Uyg'onguvchi bog'larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog'ingdan rang olgan dedim Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo o'zingni, Sen bahorni sog'inmadingmi


Download 11.97 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi11.97 Kb.
#270571
Bog'liq
sen
fizik kimyo fani, odam anatomiyasi va antropologiyasi asoslari, arab bahori va misr arab respublikasi ichki va tashqi siyosatiningozgarishi , arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2, arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2, moguliston tarixiy manbashunosligi va tarixshunosligi boyicha materiallar tahlili 4, arab bahori va misr arab respublikasi ichki va tashqi siyosatiningozgarishi , zafarov berildi AYLANMA TOʻKNING, zafarov berildi AYLANMA TOʻKNING, Ielts express, le pronom en, Yuborish un, Yuborish un, Yuborish un, kurs ishi (2)

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog'ingdan rang olgan dedim – Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo o'zingni, - Sen bahorni sog'inmadingmi? Uzoqlarda zalvorli tog'lar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor chog'lar, Vasling menga bo'lmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham g'arib, - Sen bahorni sog'inmadingmi? O'ngirlarda sakraydi ohu, Na'matakda sa'va mittijon. Qorliklardan sipqarilgan suv, Daralarda uradi javlon. Nigohimdan faqat sen pinhon, - Sen bahorni sog'inmadingmi? Mana, bugun navro'zi olam, Do'stlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevgili erkam… Qo'limda gul, seni kutarman, Umrim bo'yi chorlab o'tarman, - Sen bahorni sog'inmadingmi?

Manba https://tafakkur.net/sen-bahorni-soginmadingmi/abdulla-oripov.uz
Download 11.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling