Uyqu buzulishlari Reja
Download 53.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqUyqu buzulishlari
Uyqu buzulishlari Reja: Uyqu buzilishlari sabablari Davosi Narkolepsiya nima Uyqu buzilishlari sabablari va turlari ko‘p bo‘lib, ularning ko‘p uchraydigan 2 xil turi bilan Sizlarni tanishtirib o‘tamiz. Bular narkolepsiya va insomniyadir. Narkolepsiya – ko‘p uxlash Narkolepsiya – kunduz kunlari bir necha kunlab uyquga ketish bilan namoyon bo‘ladigan patologik holat. Bunday bemorlar kunduz kuni to‘satdan uyquga ketadi va 2-3 kun va undan ham uzoq davrga uxlab yotaveradi. Sabablari O‘tkir stress holatlari va ruhiy kasalliklardir. Ba’zida bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklari (ensefalit) va bosh miya jaroxatlari ushbu kasallik sababchisidir. Belgisi va kechishi Kunduz kunlari to‘satdan uyquga ketib bir necha kunlar uxlab yotish, tungi uyqu rejimining buzilishi, alahsirashlar, xotira buzilishlari, ba’zida tutqanoq xurujlari, qotib qolishlar, hulq-atvor buzilishlari. Davosi Narkolepsiya bilan kasallangan bemorlarni psixiatrlar davolashlari kerak. Buning uchun ushbu bemorda narkolepsiyami yoki uyqu buzilishining boshqa turimi, uni aniqlash lozim. Insomniya – uxlay olmaslik Insomniya – uxlash funksiyasining yo‘qolishi bilan namoyon bo‘luvchi surunkali kasallik. Insomniya bilan 10 % aholi (ba’zi rivojlangan davlatlarda 20 %) aziyat chekadi. Sabablari O‘tkazilgan o‘tkir stress, depressiya, parkinsonizm, migren, ensefalit (bosh miyaning yallig‘lanishi) va bosh miya jaroxatlari uyqu yo‘qolishining asosiy sabablaridir. Bir-ikki kunga uxlay olmaslik barchamizda kuzatiladigan odatiy holdir. Bunday holatlar ayniqsa nevroz bilan kasallanganarda ko‘p uchraydi. Biroq, insomniya uzoq yillar uyqu yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallik bo‘lib, jiddiy davolanishni talab qiladi. Belgisi va kechishi Asosiy belgisi bir necha oylar va yillar mobaynida uxlay olmaslik. Boshqa belgilar kuzatilmaydi. Insomniya bilan kasallangan odamlar boshqa odamlar kabi ishga ham qatnayveradi, aqliy va jismoniy faolligi ham boshqalarnikidan farq qilmaydi. Ular tunlari yaxshi asarlar yozishadi, ixtirolar qilishadi. Masalan, insomniya bilan kasallangan bir advokat zo‘r yuridik qonunlarini tunda o‘ylab topgan va amaliyotga tadbiq qilgan. Agarda insomniya bilan kasallangan bemorda boshqa bir nevrologik buzilishlar aniqlansa, unda bu bemorda jiddiy nevrologik va neyropsixologik kasalliklar aniqlanishi mumkin. Davosi Avvalombor kasallik sabablari bartaraf etilishi kerak. Jismoniy mehnat va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish kerak. Uxlatuvchi dorilar 10 kun mobaynida ta’sir qilmasa, ularni qabul qilishni to‘xtatish lozim. Nevropatolog yoki neyropsixologga uchrab, ularning maslahatlari bilan ish tuting. Uyqusizlik (baʼzan insomnia ham deyiladi) tegishli sharoit boʻlishiga qaramay, uxlay olmaslik muammosi bilan xarakterlanuvchi kasallik simptomidir. Bu odatda holsizlanish, bosh ogʻriqlari va boshqa simptomlarni keltirib chiqaradi. Uyqusizlik atamasi uyquning mutlaqo yoʻqligini emas, balki uxlash qiyinligini anglatadi. Uyqusizlik, insomniya, agripniya — tungi uyqu maromining buzilishi; tunda kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uygʻonaverish, shuningdek, juda erta uyqu oʻchib ketishi va boshqa Baʼzi odamlarda uyqu bolaligidan buzilgan boʻladi, mas, irsiy, ilk yoshda boshdan kechirilgan baʼzi kasalliklar yoki nerv sistemasi, bosh miyaning shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi. U. koʻpincha nerv sistemasining kuchli ruhiy, emotsional shikastlari, nevroz, psixoz, bosh miyaning organik kasalliklari (ayniqsa, miya qon tomirlari aterosklerozi), ichki aʼzolar va endokrin bezlar (buyrak, jigar, qalqonsimon bez) kasalliklari bilan bogʻliq nerv sistemasining funksional buzilishlarida uchraydi. U. yotadigan joyning noqulay boʻlishi, biror narsadan hayajonlanish, birorta kasallikning boshlanish belgisi boʻlishi ham mumkin. Agar noxush kechinmalar, toliqish, uxlash maromining buzilishidan (funksional ) kelib chiqqan boʻlsa, u oʻzicha tiklanadi. Buning uchun har kuni bir vaqtda odatdagi sharoitda yotish, yaxshi hayollar surish lozim. Bu tavsiyalarga rioya qilinsa, hayajonlanish, toliqishdan yuzaga keladigan uyqusizlik tezda oʻtib ketadi. Uyqu yoshi qaytgan va qarigan kishilarda oʻzgaradi; uyqu yoshlik davriga qaraganda birmuncha yuzaki va qisqa muddatli boʻlib qoladi, bu shu yoshdagi organizmning fiziologik xususiyatlari natijasidir. Uyquning har qanday turida ham shifokor bilan maslahatlashish, zarur muolajalarni olish tavsiya etiladi, oʻz bilganicha doridarmonlar bilan davolanish xavfli asoratlarga olib keladi. Uyqusizlik ayollarda erkaklardagidan 1,4 marta koʻp tarqalgan. Uyqusizlikning koʻplab darajalari maʼlum boʻlsa-da, ularning orasidan quyidagilari ayniqsa ajratib koʻrsatiladi: Vaqtincha uyqusizlik, bir necha kun davom etadi. Qisqa muddatli uyqusizlik, uch haftadan olti oygacha muddatda davom etadi. Surunkali uyqusizlik, yillab davom etadi. Sabab va natijalari Tahrirlash Vaqtincha uyqusizlik odatda shovqin, kuchli asablanish, uyqu tuzumi buzilishi, giyohvand yoki neyrotrop moddalar taʼsirida kelib chiqadi. Surunkali uyqusizlikka esa boshqa kasalliklar, bosh miya jarohati, parazitlar sabab boʻlishi mumkin. Baʼzan uyqusizlik nasldan naslga oʻtishi mumkin. Uyqusizlik umumiy holsizlanish, diplopiya (bir narsani ikkitadek koʻrish), gallutsinatsiyalarni keltirib chiqarishi, kamdan-kam hollarda oʻlimga ham olib kelishi mumkin. Uyqusizlik bilan kasallangan bemorlarga uyqu dorilar tavsiya etiladi (shifokor retsepti shart). Bundan tashqari gipnoz, kognitiv psixoterapiya bilan ham davolash mumkin. Sogʻlom odamlardagi vaqtincha uyqusizlikni asal va sut aralashtirib ichish, issiq vanna qabul qilish bilan yengsa boʻladi. Uyqusizlik boshqa kasalliklar tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgani uchun albatta tibbiy muassasalarga murojaat etish zarur. Uyqu buzilishlarining sabablari va turlari juda ko’p bo’lib, ulardan keng tarqalgan va doimiy uchraydigan ikkita turi bu narkolepsiya va insomniya hisoblanadi. Narkolepsiya bu oddiy qilib aytganda ko’p uxlash demakdir, markaziy asab tizimining surunkali kasalligi bo’lib, 4 ta asosiy ko’rinishga ega bo’lgan murakkab uyqu buzilishi bilan tavsiflanadi: 1) O’tkir kunduzgi uyquchanlik va to’satdan uyquga ketish xurujlari; 2) Katapleksiya(to’satdan yuz beradigan holsizlik, lohaslik xurujlari); Uyqu falaji; 4) Gipnagogik(uyqu paytida) va gipnapompik(uyg’onganda) gallyutsinatsiyalar. Narkolepsiya bir necha kunlab uyquga ketish bilan namoyon bo’ladigan patologik holat. Bunday bemor to’satdan uyquga ketib, 2-3 kun va undan ham uzoq muddat uxlab yotaveradi, ular kunduz kuni ham kechasi ham uyg’onishmaydi. Bu o’tkir stress va ruhiy kasallik bo’lib, gormonal o’zgarishlar, infeksiyalar ba’zida bosh miyaning yallig’lanish kasalliklari(ensefalit) va bosh miya jarohatlari tufayli kelib chiqishi mumkin, biroq narkolepsiyaning aniq sabablari mutaxassislar tomonidan to’liq o’rganilmagan, mexanizmida uyg’onish uchun mas’ul bo’lgan oreksin(miya neyrotransmiteri) yetishmasligi yotadi, bu moddaning nima sababdan yetishmasligi esa noma’lum. Shuningdek, miya suyuqligida gipokretin-1 neyropeptidi yetishmaydi, bu bilan bog’liq bo’lgan gipokretin o’z ichiga olagan neyronlarning lateral gipotalamusdagi autoimmun jarayonda yo’q qilinishiga olib keladi. Mazkur uyqu buzilishining belgilari va kechish xarakteri quyidagicha bo’ladi: kunduz kunlari to’satdan uyquga ketib, bir necha kunlab uxlab yotish, tungi uyqu rejimining buzilishi, alahsirashlar, xotira buzilishlari, ba’zida tutqanoq xurujlari, qotib qolishlar, xulq-atvor buzilishlari. Epidemiologiyasiga ko’ra narkolepsiyaning aholi orasida tarqalishi har 10000 kishiga 5-7 tani tashkil etadi. Yevropa, Yaponiya va AQSHda kasallikning tarqalishi har 1000 aholiga 0,2 dan 1,6 gacha to’g’ri keladi. Odatda 20 yoshdan 50 yoshgacha rivojlanadi, eng ko’p tashxis 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan davrda qilinadi va jins jihatdan ayollar va erkaklarda bir xil uchraydi, biroq so’nggi yilardagi tadqiqotlar erkaklarda nisbatan ko’proq uchrashini ko’rsatmoqda. Kasallikning irsiy asosga egaligi aniqlanmagan. Egizaklardagi muvofiqlik ham past ya’ni 25 % ga teng. Narkolepsiyaning xarakterli ko’rinishlari navbatma-navbat namoyon bo’ladi, bemorlar o’zlari istamagan holatda va uxlash uchun mutlaqo mos bo’lmagan holat va vaziyatlarda ham to’satdan kuchli uyqu xohishi qaramligida uyquga ketishadi, uyg’ongach o’zlarini energiyaga boy va tetik, quvnoq his qilishadi, ammo ko’p vaqt o’tmay, bir necha soatdan so’ng bu hissiyot yana kuchli charchoq, holsizlik va uyquchanlik bilan almashib, yana uyqu xurujlari boshlanadi. Bu narkolepsiyaning dastlabki ko’rinishi bo’lib, undan keyin katapleksiya belgilari rivojlana boshlaydi. Bunda kuchli ijobiy yoki salbiy his-tuyg’ular fonida to’satdan zaiflik, lohaslik holati yuzaga keladi. Zaiflik mushaklar tonusining keskin yo’qolishi bilan bog’liq. Hujum shu qadar tez rivojlanishi mumkinki, ba’zi hollarda bemor yiqilib, jarohat olishi mumkin va bu hujumning davomiyligi bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Keyingi rivojlanuvchi belgi gipnagogik va gipnapompik gallyutsinatsiyalar uyquga ketish yoki uyg’onish vaqtida paydo bo’ladigan tushga o’xshash yorqin akustik yoki vizual ko’rinishlardir. Ular shuningdek, “uyg’oq tushlar” deb ataladi, chunki odam hali uxlamaganligini, lekin allaqachon tush ko’ra boshlaganini tushunadi. Odatda bu holat qo’rquv va tashvish bilan birga namoyon bo’ladi. Kasallikning og’ir ko’rinishlarida biri uyqu falaji bo’lib, bu uyg’ongandan so’ng to’liq harakatsizlik bilan tavsiflanadigan holat. Bunda inson to’liq ongli, vaziyatni adekvat baholaydi, lekin harakat qila olmaydi. Faqat ko’zini miltillatishi va harakatlantirish holati saqlanib qoladi. Uyqu falaji ertalab tez-tez uchraydi, lekin kechqurun paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Bu holat ayniqsa, harakatsizlik fonida qo’rqinchili gallyutsinatsiyalar bo’lsa juda qo’rqinchili bo’lishi mumkin, negaki hayolotida paydo bo’lgan daxshatli tasavvur namunalariga qarshi hech qanday harakat bilan javob berolmaydi, natijada qo’rquv bemorga ikkilamchi stress va depressiyani beradi. Bemorlarning taxminan 10 % ida yuqoridagi 4 ta simptomatik belgining barchasi keltirilgan ketma-ketlikda kuzatiladi. Kasallik 2 ta toifaga farqlanadi: Katapleksiya bilan kechadigan gipokretin yetishmovchiligi narkolepsiyasi(to’satdan hissiy reaksiyalar natijasida yuzaga kelgan mushaklarning bir muddatlik kuchsizligi yoki falaji); Katapleksiyasiz normal gipokretin bilan yuzaga keladigan narkolepsiya. Kasallikda simptomlar boshlanganidan tashxis qo’ygungacha 10 yil o’tishi mumkin. Mazkur kasallikka aniq diagnoz qo’yilgach somnolog tarafidan davolash muolajasi tavsiya qilinadi. Agar bemorda uyqu falajining sporadik epizodlari yoki gipnagogik va gipnopompik gallyutsinatsiyalar, noyob va qisman katapleksiya va yengil PDS bo’lsa, narkolepsiya davolashni talab qilmasligi mumkin. Boshqa hollarda uyg’otishni rag’batlantiruvchi va katapleksiyaga qarshi preparatlar guruhi( modafinil yoki armodafinil, natriy oksibat, solriamfetol, pitolizant) buyuriladi. Har kuni bir vaqtning o’zida yetarlicha tungi va qisqa kunduzgi uyqu(30 daqiqadan kam, odatda tushdan keying uyqu) bilan qat’iy uyqu gigiyenasi tavsiya etiladi. Insomniya esa aksincha uxlay olmaslik, uyqusizlik bilan namoyon bo’luvchi surunkali kasallik. Insomniya bilan 10 % aholi(ba’zi rivojlangan davlatlarda 20 %) aziyat chekadi, bemor oylab, yillab yaxshi uxlolmasligi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, katta yoshdagi erkaklarning taxminan 30 % i, ayollarning 37 % i, shuningdek, har 4 xomilador ayoldan 3 tasi ushbu muammoga duch keladi. Normada odam har kuni 6 soatdan 10 soatgacha o’rtacha 7-8 soat uxlashi va bu asosan tungi vaqtga to’g’ri kelishi kerak. Uyquga ketish mexanizmining ishlamay qolishi, tez-tez uyg’onish va umumiy dam olish vaqtining qisqarishi charchoqning rivojlanishiga, diqqat va konsentratsiyaning pasayishiga olib keladi. Bu jarayon gormonal regulyatsiyaning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Xususan, kechalari kortizol va adrenokortikotrop gormonlar miqdorining normadan ko’tarilishi kuzatiladi. Etiologiyasida o’tkir stress, depressiya, gipertiroidizm, bezovta oyoqlar sindromi, tanadagigormonal o’zgarishlar parkinsonizm, ensefalit va boshqa miya jarohatlari yetakchi o’rinni egallaydi. Kasallikni kechishiga ko’ra quyidagi turlari farqlanadi:✓ Vaqtinchalik: bir haftadan ko’p bo’lmagan muddatda davom etadi, ko’pincha kuchli stress, vaqt zonalarining o’zgarsihi fonida sodir bo’ladi; O’tkir: uyqu buzulishi 7 kundan 1 oygacha davom etadi,doimiy stress va jismoniy og’ir zo’riqishlar fonida rivojlanadi; ✓ Surunkali: 1 oydan ortiq davom etadi: turli somatic kasalliklar, stress va aqliy zo’riqish tufayli kelib chiqadi. Etiologiyasiga ko’ra insomniya: ✓ Adaptiv: stress fonida yuzaga keladi; ✓ Psixofiziologik: odamning uyqusizlik qo’rquvi bilan bog’liq va yotishdan oldin tashvishning kuchayishi bilan birga keladi; ✓ Ideopatik: hech qanday sababsiz paydo bo’ladi; ✓ Xulq-atvor: bolalarda paydo bo’ladi, nomutanosib holatda, masalan, aravachada o’tirgan tarzda, sut shisha bilan uxlab qolish odati; ✓ Medikamentoz:ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish tufayli paydo bo’ladi; ✓ Psevdoinsomniya: odam odatdagidek yetarli vaqt uxlaydi, ammo subyektiv ravishda bu unga yetarli bo’lmay, o’zini uxlamagandek his qiladi. Bemorda uyquga ketish qiyinlashuvi, uzoq vaqt davomida yotishga qulay pozitsiyani qidirib uxlay olmaslik, tun davomida bir yoki bir necha marta uyg’onish, tongda erta uyg’onib ketish, uyquning davomiyligi 6,5 soatdan oshmasligi holatlari namoyon bo’ladi. Bir-ikki kunga uxlay olmaslik barchmizga odatiy hol va bunday holatlar ayniqsa nevroz bilan kasallanganlarda ko’proq uchraydi. Biroq insomniya uzoq yillar uyqu yo’qolishi bilan namoyon bo’ladigan kasallik bo’lib, jiddiy davolanishni talab qiladi. Insomniya bilan kasallangan bemor boshqa odamlar kabi ishga qatnayveradi, aqliy va jismoniy faolligi ham boshqalarnikidan farq qilmaydi. Hattoki insomniyaga chalingan ba’zi odamlar tunlari yaxshi asarlar yozishadi, ixtirolar qilishadi. Agarda insomniya bilan kasallangan bemorda boshqa bir nevrologik buzilishlar aniqlansa, unda nevrologik va neyropsixologik kasalliklar aniqlanishi mumkin. Kasallikni davolashda uni keltirib chiqaruvchi omilga asosiy e’tiborni qaratish kerak, mazkur sababni bartaraf etish lozim. Dori vositalaridan uxlatuvchi preparatlar(gipnotiklar), trankvilizatorlar, melatonin, antidepressant, neyroleptiklar, antikonvulsant hamda antigistamin preparatlar buyuriladi. Uyqusizlik (Insomniya) - bu tungi uyquning buzilishi va kunduzgi uyqusirash mavjud bo’lgan patologik holat. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, voyaga yetgan erkaklarning taxminan 30% va ayollarning 37%, shuningdek, 4 homilador ayoldan uchtasi bu muammoga duch kelishmoqda. Surunkali uyqusizlik ko'pincha semirishdan tortib depressiyaga qadar turli xil kasalliklar va holatlarning qo'zg'atuvchisi hisoblanadi. Muntazam takrorlanadigan uyqusizlik muammosida, patologiyaning sababini aniqlaydigan va uni tezda yo'q qilish yo'lini topadigan malakali mutaxassislarning yordami zarur. Uyqusizlik kasallikmi? Uyqu - organizmning normal ishlashi uchun juda zarur. Bu vaqtda markaziy asab tizimi kun davomida olingan ma'lumotlarni qayta ishlaydi va aksariyat organlar va tizimlar mashqdan so'ng dam oladi. Odamga har kuni o'rtacha 6 dan 10 soatgacha uxlash kerak, ayniqsa kechasi. Uxlash mexanizmining ishlamay qolishi, tez-tez uyg'onish va dam olishning umumiy vaqtini qisqarishi charchoqning rivojlanishiga, diqqat va konsentratsiyaning pasayishiga olib keladi. Uyquning buzilishi ushbu jarayonning gormonal regulyatsiyasi buzilganligi sababli yuzaga keladi deb aniqlangan. Xususan, ular tunda kortizol va adrenokortikotropik gormonlar darajasining oshishi bilan bog'liq. Uyqusizlik sabablari Uyqusizlik turli sabablarga ko'ra paydo bo'ladi. Uyqusizlikning keng tarqalgan sabablari: - qattiq stress va asab tizimining surunkali ortiqcha yuklanishi; - har qanday surunkali og'riq; - yurak ritmining buzilishi; - gipertireoz (qondagi qalqonsimon bez gormonlarining ko'payishi); - jig’ildon qaynashi; - sezilarli jismoniy charchoq; - bezovta oyoq sindromi; - tanadagi gormonal o'zgarishlar (balog'at yoshi, homiladorlik, menopauza); - ruhiy kasalliklar va buzilishlar: depressiya, shizofreniya va boshqalar; - ba'zi dori-darmonlarni qabul qilish (psixostimulyatorlar); - giyohvandlik, alkogolizm; - qahvani suiiste'mol qilish; - tungi apnoe (ortiqcha vazn, burun to’sig’i qiyshiqligi va boshqa sabablar fonida yotgan holatda nafas olish buzilishi); - vaqti-vaqti bilan tungi smenada ishlash; - vaqt zonalarining keskin o'zgarishi. Uyqusizlikka eng ko'p moyil bo'lganlar: homilador ayollar, qariyalar va haddan tashqari asabiy qo'zg'aluvchanlikdan aziyat chekadigan odamlardir. Bundan tashqari, quyidagi kasalliklar uyqusizlik rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin: - bronxial astma; - yurak yetishmovchiligi; - prostata bezining gipertrofiyasi; - jigar yoki buyrak yetishmovchiligi - ateroskleroz; - Parkinson kasalligi va boshqa patologiyalar. Uyqusizlik turlari Kasallikning rivojlanishiga qarab, uyqusizlikning quyidagi turlari ajratiladi: - vaqtinchalik: bir haftadan ko'p davom etmaydi, ko'pincha og'ir, ammo qisqa muddatli stress, vaqt zonalarining o'zgarishi va boshqalar fonida paydo bo'ladi; - o'tkir: uyquning buzilishi 7 kundan 1 oygacha davom etadi, shuningdek, ko'pincha stress yoki qattiq charchoq fonida paydo bo'ladi; surunkali: bir oydan ko'proq davom etadi, turli xil somatik kasalliklar, doimiy stress, surunkali ortiqcha ish va boshqalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Uyqusizlikning yana bir tasnifi muammoning sababi bilan bog'liq. Uyqusizlikning quyidagi shakllari ajratiladi: - adaptiv: stress fonida yuzaga keladi; - psixofiziologik: odamning uyqusizligi qo'rquv bilan bog'liq bo’lishi mumkin va uxlashdan oldin tashvishlanish kuchayishi bilan birga keladi; - idiopatik: hech qanday sababsiz paydo bo'ladi; - xulq-atvorli: bolalarda uchraydi, bu uyquga noto'g'ri munosabat shakllanishi bilan bog'liq, masalan, doimo aravachada ketayotganda - uxlab qolish odati; - yomon uyqu gigienasi bilan bog'liq; - somatik patologiya bilan bog'liq; - ruhiy kasallik fonida paydo bo'lgan; - dori-darmonli: ba'zi dori-darmonlarni qabul qilish tufayli paydo bo'ladi; - psevdo-uyqusizlik: odam odatda uxlab qolishi va yetarli vaqt uxlashi, ammo subyektiv ravishda uxlay olmayotganiga ishonadigan holat. Uyqusizlik alomatlari Uyqusizlik alomatlari har xil, ammo ularning barchasi uyqu davomiyligining pasayishi bilan bog'liq. Kasallik o'zini quyidagi belgilar bilan namoyon qilishi mumkin: - Uyquga ketish qiyinligi: odam uzoq vaqt o’z joyida aylanadi, qulay holatni qidiradi va hk.; - Tun davomida bir yoki bir necha marta uyg'onish, keyin esa uyqusizlik; - Erta uyg'onish, buning natijasida uyquning umumiy davomiyligi 6,5 soatdan oshmaydi. - Uyquning yetishmasligi muqarrar ravishda odamning kunduzgi holatiga ta'sir qiladi. Odam zaiflik, asabiylashish, charchoqni ertalabki soatlarda his qiladi. Haddan tashqari uyquchanlik diqqat konsentratsiyasining pasayishiga, fikrlash jarayonlarining sekinlashishiga olib keladi. Insonning ishlashi sezilarli darajada pasayadi va xatolar soni ko'payadi. Download 53.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling