Узбекистан Миллий университета Ижтимоий фанлар факультета "Педагогика" кафедрасининг


Download 11.87 Kb.
Sana08.12.2021
Hajmi11.87 Kb.
#179282
Bog'liq
2 5420510621772810896


307 A

Akmalxonova Diyoraxon

Узбекистан Миллий университета Ижтимоий фанлар факультета “Педагогика” кафедрасининг

“Умумий педагогика ” фанидан оралик назорат саволлари

Билет №2

1. Педагогии технологияларнинг илмий-назарий асослари.

2. Модулли таълим технологиялари

3. Интерфаол таълим технологиялари.БББ-методи..

Javoblar

1.

Pedagogik texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari Pedagogik olimlarning fikrlariga ko‘ra pedagogik texnologiyalar 4 asosiy bosqichlarni opz ichiga oladi:

1- bosqich- XX asrning 30- yillarida pedagogika sohasida dastlab "Pedagogik texnika" tushunchasining paydo bo‘lishi;

2- bosqich- XX asrning40- 60- yillarida o‘qitish texnologiyalari yangi usuli paydo bo‘lishi;

3- bosqich XX- asrning 70- 80- yillarida o‘qitish texnologiyasining yangi avlodlari paydo bo‘lishi davri;

4- bosqich yangi davr texnologiyalari bo‘lib, 20 asrning 90- yillaridan to hozirgi kunga qadar.Pedagogik texnologiyaning asoschilariga Blum, Larsen, Skinner kabi bir qancha olimlar kiradi.60- 70- yillarda pedagogik texnalogiya sohasidagi turli ilmiy nazariy qarashlar paydo bo‘la boshlanib AQSH, Italiya, Angliya, Fransiyalarda keng tarqaldi.80- yillardan boshlab Rossiyada ham pedagogik olimlar tomonidan pedagogiktexnologiyalar keng tadbiq qilinib, bularga Bespalneno " shaxsga yunaltirilgan ta'lim", Monaxov " Aksimatik yondashuv", Balkov " Rejalashtieilgan o‘qitish" ni tadqiq qiladi.90- yillaridan boshlab O‘zbekistonda ham pedagogik texnologiyalarga oid dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari paydo bo‘ldi. Bunda Tolipov, Nishonaliyev, Azizxujayeva o‘z hissalarini qo‘shishgan.Pedagogik texnologiya- ta'lim maqsadlariga va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyat sirasiga kiradi.Bu tushunchani turli olimlar turlicha ifodalab talqin qilishgan.Ta'lim tizimida texnalogiyalar " zamonaviy pedagogik texnologiyalar", " pedagogik texnologiyalar", " ilg‘or pedagogik texnalogiyalar" ga bo‘linadi.Davlatimizning taraqqiy etishi jumlasidan kadrlarni qayta tayyorlash ilmiy dasturida pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida fikrlar bayon etadi.Ijodiy faoliyat- bu o‘qituvchi.va o‘quvchdagi aniq yagona maqsadga qaratilgan ruhiy intellektual salohiyatini, qobiliyatni yuzaga chiqarish, uni kp‘rsatish usulidir.

Ta'lim texnologiyalar turlicha tashkil.qilinib darslarda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladi. Bunga misol qilib keltirish mumkinki innavitsion texnologiyalar, muloqot texnalogiyasi, master klas texnalogiyasi, dasturiy ta'lim, zinama-zina texnologiyalari kiradi.

2.Modulli o’qitish-o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki odam bosh miyasining o’zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o’qitish asosan inson bosh miyasi to’qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.Inson bosh miyasi to’qimasi, qariyib 15 mlrd. neyronlardan (nerv xujayralari) yoki apparatli modullardan iborat. To’qima xujayralari bir-biri bilan ko’p sonli to’qnashuvlarda bo’lishadi. Bir xujayra va uning o’simtasini boshqa xujayra va uning o’simtasi bilan to’qnashuvlari soni 6 mingtagacha yetib boradi. Demak, bosh miya to’qimasidagi to’qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik sonni (1’000000000x6000) tashkil etadi. SHu nuqtai nazardan, modul o’quv jarayonining bir hujayrasi sifatida qaraladi. Bu xujayra bir vaqtning o’zida axboriy umumiylikka o’ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo’lgan elementlardan tashkil topgan bo’ladi2 O’qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi Butunjaxon Konferentsiyasida so’z yuritilgan edi. Modulli o’qitish texnologiyasi funktsional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi.Bu sohalardagi izlanishlarga ko’ra, to’qimasi modulli tashkil topgan inson miyasi, axborotni kvant ko’rinishda (boshqacha aytganda, ma’lum hissalar ko’rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi.Modulli o’qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini xar tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi3 :

• modul - faoliyatlik asosida o’qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o’zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi

• o’qitishni individuallashtirish;

• amaliy faoliyatga o’rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o’qitish samaradorligini nazorat qilish;

• kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o’qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o’qitish imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish.Modulli o’qitishning xozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xilyondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin: fan bo’yicha faoliyat yondashuvi vatizimli faoliyat yondashuvi.Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator kontseptsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha kontseptsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o’qitish jarayoni to’laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o’quvchi tomonidan ketma-ket o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi.Turli kontseptsiyalar doirasida, modulli ta’lim dasturlari, turli xil tarkib va tarkibiy tuzilmalardan iborat bo’ladi, turli shakldagi xujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda o’z ichiga oladi:

 maqsadli mazmuniy dastur;

 turli ko’rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki

 o’quvchilar uchun uslubiy ko’rsatmalar.Shunday qilib, modulli o’qitish o’quv jarayonini tashkil etish shakli bo’lib, unda o’qitish o’quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarnibosqichlar va qadamlar bo’yicha o’zlashtirishni anglatadi.Modul amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ularni ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan to’ldirilishi kerak.



V.A. Skakun kasbiy ta’lim tamoysillarini quyidagicha talqin qiladi: ilmiylik va g’oyaviylik; ta’lim va tarbiyani rivojlantirishning birligi; ilmiy-texnika taraqqiyotiga ta’limning bog’liqligi; politexnizm; malakali ishchilarni tayyorlash jihatlarning bir-biriga aloqasi; ta’limning birligi hamda tabaqalanishi.A.P.Belyaeva ta’limda haqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik, muqobillilik, politexnik va kasbiy ta’limning birligi hamda o’zaro aloqasi; fanlararo va majmuaviy o’zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta’limning egiluvchanligi hamda turg’unligi, mujassamlanganligini uning asosiy tamoyillari sifatida talqin etadi.H.X.Avliyoqulov modulli o’qitish jarayonini faoliyatlilik, tizimli, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqishi lozim, deb ta’kidlaydi.

3.Grafik organayzerlarga “Baliq skeleti, “BBB, “Konseptual jadval, Venn diagremmasi, “ Insert, “Klaster, “Nima uchun?, “Qanday?” va boshqalar kiradi.Grafik organayzerlardan ta ’lim jarayonida turli maqsadlarda foydalaniladi. Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo'lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o'rtasidagi aloqa va o'zaro bog' liqlikni o'rnatishning usul va vositalariga “Klaster, “Toifalash jadvali,“Insert,“BBB jadvali” kabi grafik organayzerlar kiradi.T-jadvali”, “Venn diagrammasi” ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash maqsadida qo'llaniladigan usul va vositalardir.Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “Piramida”,, “Qanday?” “Kaskad” tarkibiy-mantiqiy sxema - muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari.Klaster (g'uncha, bog'lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u tahsil oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq obyektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning tahsil oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta’minlashga xizmat qiladi.Stil g' oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan tahsil oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.Toifa - xususiyat va munosabatlarning muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat. Toifalash jadvali ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumot-larni birlashtirishni ta’minlaydi. Bu grafik organayzer tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar “Klaster” asosida yangi o'quv materiali bilan tanishgandan so'ng kichik guruhlarda olingan ma’lumot lavhalarini birlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlaydilar. Toifalarni jadval ko'rinishida rasmiylashtiradilar.Insert” jadvali o'zlashtirilishi ko'zda tutilgan yangi mavzu bo'yicha tahsil oluvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

BBB jadvali - bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim.Bu grafik organayzer mavzu, matn, bo'lim bo'yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.Konseptua jadval o'rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko'nikmalarini rivojlantiradi.Venn diagrammasi” tahsil oluvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o'zlashtirish (sintezlash) ko'nikmalarini hosil qilishga yo'naltiriladi. Strategiya kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema bo'yicha amalga oshiriladi. Bu grafik organayzer tahsil oluvchilar tomonidan o'zlashtirilgan o'zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu strategiyadan muayyan bo'lim yoki boblar bo'yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Download 11.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling