V. A. Kovda (1973) tuproqning potensial unumdorligi mezoni sifatida, tuproqning ichki energiyasi miqdorini olishni taklif etadi. Ammo tuproqshunoslik fanining hozirgi bosqichida tuproq-o’simlik tizimida jarayonla


Download 16.75 Kb.
bet3/3
Sana12.11.2021
Hajmi16.75 Kb.
1   2   3
Bo’z

tuproqlar

mintaqasi







Sug’oriladigan to’q tusli bo’z

--

--

90

100

90

100


Sug’oriladigan tipik bo’z

--

--

90

100

90

80


Sug’oriladigan och tusli bo’z

--

70

95

100

90

75


Bo’z-voha

--

--

90

100

80

70

Sug'oriladigan bo’z va o’tloqi bo’z

--

70

90

100

80

70


Sug’oriladigan o’tloqi

--

80

95

100

80

70


Sug’oriladigan o’tloqi-botqoq va botqoq-o’tloqi

--

75

80

75

65

60


Sug’oriladigan botqoq

--

75

80

75

65

60


O’tloqi-voha

--

75

95

100

85

70







Sahro

mintaqasi










Sug’oriladigan sur qo’ng’ir tusli

--

70

95

100

90

75


Sug’oriladigan taqirli

--

75

95


100

90

70


Sug’oriladigan taqir

--

80

100

90

80

65

Sug’oriladigan qumli-sahro


60

--

--

--

--

--

Sahro-voha


60

80

95

100

90

60


Sug’oriladigan sahro-o’tloqi va o’tloqi-sahro

60

80

100

85

75

60


Sug’oriladigan o’tloqi

70

85

100

90

80

70


Sug’oriladogan o’tloqi-botqoq va botqoq-o’tloqi

70

85

100

85

70

70


Sug’oriladigan botqoq

60

75

80

75

60

50

O’tloqi-botqoq


70

90

100

95

80

70


Sug’oriladigan tuproqlarni zichlanishi bo’yicha baholash.

Tuproqning eng murakkab agrofizik xususiyatlaridan biri tuproq qatlamining zichligidir. Ma’lumki, bizning tuproqlarimiz strukturasi kam, doimiy ishlov berish buni yanada kamaytiradi, tuproqlarning zichlanishi oshib boradi. Tuproq zichligining roli, ya’ni uning unumdorligini belgilovchi faktor sifatida sug’oriladigan yerlarda yanada balandroq bo’ladi. Olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, tuproq zichligi 1,4 g/sm3 gacha bo’lgandagina o’simlik yaxshi rivojlanadi. Chunki bunda tuproqning suv rejimlari foydali mikroorganizmlar faoliyati uchun qulay, pathogen organizmlarning faoliyati esa, birmuncha susaygan bo’ladi. Tuproqlarning optimal zichligi agrotexnik tadbirlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:



  • Paxta chigitini pushtaga ekish texnologiyasini keng miqyosda joriy qilish. Bu texnologiyani tuproq tiplaridan va iqlim sharoitlaridan qat’iy nazar sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rta, og’ir qumoqli va loyli mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida qo’llash;

  • Tuproq ustki qatlamini polietilen plyonka, chirigan go’ng va lignin materiallari bilan mulchalash texnologiyasini sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, og’ir qumoqli va loyli mexanik tarkibiga ega bo’lgan tuproqlar hamda qo’llash vaqtida kuchli shamoldan xolis bo’lgan sharoitda joriy qilish;

  • Yerni tayyorlashda shudgorlash erta bahorda olib boriladigan agrotexnikaviy jarayonlar (chizellash, boronalash, malolash) paxta chigitini va boshqa q/x o’simliklarini belgilash, o’simlik vegetatsiyasi davrida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar tuproq xaritasi asosida tashkil etilishi lozim.

Rezina g'ildirakli traktorlarda bir necha bor ishlov berish natijasida tuproqlarning mikrostrukturasi ham parchalanib ketadi, zichligi, ayniqsa, haydov osti qatlamining keskin zichlashuvi kuzatilmoqda. Bu holda tuproq unumdorligini asosiy ko'rsatkichlaridan biri, suv va havo tartiblarining buzilishiga olib keladi. O'simlik o'sishi, rivojlanishi va hosil miqdori bir xil suv, ozuqa me'yorida har xil bo'lishi mumkin. Demak, tuproqlarning unumdorlik ko'rsatkichlari nisbatan o'zgarishi haydov qatlam zichligi bilan farqlanad va bonitirovka koeffitsientlari qo'llaniladi.

Tuproq haydov qatlam ostining zichlanishi bo'yicha bonitirovkalash koeffitsienti

Zichlanganlik darajasi



Bonitorovkalash koeffitsienti

Avtomorf

Yarim avtomorf va gidromorf

Zichlanmagan

1,00

1,00

Kam

0,90

0,85

O'rtacha

0,80

0,70

Kuchli

0,70

0,50

Juda kuchli

0,60

0,40

Tuproq unumdorligini oshirish va uning sarflangan qismini qayta to'ldirish uchun o'simliklardan yuqori hosil hamda biomassa olishga yo'naltirilgan organik, mineral va organomineral o'g'itlarni, komponrntlarni qo'llash, sideratsiya (oraliq ekinlar ekish)ni, almashlab va navbatlab ekishni yo'lga qo'yish zarur. Shular orqali tuproqni organik moddaga boyitishga erishiladi.

Har qanday tipdagi tuproqlarda ham dehqonchilik tizimini to'g'ri yo'lga qo'yish orqali undagi gumus miqdorini orttirib borish imkoniyati mavjud.

So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, g'o'za-g'alla ekinlari tizimida ekin maydonlari mineral o'g'itlar bilan talab darajasida ta'minlanmaganligi, ayniqsa, fosforli o'g'itlar bilan kam, kaliyli o'g'itlar bilan juda oz (10%dan ham kam) ta'minlanayotganligi natijasida o'g'itlarni qo'llash natijasining buzilishi sababli hosildorlikka salbiy ta'sir etmoqda. O'g'itlar taqchilligiga barxam berish uchun mahalliy o'g'itlarning hamma turidan (qoramol go'ngi, ot go'ngi, parranda qiyi, shahar chiqindilari, daraxt barglari, xazon va boshqa chiqindilardan) samarali foydalanish zarur. Shuningdek, tabiiy zaxiralari mavjud boyitilgan ko'mir kukuni, fosforit va noan'anaviy agrorudalar (bentonit loyi, glaukonit va b.) dan organomineral kompostlar tayyorlash va qo'llash muximdir.

O'zbekiston tuproqlarida gumus miqdorini defitsitsiz bir me'yorda ushlab turish uchun gektariga 17-18 tonna organik o'g'it kerak bo'ladi. Yuqoridagi me'yordan kelib chiqib, har bir sug'oriladigan gektar yerga kamida 2-3 tonna shartli qoramol yoki 3000-4000 parranda to'g'ri kelishi kerak. Masalan, 2000 gektar sug'oriladigan yerga ega bo'lgan shirkat xo'jaligida 4000-6000 bosh qoramol bo'lishi kerak.

Biz tuproq unumdorligini faqat tuproqning ma'lum qatlamlaridagi gumus zaxiralari bilan bog'lab baholashni yetarli emas deb hisoblaymiz. Bizningcha tuproqdagi organik moddaning mobil birikmalari miqdorini uning gumus holatini o'rganish asosida aniqlash muhimdir, chunki bunda gumus tarkibidagi azot miqdori va organik moddaning o'ziga xos va o'ziga mos bo'lgan qismlari hisobga olinadi. Lekin bunday natijalarni olish uchun tuproqda juda murakkab tahlil ishlari bajarilishi lozim, bu esa katta mehnat talab etadi. Shuning uchun ham gumus moddalarning harakatchan (mobil) shaklini bizning tuproqlar uchun aniqlashning tezkor usullarini topish va ularni ekinlar hosildorligi bilan korrelativ bog'liqligini ko'rsatib berish muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masala bo'lib, u orqali tuproqlarni gumus holatiga bog'liq holda unumdorligini belgilash va baholashda foydalanish mumkin bo'ladi.

Tuproqdagi organik moddalarning kimyoviy tadbiq etilishi orqali, ularni ikki guruhga bo'linadi:



  • 1-guruhga o'simlik va hayvonot qoldiqlari ko'p miqdorda bo'lgan birikmalar kiradi. Bular oqsil moddalar (protein), karbon suvlari, yog'lar, lignin, smola, mum, oshlovchi moddalar orgnik qismining nisbatan kam miqdori (10-15%)ni tashkil etadi.

  • 2-gurun organik birikmalar gumus moddalardan iborat bo'lib, ular tuproq organik qismining asosini, ya'ni 80-90% ini tashkil etadi. Bular gumin kislotalari (GK), fulvokislotalar (FK).

GK va FK o'z navbatida tuproq mineral qismi bilan bog'langanlik darajasiga ko'ra bir necha fraksiyalarga ajratiladi. Ularni o'zaro nisbati ma'lum tuproq uchun bir xil bo'lib, u orqali tuproq genezisi va klassifikatsiyasida foydalaniladi. Bu ko'rsatkich tuproqlar gumusi holatini belgilashdagi asosiylaridan hisoblanadi.

Tuproq unumdorligini baholashda, ballarini hisoblab chiqarishda ularni gumusli holati asosiy ko'rsatkichlardan bo'lgan gumus miqdori va mobil shakldagi gumus moddalardan foydalanishni tavsiya etish haqiqatga yaqinrioq bo'ladi.

Tuproq haydov qatlamidagi gumus miqdori bo'yicha koeffitsientlarni bonitirovkalash


Gumus miqdori % da

Bonitirovkalash koeffitsientlari



1,00 gacha

0,70

1,1-2,0

0,80

2,1-3,0

0,90

3,0 dan yuqori

1,00

Shuni ham aytish o'rinliki,ayrim hollarda turli o'simliklardan gumus miqdori oz bo'lgan tuproqlarda ham gumusi ko'piga qaraganda yuqoriroq hosil olish mumkinligi kuzatiladi, bu esa yalpi gumus bo'yicha bonitirovka koeffitsientini hamma tuproqlar uchun hamda barcha o'simliklar uchun tavsiya asosida qo'llashga shubxa (ishonchsizlik) tug'dirishiga sabab bo'lishi mumkin. Ya'ni hamma tuproqlar uchun ham yalpi gumusning ma'lum qatlam bo'yicha zaxirasi asosida tuzilgan bonitirovka koeffitsienti doimo mos kelmasligi mumkin ekan. Demak, bunda bosgqa omillarni ham hisobga olish kerak, birinchi galda bu tuproqdagi yalpi gumusdan tashqari uning gumusli holatini bilish muhim deb hisoblaymiz.

Tuproqning gumusli holati ko'rilganda, bizningcha undagi unumdorlik uchun eng muhim ko'rsatkich deb hisoblash kerak:

gumus tarkibidagi azot miqdori (C:N nisbat bo'yicha), undagi "erkin holda"gi harakatchan gumin kislotalar, Ca bilan bog'langan gumin va fulvokislotalar miqdorini.

Lekin yuqoridagi ko'rsatkichlarni olish uchun ko'pgina murakkab tahlil ishlarini bajarish zarur, bu esa amaliyotda keng qo'llash imkonini bermaydi. Shuning uchun tuproq bonitirovkasiga uning gumusligini ifodalaydigan, ekinlar hosili bilan korrelativ bog'liqligi bo'lgan va tuproq unumdorligini belgilay oladiganko'rsatkichni tavsiya etish hamda uni aniqlaydigan tezkor uslubni ishlab chiqishi muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda respublika asosiy sug'oriladigan tuproqlari uchun ularni unumdorligi bo'yicha baholash bonitirovka ko'rsatkichi sifatida gumusli holatini hisobga olish muhim. Bunda tegishli mavjud tadqiqot usullaridan foydalanilgan holda (solishtirma geografik, solishtirma analitik, dala va statsionar tadqiqotlar), tuproqdagi harakatchan gumus shakllarini har tomonlama o'rganib, ularni o'simliklar rivojlanishi va hosili orqali sinab ko'rib, tuproq organik moddasining o'simliklar uchun eng foydali birikmalar guruhini - mobil (harakatchan) gumus moddasini aniqlash va uning asosida bonitirovka koeffitsientini ishlab chiqish shu kunning talabidir. Bunga erishilganda esa tuproq gumusligiga ko'ra uning unumdorligini baholash- bonitirovkalash masalasiga to'g'ri yondashilgan bo'ladi.
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling