Mikroprotsessorlarning turmush tarziga ijobiy taʼsirlari Mikroprotsessorlarni kir yuvish mashinalari, televizor pultlari, idish yuvish mashinalari, mikrotoʻlqinli pechlar, muzlatkichlar, himoya signallari tizimlari, robot changyutkichlar va shu kabi boshqa koʻplab uy jihozlarida uchratish mumkin. Mikroprotsessorli uskunalaning keng tarqalishi insonlarga koʻproq boʻsh vaqtga ega boʻlish imkonini beradi, chunki bu qurilmalardan foydalanib uy ishlarini bajarishga, ularni qoʻlda bajarishdan koʻra, kam vaqt sarflanadi. Hatto televizoringizni siz boʻlmagan paytda sevimli dasturingizni yozib oladigan qilib dasturlashingiz mumkin. Mikroprotsessorlarning turmush tarziga salbiy taʼsirlari Ushbu uy jihozlari paydo boʻlishidan oldin kishilar idish yuvish, pollarni supurish, gilamlarni tozalash, qoʻlda kir yuvish uchun koʻproq vaqt sarflagan va bu mashgʻulotlar insonlarni sogʻlomroq saqlashga yordam bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |