Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24

 
Xukukiy xujjatlar va yozishmalar 
O`zbekistonning  kadimgi  va  o`rta  asrlar  tarixini  o`rganishda  ilmiy  tekshirish 
institutlarining  kutubxonalarida,  davlat  tarix  arxivida,  o`lkashunoslik  muzeylarida 
saklanayotgan  rasmiy  xujjat  va  yozishmalarning  axamiyati  benixoya  kattadir.  Lekin 
ularni  topish,  o`rganish  va  o`z  o`rnida  foydalanish  o`ta  kiyin  bo`lib,  tadkikotchidan 
chukur bilim, maxsus malaka, kunt va sabot-matonat talab kilinadi. 
Xukukiy  xujjatlarni  xam,  jamiyatda  katta  nufuzga  ega  bo`lgan  shaxslar 
o`rtasida  olib  borilgan  yozishmalarni  xam  yuir  erdan,  anikrogi  bir  yoki  ikki  asar 
ichidan,  bir  muzey,  arxiv  va  fondidan  topib  bo`dmaydi.  Ularni  barcha  muzey,  arxiv 

va  fondlar  ichidan,  ko`lyozma  kitob  va  chop  etilgan  asarlardan  kidirib  topish 
mumkin.  
Xukukiy  xujjatlar  –  podshox  va  xonlarning  farmonlari,  yorliklari, 
inoyatnomalar,  raxnomalar,  vasikalar,  vakfnomalar  va  boshkalar  O`zbekistondagi 
tarix  va  o`lkashunoslik  muzeylarida,  maxsus  ilmiy-tekshirish  institutlari  va 
universitetlarning  kutubxonalarida,  shuningdek  Davlat  tarix  arxivdarida  xamda 
shaxsiy  majmuadarda  sakdanadi.  Ammo  IX-XII  asrga  oid  xujjatlar  xali  aloxida 
to`planib o`rganilganicha yo`k. 
Bu davrda maxsus kotib yoki dabirlikka kancha katta e`tibor berilgani Nizimiy 
Aruziy  Samarkandiyning  “To`rt  makola”  asarida  bayon  etilib,  ayrim  maktublar 
namunalari  keltirilgan.  Musulmonchilik  xujjatlari  Burxoniddin  Marginoniyning 
“Xidoya” asarida keyincha o`zining rasmiy tavsifini topdi. 
 
Arab tilida yozilgan manbalar. 
O`zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo`lgan tarixi ko`prok 
va  deyarli  arab  tilidagi  yozma  manbalarda  yoritilgan  va  bu  an`ana  keyincha  xam 
Temuriylar  davrigacha  davom  etgan.  Bu  davrda  yurtimiz  avval  arab  xadifaligi 
tarkibida, 
so`ngra 
Somoniylar, 
Koraxoniylar, 
Gaznaviylar, 
Xorazmshoxlar 
davlatlarini  boshdan  kechirdi.  Arab  tilida  vatanimiz  tarixiga  oid  yozma  manbalarni 
mualliflarning kelib chikishiga karab, ikki guruxga ajratish mumkin. 
Birinchi gurux - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chikkan tarixchi va olimlar. 
Bular  Muxammad  Muso  al-Xorazmiy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Maxmud  Koshgariy, 
Maxmud  Zamaxshariy,  Abu  Said  Sam`oniy,  Shaxobuddin  Muxammad  Nisoviy  va 
boshkalardir.  Ushbu  muarrixlar  asarlarida  ona  vatanga  muxabbat  aloxida  namoyon 
bo`ladi,  bu  ayniksa  Abu  Rayxon  Beruniyning  “Osor  ul-bokiya”  asarida  xalkimiz 
kadimgi madaniyati to`grisidagi ma`lumotlarida aloxida ko`zga tashlanadi. 
Ikkinchi  gurux  -  xorijlik    olimlardan  iborat  bo`lib,  ular  yaratgan  arab  tilidagi 
asarlarida  yurtimiz  tarixi  madaniyati,  siyosiy-ijtimoiy  xayoti  yoritilgan.  Ushbu 
mualliflarning  eng  yiriklari  Abulxasan  Madoiniy  (vaf.  840  y.),  Abulabbos  al-
Ya`kubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, Ibn Xurdodbex (820-taxm.913), Abu Ja`far 
Tabariy (839-923 y.), Isxok al-Istaxriy (850-934 y.) va boshkalardir. 
Mazkur  muarrixlar  yurtimiz  xududini  umummusulmon    olami,  arab  xalifaligi 
bir kismi sifatida yoritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki kismga, ya`ni arab va 
a`jam  -  gayri  arabga  ajratib  o`rganar  edilar.  Arablar  tomonidan  yurtimizga  berilgan 
nom  Movarounnaxr  –  daryoning  u  yogidagi  mamlakat  mazmunini  bildiruvchi 
jugrofiy nom bizgacha etib kelgan bo`lib, asosan arab mualliflari asarlarida iste`foda 
etiladi. 
Kuyida arab tilida bitilgan eng muxim manbalar va ularning mualliflari xakida 
ixcham  ma`lumot  keltiriladi.  (Ushbu  ma`lumotlardan  ma`ruzachi  o`z  xoxishiga 
binoan tanlab ana o`shalardan foydalanishi mumkin.) 
“Kitob  at-tarix”.  Ushbu  arab  tilida  bitilgan  kimmatli  asar  muallifi  buyuk 
matematik Muxammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. 
Biz  uni  birinchi  O`rta  Osiyolik  tarixchi  olim  deb  atashimiz  mumkin.  Chunki  al-
Xorazmiy  birinchilardan  bo`lib  o`zining  “Kitob  at-tarix”  (“Tarix  kitobi”)  asarini 
yozgan.  Ammo  ushbu  asar  bizgacha  mukammal  xolida  etib  kelgan  bo`lmasada, 
undan  olingan  parchalarni  so`nggi  davr  tarixchilari  Ibn  an-Nadim,  al-Mas`udiy,  at-
Tabariy,  Xamza  al-Isfaxoniylar  o`z  asarlarida  keltiradilar.  Bu  kitobni  Abu  Rayxon 

Beruniy  o`zining  “Osor  ul-bokiya”  asarida  xam  eslatadi.  Mazkur  asar  xalifalik 
tarixiga oid ma`lumotlardan iborat bo`lgan. 
“Kitob al-surat al-arz”. Mazkur asar xam al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan 
bo`lib,  yunon  olimi  Ptolomiyning  jugrofiyaga  oid  kitobini  arab  tiliga  tarjima  kilgan 
va  uni  o`zining  yangi  ma`lumotlari  bilan  boyitgan.  “Kitobi  surat  al-arz”  (“er  tasviri 
kitobi”)  asarida  Kaspiy  dengizi  yoki  Xorazm  dengizi  xakida  kimmatli  ma`lumotlar 
bor.  Ushbu  tarixiy  jugrofiyaga  oid  asardagi  O`rta  Osiyoga  oid  ma`lumotlar  katta 
ilmiy axamiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, xijriy 428 yili ko`chirilgan mo``tabar 
ko`lyozmasi  yuizgacha  etib  kelgan  bo`lib,  unga  turli  xaritalar  chizib  ilova  kilingan. 
Ushbu  mo``tabar  ko`lyozma  matni  1926  yili  sharkshunos  X.M.Mjik  tomonidan 
Leyptsigda  nashr  kilingan.  Kitobni  o`zbek  tiliga  A.Axmedov  tarjima  kilib,  ilmiy 
sharxlar bilan 1983 yili chop etgan. 
“Kitob al-magoziy”. Kitob muallifi Madoiniy Abulxasan Ali ibn Muxammad 
(vaf.  840  y.)  Arabiston,  Xuroson  va  Movarounnaxrning  VII-VIII  asr  boshlaridagi 
ijtimoiy-siyosiy  tarixiga  oid  ikki  yuzdan  ziyod  asar  yozgan  yirik  arab  tarixchi 
olimidir.  “Axbor  al-xulafo”(“Xalifalar  xakida  xabarlar”),  “Kitob  al-magoziy” 
(“Urushlar xakida kitob”), “Kitob futux ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi xakida 
kitob”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir. 
“Kitob  al-magoziy”  Eron,  Afgoniston  va  O`zbekistonning  arablar  istilosi  va 
VIII  asrning  birinchi  yarmidagi  siyosiy  tarixi  bo`yicha  muxim  manbalardan 
xisoblanadi.  Muarrifning  tarixiy  asarlari  bizgacha  etib  kelmagan,  lekin  ayrim 
parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida sakdanib kolgan. 
”Kitob  al-buldon”.  Asar  ijodkori  al-Ya`kubiy  IX  asrda  o`tgan  yirik  geograf 
tarixchi  olimdir.  Ismi  Abulabbos  Axmad  ibn  Abu  Ya`kub  ibn  Ja`far  ibn  Vaxb  ibn 
Vadix  al-Kotib  al-Abbosiy  bo`lib,  u  yirik  mansabdor  xonadoniga  mansubdur.  Al-
Ya`kubiy  Bagdodda  tugildi,  lekin  umrining  ko`p  kismini  Armaniston,  Xuroson, 
Falastin, Misr va Magribda o`tkazdi. 
Al-Ya`kubiyning  ikki  yirik  va  muxim  asari  bizning  zamonamizgacha  etib 
kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar xakida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” 
nomi bilan mashxurdir. 
”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda yozilgan) to`rt kismdan iborat. Asarda 
arablar  ko`l  ostidagi  mamlakatlarning  geografik  xolati,  yirik  shaxarlar  va  kal`alari, 
axolisi  va  uning  asosiy  mashguloti,  urf-odatlari,  o`sha  mamlakatdan  olinadigan 
xirojning umumiy mikdori xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi. 
Ushbu 
asarning 
ikki 
mo``tabar 
ko`lyozmasi 
Garbiy 
Germaniya 
kutubxonalarida  saklanmokda.  Kitobning  arabcha  matni  gollandiyalik  mashxur 
sharkshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan. 
 Al-Ya`kubiyning  ikkinchi  asari  “Tarix”  umumiy  tarix  tipida  yozilgan  bo`lib, 
Shark  mamlakatlari,  shuningdek  O`rta  Osiyoning  VII-IX  asrlardagi  tarixi  bo`yiyaa 
muxim manbalardan biri xisoblanadi. Asar ikki kismdan iborat bo`lib, Odam Atodan  
islomgacha  bo`lgan  va  musulmon  mamlakatlari  tarixlari,  ya`ni  o`sha  mamlakatlarda 
873 yilgacha sodir bo`lgan vokealar bayon etilgan.     
“Tarix”ning  arabcha  matni  1883  yili  gollandiyalik  olim  M.T.Xautsma  (1851-
1943 y.) tomonidan chop etilgan. 
 
 
Arab tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari 

Arab  tilida  yaratilgan  tarixiy  asarlar  yoki  yozma  yodgorliklar  kuyidagi  umumiy 
xususiyatlarga  ega.  Ular  garchi  arab  tilida  yozilgan  bo`lsa-da,  barchasida  umumiy 
tarixni kamrab olishga, ya`ni  tarixni jaxon tarixi sifatida idrok etishga, talkin kilishga 
intilish aloxida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va namuna sifatida 
“Kur`oni karim” olinadi. 
 
Kitoblar  ichida  tarixchi  o`zining  “Kur`oni  karim”,  xadislar  va  “Paygambarlar 
kissalari”, diniy rivoyatlarni ya`shi bilishini namoyish etishga va ulardagi mashxur va 
ma`lum vokea, xodisa, rivoyat, akidalardan unumli foydalanishga intilganlar. 
 
Arab  tilidagi  yozma  manbalarning  eng  kadimgilari  asosan  mumtoz  yozuv 
turlaridan    kufiyda  “Kur`oni  karim”  va  tafsirlar,  xadislar  nasx,  suls  yozuvlarida 
bitilgan.  XV  asrdan  so`ng  istemolga  nasta`lik  yozuvi  kirgan.  Aloxida  farmon  va 
xujjatlar ta`lik yozuvida bitilgan. 
 
Tarixiy  asarlar  mazmuni  va  tarkibiga  kelganda  shuni  aytish  kerakki,  ularda 
matn  an`anaviy  Allox  xamdi  –  taxmid,  paygambarimiz  na`tlari,  to`rt  saxoba  yoki 
saxobai  roshidin  ta`rifi  kelib,  undan  so`ng  asar  kimga  bagishlangan  bo`lsa,  odatda 
ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki xokimlar bo`lgan, o`sha xomiylarga bagishlov 
maktov  yoziladi  va  ana  shundan  keyin  kamtarin  muallif  o`zi  xakida,  kanday  asar 
yozmokchi  ekanligi,  uning  nomi  va  asarning  ixcham  maxmuni  yoki  zamonaviy  til 
bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi. 
 
Asarning  oxiridagi  xotima  –  kolofonda  esa,  muallif  asarini  tugatib  olgani 
uchun Alloxga shukronalar keltirib, mazkur ko`lyozma asar va uning ushbu nusxasi, 
ko`chirilish  joyi  va  tarixi,  xattoti  xakida  ma`lumot  keltiriladi.  Tarixiy  asarlarda 
keltiriladigan “Kur`oni karim” oyatlari va  “Xadisi sharif” namunalari odatda asosiy 
matndan  ajratib,  boshka  siyox  bilan  va  ko`pincha  boshka  yozuv,  xat  turi,  masalan 
kufiy, nasx yoxud suls yozuvida boshkacha siyox bilan bitilib, aloxida ziynatlanadi.      
 
Tarixiy  asarlar  ko`lyozmalari  o`z  davri  an`analariga  mos  ravishda  charm 
mukova  –  jildlarga  olingan,  kitob  boshlanishi  shams,  unvon,  sarlavxa,  zarvarak 
nakshlari bilan,  matn o`rtalarida lavxa nakshlar va mo``jaz rasmlar bilan bezatilgan. 
Namuna  sifatida  Beruniyning  “Osor  ul-bokiya”  asarining  mo``tabar  ko`lyozmasini 
ko`rsatish mumkin. 
 
Umuman,  arab  tilida  yurtimiz  tarixiga  oid  manbalar  bilan  tanishish  ularning 
xam son jixatidan ko`pligi, xam ilmiy saviyasi juda yukori ekanligi guvoxi bo`lamiz. 
Garchi  komusiy  olimimiz  Beruniy  arablarda  tarix  yaratish  an`anasi  juda kadimiy  va 
boy  emasligi  xakli  ravishda  kayd  etilgan  bo`lsa-da,  arab  xalifaligi  shakllanganidan 
so`ng,  yunon,  eron,  yaxudiy  va  nasroniy  tarix  an`analaridan  ijobiy  va  ijodiy 
foydalangan arab va asosan arab tilida ijod etuvyai muarrixlar xam arab xalklari, xam 
arab  xalifaligi  xududiga  kirgan  yoki  unga  ko`shni  bo`lgan  xalklar  tarixini  yozishda 
juda katta xissa ko`shdilar. 
 
Shuning  bilan  birga,  yurtimizdan  etishib  chikkan  tarixchilarimiz  xam  arab 
tilida  ayniksa,  Beruniy,  Sam`oniy,  Shaxobiddin  Nisoviy  kabi  tarixchilar  ajoyib 
asarlar yaratib, arab tilidagi tarix ilmi tarakkiyotiga munosib ulush ko`shdilar. Ya`ni 
arab  tilidagi  manbalarni  o`rganish  xali  o`z  dolzarbligini  yo`kotgani  yo`k.  Ular 
xalkimiz  boy  merosining  ajralmas  kismi  bo`lib,  o`tmishdagi  yuksak  tarakkiyotimiz 
guvoxidir. 
    
Ìàâçóíè
Ìàâçóíè
Ìàâçóíè
Ìàâçóíè    ìóñòàõêàìëàø
ìóñòàõêàìëàø
ìóñòàõêàìëàø
ìóñòàõêàìëàø    ó÷óí
ó÷óí
ó÷óí
ó÷óí    áåðèëàäèãàí
áåðèëàäèãàí
áåðèëàäèãàí
áåðèëàäèãàí    ñàâîëëàð
ñàâîëëàð
ñàâîëëàð
ñàâîëëàð 

1.  Àðàá  òèëèäà  åçèëãàí  ìàíáàëàð  âà  óëàðíèíã  þðòèìèç  òàðèõèíè  óðãàíèøäàãè 
àõàìèÿòè 3àíäàé? 
2.  Áåðóíèéíèíã  «Îñîð  óë-áî3èÿ»  àñàðèíèíã  òàðèõíè  óðãàíèøäàãè  àõàìèÿòè 
íèìàäà? 
3.  Òàáàðèéíèíã    «Òàðèõ  àð-ðóñóë  âà-ë-ìóëóê»    àñàðè  òàðèõèé  ìàíáà  ñèôàòèäà 
3àíäàé õóñóñèÿòëàðãà ýãà? 
4.  Øèõîáóääèí  Íèñîâèéíèíã  «Ñèðîò  óñ-ñóëòîí  Æàëîëóääèí  Ìåíêáóðíè»  àñàðè 
ìàçìóíè íèìàäàí èáîðàò âà óíèíã ìàíáà ñèôàòèäàãè àõàìèÿòè íèìàäà? 
5. «Äåâîíè ëó2àòè òóðê » àñàðèíèíã èëìèé à8àìèÿòè íèìàäà?  
 
8-mavzu: XIII-XIV asrlar tarixiga oid manbalar 
 
Reja: 
1. Asosiy ijtimoiy-siyosiy vokealar. 
2. Xukukiy xujjatlar va yozishmalar
3. Fors tilidagi tarixiy manbalar. 
 
 
Foydalanigan adabiyotlar ro`yxati: 
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.  
2. B. A. Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “O`kituvchi”. 2001. 
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
“O`kituvchi”. 1993. 
4.  Sobranie  vostochnix  rukopisey  Akademii  nauk  Respubliki  Uzbekistan.  Istoriya. 
Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
5.
 
B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Aziy. XVI-XVIII vv. 
(Pismennie pamyatniki).-T., “Fan”, 1985. 
 
 
1219-1221  yillar  ichida  O`zbekiston  mo`gullur  tomonidan  istilo  etildi.  1227 
yili  Chingizxon  ettisuv,  Koshgar,  Movarounnaxr  va  Xorazmning  sharkiy  kismini, 
shuningdek,  xozirgi  Afgonistonning  shimoliy  kismini  ikkinchi  o`gli  Chigatoyga 
(1227-1241  y.)  in`om  kildi.  Bu  ulus  tarixda  Chigatoy  ulusi  nomi  bilan  mashxur. 
Chigatoy  ulusining  oliy  xukmdorlari  xam,  koraxitoylar  singari,  ulusni  maxsus 
ijaradorlar, ya`ni xorashmlik  mashxur savdogar Maxmud Yalavoch (1125-1238 yy.) 
va uning o`gli Ma`sudbek (1238-1289 yy.) yordamida idora kildilar. 
Munko  koon  (1251-1260  yy.)  taxtga  o`ltirgandan  keyin,  Jo`ji  ulusining  oliy 
xukmdori  Botuxon  (1227-1255  yy.)  bilan  til  biriktirib,  Chigatoy  avlodining 
ko`pchiligini katl ettirdi va Chigatoy ulusini o`rtada bo`lib olishdi.      
Lekin,  oradan  ko`p  vakt  o`tmay,  Olgu  (1261-1266  yy.)  ulus  mustakilligini 
tiklashga  muvaffak  bo`ldi.  Mubrakshox  (1266  y.)  va  Barokxon  (1266-1271  yy.) 
davrida  mo`gud  xukmdorlari  maxalliy  axoli  bilan  yakinlashish  maksadida  islom 
dinini kabul kildilar. Natijada, 1266 yili xon xamda ba`zi mo`gul uruglari (masalan, 
jaloiriylar)  ettisuvdan  Movarounnaxrga  ko`chib  o`tdilar.  Bu  xol  o`z  navbatida 

tarkoklik  va  parokandalikka  olib  keldi.  X1U  asrning  50-yillariga  kelib,  Chigatoy 
ulusi ikkiga  ajralib  ketdi –  ettisuv va  Koshgarda  kolgan  mo`gullar  mustakillik  e`lon 
kilib,  o`z  davlatlarini  tuzib  oldilar.  Bu  davlat  tarixda  Mo`guliston  yoki  Jete  nomi 
bilan mashxurdir. 
Mo`gullar xukmronligi yillarida Movarounnaxr xalki ikki tomonlama – mo`gul 
xukmdorlari dorugalar, boskoklar xamda maxalliy er egalari zulmi ostida koldi. Ular 
asosiy  daromad  soligi  xirojdan  tashkari  talaygina  boshka  solik  va  jarimalar  –
dorugagi,  sar  shumor,  ulufa,  tamga,  kupchur  yasogi,  tagor,  bigor  va  boshkalarni 
to`lashga majbur etilgan edilar. 
Ogir  chorakorlik  mexnati,  mo`gul  xukmdorlarining  beboshligi  mexnatkash 
xalkning sabr kosasini to`ldirdi. Buxoro viloyatining xalki kosib Maxmud Tarobiy va 
iloxiyot  olimi  Shamsuddin  Maxbubiylarning  atrofiga  uyushib,  1238  yili  ko`zgolon 
ko`tardi,  lekin  ko`zgolon  boshka  shaxar  va  viloyatlarga  yoyilmadi.  Natijada 
Buxorodagi  ko`zgolon  ettisuv  va  Xo`janddan  Ildiz  no`yon  xamda  Chukan  kurchi 
boshchiligida yuborilgan mo`gul ko`shini tomonidan bostirildi. 
XIV  asr  ikkinchi  yarmiga  kelib  Chigatoy  ulusining  janubiy-garbiy  kismini 
tashkil  etgan  Movarounnaxrda  siyosiy  tarkoklik    yanada  kuchaydi.  Bu  ayniksa  amir 
ul-umaro Kazagon vafotidan (1358 yili) keyin kuchayib, mamlakat mayda kismlarga 
bo`linib  ketdi.  Masalan,  Shaxrisabzda  Xoji  barlos  mustakillik  bayrogini  ko`tardi. 
Xo`jandda Boyazid jaloir mustakillik e`lon kildi. Balxda Amir Xusayn xon ko`tarildi, 
Shibirgonni  Muxammad  Apardi egalladi.  Xuttalonda  Kayxusrav o`zini podshox  deb 
e`lon kildi. Badaxshon maxalliy xukmdorlar – Badaxshon shoxlari ko`liga o`tdi.  
Feodal  tarkoklikdan  barlos  amirzodalaridan  Amir  Temur  ustalik  bilan 
foydalandi  va  1370  yili  oliy  xokimiyatni  ko`lga  oddi.  1370-1378  yillari  u 
mamlakatdagi  tarkoklikni  tugatib,  Movarounnaxr  va  Xorazmni  o`ziga  bo`ysundirdi. 
1381-1402 yillari Amir Temur ko`shni mamlakatlar ustiga xarbiy yurish kilib, Eron, 
Kavkaz orti, Irok, Kichik Osiyo va Shimoliy Xindistonni istilo kildi, Oltin O`rda xoni 
To`xtamishga  (1376-1395-  yy.)  kakshatich  zarba  berib,  uni  poytaxti  Saroy  Berkani 
egalladi. 
Amir  Temur  va  Temuriylar  davlati  mayda  uluslarga  bo`lingan  xolda  idora 
kilindi.  Masalan,  Amir  Temur  saltanati to`rt  kismga  bo`lingan edi:  Xuroson, Jurjon, 
Mozandaron va Seiston (markazi Xirot shaxri) Shoxruxga; Garbiy Eron, Ozarbayjon, 
Irok  va  Armaniston  (markazi  Tabriz),  Mironshoxga;  Fors,  ya`ni  Eronning  janubiy 
kismi  (markazi  Sheroz),  Mironshoxga;  Fors,  ya`ni  Eronning  janubiy  kismi  (markazi 
Sheroz),  Umarshayxga;  Afgoniston  va  Shimoliy  Xindiston  (markazi  Gazni, 
keyinchalik  Balx),  Pirmuxammadga  suyurgol  (shaxzoda  amirlarga toju  taxt oldidagi 
katta xizmatlari uchun shartli tarzda in`om kilingan er-suv va uni idora kilish xukuki 
berilgan edi. 
Amir Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin 1409 yilgacha o`zaro kurash 
davom  etdi.  Shoxrux  Mirzo  (1409-1447-  yy.),  Mirzo  Ulugbek  (1409-1449-  yy.), 
Sulton  Abu  Said  Mirzo  (1451-1469  yy.),  Sulton  Xusayn  Mirzo  (1459-1506-  yy.) 
davrida davlat nisbatan markazlashgan edi va xalkaro obro`ga xam ega edi.  
XV  asrning  80-  yillaridan  boshlab,  o`zaro  xamjixatlik  juda  susaydi. 
Movaronnaxrning bir o`zida deyarli uchta mustakil davlat bo`lib, ularda Sulton Abu 
Said  Mirzoning  o`gillari  Sulton  Axmad  Mirzo  Samarkandda,  Umarshayx  Mirzo 
Fargonada  va  Sulton  Maxmud  Mirzo  Xisor,  Xuttalon  xamda  Badaxshonda  xokimi 
mutlak xisoblanar edilar.   

Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  xam  er-suv  xamda  xuearmandchilik 
korxonalarining  katta  kismi  podshox  xonadoni  va  badavlat  kishilar  ko`lida  bo`lib, 
mexnatkash  xalk  ularning  erini  ijaraga  olib  kun  kechirar  edi.  Ular  xiroj,  dorugagi, 
mirobona,  jon  soligi,  avorizot,  boj,  tamga,  zakot,  peshkash,  sovari  kabi  solik  va 
jarima to`lashga, xukumat va katta er egalarining turli-tuman yumushlarini bajarishar 
edilar. 
Amir  Temur  davrida  davlat  tepasida  rasman  Chingiz  avlodidan  bo`lgan 
Suyurgatmish (1370-1380- yy.) va Sulton Maxmudxon (1380-1402- yy.) turdi, lekin 
amalda  butun  xokimiyat  Amir  Temur  ko`lida  edi.  Keyincha  xon  ko`tarish  tartibi 
bekor  kilindi  va  oliy  xukmdor  o`zini  podshox  deb  e`lon  kildilar.  Viloyat  va 
tumanlarda  xokimiyat  markaziy    xukumat  tarafidan  tayinlangan  dorugalar  ko`lida 
bo`ldi. Davlat ishlari asosan turli muassasa – devonlar, devoni oliy – markaziy ijroiya 
organi,  devoni  mol  –  moliya  ishlari  maxkamasi  va  devoni  tavochi  -  xarbiy  ishlar 
maxkamasi  va  boshkalar  ko`lida  bo`lgan.  Din,  shariat  bilan  boglik  ishlar  kozi  va 
shayxulislom ko`lida edi. 
Amir  Temur  va  Temuriylar  davrida  Movarounnaxrdagi  Samarkand, 
Shaxrisabz,  Buxoro  kabi  shaxarlar  iktisodiy  va  madaniy  jixatdan  o`sdi, 
xunarmandchilik  va  savdo  sotik  rivoj  topti.  Movarounnaxrining  Xitoy,  Xindiston, 
Arabiston  mamlakatlari,  Mo`guliston,  Oltin  O`rda  va  evropa  mamlakatlari  bilan 
iktisodiy va madaniy alokalar kengaydi. Bu davrda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. 
Bu  davrda  Nizomiddin  Shomiy  va  Xofizi  Abru,  Sharafuddin    Ali  Yazdiy  va 
Abdurazzok  Samarkandiy,  Muxammad  Mirxond  va  Giyosiddin  Xondamir  kabi 
muarrix  olimlarni,  Alisher  Navoiy  va  Abduraxmon  Jomiy,  Bisotiy  Samarkandiy  va 
Xoja  Ismatulla  Buxoriy,  Shayx  Axmad  Suxayliy  va  Kamoluddin  Binoiy  kabi  juda 
ko`p iste`dodli shoir va olimlarni etishtirdi.  
 
Xukukiy xujjatlar va yozishmalar 
 
Xoja Axrorga tegishli vasika va vakfnomalar. Bu turdagi xujjatlar ko`p va ular 
arxiv  va  muzeylarning  fondlaridan,  shuningdek  ko`lyozma  kitoblar  saklanayotgan 
kutubxonalardan  topish  mumkin.  Yirik  sharkshunos  olima  O.D.Chexovich  (1912-
1982-  yy.)  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  Sharkshunoslik 
instituti  va  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxivi  fondlarida  saklanayotgan  vasika 
va vakfnomalar fondini ko`p yillar davomida kunt bilan o`rgandi va ular ichida Xoja 
Ubaydulla  Axrorga  tegishlilarini  ajratib  olib,  matni  va  ruscha  tarjimasi,  va  maxsus 
tadkikot  bilan  birga  ko`shib  1974  yili  “Samarkandskie  dokumenti  XV-XVI  vekov” 
nomi bilan nashr etdi. 
Xoja  Ubaydulla  Axror  o`z  davrining  badavlat,  boobro`  kishisi  bo`lib, 
mamlakatning iztimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega bo`lgan. Uni shu darajaga 
etkazgan  omillardan  biri  uning  ko`lida  to`plangan  katta  er-suv  va  mol-mulk  bo`ldi. 
Tarixiy  manbalarning  guvoxlik  berishicha,  uning  300  jufti  nov  (bir  juft  xo`kiz 
yordamida  xaydab  ekiladigan  er)  eri,  shaxarlarda      timlari  (usti  yopik  bozor), 
do`konlari, xammomlari, karvonsaroylari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo`lgan.   
Xoja  Ubaydulla  Axror  ma`rifatli  va  raiyatparvar  kishi  edi.  Daromadning  bir 
kismini xayrli ishlarga sarflagan, xalk manfaatini ximoya kilgan. Masalan, 1463 yili 
Temuriyzoda  Umarshayx  Mirzo  Toshkent  xalkidan  katta  mikdorda  xiroj  talab 
kilganda, Xoja Ubaydulla Axror uni o`z xisobidan to`lab yuborgan; xunarmandlar va 
bozor  axlidan  olinadigan  tamga  soligiga karshi  chikkan, uning o`zi va  mulki barcha 

soliklardan  ozod  kilinganiga  karamay,  ayrim  yillari  xamma  katori  xiroj,  ushr  va 
boshka soliklar ma`unoti devoniya va navoibi sultoniya to`lab turgan. 
Xoja  Ubaydulla  Axror  xar  yili  Sulton  Axmad  Mirzo  (1458-1494  yy. 
Movarounnaxr xukmdori)ning devoniga 80 ming man (4,32 kg.ga teng) gallani xiroj 
o`rnida  yuborib  turgan;  yiliga  unga  xirojning  bir  kismini  –  10  ming  kumush  tanga 
berib turgan. 
Xoja  Ubaydulla  Axrorga  tegishli  vasika,  vakfnoma  va  boshka    xukukiy 
xujjatlar xali boshka erlardan xam topiladi. Lekin O.D.Chexovich nashr kilganlarning 
o`zi  xam  O`zbekistonning  XU-XU1  asr  boshidagi  ijtimoiy-iktisodiy  axvolini 
o`rganishda  birinchi  darajali  manba  bo`lib  xizmat  kiladi.  Kuyida  ikkita  xujjat 
mazmunini keltiramiz: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling