Uzoqqa otish


Download 96.69 Kb.
bet1/4
Sana03.10.2020
Hajmi96.69 Kb.
  1   2   3   4

1 SINF HARAKATLI O’YINLARI
UZOQQA OTISH

O’YINGA tayyorlanish. O’quvchilar teng 5-8 ta komandaga bo’linadilar. Har bir komanda bir qatorga saflanib start chizig’ini orqasida turadilar.

Komandalarning birinchi bo’lib turgan o’yinchilari bittadan (ogirligi1-1,5kg) to’ldirma to’p oladilar.

O’YINNING TAVSIFI.

O’qituvchi signal berishi bilan birinchi o’yinchilar start chizig’ida turib to’pni kelishib olingan usulda (ikki qo’llab pastdan, boshlari ustidan oshirib, o’ng yoki chap qo’l bilan) iloji boricha uzoqroq otadilar.

Ikkinchi nomerli o’yinchilar esa to’plarni tushgan joyidan otadilar. O’yin shu zalda davom etadi. Umumiy hisobda to’pni eng uzoqqa otgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’YINNING QOIDALARI.

1.O’yinni keng, ochiq maydonda o’tkazish mahqul. 2.Har bir komandaga bittadan hokkey bo’lishi va to’pning tushgan joyini aniklashi kerak. 3. O’yinda hamma usuldan foydalanish mumkin.

PEDAGOGIK ahamiyati.

O’yin to’pni pastdan oshirib otish va ilib olish malakalarini takomillashtirishga yordam beradi. O’yinda o’yin qatnashchilaridan diqqat, kuzatuvchanlikni, harakat reyaksiyasini tezligini harakat koordinatsiyasini tezligini talab qiladi! Har hil usulda otish qo’l mo’shaklarini rivojlantirishga yordam beradi.


AYLANA ICHIGA KIRITISH.

O’yinga tayorlanish. O’ynovchilar sakkiz kishidan bo’lib, 4-5 komandaga bo’linadilar. Yerga birining diametri 1-1,5 metrli 4ta aylana chiziladi. Har bir aylana atrofida to’rt komandaning ikkitadan vakili, yahni 8o’yinchi va bir-bir bilan ko’l ushlashib turadi. Har bir davra uchun bittadan hisobchi tayinlanadi.

O’yinning tavsifi. O’yin rahbarining signala bilan boshlanadi. O’yinchilari aylana bo’ylab, chap yoki o’ng tomonga siljib yurib, qo’llarini qo’yib yubormasdan bir-birlarini tortish, kisish bilan yonlaridagi o’yinchilarni aylana ichiga kiritishga yoki bir oyog’i bilan bo’lsa ham qadam ko’ydirishga o’rinadalar. Aylana ichiga qadam ko’ygan o’yinchi 1ochko yutkazadi. Aylana atrofida aylanib yurganda ko’llarini qo’yib yuborganlar ham bittadan ochko yutkazgan hisoblanadilar. Sodir bo’lgan har bir hatodan keyin o’yin qisqa vaqt to’htatiladi, aylanaga qadam ko’ygan o’yinchilarga tashqariga chikish uchun, ko’llarini ajratib yuborgan o’yinchilarga esa yana ko’l ushlab olishi uchun imkon beriladi. O’yinchilari boshqa komandaga o’yinchilariga qaraganda kamroq jarima ochkosi olgan komanda yutgan hosoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1.o’yindagi har bir tanaffusdan so’ng aylana atrofida siljib yurishning yo’nalishi o’zgartiriladi.2. O’yinda qo’pollik qilish taqiqlanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarda kuch, epchillik, chidamlilik va tirishqoqlikni rivojlantiradi, bolalarni bir vaqtini o’zida harakatga kirishib ketishiga, boshqa o’yin qatnashchilarini tirishkokligi bilan o’zlarini harakatini birgalikda harakat qilishga o’rgatadi va qobilyatini ijobiy baholay oladi. O’yinning o’ziga hos harakati qarshilik ko’rsatish va kurashishni boshqa elementlari.
SIGNALNI ESHIT!

O’yinning tavsifi.Sinf o’quvchilari kolonna bo’lib maydon bo’ylab harakat qiladilar. O’qituvchi bitta chapak chalganda hamma o’quvchilar qo’llarini bellariga qo’yadilar, ikkita chapak chalganda esa qo’llarini oldinga uzatadilar. Yanglishgan o’quvchilar kolonna ohiriga o’tib, o’yinda yana qatnasha boshlaydilar. Endi mashqlar uzgartirib yuboriladi. Qolonnada o’z o’rnini tark etmagan o’quvchilar g’olib hisoblanadilar.

Pedagogik ahamiyati. O’yin yugurish, tezlikni, zehn o’tkirligini, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. O’yin bolalarda signalga tez reaksiya berishni, tezda joyni topa olishga yordam beradi.
KARTOSHKA EKISH.

O’YINGA tayyorlanish. O’ynovchilar o’zaro teng 2yoki 3 komandaga bo’linib bir-biriga parallel qatorlarga saflanadilar. O’yin uchun 5 tadan kartoshka solingan 2-3 halta bo’lishi kerak. Qatorlardan 20-30 metr nariga ketma-ket 5 tadan doiralar chiziladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchi. “DIQQAT!”, “marsh”,-deb komanda berishi bilan qator boshida turgan o’yinchilar o’z doirachalariga yuguradilar, kartoshkalarni doirachalar ichida qoldirib, yugurgunlaricha qaytib keladilar va haltachalarni navbatdagi o’ynovchilarga beradilar. Bu o’ynovchilar ham yugurib borib kartoshkalarni haltachalarga soladilar va yana o’z qatorlariga qaytib keladilar va h. Hamma o’ynovchilari oldinrok yugurib bo’lgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1.Kartoshkalarni faqat doirachalar ichiga qo’yish kerak. Agar biron kartoshka doiracha ichidan dumalab chiqib ketsa o’ynovchi qaytib kelib, uni doirachaga ko’yishi va shundan keyingina yugurishni davom ettirishi mumkin. 2.Sherikdan haltani qabul qilib olgandan keyingina yugurib ketishi mumkin. 3.Yugurib qaytib kelgan o’ynovchi qatorning ohiriga borib turadi.

Pedagogik ahamiyati. O’ynovchilar aniq, tez, jamoa bo’lib turishga o’rganadilar. O’yinda tez, chaqqon, egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinni o’ziga hos harakati yugurish va kartoshkani aniq qo’yib chikish.
SAVAT YOKI YASHIKKA TO’P TUSHIRISH.

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar bittadan bo’lib uch, to’rt qatorga saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo’lsa, shuncha savat (diametri 50 sm) yoki yashiklar o’rnatiladi. Savatlar qatoridan 3,,-4 metr naridagi ustunchalarga yoki darahtlarga o’rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo’lib turganlarni oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi. Qator boshidagi turganlarga bittadan to’p beriladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan qator boshida turganlar to’plarini uloqtirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Kator ohirida turganlar esa yerga tushgan to’pni olib kelib navbatdagi o’ynovchilarga topshiraddilar, to’p irg’itganlar to’pni olib keluvchilar o’rniga borib turadilar. Savatga ko’proq to’p tushirgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinniing qoidalari: 1.To’pni savatga irg’itganda chiziqdan nariga o’tish mumkin emas. Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushirilgan to’p hisobga olinmaydi. 2.Hamma o’ynovchilar navbat bilan savatga to’p irg’itishlari lozim.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarda basketbol elementlarini ayrim malakalari mustahkamlanadi va takomillashtiradi. Bundan tashqari o’yinda bolalarda o’z kuchiga ishonish, diqqatni va tezlik reaksiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinda o’ziga hos harakati to’pni savatga tashlash.
OQ TOSH.

O’yinga tayyorlanish. O’yinda 10 dan 40 nafarga yaqin o’quvchi qatnashishi mumkin. O’yin katta yalanglikda, sport maydonchasida yoki zalda o’tkaziladi. O’yinni o’tkazish uchun oddiy oq tosh kerak. Tayyorlanish. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linadilar. Har bir komandaga onaboshi tayinlanadi.

O’yin boshlanishidan oldin o’yin rahbari yoki o’yinda qatnashayotgan o’quvchilardan biri oq toshni belgilangan joyga yashiradi.

O’yinning tavsifi. Rahbar silnal berishi bilan o’quvchilar toshni kidirish uchun oldindan belgilangan maydonga tarkalib ketadilar. Toshni topgan o’yinchi uni qarshi komanda o’yinchilariga sezdirmasdan o’zi yoki sheriklari bilan qo’ldan-qo’lga uzatib rahbarga olib kelib berishi kerak. Agar qarshi komanda o’yinchilari tosh topilganini sezib qolsalar uni qo’lga tushurishga o’rinadilar. Toshni olib borayotgan o’yinchiga qarshi komanda o’yinchisi qo’lini tekkizib olsa tosh uya o’yinchiga beriladi va u ham toshni sheriklari orasidan qo’lma-qo’l uzatib o’yin rahbariga etkazish uchun harakat qiladi. Komandalardan biri ok toshni o’yin rahbariga olib kelib bergandan keyin o’yin to’htatiladi. Toshni rahbarga keltirib bergan komanda g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda ijodiy tashabbuskorlikni, fikrlashni, chaqqonlikni tez harakatlanishni rivojlantiradi. O’yin bolalarda topqirlikni qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon beradi. O’yin bolalarda kuzatuvchanlikni va harakat reyakstiyasi tezligini talab qiladi. O’yinni o’ziga hos harakati toshni bildirmasdan qo’ldan-qo’lga uzatish va yugurish.
SAKROVCHILAR.

O’yinga tayorlanish. Bolalar 2-4 komandaga bo’linadilar va bir qatordan bo’lib start chizig’i orqasida turadilar.Start chizig’idan 1m narida 20sm oraliqda bir necha chiziq chiziladi. Bu chiziqlar 1, 2, 3, 4, va hokazo raqamlar bilan begilanadi.Ayni payitda shu chiziqlar ochkolar sonini bildiradi, yahni bolalar qaysi chiziqqa sakrasalar, shucha ochko oladi. O’yin paytida 3-4 ta hakam saylanadi.

O’yining tavsifi. O’qituvchini signalidan so’ng birinchi o’yinchilar start chizig’idan iloji boricha uzoqroqqa sakrashga harakat qiladilar. Keyin ikkinchi, o’yinchi va hokazo bolalar sakraydilar. Hakamlar ochkolar sonini hisoblab chiqib har bir komanda qancha ochko to’plaganini aniqlaydilar va yutgan komandani e’lon qiladi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda turgan joydan uzunlikka sakrash malakasini takomillashtirishga yordam beradi. O’yin diqqatni, ziyraklikni, shijotlilikni, shaylikni rivojlantiradi. O’yin o’zini va o’rtoqlarini kuchiga ijibiy baho berishni rivojlantiradi. O’yinlagi asosiy harakatni turgan joyidan uzunlikka sakrashdir.


SIGNALNI ESHIT.

O’yinning tavsifi. Sinf o’quvchilari qolonna bo’lib maydon bo’ylab harakat qiladilar. O’qituvchi bitta chapak chalganda hamma o’quvchilar qo’llarini bellariga ko’yadilar, ikkita chapak chalganda esa qo’llarini oldinga uzatadilar. Yanglishgan o’quvchilar qolonna ohiriga o’tib, o’yinda yana qatnasha boshlaydilar. Endi mashqlar uzgartirib yuboriladi. Qolonnada uz o’rnini tark etmagan o’quvchilar g’olib hisoblanadilar.

Pedagogik ahamiyati. O’yin yugurish, tezlikni, zehn o’tkirligini, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. O’yin bolalarda signalga tez reaksiya berishni, tezda joyni topa olishga yordam beradi.
ESHITIB TOP.

O’yinga tayyorlanish. Bu o’yin yalanglikda, dalada yoki teks ko’katzorda o’tkaziladi. O’ynovchilar oralarida 3 metrdan joy qoldirib bir qatorga saflanadilar va ko’zlarini boglaydilar. Onaboshi o’ynovchilardan tahminan 100-500 m narirokda turadi.

O’yinning tavsifi. Onaboshi signal beradi ( hushtak chaladi, karsak uradi, yoki ko’ng’irok chaladi). Hamma signal berilgan tomonga qarab yuradi va onaboshiga yakinrok kelishga harakat qiladi. Ikkinchi signal berilgach, hamma ko’z bogichini echib tashlaydi va o’zi onaboshidan qanchalik uzoqda turganini ko’radi. Onaboshiga eng yakin kelgan o’quvchi g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda diqqatni, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek o’yin qatnashchilarini chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini takomillashtiradi. O’yinni o’ziga hos harakati onaboshiga yaqinroq kelish.


AKULA HUJUMI.

O’yinga tayyorlash. O’quvchilarni bir necha guruhlarga bo’lib, ularga baliqlarni nomi beriladi. Ularning hammasi maydonchaning chetlarida chizilgan doiraning ichida turadilar. O’yinboshi «Akula» esa maydonchaning o’rtasida doirada turadi. O’qituvchining o’zi oldin «Akula» vazifasini bajaradi. U bakirib, bita yoki bir nechata baliqning atrofida yugura boshlaydilar.

O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin «Akula» esa baliqlarga hujum qiladi. «Akula»ning qo’li tekkan o’yinchi «Akula»chaga aylanadi va o’yinchilarni tutishga yordamlashadi. O’yin shu paytgacha davom etish mumkin, qachonki o’yinchilar «Akula»ga aylanib bo’lmaguncha davom etadi.

Pedogogik ahamiyati. Bu o’yinda balalar birgalikda kelishgan holda, harakat qilishni o’rgatadilar. O’yin qat’iylikni, chaqqonlikni, chidamlilikni, tezlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi.

O’yin bolalarni maydonchada joyni topa bilishni o’rgatadi va chidamlilikni tarbiyalaydi. O’yinni o’ziga hos harakatni-yunalishni uzgartirib yurugirish.

KIM KO’P OTADI.

O’yinga tayyorlash. O’ynovchilar teng ikki komandaga bo’linadilar. Har bir komandada o’yinchilar uz kapitanlarini saylab o’rtaga chiqadilar. Maydon o’rtasida turgan to’pchi birinchi bo’lib etib kelgan to’pni olgan kapitanning komandasi to’pni otishni boshlaydi. To’pni olgan komanda doira hosil qilib turadilar, ikkinchisi esa o’rtada turadi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal bergandan keyin to’pni o’yinchilar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan o’yinchildar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan o’yinchilarni urishga harakat qiladilar. To’p to’g’ri borib o’yinchiga tegsa otuvchi komandaga ochko beriladi. O’yin 5-6 minut uynalgandan keyin, komandolar o’rinlarini almashtiradilar. Belgilangan vaqt ichida ko’proq ochko to’plagan komanda yutgan hisoblanadi.

O’yin qoidasi. 1. To’p erga tegib, so’ngra o’yinchiga tegsa hisoblanmaydi. 2. Doiraning ichiga kirib urish man etiladi.

Pedogogik ahamiyati. O’yinda harakatchan nishonga uloqtirish malakasini, to’pni otish va ilib olishni tashabuskorlikni va mustakil harakat qilishni rivojlantiradi. O’yinni asosiy harakatni –harakatchan nishonga nishonni olish hisoblanadi.
"BEKINMACHOQ" O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yin bolalarda kuzatuvchanliq, sezgirlik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o’yin uchun butazor yoki uylar bo’lishi kerak. Marrada qoladigan o’ynovchi shunday aniqlanadi. Bir to’da bolalar baravariga:

- Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko’rdi? - deya solib qo’llarini baland ko’taradilar. Kim ko’tarishdan orqada qolsa, usha bola marrada qoladi.

O’yin tavsifi. O’yinni boshlash navbati aniqlangan keyin, qolgan bolalar yashirishga ketadilar. Qolgan o’ynovchi esa yotadi yoki yuzini devorga qilib turib bakiradi:

-Bo’ldimi? Bo’ldimi?- deydi va sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch to’rt, besh, olti, etti ketdim. Bo’lsa ham bo’ldi - bola ko’zini ochadi, tevarak atorofni sinchiklab kuzatadi va bolalarni esa topish tomonini mo’ljaplab qidira boshlaydi. Birinchi bo’lib topgannin gismini aytadi:



-Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkingan bolalarni topsa:

-Bekinma, koch, yuzingoch, to’hta topdim va hokazo.

O’yin qoidalari.

1. Etti deb sanaguncha o’ynovchilar yashirini bo’lishlari shart.

2. Yashiringan bolani topsa u tutilgan hisoblanib marraga olib kelinadi.

3. Qolgan o’yinchilar bilintirmasdan marraga kelishlari mumkin.

4.Hamma o’ynovchi yigalib bo’lguncha o’yin davom etadi, so’ngra yangi to’gshovchi anikdanib o’yin boshlanadi.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda sezgirlik, diqqat, kuzatuvchilikni tarbiyalaydi. O’yinda chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantarishga yordam beradi. O’yin o’ziga hos harakati- yugirishdir.
OQ TERAKMI KO’K TERAK

O’yin tavsifi. Barcha o’yinchilar baravar ikki komandaga bo’linadilar. Har bir komanda o’z kapitanini saylaydi. Har bir komandanining o’yinchilari bir- birlari bilan mahkam qo’l ushlashib turadilar. Bir komanda o’yinchilari baravariga “oq terakmi ko’k terak, bizdan sizga kim kerak?”- deb so’raydi. Ikkinchi komanda ahzolari “sizdan bizga (qarshi komanda o’yinchilardan birining ismini aytib) kerak!” Ismi aytilgan o’yinchi kelib qarshi komanda qatnashchilari hosil qilib turgan “zanjirni” o’zishga harakat qiladi. Agar zanjirni uza olsa, shu komanda o’yinchilaridan birin o’z komandasiga olib ketadi, uza olmasa, o’zi shu komandada qoladi. Shundan keyin o’yin komandalar roli almashinib davom etaveradi.

O’yin qoidalari:


  1. Zanjirni faqat chaqirilgan o’yinchi kelib o’zishi kerak.

  2. Zanjirni uza olmasa, ikkinchi marta o’zishga ruhsat etilmaydi.

  3. Zanjir hosil qilishda ro’molcha, arqon va hokazolardan foydalanish mumkin emas.

  4. Chaqirilgan o’yinchi to’satdan bir otilib zanjirni o’zib o’tib ketishi uchun qarshi komanda o’yinchilarining diqattini chalg’itadigan harakatlar qilishi mumkin

Pedagogik ahamiyati. O’yin tez yugurishni, diqatni, sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi. O’yin bolalarni ahil bo’lib harakat qilishga, tezda to’g’ri yo’nalishni olishga o’rgatadi. O’yinni o’ziga hos harakati tez yugurish va zanjirni uzish.
QUYONLAR POLIZDA O’YINI

O’yinga tayyorgarlik. Polda yoki erda avtomobil pokrishkalaridan doira hosil qilinadi. Doirani diametri 4-5 m bo’ladi. Hamma o’ynovchilar – “quyonlar”- doirani tashqarisida turadilar, o’yinboshi –“qorovul”- polizda doirani ichida turadi.

O’yin tasnifi. O’qituvchining signalidan keyin quyonlar pokrishkani ustidan sakrab-sakrab polizga to’shadilar va orqaga qaytib chiqadilar. Qorovul, doira ichiga turib, iloji boricha ko’proq quyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha daqiqadan keyin o’yin to’htatiladi, qo’lga tushganlar qo’llaringizni yuqoriga ko’taringlar deb aytiladi. O’qituvchi ularni sinab chiqadi va yahshi o’ynagan o’yinchilardan yangi ona boshi saylanadi. O’yin qaytadan davom etadi.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yini diqqat jasoratni, zehn o’tkirlikni tarbiyalashga yordam beradi. O’yinda tezlik va epchilikni, kuch chidamlikni, sikrovchanlikni rivojlantiradi. O’yindagi asosiy harakat chap berib yugurish hisoblanadi.
DANAK

O’yinning tavsifi. Bu o’yinda o’ynovchi bola yoki qizlar 2 ta 3, 4 va hakoza bo’ladi. Bu o’yin kapalak o’yini kabi o’ynaladi. Bunda bir o’ynovchi danak yashiradi. Kim topsa danakni, o’sha o’yinni boshlaydi. O’yin o’ynashda 10-20 ta danak hovuch qilib ushlab yuqoriga sekin otamiz va qo’larimizni teskari tomoni bilan bir nechta danak ilinadi. Ilingan danaklardan faqat bir donasi qoldirib, qo’limizni ichki tomoniga o’tkazamiz. O’tkazganda tosh ozgina yuqoriga irg’itilib, qo’lning ichki tomoni bilan ilib olinadi. Bunda ikkinchi ko’rsatkich va o’rta barmoq bilan ayri qilib uycha qilinadi.

Qo’ldagi danak yuqoriga otilib, erdagi danaklarni bittalab uychaga kirgizamiz. O’yin o’ynalayotganda irg’itilgan tosh ushlab qolinmasa, o’yin ikkinchi bolaga o’tadi. O’yin shu tarzda davom etiladi.



O’yinning pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda bolarda chaqqonlik, sezgirlik, tezkorlik malakalarini rivojlantiradi.
«JAMBIL»

O’yinning tavsifi. Bu o’yinda o’quchilar 2 guruhga bo’linadi. O’yinchilar asosan har ikki guruhda 5 – 6 tadan bo’ladi. 1 chi gruppa o’yinchilari bergilangan uzoqlikdan to’pni katakchalar ichiga tahlangan toshchalarga otishadi. Katakchalar ichidagi toshchalar 4 ta bo’ladi.

Agar to’p dumalatilganda katak ichidagi toshga tegib toshlar yiqilsa, 2 chi guruh yinchilaridan bir o’yinchi jambo’l atrofida to’p bilan qo’riqlaydi. Agar birinchi guruppa o’yinchilari toshlarni kataklarga qo’yish uchun yaqilashganda, qo’riqlovchi uni koptok bilan ursa, u o’yinchi o’yindan chiqadi. Agar shu guruh toshlarni kataklarga aniq qo’yib chiqsa bu guruh yutadi. Agar qo’yolmasa ular yutkazadi. O’yindan keyin 2 chi guruh asosiy o’yinda o’ynashadi. O’yin shu tarzda davom etadi.



O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yinda nishonga uloqtirish malakasini to’pni otishni va mustaqil harakat qilishni rivojlantiradi. O’yin asosiy harakati-koptokchalar ichidagi toshlarni aniq nishonga olish hisoblanadi.
JAMI O’YINI.

O’yinni tavsifi. Bu o’yinda 10-16 tagacha bo’lgan bolalar o’yinaydilar. Ular teng 2 komondaga bo’linadilar. Ular orasida komonda boshlii saylanadi. O’rtaga to’rtburchak chiziladi. Uning o’rtasiga doira chiziladi. Doiraning orasiga 5 ta tosh ustma-ust qilib teriladi. To’rtburchakning yonida 1 komonda sardori turadi. U turgan joyidan 6 qadam tashlab usha erni belgilanadi. Chiziqcha chizilib qo’yiladi. 2 chi komonda haligi ustma-ust qo’yilgan toshga birin-ketin koptok otadilar, toshga tegsa ular har tarafga qochadilar. 1 chi komonda sardori ularni quvlaydi. Kimga koptok tegsa u o’yinchi chiqadi. Ular qochishi davomida 4 burchak ichidagi toshni 5 ta tarafga qo’yadilar. Agar qo’ysalar o’yin davom etadi, termasa 2 chi komonda o’yinni boshidan o’ynaydi. Shu yusulda o’yin davom etadi.



O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yinda nishonga aniq uloqtirish malakasini tarbiyalaydi. O’yinda aniq nishonga olishni, chaqqonlik, tezlik, koordinatsion harakatni rivojlantiradi. O’yin asosiy harakati-aniq nishonga olish hisoblanadi.
SAKRABODOM ChUMChUQLAR”

Maydonda diametrini katta olib chiziladi. O’yinboshi, ya’ni “katta qush” doira tashqarisida turib doiraga sakrab turadi va “Chumchuqlar” doiraga sakrab kiradilar, “katta qush” esa ularni tutishga harakat qiladi (qo’lini tekkizadi). “Chumchuqlar” doira ichida qo’proq turishga va tutilib qolmaslikka harakat qilib, doiradan sakrab chiqadilar. Agar “katta qush” doira ichida turgan “Chumchuq”ni ushlasa, unda chumchuq bilan katta qush o’rinlarini almashtiradilar. O’yin shu tarzda davom ettiriladi.


QUYoNLAR POLIZDA”

Maydonchada diametri 8-10 m keladigan aylana chiziladi, bu aylana polizni bildiradi. Uning o’rtasida qorovul turadi (o’yinboshi). Qolgan o’yinchilarning hammasi – “quyonlar”. “Quyonlar” sakrab-sakrab polizga kiradi, o’tlarni, mevalarni urib eganday bo’ladi va qaytib chiqadi. Qorovul (o’yinboshi) ularni qo’qqisdan ushlashga kiradi. Poliz ichida qo’l tekkizilgan “quyonlar” ushlangan hisoblanadi. 3-4 quyon ushlagandan so’ng, boshqa onaboshi saylanadi. Bir marta ham qo’lga tushmagan o’yinchilar g’olib hisoblanadi.



O’Z BAYROQCHASIGA

O’yinga tayyorlanish. Katta yalanglik yoki bo’tazorning o’rtasida bayroq yoki tayyocha qo’yiladi. O’ynovchilar bayroqdan 40-60m masofada yarim doira bo’lib tizilib turadilar. Ularning har birida ko’zni boylash uchun ro’molcha yoki boylag’ich bo’lishi kerak.

O’yin tasnifi. Rahbarni signali bo’yicha o’ynovchilar ko’zlarini boylaydilar. O’yin rahbari (etakchi) har-hil buyruqlarni beradi. «Chapga!», «o’ngga!», «Orqaga» va b.q. Bu buyruqni barcha bajaradi. «Hamma o’z bayroqchasiga qadamlab yuring buyrug’i berilgan» keyin, ko’zlaridan boylagichni olmasdan, rahbarni sanoqlari ostida hamma bayroq tomon yuraboshlaydilar. Rahbar 15-20 qadamdan keyin «To’hta!» buyrug’i beriladi, shundan keyin o’ynovchilar joylarida to’htaydilar va ko’zlaridan boylagichni oladilar. Bayroqqa yaqin kelgan, o’yin qatnashchilari g’olib hisoblanadi. Faqat rahbarni signali bo’yicha, bir necha marta siljishi va to’htashi mumkin.

O’yin qoidasi.1. «To’hta!» buyrug’i berilmaguncha ko’zdan boylog’ichni echish va qarash man etiladi. Siljish vaqtida ko’zni ochib qaragan o’yinchilar o’yindan chiqariladi. 2. Buyruqni bajarmagan, o’yin qatnashchilari, o’yindn chiqariladi. 3. Bayroqqa faqatgina rahbarni sanog’i ostida yurishlari mumkin. 4. Rahbar bayroqni yon tomnida turishi kerak, buyruq berilgan vaqtda, o’ynovchilar tovush chiqqan tomonga nishonni ola bilmasliklari kerak.
QIRQ TOSH

O’yinga tayorlash. O’yin maysazorda, sport zalida yoki maydonchada ham o’tkaziladi. Start chizig’idan boshlab uzunasiga har bolani hisobga olib (6-6, 10-10, 20-20 va h.k ) bir metrdan aniq parallel chiziiqlar belgilaniladi. Har bir bola tosh o’rniga bittadan lattadan tikilgan koptakchani qo’liga ushlab tayorlanib turadi.

O’yinning tavsifi. Hakam yoki o’qituvchining hushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib, o’z joyiga qaytib olib keladi. Ohirgi o’yinchi toshini olib borib qaytgandan so’ng yana biri o’z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi komanda birinchi bo’lib o’z koptokchalarini terib olib kelsa, o’sha komanda g’olib deb hisoblanadi.

Qoidalar: chiziqdan chiqish, koptokchani boshqa o’yinchilarga uzatish, oldindan start chizig’idan chiqish man etiladi.

Pedagogih ahamiyati. O’yinda tezkorlik reakstiyasini, aniq mo’jjalga olish, harakatlarni o’ziga mosligini, tez fikirlashni o’rgatadi. Chunki o’yinni komandali bo’lganligi uchun jismoniy his qilishni rivojlantiradi. O’yin o’ziga hos harakati koptokni doiraga aniq qo’yish va olib kelish
Download 96.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling