В. umarov у j r •Л ч';/>*.•' ’‘y ■ organik


Download 10.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana20.03.2020
Hajmi10.12 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

В.  UMAROV

У 

J.r


•Л  ч';/>*.•' 

’‘y  ■


ORGANIK

“IQTISOD-MOLIYA”

0 ‘Z B E K IS T 0N   RESPUBLIKASI  OLIY VA  0 ‘RTA  M A XSU S 

TA’LIM  YAZIRLIGI

Buxoro  davlat  universiteti

B A Q O  



UM ARO V

O

R



G

A

N



 I

К

 



K

I M


Y

O

5420100  -   b io logiya,  5620100  -   agrokim yo va  ag ro tu p ro q sh u n o slik , 



5620200 -   agrono m lik h am d a  5850200  -   ekologiya va tab iatd an  

fo y d alan ish   t a ’lim   y o ‘nalishi  talab a la ri  u c h u n   o ‘quv  q o ‘lla n m a

NAM ANGAN  DAVLAT 

U N IV ERSITETI 

Afcfeoiot-retors marfcail

Toshkent 

«IQTISOD—MOLIYA» 

2007


24.2

Taqrizchilar: 

A.К.  Abdushukurov  -   M.  L'lug'bek nomidagi  0 ‘zbekiston 

Milliy universiteti  organik kimyo kafedrasi  dotsenti,  k.f.n. 



0 ‘.  M .  Mardonov  — Navoiy  Davlat  Kim yo  instituti 

kim yo va kimyovi texnologiya kafedrasi  m udiri,  kimyo 

fanlari  nom zodi,  dotsent.

B.X.  Ibotov — Buxoro davlat universiteti  organik va 

fizkolloid kimyo kafedrasining katta o ‘qituvchisi.

Baqo U m arov

U47 

Organik  kimyo:  5420100  —  biologiya,  5620100—agrokim yo  va 

agrotuproqshunoslik,  5620200 — agronomlik,  5850200— ekologiya va 

tabiatdan foydalanish ta ’lim yo‘nalishi talabalari  uchun o ‘quv qo‘llanm a 

'/ B.B.  U m arov;  0 ‘zbekiston Respublikasi  oliy va o ‘rta m axsus t a ’lim 

vazirligi.  — Т.:  lqtisod-m oliya,  2007.  -  400 b.

0 ‘quv  q o 'lla n m a   0 ‘zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o ‘rta  m axsus  ta ’lim 

vazirligi tasdiqlagan o ‘quv dasturi asosida yozilgan b o ‘lib,  oliy va  o‘rta maxsus 

o ‘q u v   y u r tla r in in g   5 4 2 0 1 0 0   —  b io lo g iy a ,  5 6 2 0 1 0 0 —a g ro k im y o   va 

agro tuproqshunoslik,  5620200  —  agronom lik, 

5850200—  ekologiya  va 

tabiatdan foydalanish ta ’lim yo‘nalishlari bakalavrlariga m o‘ljallangan.  Kitobda 

organik kimyo asoslari, biologik obyektlarda uchraydigan va hayot  faoliyatida 

m uhim   o ‘rin  tutgan organik birikm alarning tuzilishi  va xossalarini  yoritishga 

e ’tib or qaratilgan.  U shbu  q o ‘llanm ada o ‘sim lik va hayvon  organizm laridagi 

m oddalar va ularning o'zgarishidan tashqari o ‘g‘itlar,  pestitsidlar,  polim erlar, 

dorivor  m oddalar  haqida  ham   m a’lu m o tlar  bor. 

S huning  u ch u n   ham  

q o ‘llanm ada  organik  birikm alarning  asosiy  sinflari,  ularning  nom lanishi, 

reaksiyalarning  borishi,  m oddalarning  tarkibi,  tu zilish i,  fizik-kim yoviy 

xossalari atroflicha yoritilgan.  H ar bir mavzuning oxirida talabalarning mustaqil 

ishlashi  u ch u n   tayan ch  iboralar,  savollar,  m ashqlar  va  kerakli  adabiyotlar 

berilgan.



ВВК24.2я73

IS B N  978-9943-13-025-8

©   ’’1Q T IS O D -M O L IY A ” 

©   B.B.  U M A R O V


S O ‘Z B O SH I

O rganik  kimyo kursi  oliy va  o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlarining 5420100  -  

b io lo g iy a ,  5 6 2 0 1 0 0 -a g ro k im y o   va  a g ro tu p ro q s h u n o s lik ,  5620200  — 

agronomlik,  585020 0- ekologiya va tabiatdan foydalanish ta ’lim yo‘nalishlari 

bakalavrlari  uchun  zaruriy  fanlardan  biridir.  0 ‘zbek  tilida  o ‘quv  dasturi 

talablariga javob beradigan darslik va o'quv qo‘llanmalarining yetarli m iqdorda 

emasligi  talabalar tom onidan  bu  fanni  o'zlashtirish,  m ustaqil  bilim   olishlari 

va  reyting topshirishlarini  qiyinlashtiradi.  M azkur o 'q u v  q o ‘llanm a an a shu 

m uam m olarni  yechish  m aqsadida  Buxoro  davlat  universiteti  organik  va 

fizkolloid  kim yo  kafedrasida  tuzilgan  (23.12.1999-  yil,  №   4  bayonnom a), 

kim yo-biologiya  va  agrar  fakultetlari  ilmiy  kengashlari  tasdiqlagan  dastur 

asosida yozildi.

Kitobda organik kimyoning rivojlanish tarixi,  alohida fan sifatida o‘qitilish 

sabablari,  izom eriya  turlari,  organik  kim yoda  elektron  nazariyasi,  organik 

birikm alar  va  reaksiyalarning  sinflanishi,  organik  birikm alar  tuzilishini, 

o ‘rganishda qo'llaniladigan zamonaviy tadqiqot usullari qisqacha bayon qilinadi. 

S o'ngra  ochiq  zanjirli,  halqali  va  arom atik  uglevodorodlarning,  organik 

b irik m alar  asosiy  sinflarining  nom lanishi,  izom eriyasi,  olinish  usullari, 

tuzilishi,  fizik va kimyoviy xossalari,  m uhim  vakillari va ularning ishlatilishiga 

oid  m a ’Ium otlar  keltiriladi.  H ar  bir  m avzuning  oxirida  tay an ch   iboralar, 

talabalarning  m ustaqil  yechishlari  uchun  savol  va  m ashqlar  ham d a  tavsiya 

etilgan  adabiyotlar  ro'yxati  berilgan.

3


К  I R I S   Н

Organik  kimyo  fani  va  uning  predmeti

Organik kim yo organik m oddalar deb ataluvchi  uglerodning birikm alari 

kim yosini  o ‘rganuvchi  fundam ental  fanlar jum lasiga kiradi.  Organik kimyo 

faniga uglevodorodlar va ularning hosilalari  kimyosi  deb ham   qarash  m um kin. 

Bu tu sh u n ch a organik kimyo fanini  birm uncha to ‘liq va aniq t a ’riflasa  ham , 

organik va anorganik birikmalar kimyosi orasiga  keskin chegara qo'yib boMmaydi. 

Juda  k o ‘p  kim yogarlar  anorganik  va  organik  m oddalarni  o ‘rganish  kim yo 

fanining  ikki  m ustaqil  sohasi  deb  qarashlari  bilan  xatolikka  yo ‘l  q o ‘yadilar 

ham da  o ‘zlarini  va  bir  qator  shogirdlarini  adashtiradilar.  C hunki  bu  fanlar 

o ‘zaro  uzviy bog‘liq b o iib ,  ularni  alohida  o ‘rganib bo'lm aydi.  XIX  asrning 

o'rtalarig a  q adar  o'sim lik  va  hayvonlar  organizm larida  hosil  b o ‘ladigan 

m oddalarni  o ‘rganuvchi  fan  organik  kimyo  deb  yuritilardi.  S huning  uchun 

“organik kim yo4 atam asi  “organizm ”  so‘zidan  kelib chiqqan.  Tarixan  paydo 

b o ig a n   bu  no m ning  m azm uni  tubdan  o ‘zgargan  b o ‘lsa-da,  u  hozirgacha 

q o 'll a n ilm o q d a .  Q a d im   z a m o n la r d a   o d a m la r  o ‘s im lik   va  h ay v o n  

organizm laridan  organik  m oddalarni  ajratib  olish  va  ulardan  foydalanishni 

bilishgan.  U la r  spirtli  ichim lik  tayyorlash,  vinoni  ac h itib   sirka  olish, 

o ‘sim lik lard an   b o 'y o q la r,  d o ri-d a rm o n la r,  x u sh b o ‘y  m o d d a la r  olishni 

o ‘rganishgan.  Lekin  u  davr  kishilari  organik  m oddalarning  aralashm alari 

bilan  ish  k o 'rg a n la r,  so f  organik  m oddalarn i  ajratib  olish  hali  y o ‘lga 

qo'yilm agan va bu soha birm uncha keyinroq rivojlandi.

K im yoning dastlabki taraqqiyoti  davrida organik va anorganik m oddalar 

o ‘rtasidagi  fa rq la rn i  b ilm ag an lar.  K eyinchalik  o ‘sim lik  va  h ay v o n lar 

organizm larida uchraydigan birikm alarning xossalari jonsiz tabiatdan  olingan 

m oddalar  (asos,  kislota,  tuz,  m etall,  uning  qotishm alari)  ning  xossalaridan 

tubdan  farq  qilishi  aniqlandi.  B undan  tashqari,  o'sim lik  va  hayvonlardan 

ajratib  olingan  m oddalarni  kim yogarlar  uzoq  yillar  davom ida  sintetik  usul 

bilan ololmadilar.

1675-yilda kim yodan birinchi  kitob yozgan fransuz olimi  Lemeri tabiatda 

uchraydigan  m oddalarni  tartibga solib,  ularni  uch  turga b o ‘ldi:

-   o ‘sim liklardan  olinadigan  m oddalar,

-   hayvonot  dunyosidan  olinadigan  m oddalar,

-   m ineral  (m a ’dan)  m oddalar.

1806-yilda shved olimi Y.Ya.  Berselius o'simlik va hayvonlardan  olinadigan 

m oddalarni  b irlashtirib,  organik  m oddalar  deb  atashni  ta k lif  etdi.  Shu

4


m oddalarni  o ‘rganadigan  fanni  organik  kimyo  deb  ta ’rifladi  va  “vitalizm ” 

(lo tin c h a   vita  “h a y o t” ,  lis  “ k u c h ”  degani)  n az ariy asin i  ilgari  su rd i. 

Vitalistlarning  fikricha:  “O rganik  m oddalar  anorganik  m o ddalardan  faqat 

tirik organizm larda  “jo n ” ,  “ru h ” ,  “ ilohiy k u ch ” ta ’sirida hosil  b o ‘ladi, ularni 

sintetik usullar bilan olib b o ‘lmaydi” .  Bu noto‘g‘ri nazariya organik kimyoning 

rivojlanishiga m a’lum m uddat to'sqinlik qildi,  lekin uning taraqqiyotini to ‘xtata 

olmadi.

Berseliusning shogirdi  F. Vyoler  1824-yilda ditsianni gidrolizlab oksalat 



kislotani,  1828-yilda esa am m oniy sianatni qizdirib,  m ochevinani sintez qildi:

N = C -  C s N  + 4H20 —» HOOC - COOH + 2NH3 

2NH4OCN —>2C0(NH2)2

Vyolerning bu  ishlari  o ‘z ustozi Ya.  Berseliusning vitalistik ta ’limotiga zid 

chiqdi  va  boshqa  olim larni  ham  sintez bilan shug'ullanishga undadi.  1842- 

yilda N .N .  Zinin nitrobenzolni,  1845-yilda  Kolbe sirka kislotani,  1850-yillarda 

Bertlo  chum oli  kislota,  etil  spirti,  atsetilen,  benzol,  m etan  va  yog'larni, 

1861 -yilda A.M.  Butlerov qandsimon  modda (metilitan)ni  1869-yilda K.  Grebe 

va  K.  Liberm an  alizarin  tabiiy  b o ‘yog‘ini  sintez  qilib,  vitalistik  nazariyaga 

qaqshatqich zarba berdilar. Amm o, erishilgan bu yutuqlardan xulosa chiqarib, 

dalillarni  birlashtiruvchi  va keyingi  tadqiqotlar uchun  nazariy asos boMadigan 

ilg‘o r g ‘oya  hali  yo‘q edi.

XIX  asrning birinchi yarmidanoq organik sintez bilan bir qatorda organik 

m oddalarning tahlili  ham  rivojlandi.  Yu.  Libix organik birikm alardagi uglerod 

va vodorodni, J.  Dyum a esa azotni  aniqlash  usullarini  ishlab chiqdilar. Tahlil 

qilingan  barcha  m oddalarning  tarkibida  uglerod  borligi  aniqlandi.  Shunga 

asoslanib,  1848-  yilda G m elin  organik kim yoni  uglerod birikm alari kimyosi 

deb  t a ’rifladi. 

Lekin  bu  ta ’rif  uglerodning  organik  m oddalarga  m ansub 

b o ‘lm agan  birikm alari  (uglerod oksidlari,  karbonatlar,  karbidlar va hokazo) 

ham  borligini  e ’tiborga olmaydi.  Shuni inobatga olgan  nem is kim yogar olimi 

K.  Shorlem m er organik kimyoni uglevodorodlar va ularning hosilalari  kimyosi 

deb  t a ’rifladi.

Shunday  qilib,  organik  kim yo  XIX  asrning  30-yillarida  quyidagi  asosiy 

sabablarga k o ‘ra mustaqil fan sifatida shakllandi va o ‘rganila boshlandi:

1.  O rganik birikm alarning anorganik  m oddalarga  nisbatan  son jih atd an 

juda ko‘pligi.  Hozirgi kunda o ‘n milliondan ortiq organik birikmalar o‘rganilgan. 

A norganik  m oddalarning soni  esa  yuz  m ingdan  oshm aydi.

2.  Organik m oddalar o ‘simlik va hayvonlar organizmlarining hayot faoliyati 

jarayonlarida o ‘ziga xos m uhim  vazifalarni bajaradi.

3.  O rganik  m oddalar  xossalari  va  reaksiyaga  kirishish  qobiliyati  bilan 

anorganik  m oddalardan  keskin  farq qiladi.

5


4.  Barcha organik m oddalar kislorodda yonadi,  anorganik m oddalarning 

ham m asi  ham   yonaverm aydi.

5.  Organik  m oddalarning  ko'pchiligi  dissotsilanm aydi,  chunki  ularning 

m olekulasida  atom iar o 'z a ro  kovalent  bog‘langan.

6 .  Organik birikrnalar uchun izomeriya hodisasi xarakterli b o iib ,  bu hodisa

XIX asming birinchi choragida Yu.  Libix, Ya.  Berselius va  F. Vyoler tom onidan 

k ashf qilingan.  U ning  sabablari  esa  shu  asrning  60-yillarida  A.M .  Butlerov 

to m onidan  oshib  berildi.

7.  Yuqorida sanalgan  sifatlarning barchasi  organik m oddalar uchun  o ‘ziga 

xos spetsifik xossalati,  uglerod atom ining tuzilishi va turli b og'lar hosil  qilishi 

bilan  izohlanadi.  Bu  xossalar katta am aliy aham iyatga ega.

Organik  birikmalarning  tuzilish  nazariyasi

O rganik  kim yoning  rivojlanishida  dastlabki  nazariya  sifatida  radikallar 

nazariyasi  (J.L.G ey-Lyussak,  Yu.  Libix,  F.  Vyoler,) vujudga keldi.  Radikallar 

nazariyasi  Y.Ya.  Berseliusning elektrokimyoviy nazariyasini  organik kimyoga 

moslashdan iborat edi.  Bu  nazariyaga muvofiq anorganik m oddalar atomlardan 

tuzilgani  singari  organik  m oddalar  ham   radikallar  (bir  yoki  bir  n ech a 

ato m lard a n   iborat  qoldiqlar)  dan  tuzilgan.  Kim yoviy  reaksiyalarda  bu 

ra d ik a lla r  bir  m o d d a  tarkibidan  ikkinchisiga  o ‘zgarm asdan  o 'ta d i.  Bu 

nazariyaning  tan  olinishiga  Libix  va  Vyoler  tom onidan  “ach ch iq   bodom  

m oyi”—benzoy  aldegidini  (C 7H 60 )   o ‘rganilishi  sabab  b o ‘ldi.  Bu  m odda 

xossalari  o 'rg anilganda  uning  “benzoil”  deb  ataluvchi  qismi  bir  m odda 

tarkibidan ikkinchisiga o ‘zgarishlarsiz  o'tishi  kuzatildi:

C fH r C O -H   -   benzoy  aldegidi,

C 6H r C O -C l  — benzoii  xloridi,

C 6H 5-C O -O H   —benzoy  kislotasi,

C 6H ,-C O -N a  — natriy benzoati.

Organik  kim yoning  keyingi  rivoji  radikallar  nazariyasini  tasdiqlaganday 

bo 'ldi.  C hunki,  С Н з -m etil,  C g l-^-b en zo il  kabi  radikallar  topildi  va  ular 

reaksiya jarayonida bir molekula tarkibidan  ikkinchisiga o'zgarishsiz o'tishardi.

Lekin  radikallarni  sof holda ajratib olish  ishlarining natijasiz  chiqqanligi 

va  bir  xil  reaksiyalarda  radikallarning  o ‘zgarishi  aniqlangach,  bu  nazariya 

fanda uzoq vaqt  hukm  surm adi.  Dastlab rus olimi  T.E.  Lovis sirka kislotadan 

sirka  kislota  xlorangidridi,  sirka  kislota  am idi  olinganda  atsetil  radikali 

o'zgarm asligini  kuzatdi,  am m o  xlor  ta ’sirida  m o n o -,  di-  va  trixlorsirka 

kislotalarining hosil b o ‘lishi radikal  ham  o'zgarishini isbotladi. J.  D yum aning

6


aniqlashicha,  yuqori  yog‘  kislotalari  tarkibidagi  vodorod  atom lari  osonlik 

bilan  xlorga alm ashinadi.  N atijada  radikallar nazariyasi o ‘z  kuchini  yo‘qotdi 

va uning  o 'rn ig a  tip la r  nazariyasi  vujudga keldi.

a)  vodorod tip i:

t f ]  


# 1  

с 2я Л  


с 2н 3о \  

C H ,C O \

Щ  

с н з

H \  

h

] 

C t f 3J


m etan 

etan 


sirka 

atseton


aldegidi

b)  vodorod xlorid tipi:

C/1


C / |

С/

Cl



CH 3 J

с м / У ]

c w j


C H 2 -C O O H

metil


atsetil

sian


xlorsirka

xloridi


xloridi

xlorid


kis lota

v)  suv  tip i:

# 1


H

О

C tf3


t f

nietil


spirti

О

C 2H 5

С2Н Ъ

о

dietil


efiri

C H f O  

 

sirka 


kis lota

О

СН ъСО

C2H 5

sirka etil 

efiri

О

g)  am m iak  tipi:

tf

t f '



C tf 3'

CH.

с , н ;

tf

•N 

t f

>N

C tf, -N

C tf 3 >N

H

tf

C tf3



tf

C tf 3


t f

metil  - 

amin

dimetil ■



 

amin


trim etil - 

amin


■N

anilin


7

1853-yildaamalgaoshirgan  ilm iyishlari  bilan  S h J e ra r  tip la r  nazariyasi- 

ning  asoschisi  b o 'lsa,  J.  D yum a,  A.  Loran  va  A.  K ekulelar  bu  nazariyani 

rivojlantirdilar.  U shbu  nazariyaga  binoan  organik  m od dalar  ham   oddiy 

a n o rg a n ik   m o d d a la r  h o silasi,  ulard ag i  v o d o ro d   a to m la rin i  rad ik alg a 

alm ashtirish  bilan organik m oddalar olish  m um kin.  Organik birikm alarning 

dastlab t o ‘rtta tip i  yaratildi:

S h Je ra r  uglevodorodlami  asosan,  vodorod tipi dan,  galogenli  hosilalarni 

vodorod xlorid ti pidan  hosil  qilinishi  m um kin  deb tushuntirdi.  Bu nazariyaga 

ko'rasuv  ti pidan  spirtlar,  oddiy efirlar  va kislotalar  hosil  qilinadi.  A m m iak 

tipi  orqali  am inlar  va b oshqabirikm alar  tartibgasolinib,  tushuntirilgan.

T ip la r  nazariyasigaasoslanib,  organikm oddalarning sinflarga ajratilgani 

bu  nazariyaning dastlabki  yutug‘i b o ‘ldi.  Bunga ko‘ra molekula  hosil  qiluvchi 

har xil  radikallar ikki  qaram a-qarshi  zaryadga ega b o ‘lmaydi.  Shuning uchun 

Berseliusning  radikallar  nazariyasiga  qarshi  o ‘laroq  bu  nazariya  “ unitar 

n azariya”  nom ini  oldi.  T ip la r  nazariyasining  kam chiligi  shundan  iborat 

ediki,  u  faqat  eksperim ental  ishlar  natijasida  rivojlandi,  kim yoviy  usullar 

yordam ida  m oddalarning  tuzilishini  o'rganish  m um kinligini  rad  etdi.  Bu 

nazariyaning yangiliklarni bashorat qilish imkoniyati yo‘q.  K o‘pchilik hollarda 

m oddalarnin g  xossalarini  aniqlash  davom ida u lar  u ch u n   tip ik   b o ‘lgan 

form ulalar  bir  nechtani  tashkil  etdi.

O rganik  kim yo  fanining  maqsadi  m olekulada  atom lar betartib joylash- 

ganm i  yoki  ular m a ’lum   izchillikda  bog‘lanib,  bir-biriga ta ’sir  k o ‘rsatadim i 

degan savolga javob qidirishdir.  Elementlarning valentligi aniqlangach, olimlar 

uning aham iyatini  anglab  yetdilar.  Ingliz  olimi  E.  F rankland  m etallorganik 

birikm alarni  o ‘rgana turib,  1853-yilda har bir metall  radikallar bilan  m a ’lum 

tartibda bog'lanishi mumkinligini  ko‘rsatdi.  1857-yilda nemis olimlari A   Kekule 

va  A.  Kolbe  uglerodning  4  valentli  ekanligini,  A.  K uper  uglerod  atom lari 

o ‘zaro   b o g 'la n ib ,  za n jir  hosil  qilishini  an iq lad ilar.  V alen tlik   hodisasi 

o ‘rganilgach,  m olekula m a ’lum tuzilishga ega bo'lishi  haqida fikrlar tug'ildi, 

am m o  uni  qanday aniqlash  vazifasi  hali  yechilm agan  edi.  1861 -yilda A.M . 

Butlerov  organik  m oddalarning  tuzilish  nazariyasini  yaratdi.  U ning  asosiy 

fikrlari  1861-yilda e ’lon  qilingan  “ M oddalarning kimyoviy tuzilishi  haq id a” 

nom li  m aqolasida  o ‘z  aksini  topdi.  Bu  nazariya  quyidagicha  t a ’riflanadi: 

“ M olekulaning kimyoviy tabiati elem entar tarkibiy qism larining tabiati bilan, 

ularning  m iqdori  va  kimyoviy  tuzilishi  bilan  an iq lan ad i” .  D astlab  A.M . 

Butlerov  izom erlar  “ ...h ech   qanday  o ‘zgarm aydigan,  qotgan  m o d d alar...” 

deb tushungan bo'lsa, keyinroq “ ... m a’lum  turdagi organik birikm alar o ‘zaro 

izom er  holdagi  zarrach alar  b o ‘lib,  ular  bir-birining  tuzilishi  va  xossalarini 

o'zgartirish bilan takrorlab turishadi...” ,  - deb yozgan edi.  U shbu nazariyadan 

quyidagi  xulosalar  kelib  chiqadi:



1. Organik modda molekulasida barcha atomlar bir-biri bilan m a’lum tartibda 

bog‘langan, buning uchun ular kimyoviy moyillikning m a’lum qismini sarflaydi. 

M olekuladagi  atom larning birikish tartibini A.  Butlerov kim yoviy tuzilish deb 

atadi.


2.  M oddalarning kimyoviy xossalari  uning tarkibi va kimyoviy tuzilishiga 

bog‘liq.  Bu qoida izomeriya hodisasini tushuntirib beradi.

3.  Reaksiyalarda  molekulaning m a’lum qismi o ‘zgarganligi tufayli  m odda- 

ning  kimyoviy  o ‘zgarishini  o ‘rganib,  uning  kimyoviy  tuzilishini  aniqlash 

mumkin.

4.  Muayyan bir m odda xossasini  o'rganib,  m olekulyar tuzilishini  aniqlash 



m um kin.  Bu tuzilish  m odda xossalarini  aks ettiruvchi  m a ’lum  form ula bilan 

ifodalash  im koniyatini  yaratadi.

1874-yilda V ant-G off va Le-Bellar esa m olekulalarda atom larning fazoviy 

joylashishi nazariyasini yaratib, organik kimyoning rivojiga katta hissa qo'shdilar. 

1879-yilda A.  Bayerning indigo bo ‘yog‘ini,  1904-yilda  A.  Piktening  nikotin 

alkaloidini  sintez  qilgani  sintetik  b o ‘yoq  va  dorivor  m od d alar  kim yosining 

yuksalishiga olib keldi.  1907-yilda A.E.  Favorskiy tashqi  m uhitni o'zgartirish 

y o ii bilan  izom erlarning o ‘zaro dinam ik  m uvozanatda  ( t a u t o m e r i y a 

b o ‘lishini  aniqlagach,  organik birikm alarning reaksion  qobiliyatini  o ‘rganish 

m um kinligi  isbotlandi.  Endi  esa zam onaviy organik kim yo fanini  izom eriya 

hodisasisiz  tasavvur  etib  b o im a y d i.

XX 


asrning  dastlabki  yillarida  organik  kim yoga  tadqiqotning  flzikaviy 

usullari,  elektron tuzilish  nazariyasi kirib kelaboshladi,  uglevodlar,  polipep- 

tidlar,  purinlar,  oshlovchi  m oddalar va  boshqa  tabiiy birikm alarning  nozik 

sintezlari  am alga oshirildi,  1930-yillarda  esa kvant organik kimyosi yaratildi. 

A Q SH   olimi  R.  Vudvord  strixnin  va  m orfin  alkaloidlari,  xlorofill,  B 12 

vitam inini,  P.  Z iber  tarkibida  51  ta  am inokislota  qoldig‘i  tutgan  insulin 

gorm onini,  G .  Koran  50 dan  ortiq  nukleozid tutgan  ribonuklein  kislotalarini 

sintez  qilib organik sintezning  im koniyatlari  cheksizligini  isbotladilar.



Organik  moddalarning  xomashyo  manbalari

O rganik m oddalarning asosiy xom ashyo m anbalariga tabiiy gazlar,  neft, 

toshko‘m ir va q o ‘ng‘ir ko‘mir,  yonuvchi  zaxiralar, torflardan tashqari qishloq 

va o ‘rm on x o ‘jaligi  m ahsulotlari  kiradi.

D unyo m iqyosida neft va tabiiy gazlardan  faqatgina benzin,  kerosin kabi 

y o n ilg 'ila r  em as,  balki  plastm assalar,  spirt,  k au ch u k   va  bo shq a  sintez 

m ahsulotlari  olinadi.  Bugungi  kunda  ishlab  chiqariladigan  organik  sintez 

m ahsulotlarining 95 foizi  neft va tabiiy gazlardan,  5  foizi  esa k o ‘m ir,  slanets,

9


torf va yog'oshdan olinmoqda.  Qazib olinadigan neft va uning mahsulotlarining 

qariyb  5  foizi  kimyoviy  qayta  ishlanadi.  Qolgan  qismi  esa  turli  dvigatel  va 

pechlarda yoqiladi.  Buning natijasida yiliga 20  mlrd.  tonnaga yaqin  karbonat 

angidridi  havoni  ifloslantirm oqda.  Neft  va gaz  koni  zaxiralari  cheklangan, 

ko‘m ir  konlari  esa  k o ‘proq  uchraydi.  T oshko‘m ir  sof ugleroddan  tashqari

H,  O,  N ,  S  va  boshqa  elem entlar  tutgan  m urakkab  organik  birikm alar 

m anbayidir.  Kokso-kim yoviy  va  gazlarni  qayta  ishlash  zavodlarida  quruq 

haydash  usuli  bilan  bugungi  kunda  neftdan  olinadigan  m ahsulotlardan  o ‘n 

baravar  kam   organik  m oddalar  olinm oqda,  am m o  arom atik   uglevodo- 

rodlarning asosiy qismi toshko‘m ir smolasidan  olinadi.  Bu  hoi to shko‘m irdan 

kimyo  sanoatining  asosiy xomashyosi  sifatida  yanada  kengroq  foydalanish, 

undan  sintetik  neft  va gaz  m ahsulotlari  ishlab  chiqarishni  taqozo etadi.

Organik  m oddalar  olishning  yana  bir  m uhim   usuli  -  ayrim   m ikroorga- 

nizm lar ta ’sirida boradigan bijg'ish jarayonlaridir.  Bir qator organik m oddalar 

hali  ham   hayvonot  dunyosi  xom ashyosidan  olinm oqda,  b ular  glitserin, 

karbon kislotalar,  am inokislotalar,  oziq-ovqatlar va shu  kabi  m ahsulotlardir. 

Hozirgi  vaqtd a  organik  kim yoning  taraqqiyoti  tirik  tab iatdagi  ham m a 

m oddalarni  s u n ’iv va sintetik  usul  bilan  olish  im koniyatini  yaratgan,  undan 

unum li  foydalanish  zam onam iz  kimyogarlari  va  loyihachi-texnologlarning 

asosiy vazifasi  hisoblanadi.



Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 24%20Кимё%20фанлар
24%20Кимё%20фанлар -> Toshkent kimyo-texnologiyainstituti sh. P. Nurullayev, A. J. Xoliqov, J. S. Qayumov analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
24%20Кимё%20фанлар -> A. F. Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor
24%20Кимё%20фанлар -> Iqtisod-moliya
24%20Кимё%20фанлар -> Moddalakning kimyoviy texnologiyasi
24%20Кимё%20фанлар -> 24. Bog'lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi. Otaqo'ziyev T.A, Otaqo'ziyev E.T.pdf [Alyuminatlar]
24%20Кимё%20фанлар -> Няниннивииник и н и н м н н в Й
24%20Кимё%20фанлар -> E. N. Lutfullayev, Z. N. Normurodov
24%20Кимё%20фанлар -> Kimyoviy texnologiya. Kattayev N.pdf [Angren oltin boyitish fabrikasi]
24%20Кимё%20фанлар -> S. M. Turobjonov, T. T. Tursunov, K. M. Adilova
24%20Кимё%20фанлар -> K. A. Ciiolponov, S. N. Am inov anorganik kimyo

Download 10.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling