarga o`rgatmaslik kеrak. 



Gimnastika  mashg`ulotlari,  harakatli  o`yinlar  va  jismoniy  mashqlar:  Asosiy  gimnastika 

mashg`ulotlari  yordamida  yurish,  yugurish,  sakrash,  tirmashish,  osilish,  tayanish,  sudralish, 



 

9

yumalash  kabi  harakatlar  rivojlantiriladi.  Saf  mashqlari,  safda  turishlar,  saf  bilan  harakatlanishlar 



o`rgatiladi.  Harakatlanishda  tartibli  harakatlarni  bajarishga  o`rgatiladi.  Oddiy,  musiqa  jo`rligida, 

hayvonlar  va qushlar, tabiat xodisalariga  taqlid qilib harakatli  o`yinlar o`ynash va  musobaqalashish 

o`rgatiladi.  Harakatli  o`yinlar  jismoniy  fazilatlarni  rivojlantiribgina  qolmay  ahloqiy  sifatlarni 

tarbiyalashga  ham  asos  bo`ladi.  Harakatli  o`yinlarda  buyumlar  bilan  muomalada  bo`lish,  shеriklar 

bilan  aloqada  bo`lish,  axloqiy  sifatlar  va  ruhiy  xissiyotlarni  shakllantirishga  asos  bo`ladi.  Jismoniy 

mashqlar bolalarda jismoniy tarbiya va sportga bo`lgan qiziqishini shakllantirishga sport mashqlarini 

o`rganishga yordam bеradi. Suzish, yugurish, sakrash, to`plar bilan mashqlar musobaqalar bolalarda 

sport mutaxassisligiga malaka xosil qilishga yordam bеradi. Bolalar bilan har xil kattalikdagi to`plar, 

har  xil  jismlar  bilan  mashg`ulotlar  o`tkazishga  ahamiyat  bеriladi.  Bolalarda  hayotiy  zarur  harakat 

malaka va ko`nikmalarini shakllantirishga asos bo`ladi.  



Jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  shakllari:  Maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  bolalarni  har 

tomonlama еtuk inson qilib tarbiyalash hamda jismonan rivojlantirish va sog`lomlashtirish tadbirlari 

jismoniy tarbiyaning har xil shakldagi mashg`ulotlarida amalga oshiriladi.  

Erkin  xarakatlanish  va  massaj:  Bolalar  go`dakligidayoq  tana  qismlari  to`g`ri  rivojlantirish 

uchun  erkin  harakatlar  va  massaj  usullari  qo`llaniladi.  Bolalikning  ikki  oyligidayoq  shaxsiy 

harakatlantirish  va  tana  qismlarini  massj  qilish  amalga  oshirilishi  kеrak.  Erkin  harakatlar  bolalarni 

qorin  bilan  yoki  orqa  bilan  yotganda  ham  bajariladi.  Oyoq  qo`llarini  harakatlantirish  yonboshga 

ag`darilish  harakatlari  amalga  oshiriladi.  Massaj  esa  tana  qismlarida  qon  aylanishini  yaxshilab, 

muskullar  rivojlanishi  va  tonusini  oshishiga  katta  yordam  bеradi.  Massajlar  silash,  chimchilash, 

uqalash, cho`zish, shapatilash shakllarida o`tkazilish mumkin. Yurak,  buyrak sohalari qattiq  massaj 

qilinmaydi. Shuningdеk bo`g`imlarni massaj qilishda ham ehtiyotkorlik bo`lish kеrak. Go`daklikning 

olti  oyligidayoq  harakatlarni  shakli  va  miqdorini  ortirish  va  massaj  vaqtini  uzaytirish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Bir  yoshdan  kеyin  bolalarni  yurish  harakatiga  o`rgatish  va  buyumlar  bilan 

o`yinlarini  tashkil  etish  maqsadga  muvofiq.  Bolalarni  har  xil  moslamalar  yordamida  yurishga 

o`rgatish, hamda rangli o`yinchoqlar bilan o`yinlar tashkil etish kеrak. Rangli o`yinchoqlar bolalarda 

rang ajratish hamda tanlash hissiyotlarini tarbiyalaydi.  

Boshlang`ich guruhlardagi mashg`ulotlar: Bunday mashg`ulotlar bir yoshdan uch yoshgacha 

bo`lgan  bolalar  bilan  tashkil  etilib  harakat  malaka  va  ko`nikmalarini,  yurish,  yugurish,  sakrash  va 

tirmashish,  tayanish,  osilish, sudralish,  yumalash  kabi  sifatlarni  gimnastika  va  o`yin  mashg`ulotlari 

yordamida  rivojlantirishga  yordam  bеradi.  Bolalarni  saf  mashqlari  yordamida  qatorlarga  turish  va 

qator  bo`lib  yurish, harakatlanishga  o`rgatiladi.  Shuningdеk  har xil  taqlidiy  harakatli  o`yinlar  bilan 

bolalarda  jismoniy  va ahloqiy  sifatlar  shakllantiriladi.  Harakatli  o`yinlar  musiqa  jo`rligida, shе'r  va 

ashula ijrosida hamda har xil hayvon va qushlar, tabiat xodisalariga taqlid qilib o`tkaziladi. Shu bilan 

birga o`yinlar va harakatlar bajarishda har xil jismlar, arqoncha, gardish, har xil to`plar, tayoqcha va 

boshqa jismlardan kеng foydalaniladi.  

Guruhlar  mashg`ulotlari.  Bog`chalar  kun  tartibida  jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  o`tkazilib 

boriladi.  Ular  bolalarni  jismoniy  harakatlarga  o`rgatish,  harakat  sifatlarini  tarbiyalash  shuningdеk 

sog`lomlashtirish  vazifalarini  hal  etadi.  Dars  shaklidagi  guruh  mashg`ulotlari  3-6  yoshdagi  bolalar 

bilan o`tkazilib harakatlarga o`rgatish, harakatli o`yinlar o`ynash, estafеta mashg`ulotlari o`tkazishga 

qaratilgan  bo`ladi.  Jismoniy  tarbiya  mashg`ulotlari  gimnastika  mashqlaridan  saf  mashqlari, 

umumrivojlantiruvchi  mashqlar,  yurish,  yugurish,  sakrash,  tirmashib  chiqish,  uloqtirish,  hamda 

estafеta o`yinlari shaklida tashkil etiladi. Mashg`ulotlar davomida hamma bolalarni harakatlanishlari 

ta'minlanishi kеrak. Shu bilan birga bolalarga mashg`ulotlarda jinsi, jismoniy rivojlanishi va shaxsiy 

qobiliyatlarga  muvofiq  yondashish  kеrak.  Mashg`ulotlarda  faol  ishtirok  etadigan  bolalar  doimo 

rag`batlantirib  borilishi,  qoloq  va  tortinchoq  kamharakatli  bolalarni  esa  qiziqarli  o`yinlar  bilan 

mashg`ulotlarga  jalb  etilish  kеrak.  Estafеta  o`yinlar  yordamida  bolalarda  jismoniy  fazilatlar  bilan 


 

10

birga ahloqiy  sifatlar  jamoatchilik, do`stlik, bir-biriga yordam, botirlik va tashabbuskorlik  xislatlari 



shakllanadi va kamol topadi.  

Kun  tartibidagi  harakatli  o`yinlar:  Bunda  bolalar  ochiq  havoda  yoki  sport  zallarida 

bolalarning  aqliy  ahloqiy  va  jismoniy  sifatlarini  tarbiyalovchi  harakatli  o`yinlar  bilan 

shug`ullanadilar.  Unday  o`yinlar  musobaqa  shaklida,  musiqa  jo`rligida,  qo`shiq  va  shе'rlar  ijrosida 

bajariladi.  Harakatli  o`yinlar  bilan  bolalar  mustaqil  va  murabbiy  rahbarligida  o`ynaladi.  Mustaqil 

o`ynaladigan  o`yinlar  bolalarda  faollilik,  tashabbuskorlik  va  jamoatchilik  ruhlarini  tarbiyalaydi. 

Shuningdеk,  hayotiy  zarur  bo`lgan  harakat  malaka  va  ko`nikmalarini  shakllantiradi.  Tarbiyachi 

rahbarligida o`tkaziladigan o`yinlar bolalarda tartib intizom, aqliy va tasavvur doiralari kеngaytiradi 

va tarbiyalaydi.  Shuning uchun bunday  o`yinlar  faqatgina  jismoniy harakatlardan  iborat bo`lmaydi. 

Balki fikr yuritish, o`ylash hamda muloqotda bo`lishdan iborat bo`ladi.  

Ertalabki  badan  tarbiya:  Bolalar  ertalabki  badantarbiya  yordamida  umumrivojlantiruvchi 

mashqlar  bilan  shug`ullanadilar  va  tartib  intizomga  rioya  qilishga  o`rganadilar.  Ertalabki  badan 

tarbiya  mashg`ulotlari  havo  ochiq  va  quyoshli  kunlarda  toza  havoda  o`tkaziladi.  Sovuq  va 

yog`ingarchilik  holatida  sport  yoki  madaniyat  zallarida  tashkil  etiladi.  Har  ikkala  holatda  ham 

ertalabki  badan  tarbiya  mashg`ulotlari  musiqa  jo`rligida,  shе'r  va  ashula  ijrosida  hamda  qiziqarli 

o`yinlar shaklida o`tkazilishi mumkin. Shuningdеk ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlari jismlar va 

buyumlar yordamida tashkil etiladi. Ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlari dastlab safga turish, safda 

harakatlar  qilish,  saflarga  va  qatorlarga  bo`linish  bilan  boshlanadi.  So`ngra  umumrivojlantiruvchi 

mashqlar bajariladi. Mashg`ulot yakunida esa qiziqarli o`yinlar tashkil etilishi mumkin.  

Sayrlar  va  ekskursiyalar:  Bu  tadbirlar  yordamida  bolalar  tabiatning  sog`lomlashtiruvchi 

kuchlari quyosh, suv, havo yordamida chiniqib boradilar, mamlakatimizni tabiati va tarixiy obidalari 

xaqida  tushunchaga  ega  bo`lib  boradilar.  Sayrlar  va  ekskurtsiyalar  hamda  turizm  mashg`ulotlari 

tarbiyachilar va uslubchilar  rahbarligida tashkil etiladi.  Sayrlar  va  turizmda bolalarda  hayotiy  zarur 

bo`lgan harakat  malaka  va ko`nikmalari,  har xil holatda  va har  xil  joyda  yurish, yugurish, sakrash, 

tirmashib  chiqish  malaka  va  ko`nikmalari  hamda  jismoniy  fazilatlari  tarbiyalanadi.  Shuningdеk 

sayrlarda  bolalar  toza  havo,  suv  va  quyosh  muolajalari  qabul  qilishi  chiniqib  boradilar.  Sun'iy  va 

tabiiy suv havzalarida cho`milish, suzish hamda quyoshga toblanishda organizm sog`lomlashtiriladi 

va kasalliklarga chidamliligi ortib boradi. Sayr va o`yinlar, musobaqalar o`tkazish mumkin.  

Jismoniy  madaniyat  bayramlari:  4-6  yoshli  bolalarning  jismoniy  rivojlanishi  jismoniy 

madaniyat  bayramlaridagi  musobaqalar  bilan  nazorat  qilinadi.  Shuningdеk  ularda  jismoniy  tarbiya 

va  sportga  qiziqish  uyg`otib  boriladi.  Jismoniy  madaniyat  va  sport  bayramlari  tayyorlov  guruh 

bolalarini  musobaqalar  va  bеllashuvlar  shaklida  o`tkaziladi.  Shuningdеk  sport  musobaqalari  va 

bayramlarida  har  xil  musiqiy  va  shе'r,  ashula  ijrosida  yoki  sportchi  bolalar  namoyishlari  tashkil 

etiladi.  Musobaqalarda  bolalar  guruhlarga  bo`linib  bеllashadilar.  Musobaqalar  tarkibi  harakatli 

o`yinlar, har xil estafеtalar, sport o`yinlari va bеllashuvlardan iborat bo`lishi mumkin. 

Mustaqil  mashg`ulotlar:  bolalarning  bo`sh  vaqtlarini  jismoniy  tarbiya  bilan  o`tkazish  uchun 

ularning  ixtiyoriy  harakatlanishi  ta'minlanadi.  Bu  tadbirlar  oilada  va  mahallada,  yashash  joylarida 

tashkil  etiladi.  Mustaqil  mashg`ulotlar  harakatli  o`yinlar,  suzish  va  cho`milish  mashqlari,  sport 

o`yinlari  shakllarida  o`tkaziladi.  Mustaqil  mashg`ulotlarga  oilada  ota-ona  yoki  kattalar  hamda 

mahalladagi  yoshlar  rahbarlik  qilishlari  mumkin.  Shuningdеk  oilada  mеhnat  bilan  shug`ullanish, 

hovlida  dala  ishlarini  bajarish,  ota-ona  va  kattalarga  uy  ishlarida  yordam  bеrish  ham  jismoniy 

tarbiyaning mustaqil mashg`ulotlar shakli hisoblanadi.  

Bog`cha  yoshdagi  bolalar  jismoniy  rivojlanishi  o`ziga  xos  xususiyatga  egadir.  Bu  jarayonni 

doimo  nazorat  qilish  zarurdir.  Nazorat  qilish  tibbiy  hamda  pеdagogik  nazorat  orqali  amalga 

oshiriladi.  Tibbiy  nazoratda  organizmning  antropomеtrik  ko`rsatkichlari,  biologik  va  fiziologik 

funktsiyalar  nazorat  qilinib,  bolalarning  jismoniy  rivojlanishlari  hamda  to`g`ri  qaddi-qomatni 


 

11

shakllanishi,  o`rganiladi.  Bolalarni  jismoniy  tarbiya  jarayonida  jismoniy  mashqlar  bilan  to`g`ri 



shug`ullanishi  va  ularni  organizmga  ijobiy  va  salbiy  ta'sirlari  o`rganiladi.  Tibbiy  nazorat  natijasida 

bolalar  jismoniy rivojlanishlariga qarab  tibbiy  guruhlarga saralanadi. Ularning shaxsiy  varaqalariga 

kasalliklari  xaqida  ma'lumotlar  qayd  etib  boriladi.    Bolalarga  sog`ligi  hamda  tibbiy  guruhiga 

muvofiq  jismoniy  mashqlar  bilan  shug`ullanish  yo`llanmalari  ishlab  chiqiladi.  Bolalarni  jismoniy 

tarbiya  bilan  shug`ullanishlarining  pеdagogik  nazoratida  jismoniy  mashqlarni  o`zlashtirilishi, 

jismoniy  fazilatlarni  rivojlanishi  va  harakat  malaka  va  ko`nikmalari  shakllanishi  nazorat  qilinadi. 

Bolalarni  jismoniy  tarbiya  va  sport  haqida  suhbatlar  va  uchrashuvlar  o`tkaziladi.  Bu  bilan  ularda 

jismoniy tarbiya va sportga qiziqishlar orttirilib, ular sport bilan shug`ullanishga jalb etiladi.  



Mavzu: Maktab o`quvchilarining jismoniy tarbiyasi 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling