Uzbekistan Airways “Yoshlar turizmi haftaligi” munosabati bilan 21% chegirma e’lon qiladi 2023 14 Mart


Download 18.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2023
Hajmi18.61 Kb.
#1316869
Bog'liq
Uzbekistan Airways Yoshlar turizmi haftaligi munosabati bilan 21 chegirma elon qiladi



Uzbekistan Airways “Yoshlar turizmi haftaligi”
munosabati bilan 21% chegirma e’lon qiladi
2023 14 Mart
“Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways joriy
yilning 23-31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 12 yoshdan 30
yoshgacha bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) maktab o‘quvchilari, talabalar
va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga 21% chegirma e’lon qiladi.
Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga
taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun
undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilmagan
aviachipta uchun mablagʻlarni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirmani
qoʻllamagan holda foydalanilgan yoʻnalishdagi tarif chiqarib tashlanadi.
To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptani qayta
rasmiylashtirganda, agar uchish sanalaridan biri chegirma taqdim etiladigan vaqtga
to‘g‘ri kelmasa, chegirma qo‘llanilmagan holda, tarif to‘liq undiriladi.
Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways
Sales yoki uning agentlariga murojaat qilishingiz kerak.

Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling