V. A. Kovda (1973) tuproqning potensial unumdorligi mezoni sifatida, tuproqning ichki energiyasi miqdorini olishni taklif etadi. Ammo tuproqshunoslik fanining hozirgi bosqichida tuproq-o’simlik tizimida jarayonla


Download 16.75 Kb.
bet1/3
Sana12.11.2021
Hajmi16.75 Kb.
  1   2   3

Tuproqshunoslik fanida tuproq unumdorligini baholash masalalari, uning ko’rsatkichlari va mezonlari eng kam o’rganilgan sohadir. Yerlarni baholash yer resurslaridan to’g’ri, oqilona foydalanishni tashkil etish, tuproqlarning unumdorligini saqlash, qayta ishlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bonitirovka ( baholash ) ---- bu tuproqlarning sifati va ishlab chiqarish qobiliyatini, dehqonchilik tizimi intensifikatsiyasi va agrotexnikaning o’rtacha darajada, qiyosiy baholashdir. U tuproqlarning tabiy, shuningdek, madaniylashtirilishi natijasida yuzaga kelgan xossalarini hisobga olgan holda tuziladi.

Respublikamizda, tabiiyki, sug’oriladigan tuproqlar unumdorligini baholashga katta e’tibor beriladi.

Chunki, mamlakatimizda yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 95% idan ortiqrog’i, (ya’ni shu yerda) sug’oriladigan tuproq sharotida yetishtiriladi.

Ma’lumki, turli q/x ekinlari, tuproq unumdorligiga har xil talab qo’yadilar. Masalan, ayrim o’simliklar nordon muhitda yaxshi rivojlansalar, ayrim o’simliklar esa, kuchsiz ishqoriy muhitda yaxshi o’sib hosil beradilar. Shuning uchun ham tuproq unumdorligi, ma’lum bir o’simlik turi yoki guruhlari uchun baholanadi. O’zbekistonda tuproq unumdorligi, asosiy q/x ekini, g’o’za uchun belgilanadi.

Tuproq unumdorligini baholashda, fan va texnika rivojlanishining ma’lum bir bosqichida olingan o’rtacha agrotexnikaviy sharoitda aniq o’simlik turiga nisbatan, tuproqning samarali unumdorligini baholash zarurdir.

Tuproqni baholash ishlarida uning qaysi xossa va xususiyatlariga tayanish masalasi alohida ahamiyatga ega. Juda ko’p hollarda, tuproqlarni sifat jihatdan uning hosili bilan korrelativ xossalarini tanlab olish zarur deb hisoblanadi.

V.A. Kovda (1973) tuproqning potensial unumdorligi mezoni sifatida, tuproqning ichki energiyasi miqdorini olishni taklif etadi. Ammo tuproqshunoslik fanining hozirgi bosqichida tuproq-o’simlik tizimida jarayonlar energetikasi to’la o’rganib chiqilmaganligi tufayli, bu mezondan ham foydalanish qiyin.

Tuproq unumdorligini baholashda uning quyidagi xususiyatlari hisobga olinadi:



  1. Genetik xususiyati;

  2. Gumus miqdori;

  3. Mexanik tarkibi;

  4. Zichligi;

  5. Suv o’tkazuvchanligi;

  6. Singdirilgan kationlar tarkibi;

  7. Melkazem qatlamining qalinligi;

  8. Sho’rlanish darajasi;

  9. Eroziyaga uchraganlik darajasi;

  10. Gips miqdori va uning yer sathidan chuqurligi;

  11. Sho’rtoblanganlik darajasi;

  12. Karbonatlar miqdori va shu kabilar.

Tuproq unumdorligining shakllanishida, tuproq paydo bo’lish jarayoni katta ahamiyat kasb etadi. Respublikamizning sug’oriladigan maydonlari nisbatan katta maydonlarni egallamaydi, lekin ular tuproq-iqlim mintaqalarida joylashgan. Masalan, yillik yog’in miqdori yoki samarali harorat yig’indisi shimoliy va janubiy regionlarda sezilarli darajada farqlanadi. Iqlim sharoitining turliligi, tuproq paydo qiluvchi jinslarning tarkibi, yoshi, shakllanishi bilan bog’liq holda, tuproqlarning har xil unumdorlik darajasiga ega bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini baholashda tuproq paydo qiluvchi jinslar genezisi, joylarning issiqlik resurslari bilan ta’minlanishi, tuproq grunt qatlamining drenlashganligi yonbag’irlarning ekspozitsiyasi va nishabligi va shu kabilar hisobga olinishi lozim.

Tuzlarning miqdori, tarkibi va madaniy o’simliklar orasidagi bog’liqlik juda murakkab va uning ko’p qirralari haligacha to’la o’rganilmagan. Masalan, tuzlarning miqdori va tarkibi g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi va hosiliga ta’siri haqida ma’lumotlar ko’plab topiladi. Ammo ularning natijalari har xil va bu o’z navbatida ulardan bonitirovka maqsadida foydalanishni qiyinlashtiradi.

Ma’lumki, tuzlarning zararliligi ularni tashkil etgan ionlar bilan bog’liq. Bizning sharoitimizda eng ko’p zararli tuzlar --- xloridlar hisoblanadi. Xloridlarning tuproq eritmasidagi miqdori 0,01%dan oshsa, ular g’o’za o’simligining o’sishi va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Sulfat tuzlarining salbiy ta’siri, ularning miqdori 0,2 – 0,3% orasida bo’lganda kuzatiladi.


Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling