Ustunli kamera qazib olish tizimi parametrlarini hisoblash


Download 0.86 Mb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1205083
  1   2   3   4
Bog'liq
11-amaliy ish (1)


11-AMALIY ISH


USTUNLI KAMERA QAZIB OLISH TIZIMI PARAMETRLARINI HISOBLASH


Bu tizimda rudani qazib olish ishlari navbatma-navbat qaziladigan parallel kameralar va ularni ajratib turuvchi kameralararo muntazam tartibda qoldiriladigan seliklardan iborat. Qazish ishlar fronti kameralarni uzunlik o‘qi yo‘nalishida ilgarilab siljiydi.
Bu qazib olish tizimining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda muntazam ravishda qazib olinadigan parallel joylashtiriladigan kameralar va odatda doimiy qoldiriladigan (sifati yuqori va qimmatbaho ruda tanalaridagi panellarni qazib olish yakunida seliklar alohida qazib olinadi) shipning turg‘unligini taminlovchi seliklar hosil qilishdan iborat.
Ushbu qazib olish tizimi qo‘llanilganda shaxta maydonida yoki uning qavatlarida muhofazalovchi seliklar sifatida qoldirilgan ruda ustunlar va kameralar hosil bo‘ladi.
Kam qiymatli foydali qazilma konlarini qazib olishda kameralar orasidagi ustunlar (seliklar) qoldirilishi natijasida zaxiraning 50-60 % qazib olinadi. Ustunlardagi ruda qiymati yuqori bo‘lsa kameralar to‘ldirilmasdan seliklarni qisman qulatib olish mumkin yoki kameralar to‘ldirgich bilan to‘ldirilib seliklardagi ruda to‘liq qazib olinadi.
Gorizontal va o‘ta qiya holatda yotgan konlar qavatlarga ajratmasdan qazib olinadi. Tayyorlash ishlarida asosiy tashish shtrekidan 50-100 m intervalda panel shtreklari o‘tiladi. Odatda bu shtreklar ruda tanasida joylashadi. Kameralar panel shtreklaridan bir yoki ikki tomondan o‘tiladi.
Ruda tanasining asosi murakkab gipsometriyadan (to‘lqinsimon) iborat bo‘lsa asosiy va panel shtreklari ruda tanasining osti jinslaridan o‘tiladi ruda tanasidan esa yuqorilovchi lahim va panel shtreklari o‘tiladi.
Qiya va keskin qiya konlarda qavatlarni qazib olish har bir qavatni tashish shtrekini o‘tish bilan tayyorlash boshlanadi. O‘tilgan tashish shtrekidan ruda tanasining cho‘ziqligi, yotiqligi yoki dioganali bo‘ylab kameralar hosil qilib foydali qazilmalar qazib olinadi. Kameralarning ruda tanasi cho‘ziqligi yoki yotiqligi bo‘ylab joylashishi zaxirani to‘liqroq ajratib olish yoki vagonetkalarda eltish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Kameralarning kengligi ruda va atrof tog‘ jinslarining turg‘unligiga bog‘liq holda 5-6 m dan 15-30 m gacha seliklar esa 2-5 m dan 10-12 mgacha bo‘ladi.
Ruda tanasining qalinligi 12 m dan yuqori bo‘lganda keskin qiya va gorizontal konlarni qazishda qo‘shni kameralar orasida sidirg‘asiga seliklar qoldiriladi.
Qalinligi 12 m gacha bo‘lgan ruda tanalarini qazib olishda yoppasiga qoldirilgan seliklar bilan birgalikda kvadrat, dumaloq, elleps shakldagi ustunli seliklar ham qoldiriladi. Bu seliklarning diametri 3 m dan yuqori bo‘lib orasidagi masofa ruda va shift jinslarining fizik-mexanik xossalariga bog‘liq holda aniqlanadi. Har bir kamera 3-4 m kenglikda, 5-6 m uzunlikda bo‘lib shtrekdan o‘tiladi. Kamerani stolbalab qazib olish tizimining variantlari rudani portlatib qulatib olish usullari va kov joyning shakli, rudani tashish transport vositalarining turlari va seliklarning shakli biri ikkinchisidan farq qilishi bilan xarakterlanadi. Yuk tashiladigan asosiy gorizontning lahimlari ruda qatlamida yoki uning asosi yuqori qismida yoki ruda tanasining tagidagi jinslarda 4-10 m chuqurligida joylashtiriladi.

11.1rasm. Qazib olinayotgan kov joy yopiq konturini kamera-ustunlab qazish tizimida qazib olish (a) va panelni qatlamlab qazib olish (b): 1-panel shtreki: 2-shamollatuvchi shtrek: 3-jamlovchi shtrek: 4-transport-shamollatish shtreki: 5-pastki qatlamga kiruvchi asosiy qurilma lahim (seyzd)



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling