Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.05.2020
Hajmi0.77 Mb.
  1   2   3   4   5   6

 

SAMDU TARIX FAKULTETI 



TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK 

KAFEDRASI 

 

              UZOQOV ILHOM  SHONIYOZIVICH 



 

“XIX ASR OXIRIDAN  MUSTAQILLIK 

YILLARIGACHA  O’ZBEKISTONDA  ARABLAR 

HAYOTI TARIXI MANBASHUNOSLIGI” 

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI 

 

 

ILMIY RAHBAR: prof. SAIDOV I.M. 

 

 



 

 

SAMARQAND-2015 



                                         

 

                                    REJA:  



Kirish                                                                                                         3-8 

I  BOB.  XIX  ASR  OXIRI    XX  ASR  80-YILLARIDA  O’ZBEKISTON 

HUDUDIDAGI ARABLAR TARIXI O’RGANILISHI 

1.1. Arablarga doir tarixiy va etnografik ma’lumotlar                            9-15 

1.2.  Aholi ro’yhatlari va statistik materiallarda arablar                         16-34 

II

 

BOB.

 

ARABLARNING    KELIB  CHIQISHI  XUSUSIYATLARI 

TURMUSHI XO’JALIGI 

         2.1.Arablarning    antropologik  xususiyatlari  mashg’uloti  va  turar  joyiga  oid 

tadqiqotlar                                                                                                          35-40 



        2.2.Arablar bilan bog’liq ijtimoiy toifalar                                                  41-45 

III 

BOB. 

MINTAQA 

ETNOMADANIY 

JARAYONLARIDA  

ARABLAR 

        3.1.  Movarounnahrdagi etnomadaniy jarayonlarda arablarning o’rni       46-62 

        3.2.O’zbekistondagi  arablarning  til xususiyatlari                                    63-78 

 Xulosa                                                                                                               79-82 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati                                                                83-85 

                                                          



 

 

 

 

 

KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi. Demokratik  jamiyat  qurish yo’lida shu  vaqtgacha  

bosib  o’tilgan tarixiy   bosqichlarni tahlil  etish asosiy  vazifalardan  biri  bo’lib  

hisoblanadi. Jamiyat va davlatchilik tarixni  yanada  chuqurroq  anglash va  undan  

to’g’ri  xulosa  chiqarish mustaqil  davlat  barpo  etish  yo’lida asosiy  omillardan 

biri  bo’lishi  mumkin.   

Hozirgi  zamonaviy  bosqichda    tarixiy    bosib    o’tilgan  yillarga    qayta  nazar  

tashlash  ilmiy  tadqiqot olib  borishda  zaruriy  jihatlaridan  biridir.  

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilikka  erishgandan  so’ng  fanning  barcha 

sohalariga  alohida  e’tibor  qaratila  boshlandi.  Shu  jumladan,  tarix  fani  va  uning 

rivojiga  ham  katta  e’tibor  berildi.O'zbekistan  o’zining  ko’p  ming  yillik  tarixiy 

taraqqiyoti davomida mahalliy tub joy aholisiga ona-Vatan, ota makon bo’lib keldi. 

Ayni paytda taqdir taqozosi hamda ko’plab ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida 

mazkur  hududga  dunyoning  turli  mamlakatlaridan  har  xil  sabablar  tufayli  kelib 

qolgan  xalqlar  ham  qo’nim  topib,  mahalliy  aholi  bilan  tinch-totuv  hayot  kechirib 

kelmoqdalar.  Ana  shunday  xalqlardan  biri  arablar  bo’lib,  ular  Arab  tarixiy 

davlatining  O’rta  Osiyoga  yurishi  hamda  keyingi  asrlarda  yuz  bergan  siyosiy  va 

etnomadaniy  jarayonlar  natijasida  mamlakatimiz  hududiga  kelib  o’rnashib,  bu 

yerda muqim yashab qolganlar va bugungi kunda mahalliy xalqlar bilan   qavmu- 

qarindosh  bo’lib  ketganlar.  O’tmishda  mintaqa  arablariga  nisbatan  turlicha 

munosabatda  bo’lib  kelindi.  O'zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  yurtimizning 

barcha  xalqlari  qatori  vatanimiz  tuprog’ida  ko’p  asrlardan  buyon  yashab 

kelayotgan  arablarning  hayotida  ham  ijobiy  o’zgarishlar  yuz  berib, ularning  tarixi 

va etnografiyasini xolisona yoritish uchun katta imkoniyat vujudga keldi. 

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  O’zbekistonning  yangi  tarixini 

yaratish  konsepsiyasi  asosida  xalqimiz  o’tmishini  xolisona  va  haqqoniy  yaratish 

olimlar  oldiga  qat’iy  vazifa  qilib  qo’yildi.  Chunki  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.  Karimov  ta’kidlaganlaridek:      “O’z  tarixini  bilmaydigan,  kechagi 


 

kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”. 



“Shu nuqtai nazardan qaraganda, biz o’z tariximizni xolisona va haqqoniy baholab, 

ma’naviy merosimizni boyitish va rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shishimiz, shu 

asosda  bugungi  jahon  ilmu  fani  va  madaniyatining  yuksak  cho’qqilarini 

egallashdek buyuk vazifaga har tomonlama munosib va qodir bo’lishimiz darkor

1



Ya’ni, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l 



o’zining  barcha  muvaffaqiyat  va  zafarlari,  yo’qotish  va  qurbonlari,  quvonch  va 

iztiroblari  bilan  xolis  va  haqqoniy  o’rganishgan  taqdirdagina  chinakam  tarix 

bo’ladi”

2



O'zbek  xalqi  o’tmishda  ko’p  istilolarni,  jangu  jadallarni,  hatto  tuhmatu 

buhtonlarni  o’z  boshidan  kechirdi.  Biroq,  eng  muhimi  shundaki,  har  qanday 

sharoitda  dam  xalq  o’zligini  saqlab  qoldi.  Yurtboshimiz  e’tirof  etganlaridek

Movarounnahr  sarhadlariga  uzoq,  tariximiz  davomida  ne-ne  bosqinchilar  kirib 

kelmagan,  ko’p  yillar,  balki,  asrlar  davomida  yurtimizda  ne-ne  o’zga  sulolalar 

hukmronlik  qilmagan,  deysiz.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  ming  yillar  davomida 

yurtimizga kelib- ketganlar ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr 

keldi,  Arabistondan  Qutayba,  Mug’ulistondan  Chingizxon  keldi,  rus  istilochilari 

keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo’sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki 

kuch-qudratga  tayanib  o’zligini  saqlab  qoldi?  Qadim-qadim  zamonlardan  o’troq 

yashagani,  ilm-ma’rifatga  intilgani,  buyuk  madaniyatga  ega  bo’lgani,  o’z  urf-

odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi

2

 .



 

   

 

Darhaqiqat, Arab tarixiy davlati yurtimizni zabt etish uchun bir yarim asrdan 

ko’proq  vaqt  sarflagan.  Shu  dalilning  o’ziyoq  xalqimizning  istilochilarga  qarshi 

qanchalik  mardonavor,  shiddatli  kurash  olib  borganligini  ko’rsatadi.  Arablarning 

Movarounnahr  zaminidagi  hukmronligi  IX  asr  oxirlariga  kelib  zaiflashib, 

hokimiyat mahalliy sulolalar qo’liga o’tgach, mamlakatni idora qilgan arablarning 

asosiy  qismi  Arabistonga  va  Xurosonga  qaytib  ketishga  majbur  bo’lganlar.  Biroq 

islom  dinini  yoyish  va  qaror  toptirish  ishlarida  qatnashgan,  shuningdek, 

                                                           

1

 Karimov I. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.-T:.Ma’naviyat,2008.-52-bet. 



2

  O’sha asar. - 97-bet

.

 


 

dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgan bir qism arablar O’rta Osiyo 



hududlarida, eng avvalo, O'zbekiston tuprog’ida muqim yashab qoladilar. Bu yerni 

o’zlariga  yangi  yurt  tutib,  asta-sekin  mahalliy  xalqlar  bilan  etnik  jarayonlarga 

kirishgan  arablar  taqdiri,  o’rta  osiyoliklar,  shu  jumladan,  o'zbeklar  taqdiri  bilan 

uyg’unlashib borgan. 

Prezidentimiz  I. Karimov  ta’birlari bilan  aytganda:    “Tariximiz  kabi,  qadim 

madaniyatchiligimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruh, el-elatlar o’z 

ulushini qo’shgan. Bu  - tabiiy hol. Chunki, hech qachon, hech qayerda faqat bitta 

millatga  mansub  madaniyat  bo’lmaydi.  Har  qanday  sivilizatsiya  ko’pdan-ko’p 

xalqlar,  millatlar,  elatlar  faoliyatining  va  samarali  ta’sirining  mahsulidir.  Bir  so’z 

bilan  aytganda,  ko’chmanchilar,  bosqinchilar  kelib  ketaveradi,  lekin  xalq  boqiy 

qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi

3

Arab  istilochilarining  Turon  zaminiga  yurishi  davrida  o’lkamiz  xalqlari, 

murakkab  ichki  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  va  o’zaro  nizolarga  qaramay,  o’zining 

asrlar  davomida  yashab  kelayotgan  tarixiy-madaniy  belgilari  va  milliy  etnik 

xususiyatlarini saqlab qoldi. Mintaqaga chetdan kirib kelgan boshqa xalqlar esa bu 

yerdagi  an’analarni  o’zlashtirib  mahalliy  xalqda  singib  borganlar  hamda  ma’lum 

darajada  o’zliklarini  ham  saqlab  qolishga  harakat  qilganlar.  Bunga  O'zbekiston 

hududiga VII asr o’rtalarida kirib kelgan arablar tarixi misol bo’la oladi. 

Arablarning  O’rta  Osiyoga,  shuningdek,  mamlakatimiz  zaminiga  kelib  joylashuvi 

hamda  mintaqadagi  ijtimoiy-siyosiy  va  etnomadaniy  jarayonlardagi  o’rni,  hayoti, 

turmush tarzi ko’plab tarixiy manbalar va tadqiqotlarda o’z aksini topgan. Mazkur 

manba va tadqiqotlarni shartli ravishda quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin: 

1. 

1.VIII-XIX asrlarga oid manba va adabiyotlar. 



2. 

2.Rossiya imperiyasi hukmronligi davriga mansub tadqiqotlar. 

3. 

3.Sovet davridagi ilmiy izlanishlar va yaratilgan adabiyotlar. 



4. 

4.Mustaqillik davrida amalga oshirilgan tadqiqotlar. 

5. 

5.Xorijlik tadqiqotchilarning asarlari. 



                                                           

3

 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q / Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. - T.: O'zbekiston, 



1999. - 143-bet. 

 

 



Tarixiy  manba  va adabiyotlar haqida  fikr yuritar  ekanmiz, tarixshunos olim 

A.X.  Doniyorov  ta’kidlaganidek:  “bugungi  kunda  biz  o’tgan  yillar  nashrlaridan 

qaysilari  hozirgi  kun  uchun,  qolaversa,  yaqin  va  uzoq  kelajak  uchun  qimmatli 

bo’lishi  mumkinligini  aniqlash  maqsadida  ularni  qayta-qayta  ko’zdan 

o’tkazmoqdamiz”

4



Xulosa  qilib  aytganda,  mazkur  muammo  ko’pdan  beri  tadqiqotchilarning 

diqqatini  jalb  qilib,  ular  tomonidan  ko’plab  tadqiqotlar  chop  ettirilgan  bo’lishiga 

qaramay, O'zbekistonda yashovchi arablar tarixi va etnografiyasi haligacha maxsus 

tadqiqot 

ob’ekti  bo’lmagan.  Shuningdek,  arablarning  respublikamizda 

o’troqlashuvi va etnomadaniy hayoti keng qamrovli tadqiq etilgani yo’q. Ayniqsa,  

O’zbekistonda  yashovchi  arablarning  ijtimoiy-madaniy  hayotidagi  mustaqillik 

yillarida yuz bergan o’zgarishlar e’tibordan chetda qoldi. 

 

O'zbekiston hududiga arablarning kirib kelishi va o’troqlashish tarixi hamda 



ularning  hayotini  tadqiq  etish  maqsadida  mavzuga  oid  adabiyotlar,  xususan,  XX 

asrda  amalga  oshirilgan  tarixiy-etnografik  va  antropologik  tadqiqotlar  tahliliga 

alohida  e’tibor  qaratildi.  Yuqorida  qayd  etilganidek,  arablarning  hozirgi  kundagi 

mamlakatimizda  ro’y  berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  sharoitidagi 

madaniy-maishiy turmush tarzini yoritishda tarixiy manbalar bilan bir qatorda dala 

kuzatuvlari  davomida  yozib  olingan  axborot,  intervyu  va  suhbatlardan  ham  keng 

foydalanildi. 

Tadqiqot  ob’ekti  va  predmeti.  Tadqiqot  ob’ekti  XIX  asr  oxiridan  

mustaqillik yillarigacha  O’zbekistonda arablar tarixidir. Tadqiqot arablar tarixini 

yuqoridagi  manba  asosida  o’rganib, tahlil  qilishga bag’ishlanadi. U  shuningdek, 

arablar ning umumiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy tarixini ham ochishga 

xizmat qiladi. 

                                                           

4

Doniyorov  A.X.  O'zbek  xalqi  etnografiyasi  bo’yicha  1940-1980  yillarda  maxsus  etnografik  jurnallarda  chop 



etilgan maqolalar xususida // 0‘zbekiston tarixi. - Toshkent, 2002. - №4. - 31-bet. 

 

Dissertatsiyaning  maqsad  va  vazifalari.  Tadqiqotning  asosiy  maqsadi, 

nashr  etilgan  barcha  arablar  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  umumlashtirib,  analiz 

qilib,  shuningdek  arablar  tarixi  bo’yicha  qo‘shimcha  tadqiqotlarni  o‘tkazib, 

tarixshunoslik  nuqtai  nazaridan  ahamiyatga  ega  ekanligini  ko‘rsatishdan  iborat. 

Shuningdek  arablar  tarixini  yoritishda  manbalarning  axamiyatini  aniqlash, 

tarixshunoslikning  rivoji uchun  zarurligini  ochib berish xam  asosiy  maqsadlardan 

biri qilib belgilangan. 



Mazkur tadqiqotda quyidagi vazifalarni yechish ko‘zda tutilgan: 

-  Asosiy  va  qo’shimcha  manbalar  asosida  arablar  tarixini  tadqiq  etib, 

ma’lumotlarni analiz qilib, tarixiylik nuqtai nazardan ahamiyatini aniqlash; 

-  Arablar tarixi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, prinsipial o‘ziga 

xosliklarini kengroq o‘rganish maqsadida tahlil qilish; 

-  Manbalarning  aynan  arablar  tarixini  yoritishda  mavjud  ijtimoiy, 

iqtisodiy, siyosiy sohaga oid ma’lumotlorga nisbatan farqli jihatlarini aniqlash, 

-  Arablar  tarixini  o’rganishda  zamonaviy  tadqiqotlarning  nazariy 

asoslarini tadqiq etib, ularning bugungi kundagi perspektivalarini aniqlash. 

-  arablar  tarixi  borasida  olib  borilgan  tadqiqotlar  va  ularning  mustaqillik 

davridagi  ahamiyatini  nazariy  hamda  ilmiy  jihatdan  ochib  berish,  natijalar  va 

xulosalarni umumlashtirishdan iborat. 



Tadqiqotning  asosiy  masalalari  va  farazlari  Tadqiqotning  asosiy 

masalalaridan  biri  solishtirma-tarixiy  uslub  asosida  arablarning  manbalar 

ma’lumotlari  bilan  XIX  asrdan  keyingi  davri  tarixini  tadqiq  etishdan  iborat. 

Tadqiqotning  farazlari  arablarning  XIX  asrdan  keyingi  tarixini  o’rganishda  bir 

necha yo’nalishlar borligini taxmin qilishdan iborat.  

Manba va adabiyotlar taxlili.  

Mavzuga oid manba va adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha, O’rta Osiyoda 

arab  istilosiga  doir  bir  nechta  kitob  va  ilmiy  tio’plamlar  chop  etilgan  bo’lishiga 

qaramay,  O'zbekistonga  arablarning  kirib  kelish  bosqichlari  va  joylashish  tarixi, 



 

ularning  keyingi  hayoti  va  taqdiri  tarixiy-etnografik  ko’lamda  maxsus  tadqiqot 



ob’ekti  bo’lmagan.  Shuningdek,  arablarning  respublikamizda  o’troqlashuvi  va 

etnomadaniy hayoti ham yetarlicha o’rganilmagan. 

 Tadqiqotda  qo‘llaniladigan  uslublar.  Mazkur  tadqiqotda  solishtirma-

tipologik, tarixiy uslublardan foydalanildi. Dissertatsiyada arablar tarixining  XIX 

asrdan keyingi davrini tadqiq qilish uchun sistemali analiz qo‘llanildi. 

Dissertatsiyani tayyorlashda tizimlashtirish, sivilizatsion yondashuv, tarixiy-

taxliliy, qiyosiy-taxliliy uslublar qo‘llanilgan. 

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.

 

Dissertatsiyada  manbalar    va  ularda  qayd  etilgan  ma’lumotlarning  arablar  

tarixini  yoritishdagi  ahamiyati  hamda  ma’lumotlarning  qayd  etilish  jarayonlarini 

xronologik  tartibda  o’rganish  va  asoslash,  tadqiqot  o‘tkazish  jarayonida  ratsional 

vosita va uslublardan foydalangan holda keng qamrovli tarzda yoritildi. 

Tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlar ilmiy asosga ega bo‘lib, asosiy xulosa 

va  tavsiyalari  arablar  to’grisidagi  tadqiqotlarni  takomillashtirishda  qo‘llanilishi 

mumkin. 


Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi  shu  bilan  aniqlanadiki, ilk  bor  manbalardagi 

arablar  haqidagi  ma’lumotlar  tizimli  tarzda  o’rganilib,  tahlil  qilindi.  Shu  asosda 

arablar  tarixining  XIX  asrdan  keyingi  davridagi  umumiy  iqtisodiy,  ijtimoiy, 

madaniy  hayoti  alohida,  alohida  tadqiq  etildi.    Gazetadagi  ma’lumotlar  boshqa 

manbalar  bilan  solishtirilib  ularning  o’xshash  va  farqli  jihatlari  aniqlandi.  Ular 

qayd etildi. 

 Dissertatsiya  tarkibining  qisqacha  tavsifi.  Dissertatsiya  kirish,  uch  bob, 

xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.. 

 

 


 

I BOB. XIX ASR OXIRLARI XX ASRNING 80-YILLARIDA 



ARABLAR 

 

 

1.1.Arablarga doir tarixiy va etnografik ma’lumotlar 

 

O’rta Osiyoda, shuningdek, O'zbekiston hududida VII asr o’rtalaridan buyon 



yashab kelayotgan arablarning umumiy soni ma’lum davrlargacha aniqlanmasdan 

keldi. Bu hol birgina arab nufusiga taalluqli bo’lmay, balki tub joy aholisiga ham 

bevosita daxldordir,  chunki o’tmishda  aholini  ro’yhatga  olish taomilga  kirmagan 

edi.  Ammo  qishloq  oqsoqollari,  urug’  boshliqlari,  shaharlar  hokimlari  o’z  qo’l 

ostidagi nufusning miqdorini, jon sonini taxminan bilgan. Chunonchi, keyingi asr-

larda o'zbek xonliklari bir qancha bekliklarga bo’lingan, har bir beklik o’z aholisi 

nisbatiga  ko’ra  xon  qo’shinlariga  sipohiylar  bergan,  zarur  bo’lgan  vaqtda  aniq 

miqdorda  lashkar  to’plagan.  Bundan  tashqari,  soliq  ishlari  (ayniqsa,  jon  boshi 

solig’i)da  hisob-kitob  to'g'ri  yo’lga  qo’yilgan.  Vaqf  xujjatlarida  ham  tuman  va 

qishloqlarning  nufusi  va  soni  aniq  ko’rsatilgan.  G.  Meyendorf  arablar  haqida 

quyidagicha  xabar  beradi:  “Ular  qishloqlarda  yashaydilar,  bir  qismi  esa  Buxoro 

shahriga  qo’shni  turadilar.  Ayrim  arablar  ko’chmanchi,  shuningdek,  yarim 

ko’chmanchi,  Termiz  yo’nalishi  va  Qarshi  atroflarida  ko’chib  yuradilar. 

Arablarning  ko’pchiligi  dehqonlar.  Ularning  cho’llarda  chorva  boqib  yuradigan 

otarlari  borki,  bu  savdo  sotiqda  muhim  bo’lgan  mashhur  barra  terilarni  yetkazib 

berish  manbai  sanaladi”

5

.  G.  Meyendorf,  Buxoro  viloyati  (xonlik)da  yashovchi 



arablarning o’sha paytdagi umumiy sonini 50 ming kishi deb ko’rsatgan. 

Vengriyalik  sharqshunos  olim  va  sayyoh  Herman  Vamberi  ham  Buxoro 

                                                           

5

   Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-164.b.  



 

10 

 

amirligidagi  tubjoy  aholi  qatori  kichik  etnoslar,  ularning  hayot  tarzi,  soni,  yuz 



qiyofasi  singari  masalalarga  qiziqqan.  Buxoro  amirligidagi  arablarning  mahalliy 

aholiga aralashib, unga tobora singib borayotganini Herman Vamberi quyidagicha 

tasvirlaydi:  “Ularning  afti-angoridan  bo’lak    Iroq  va  Hijozdagi  birodarlariga 

o’xshashlikdan  asar  ham  qolmagan.  Men,  hatto,arabcha  gaplashuvchilarni  ham 

kam uchratdim. Ularni 60000 ga qadar deb hisob qiladilar. Ularning asosiy qismi 

Vardonze va Vobkent atroflarida o’troq hayot kechiradi”

6



Herman  Vamberi  bu  raqamlarni  keltirganida  o’lkamiz  xalqlariga  xos 



an’anaviy  hisob-kitoblardan  kelib  chiqqan,  albatta.  Demak,  o'zbek  xonliklarida 

aholini  ma’lum  tartibda  hisob-kitob  qilish  usuli  bo’lgan.  Ma’lumki,  Pyotr  I 

davridan boshlab Rossiya imperiyasi Turkistonni mustamlakaga aylantirish uchun 

uni keng ko’lamda o’rganish ishlarini boshlab yuborgan edi. Ayniqsa, XVIII-XIX 

asrlarda rus elchilari, olimlari va sayyoh-josuslari Turkistonga tez-tez qatnaydigan 

bo’lganlar.  Turkiston  haqida  bu  davrda  yuzlab  kitoblar,  hisobotlar,  esdaliklar 

yozilgan.  Ularning  ba’zi  birlarida  o’lkada  istiqomat  qilib  kelayotgan  arablar 

xususida  ham  ma’lumotlar  uchraydi.  Ta’kidlash  kerakki,  O'zbekiston  arablari 

tarixini o’rganishda ushbu ma’lumotlar alohida ahamiyatga ega. 

Jumladan,  P.  Savelevning  “Buxoro  1835  yilda”  deb  nomlangan  asarida 

shaharda qancha aholi yashayotgani qayd etiladi. “Buxoro aholisini,  - deb yozadi 

muallif, - baron Meyendorf  70000 kishi deb qayd etadi, poruchik Byorns 160000 

tagacha,  doktor  Eversman  esa  200000  ta  deb  ko’rsatadi.  G.  Demezon  va  G. 

Meyendorf tomonidan aytilgan raqam, boshqalaridan ko’ra, haqiqatga yaqindir”

7

 

1840  yilda  Buxoroda  bo’lgan  N.  Xanikov  xonlikning  aholi  tarkibi  va 



etnomadaniy  xususiyatlarini  diqqat  bilan  o’rganib,  quyidagi  fikrlarni  qayd  etgan: 

“Buxoro xonligining hozirgi aholisi tarkibiga kiruvchi qabilalarga razm solgan har 

bir  kishi  ularning  turli-tuman  qavm  va  urug’lar  aralashmasidan  iborat  ekanligiga, 

faqat din tufayli bir butunlikni tashkil etganlariga iqror bo’ladi... 

Bu arab qabilalari xonlikning shimoliy qismlarida tarqalgan bo’lib, ko’proq 

                                                           

6

Вамбери X. Путешествие по Средней Азии. - М., 1867. - С. 308 



7

Савельев П. Бухара в 1835 году. - СПб., 1856. - С. 12. 



11 

 

Vardonze  (hozirgi  Shofirkon  tumani)  va  Samarqand  atrofida  yig’ilganlar.  Ular 



hozirga  qadar  ajdodlarining  ko’chib  yurish  odatlarini  tark  etmaganlar,  faqat  bir 

farqi shundaki, bu joydagi keskin iqlim hozirgilariga chodirni uyga almashtirishni 

taqozo etgan. Ularning juda oz qismi o’troqlashgan hamda savdo ishiga majburiyat 

sezadilar.  Ularning  yuz  tuzilishi  kelib  chiqishlarini    oshkor  etib  turadi, 

ko’plarining ko’zlari katta va sochlari kabi   tim qora. Terilari quyosh nurini juda 

kuchli  qabul  qilishga  moyilki,  aksariyati  tamomila  quyoshda  kuyib,  qorayib 

ketgan. Ular o’zaro arabcha gaplashadilar, ammo bu sof arab tili emas. Ularning 

asosiy sanoati qo’ylarni urchitishdan iborat. Qora va kulrang barra terilarni xonlik 

bozoriga olib chiqadilar. ...afsuski, ular bilan nihoyatda oz munosabatda bo’ldik. 

Umuman,  ular  odob-axloq  bobida  juda  yuqori  turadi,  chog’i.  Zero, 

Buxoroda  o’tkazgan hayotimiz  davrida  ular  haqida  biror  yomon  gap  eshitmadik. 

Buxoroliklar  ulardan  bir  narsada    ozroq  qo’rs  muomala  va  odamshinavandalikni 

bilmasliklaridan  koyinishadi”

8

.  N.  Xanikov  ma’lumotlaridagi  uch  jihat  e’tiborga 



molikdir.  Birinchisi,  Buxoro  xonligidagi  arablarning  bir  qismi  XIX  asrning 

birinchi yarmida ajdodlari an’anasiga amal qilib, ko’chmanchi hayot kechirganlar. 

Lekin  bu  hol  arablarning  mahalliy  aholi  bilan  keng  ijtimoiy-iqtisodiy,  etnomada-

niy va demografik aloqalar o’rnatishlariga xalaqit bermagan. Ikkinchisi, bu davrda 

arablar ona tilini saqlashga va o’zaro arabcha gaplashishga intilganlar. N. Xanikov 

ularning  nutqi  sof  arabcha  emas,  deydi.  Bu  o’rinda  tilda,  nutqda 

kontaminatsiyalashish  jarayonlari  o’z  aksini  topgan.  Uchinchisi,  Buxoro 

xonligidagi  arablarning  aksariyat  qismi  ota-bobolaridan  farqli  o’laroq  chodirdan 

voz  kechib, asta- sekin  mahalliy  aholiga taqlid  qilib  paxsadan  uylar  qurib, o’troq 

yashay  boshlaganlar.  Paxsa  uylarda  yashash  XVIII  asrdan  avval  boshlangan, 

albatta. Bunday assimilyatsiyalashuv jarayonlari Sharqiy Buxoro arablari hayotida 

ham  ko’zga  tashlanadi

9

.  Masalan,  Ko’lob  arablari  hayot  tarzini  o’rgangan            



B. X. Karmisheva shunday yozadi: “Ko’lob bekligida arablar Ko’lob shahrida va  

6  ta  qishloqda  yashaganlar.  Pahar  tumanidagi  arablar  chorvador-ko’chmanchilar 

                                                           

8

 Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. - СПб., 1843. - С. 53-57. 



9

 .Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-164.b. 



12 

 

bo’lib, ko’rsatilgan qishloqlar (Lagmen, Jangalboshi, Navbuloq, Arab, Qaroqchi) 



ularning  qishlov  joylari  edi.  Yozni  ular  Qoratog’  o’ngirlariga  yaqin  yaylovlarda 

o’tkazadilar.  Vaxsh  vodiysida  Jo’ybor  anhorining  (Qumguzardan  Uzunga  qadar) 

ikkala  tomonida  arab  chorvadorlari  qishlaganlar,  qolgan  vaqtlarda  uyurlar  bilan 

adir va tog’lar bo’ylab ko’chib yurganlar 

XIX  asr  rus  sayyohlari  orasida  A.D.  Grebenkin  o’zining  Zarafshon  vodiysidagi 

arablar  haqidagi  maqolasida  arablarni  shunday  ta’riflaydi:  “Okrug  arablari  ikki 

xilga  bo’linadi.  Ulardan  birinchisi  xiyla  cho’ziq  yuzli,  sochlari  qalin  o’sgan, 

ko’zlari  katta  ma’noli  va  turli  rangda,  biroq  ko’proq  qoramtir,  qo’yko’zli, 

burunlari  uzun, burgut  monand. Ular  o’rta  bo’ydan  balandroq,  zuvalasi  pishiq va 

kuchlidirlar.  Bu  arablar  Samarqandga  yaqin  Xo’ja  Ahror  mavzesida  yashaydilar. 

Kattaqo’rg’onda esa ular Arabxona mahallasi va uning yon-atrofidagi bir qancha 

qishloqlarda  o’rnashganlar.  Arablar  okrugning  Kattaqo’rg’on  qismida 

Samarqanddagidan  ko’proq  deb  hisoblanadilar.  A.D.  Grebenkinning  qayd 

etishicha,  arablar  orasida  yarim  ko’chmanchilar  va  dehqonlar  ham  bo’lgan. 

Nisbatan  boyroq  arablarda  350  tagacha,  qolganlarida  o’rtacha  100  bosh  atrofida 

qo’y bo’lgan. Samarqand arablari Og’oliq (Ohalik) tog’i, Mironqul va Qodirberdi 

ko’li  atroflarida,  Kattaqo’rg’on  arablari  esa  Chimboy,  Jomgacha  ko’chib 

yurganlar.  Bu  esa  ularning  turmush  tarzida  chorvachilik  xo’jaligi  ustuvor 

bo’lganini ko’rsatadi. 

Arablar  jun  va  ip  gazlama  to’qish  bilan  shug’ullanganlar.  Ular  to’qigan  gilam 

ajabtovur  bezakli  bo’lgan.  Ular  o’zlaridan  uylanganlar  va  hatto  Kattaqo’rg’onlik 

arablar boshqa elatlar bilan quda- anda bo’lganlarni xush ko’rmaganlar. Qalin 40 

so’mdan    200  so’mgacha  to’langan.  Kambag’allar  o’zlarining  yaqin 

qarindoshlariga qalinsiz uylanganlar. 

“Birinchi  xil  arablar,  -  deb  yozadi  A.D.  Grebenkin,  -  harbiy  xizmatda 

kamdan-kam bo’ladilar,  ikkinchilari  hamisha  sipohiy bo’lib kelganlar. Savodlilar 

arablar orasida juda kam. ...Okrugda arablar soni 2000 xo’jalikdan oshmaydi”

10



                                                           

10 


Гребенкин А.Д. Мелкие народности Зерафшанского округа // Русский Туркестан. Сборник, изданный по 

поводу политехнической выставки. Вып. 2.-M., 1872.-С. 113-114 



13 

 

A.D.  Grebenkin Samarqand okrugining Kattaqo’rg’on qismida  yashovchi arablar 



haqida  ma’lumot  berganida,  ularning  “qarindoshlari  Qarshi  okrugining  g’arbiy 

qismida yashashlarini, ular yaxshi otlari va alohida zotdor qo’ylari bilan mashhur 

ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga u Qarshi arablari o’zaro buzilgan arab tilida 

gaplashadilar”,  deb  eslatib  o’tadi

11

.  Xuddi  shuningdek,  L.  N.  Sobolev                           



N.  Xanikovning  arablar  Samarqand  atrofida  ko’chmanchi  hayot  kechiradilar, 

degan fikrini ham ma’qul topmaydi. “Bu to'g'ri emas,  - deb yozadi  ular yo to’la 

o’troqlashgan, yo yarim ko’chmanchi hayot kechiradilar, ya’ni yerga ishlov berish 

ularning  asosiy  mashg’uloti  bo’lib,  chorvachilik  ikkinchi  darajalidir. 

Kattaqo’rg’on qismida arablar ko’chmanchi hayotga yaqin turmush kechiradilar. 

Okrugda  ular  kam  sonli,  ammo  o’zligini  saqlab,  qiyinchilik  bilan  o’zga  elatga 

singishib boradi. Samarqand qismidagi arablar Angar (Darg’om- R.R.) tumanining 

bir  chetida  o’tirishadi,  ularni  bu  joyda  1200  jon  hisob  qiladilar.  Shu  hududning 

Ofarinkent  tumanidagi  Arabxona  degan  qishloqda  246  odam  yashaydi.  Bundan 

tashqari,  aytish    joizki,  ular  Yangiqo’rgon  tumanida  juda  oz  (45  jonga  qadar) 

miqdorda  o’rnashganlar.  Kattaqo’rg’on  qismida,  ko’rib  o’tganimizdek,  arablar 

aynan  Kattaqo’rg’on  shahrida  (Arabxona  mahallasida  -  145  jon)  va  uning  yon- 

atrofidagi ba’zi qishloqlarda yashaydilar”

12



O'zbekiston  hududida  yashab  kelgan  arablarning  geografik  joylashuvi  va 

miqdori  haqida  I.I.  Geyler,  A.  Kun,  D.N.  Logofet,  Girshfeld  va  Galkinlar  ham 

ma’lumotlar  berganlar.  “Turkestanskiye  vedomosti”  gazetasining  1875  yil          

10-sonida,  masalan,  Amudaryo  bo’limidagi  (Qaraqalpog’iston)  Sho’raxon 

mavzesida  47  xonadondan  iborat  arab  jamoasi  hayot kechirayotgani haqida xabar 

berilgan.  Sho’raxon  arablari  haqida  yana  O.I.  Shkapskiy  ham  eslatib  o’tgan.                

L. Kostenkoning 1871 yilda chop etilgan “O’rta Osiyo va unga rus fuqaroligining 

kiritilishi”  nomli  asarida  Zarafshon  vohasida  kam  sonli  ko’chmanchi  arablar 

yashayotgani qayd etilgan. Girshfeld va Galkinlar Xiva xonligining harbiy statistik 

tavsifiga  bag’ishlangan  tadqiqotlarida  Xorazmda  arablar  voha  aholisi  umumiy 

                                                           

11

O’sha asar. -  114-bet 



 

12

O’sha asar. - 149-bet. 



14 

 

sonida  juda  kam  foizni  tashkil  etishi,  faqatgina  Pitnak  bekligida  aholining  19% 



arablar ekanligi aniqlangan

13



Asarning  nomidan  ham  ko’rinib  to’rganidek,  masalaga  harbiy  nuqtai 

nazardan  yondoshgan  mualliflar  aholi  sonining  aniq  bo’lishiga  katta  ahamiyat 

qaratganlar. Masalan, Xiva vohasida yashaydigan arablar 1926 kishi ekanligi (Xiva 

va  uning  atrofida  108  oila,  540  jon;  Pitnakda  240  oila  va  1200  jon;  Amudaryo 

qismining Sho’raxon bo’limida esa 31 oila, 186 jon) ko’rsatib o’tilgan

14



Buxoro  xonligi  haqida  bir  necha  kitoblar  yozgan  D.N.  Logofet  Buxoro 

vohasida  arablarning  Bakr  ibn  Vali,  Bani  Ali,  Bani  Tamim  va  Abdulqays 

urug’larining avlodlari yashayotganligini qayd etadi. “Buxoro xonligida joylashgan 

arablar,  -  deb  yozadi  u,  -  asrlar  o’tishi  bilan  ko’p  jihatdan  o'zbeklarga  qo’shilib 

ketgan  bo’lsada,  biroq  xonlikda  hamisha alohida  yashab,  alohida  jamoani  tashkil 

etganligi  sababli,  o’z  qabilasining  ba’zi  bir  tashqi  alomatlarini  saqlab  qola  olgan. 

Hozirgi  vaqtda  arablar  Kabodiyon,  Shahrisabz,  Hisor,  Chiroqchi  bekliklarida 

uncha  ko’p  bo’lmagan  miqdorda  uchraydi,  zero,  geografik  xaritaga  nazar 

tashlansa,  arablar  qachonlardir  Balx  va  Samarqand  yo’li  bo’ylab  joylashganligini 

ko’rish  mumkin”

15

.  Bundan  ko’rinadiki,  ushbu  ma’lumotda  boshqa  mualliflarda 



uchramaydigan,  ammo  arablar  oz  bo’lsada,  yashab  kelayotgan  bekliklar  sanab 

o’tiladi. 

N.  Xanikov  o'zbeklarning  urug’larga  bo’linishi  haqida  fikr  yuritib,                    

D.N.  Logofet  ta’kidlagan  “arab”  urug’ini  tilga  olgan  edi.  Professor 

X.Doniyorovning ko’rsatishicha, N. Xanikov Buxoroda bo’lgan vaqtida qandaydir 

bir o'zbek kishi tomonidan yozilgan “Насядь Памяти - Узбекия” (“Nasabnomayi 

O’zbakiya”)  degan  kitobni  qo’lga  kiritgan  va  o’zi  tomonidan  yozib  qoldirilgan 

urug’larning  ko’pchiligini  o’sha  qo’lyozmadan  olganligini  qayd  etib  o’tgan.  U 

o'zbeklarning  juda  ko’p  urug’  va  qabilalarga  bo’linishi  haqida  gapirar  ekan, 

yuqoridagi qo’lyozmaga asoslanib, o'zbeklarning quyidagi  urug’larini misol qilib 

keltiradi: 1. Mang’it. 2. Ming. 3. Yo’z. 4. Qirq. 5. O’ng. 6. O’ ng’ochit. 7. Jaloyir. 

                                                           

13

Гиршфельд. Военно-статистические описания Хивинского оазиса. - Т., 1903.-С. 74. 



 

14

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-169.b.  



15

Логофет Д.Н. Бухарское ханство под русским протекторатам. Т. 1. - СПб., 1911. - С. 174. Мадамиджанова  



15 

 

8.  Saroy.  9.  Qo’ng’irot.  10.  Yalchin  (Olchin).  11.  Orgun  (Arg’un).  12.  Nayman. 



13. Qipchoq. 51. Arab...”

16



N.  Xanikov  o'zbek  urug’  va  qabilalarining  hamda  ularning  har  xil  katta-

kichik  bo’linishlarining  300  dan  ko’proq  nomini  keltiradi.  Ular  ichida  arab 

etnonimi  borligini  ham  ta’kidlaydi

17

.  Demak,  D.N.  Logofet  aytgan  o'zbeklarning 



“arab”  urug’i  ular  tomonidan  arablarga  nisbat  berilgan  va  XIX  asrning  birinchi 

yarimlarida, hatto, mahalliy yozma manbalarda ham ko’p sonli o'zbek urug’laridan 

biri sifatida sanab o’tilgan etnonimdir. 

  

XIX  asr  oxirlarida  Rossiya  imperiyasi  hukumati  butun  mamlakatda 



(mustamlakalarda  ham)  aholini  ro’yhatga  olish  yo’riqlarini  belgilaydi.  1897  yili 

Rossiyada  birinchi  aholini  ro’yhatga  olish  o’tkaziladi.  Bu  tadbir  jarayonida 

masalan, butun Turkiston o’lkasi bo’yicha birgina Sirdaryo viloyatida yashaydigan 

634 nafar arab hisobga olingan, holos. 

V.V.  Bartold  Samarqand  viloyati  bo’yicha  yo’l  ko’rsatkich  dalillariga  asoslanib, 

o’sha  paytda  birgina  Samarqand  okrugida  20000  nafar  arab  yashagan,  deb 

ko’rsatib o’tadi. 

 

V.V. Bartold Buxoro xonligida asrlar osha yashab kelayotgan arablarning 



o’z  qabila  nomlarini  saqlab  kelayotganini  ta’kidlaydi.  U  arab  qabilalari  orasida, 

ayniqsa,  Darvoz  chegarasidagi Yaxsuvda qurayshiylar yashashini, ular ona tilini 

unutib,  o'zbekcha  gaplashishlarini  qayd  qilib  o’tadi.  Shu  o’rinda  ta’kidlab  o’tish 

kerakki,  ona  tilini  yo’qotgan  arablarning  tubjoy  aholidan  tafovuti  ularning 

hunarmandchiligida  saqlanib  qolgan.  Masalan,  jundan  to’qilgan  gilamlarda, 

matolarga  solingan  bezaklarda  arab  ornamentlari    naqshlari  an’anaviy  tarzda 

davom ettirilgan. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling