Usmon nosir


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana10.10.2022
Hajmi0.76 Mb.
#840168
  1   2   3
Bog'liq
9. Usmon Nosir-Nil va Rim
1. Интеллектуал мулк ҳуқуқи , O‘zbekning o‘zligi ifodasi bo‘lgan milliy ismlar, Bosh kelishik, Kontaktorlar, Doc12, O, O, O, O, O, Doc12, Doc12, ona-tili-7-sinf, 2 5251226362701681574, 1638447290

USMON NOSIR

(1912-1944)

1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga kelgan.

  • 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga kelgan.

OTA - ONASI

  • Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o‘tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. 4 yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi internatda o‘qiydi, tarbiyalanadi.

1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi.

  • 1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi.
  • U tengdoshlari orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlarni tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi.

6-7 yillik ijod

  • Usmon Nosir 18 yoshidan to 24 yoshigacha bo‘lgan davrda ijod qildi. Shu qisqa 6-7 yil ichida u beshta she’rlar to‘plami («Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar», «Traktorobod», «Yurak», «Mehrim») va ikki doston («Norbo‘ta», «Naxshon») hamda to‘rt drama («Atlas», «Zafar», «So‘nggi kun», «Dushman») asarlarini yaratdi.

Go`zal tarjimalar

  • M. A. Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qachon keladi?» degan mashhur asarini, V. I. Kirshonning «Ulug‘ kun» dramasini, A. S. Pushkinning «Bog‘chasaroy fontani», M.Yu.Lermontovning “Iblis” nomli dostonlarini, Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko‘pgina namunalarni o‘zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o‘qidi.
  • Bu poetik tarjimalar o‘zbek adabiyotining tarjima asarlar sahifasida shoh namunalar bo‘lib qoldi.

E’tirof

  • «Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda «o‘zbekning Lermontovi», Moskva gazetalarida «Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi, deb yozishdi».
  • Turob To`la
  • «Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir. Biz Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamandir, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘jiza bog‘ yaratib ketdi».
  • Abdulla Oripov

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling