Ustoz va murabilar kuni. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir


Download 75.77 Kb.
bet1/3
Sana12.02.2023
Hajmi75.77 Kb.
#1190727
  1   2   3
Bog'liq
Ustoz va murabilar kuni. 21-октябр-oktyabr ssenariy


Ustoz va murabilar kuni.
Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir.
I.Karimov



Ustoz! Shu birgina so’z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Uqituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoklasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo’riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.
Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, "qo’llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so’zlarni yozishga o’rgatgan buyuk zotlardir.
D onolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. U elni taraqqiy ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga yetkazadi. Demak, ustozlarning zimmasida kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama barkamol, ma'naviy va axloqiy pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni, yetkazib berishdek, yuksak vazifa turibdi.
O’qituvchi zimmasiga hayot talablariga to’la javob beradigan va o’z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan. quyosh o’z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o’qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o’quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to’ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.
Qiyos etgim keladi ustozlarim quyoshga,
Uz mehrini-nurini baxsh etadi har yoshga
Hayotning go’zalligi farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir.

Jahonda bo’lmasa muallim agar,


Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.

Istiqlol egalari bo’lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazishda o’qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o’g’il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo’lishlari, Vatanimizga, halqimizga fidoyi va halol hizmat qiladigan insonlar bo’lib yetishishiga zamin bo’lib hizmat qiladi.


O’qituvchilik-ma'suliyatli va mashaqqatli kasb, og’ir va davomli mеhnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e'zozlab kеlishgan.
O ’z davrining mashhur pеdagogi Abdulla Avloniy "har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir", dеb yozgan edi. "Ustoz-otangdеk ulug", dеgan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko’klarga ko’tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug’ dеb nisbat bеriluvchi inson bor, bu-ustozdir! Haqiqatdan, ota-ona sеni voyaga еtkazadi, ustoz esa unib-o’sishing, kamolatga erishishing, ilm-ma'rifat cho’qqilarini zabt etishinga ko’maklashadi. O’z umrini, qalb qo’rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sеning yo’lingga sarf etadi. Yutug’ingni ko’rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan g’am-andux chеkadi.
O’ituvchi bo?bonga o’xshaydi. U tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O’qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.
"O’qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag’ishlangan tadbirlarni adabiy-badiiy, ilmiy kеchalar, uchrashuv va davra suhbatlari ko’rinishida o’tkazish mumkin.
Bayram tadbirlari o’tkaziladigan ARM lar zali ustoz-murabbiylarni ulug’lovchi, ta'lim-tarbiya to’g’risidagi ibratli so’zlar, bayram mazmuniga mos shiorlar, chaqiriqlar, allomalarimizning hikmatli so’zlari, hadisu shariflardan olingan parchalar yozilgan plakatlar bilan jihozlash mumkin. Tadbirga ota-onalar, o’quvchi yoshlar, yozuvchi, shoirlar, san'atkorlar, mahalla faollari, faxriy ustozlar, "Mahalla", "Oltin mеros" kabi jamg’armalar hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Ommaviy axborot vakillarini taklif etish mumkin.

Download 75.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling