Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi


Download 16.54 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi16.54 Kb.
#1721210
Bog'liq
Ijara shartnoma


Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
____08.09.2022 yil____ ____Temiz shahar____
(tuzilgan sana) (tuzilgan joy)

Biz, Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Baxt” ko’chasi 3-uy 41-xonadonda doimiy propiskada turuvchi, ATA MIRZA MOHAMAD (passport seriyasi XS0029135, Surxondaryo viloyati, Termiz shahar IIB tomonidan 12.02.2022 yilda berilgan (bundan buyon matnda Ijaraga beruvchi deb yuritiladi) bir tomondan Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Gulzor” mahallasi Daqiqiy ko’chasi 20-a-uyda doimiy propiskada KARIMOVA SABRINA ABDUJABBOR QIZI (passport seriyasi AB0405107, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani IIB tomonidan 08.07.2015 yilda berilgan (bundan buyon matnda Ijaraga oluvchi deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:





  1. Shartnomaning predmeti




  1. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Baxt” ko’chasi 3-uy 41-xonadonda joylashgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga berdim, men Ijaraga oluvchi ushbu uy-joyni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun qabul qildim.

  2. Ijaraga berilayotgan uy-joy quyidagilardan iborat:

Umumiy foydalanish maydoni 68,6 m-2, bo’lgan 3(uch) ta yashash xonasini tashkil etadi.

  1. Ijaraga beruvchi yuqorida ko’rsatilgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga 10 (o’n) oy muddatga ya’ni 2022 yil 05 sentabrdan 2023 yil 04 iyulgacha topshiradi.




  1. Ijara haqi




  1. Ijaraga berilgan uy-joyidan foydalanish uchun ijara haqi taraflar kelishuviga asosan har oyning 25 sanasigacha har bir talabaga 300 000 (uch yuz) (Jami 1 200 000 ming) so’mdan tolab boradi, umumiy ijara haqqi 12 000 000 (O’n ikki million) so’mni tashkil qiladi.

  2. Ijaraga oluvchi berilgan uy-joydan foydalanish uchun ijara haqi to’lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzsa Ijaraga beruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga va ijaraga berilgan uy-joyni bo’shatib berishni Ijaraga oluvchidan talab qilishga haqli.




  1. Tomonlarning huquq va majburiyatlari




  1. Men, Ijaraga oluvchi ijaraga olingan uy-joyni vazifasiga muvofiq ravishda foydalanishni, o’z holatida saqlashini ta’minlashni, uni yaxshi holda tutishni hamda sanitariya va yong’indan saqlash qoidalariga to’liq rioya etishni, ijara haqqini o’z vaqtida to’lab turishni o’z zimmamga olaman.

  2. Men, Ijaraga oluvchi sovuq va issiq suvdan, shirkat to’lovi elektr energiya va gazdan, telefon aloqasi hamda maishiy chiqindilardan foydalanganlik uchun, shuningdek uy-joy bilan bog’liq bo’lgan barcha to’lovlarni o’z zimmamga oilaman.

  3. Men, Ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida tegishli mulkni ijaraga berganligim va buning natijasida daromad olayotganim uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida tegishli davlat soliq xizmati organiga to’lab borishni o’z zimmamga olaman.

  1. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish

  1. Ushbu shartnoma talablarini lozim darajada bajarmagan yoki bajarishdan bosh tortgan taraf qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

  2. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki unga o’zgartirishlar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi, nizokelib chiqqan taqdirda sud tartibida hal qilinadi. Shartnomani bekor qilish haqida taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantiradi.

Uy-joyni ijaraga oluvchi o’zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqorolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.

5. Yakuniy qoidalar


  1. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129, 375, 397 va 398-moddalari mazmun va mohiyati biz taraflarga tushunarli.

  2. O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining 606-moddasi va taraflarning kelishuviga asosan ijaraga berilgan uy-joyda Ijaraga oluvchi bilan YOQUBOVA ZEBO, ZAFAROVA BARNO, ABDULLAYEVA DILFUZA, SODIQOVA XURSHIDA, ABDUMURODOVA MUATTAR, TOSHPO’LATOVA HULKAR birga yashaydi.

  3. Men, Ijaraga beruvchi beruvchi mazkur shartnoma imzolangunga qadar ijaraga berilayotgan uy-joy boshqa shaxsga o’tkazilmagan, garovga qo’yilmagan, nizoda yo’q va ijaraga berilishi taqiqlanmaganligini kafolatlayman.

  4. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib imzolandi, ulardan bir nusxasi davlat soliq xizmati organida saqlanadi, qolgan nusxalar taraflarga berildi.

Tomonlarning yashash manzillari:
Ijaraga beruvchi: Ijaraga oluvchi:
Termiz shahar “Baxt” ko’chasi Denov tumani “Gulzor” mahallasi Daqiqiy
3-uy 41-xonadon ko’chasi 20-a-uy

Tomonlarning imzolari:
Ijaraga beruvchi (F.I.O.) Ijaraga oluvchi (F.I.O.)
ATA MIRZA MOHAMAD KARIMOVA SABRINA ABDUJABBOR QIZI
Imzo________________ Imzo________________

Download 16.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling