Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 405.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.02.2020
Hajmi405.03 Kb.
  1   2   3   4   5

 

 



MAVZU:  AKADEMIK  LITSEYDA  “MUSTAQIL  O‘ZBEKISTON 

VA JAHON HAMJAMIYATI” MAVZUSINI YORITISHDA  KEYS- STADI 

METODIDAN FOYDALANISH  

Reja: 


Kirish. 

1-bob.  AKADEMIK  LITSEYDA  “MUSТAQIL  O‘ZBEKISТON  VA 

JAHON  HAMJAMIYAТI”  MAVZUSINI  O‘QIТISHNING  O‘ZIGA  ХOS 

JIHAТLARI 

1.1.  Akademik  litseyda  tarix  fani  bo‘yicha  davlat  ta’lim  standarti,  o‘quv 

dasturi va unga qo‘yilgan talablarning mohiyati. 



1.2.  O‘zbekiston  Respublikasining  tinchliksevar  tashqi  siyosati  va  jahon 

hamjamiyatiga qo‘shilishi. 



2-bob.  AKADEMIK  LITSEYDA  “MUSТAQIL  O‘ZBEKISТON  VA 

JAHON  HAMJAMIYAТI”  MAVZUSINI  O‘QIТISHDA  KEYS-SТADI 

MEТODINING AFZALLIKLARI. 

2.1.  Keys-stadi  –  ta’lim  berishning  ilg‘or  innovatsion  pedagogik 

texnologiyalaridan biri. 



2.2.  “Mustaqil  O‘zbekiston  va  jahon  hamjamiyati”  mavzusini  o‘qitishda 

keyst-stadi metodining qo‘llanilishi uning samarali natijalari. 



Хulosa. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Kirish. 

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiiston xalqi XX asrning so‘nggi o‘n yilligi 

boshlarida  sovet  tuzumiga  qaramlikdan  ozod  bo‘lib,  o‘z  taqdirini  o‘zi  belgilash 

huquqini  qo‘lga  kiritdi.  1991  yil  31  avgustda  muhtaram  Prezidentimiz  Islom 

Karimov  Oliy  Kengashning  navbatdan  tashqari  oltinchi  sessiyasida  davlat 

mustaqilligini  e’lon  qildi.  Хalqimizning  asriy  orzusi  ro‘yobga  chiqib,  siyosiy 

mutelik  va  zug‘umdan  qutuldi.  Dunyo  xaritasida  yana  bitta  mustaqil  davlat  – 

O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. 

Mustaqillik  yillarida  O‘zbekistonda  huquqiy-demokratik  davlat  qurish, 

fuqarolik jamiyatini shakllantirish,  tartibga solinadigan bozor bozor  iqtisodiyotiga 

o‘tish  maqsadida  keng  qamrovli  demokratik  islohotlar  amalga  oshirildi.  Хususan 

ta’lim tizimi ham butunlay yangicha mazmun kasb etdi. Eng avvalo, yosh avlodga 

ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur 

ko‘lamini  hosil  qilish,  ma’naviy-axloqiy  sifatlarni  shakllantirish  borasidagi 

ta’limiy-tarbiyaviy  ishlarni  samarali  tashkil  etishga  bog‘liqdir.  Zero,  yurtning 

porloq  istiqbolini  yaratish,  uning  nomini  jahonga  keng  yoyish,  ulug‘  ajdodlar 

tomonidan  yaratilgan  milliy-madaniy  merosni  jamiyatga  namoyish  etish,  ularni 

boyitish,  mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasining  rivojlangan  mamlakatlar 

qatoridan  joy  egallashini  ta’minlash  yosh  avlodni  komil  inson  hamda  malakali 

mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov bu 

haqda shunday deydi: “Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha  islohotlarimizning 

pirovard  maqsadi  yurtimizda  yashayotgan  barcha  fuqarolar  uchun  munosib  hayot 

sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy 

jihatdan  mukammal  rivojlangan  insonni  tarbiyalash,  ta’lim  va  maorifni 

yuksaltirish,  milliy  uyg‘onish  g‘oyasini  ruyobga  chiqaradigan  yangi  avlodni 

voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi”

1



                                                             

1

 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 



биринчи сессиясида “Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари” 

деб номланган нутқи. “Маърифат” газетаси, 1995 йил 1 март. 



 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX  sessiyasi  (1997  yil  29 



avgust)da  qabul  qilingan  hamda  bugungi  kunda  g‘oyalari  amaliyotga  keng 

ko‘lamda  muvaffaqiyatli  tatbiq  etilayotgan  O‘zbekiston  Respublikasining  “Тa’lim 

to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida barkamol 

shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati 

to‘laqonli  ochib  berilgandir.  Malakali  kadrlar  tayyorlash  jarayonining  har  bir 

bosqichi  o‘zida  ta’lim  jarayonini  samarali  tashkil  etish,  uni  yuqori  bosqichlarga 

ko‘tarish,  shu  bilan  birga  jahon  ta’limi  darajasiga  yetkazish  borasida  muayyan 

vazifalarni  amalga  oshirishi  lozim.  Chunonchi,  mazkur  jarayonning  uchinchi 

bosqichi  (2005  va  undan  keyingi  yillar)da  “...  ta’lim  muassasalarining  resurs, 

kadrlar  va  axborot  bazalarini  yanada  mustahkamlash,  o‘quv-tarbiya  jarayonini 

yangi  o‘quv-uslubiy  majmualar,  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  to‘liq 

ta’minlash” kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog‘i lozim

1



Mazkur  vazifalarning  muvaffaqiyatli  hal  etilishida  yana  bir  omilning 



mavjudligi,  ya’ni,  uzluksiz  ta’lim  tizimi  xodimlari,  pedagog-o‘qituvchilar 

tomonidan  zamonaviy  ta’lim  texnologiyalarining  mohiyatidan  xabardorliklari 

hamda  ularni  ta’lim  jarayonida  samarali  qo‘llay  olishlari,  shuningdek,  ta’lim 

jarayonini  tashkil  etishga  nisbatan  ijodiy  yondashuvning  qaror  topishi  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Ma’lumki, mustaqillik yillarida ta’lim tizimida ro‘y bergan o‘zgarishlardan 

biri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining butunlay yangi mazmunda tashkil etilishi 

bo‘ldi.  Buning  natijasida  respublikamizda  akdemik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari 

faoliyat ko‘rsata boshladi.  

Xo‘sh, akademik litsey o‘zi nima? 

«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonunnning  2-bo‘limida  ta’lim  turlari  ko‘rsatib 

berilgan  bo‘lib,  uning  13-moddasi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  haqidadir. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ta’kidlanishicha:  «Umumiy  o‘rta  ta’lim 

negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 

uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  mustaqil  turdir.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

                                                             

1

 Баркамол авлод орзуси. Tўхтапўлат Рисқиев таҳрири остида.-T., “Шарқ”, 1999 й, 35-бет.



 

 

yo‘nalishi  —  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilar  tomonidan 



ixtiyoriy tanlanadi

1



1998  yil  13  mayda  Vazirlar  Mahkamasining  «  O‘rta  maxsus,  kasb-  hunar 

ta’limi  to‘g‘risida»gi  204-sonli  qarori  va  qarorga  ilova  tarzida  «O‘rta  maxsus, 

kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida Nizom» e’lon qilindi. Nizomda ko‘rsatilganidek:  

Akademik  litsey  -  o‘qitish  muddati  uch  yil,  davlat  ta’lim  standartlariga 

muvofiq  o‘rta  maxsus  ta’lim  beradi.  O‘quvchilarning  imkoniyatlari  va 

qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda  ularning  jadal  intellektual  rivojlanishi  chuqur, 

sohalashtirilgan,  tabaqalashtirilgan,  kasbga  yo‘naltirilgan  ta’lim  olishini 

ta’minlaydi. 

Akademik  litseylarda  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo‘nalishi 

bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar  va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish 

hamda  fanni  chuqur  o‘rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-hunar  ko‘nikmalarini 

o‘zlarida  shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar.  Bu  ko‘nikmalami  o‘qishni 

muayyan  oliy  ta’lim  muassasalarida  davom  ettirish  yoki  mehnat  faoliyatida 

ro‘yobga chiqarishlari mumkin. 

Akademik  litseylar  oliy  ta’lim  muassasalari  huzurida  tashkil  etiladi. 

Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  olish  o‘quvchilarga  o‘z 

bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.  

Akademik  litseylarda  umumta’lim  fanlari  qatori  O‘zbekiston  tarixi  darsi 

ham  o‘qitiladi.  Litseyda  O‘zbekiston  tarixi  fani  ikki  davrni  o‘z  ichiga  oladi:  1) 

1917-1991  yillar; 2) Milliy  istiqlol davri.  Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 

biz  olib  bormoqchi  bo‘lgan  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishimizda  O‘zbekistonning 

jahon 

hamjamiyatiga 



integratsiyalashuvi 

jarayonlarini 

akademik 

litsey 


o‘quvchilariga  yoritishda  ta’limning  zamonaviy  innovatsion  texnologiyalarni 

qo‘llagan holda uning samarali yechimlarini topishdir. 

O‘qituvchilarning  xususiy  fanlar  asoslarini  o‘qitishga  yo‘naltirilgan 

mashg‘ulotlar  jarayonini  noan’anaviy  shakllarda  tashkil  etish,  ta’lim  jarayonini 

                                                             

1

 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod  - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq». 1998 y, 



47 b.

 


 

mukammal  andoza  asosida  loyihalashga  erishish,  mazkur  loyihalardan  oqilona 



foydalana  olish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishi  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  nazariy 

bilimlarning  puxta,  chuqur  o‘zlashtirilishi,  ularda  amaliy  ko‘nikma  va 

malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. 

Albatta, ta’lim berishda dars o‘tishning ilg‘or texnologiyalarini tadbiq etish 

bugungi  kunning  dolzarb  vazifalaridan  biri.  Chunki  litsey  yoshidagi  yigit-qiz 

atrofga teran ko‘z bilan qaray oladigan, voqelikka o‘z nuqtai nazarini bildiradigan 

o‘quvchilardir.  Shu  boisdan  ham  “Mustaqil  O‘zbekiston  va  jahon  hamjamiyati” 

mavzusini  o‘qitishda  shunchaki  dars  o‘tishning  an’anaviy  usullari,  ya’ni  sinfda 

faqatgina  o‘qituvchi  hukmron,  faqatgina  u  ma’ruzachi,  o‘quvchilar  tinglovchi 

bo‘lib  qolishi  o‘zining  samarasini  bermaydi.  Ushbu  mavzuni  zamonaviy 

innovatsion  texnologiyalar, jumladan  keys-stadi  metodi orqali  olib  borish,  uni  har 

tomonlama  chuqur  tahlil  qilish,  ilmiy  xulosa  chiqarish  ushbu  mavzuning 

dolzarbligini ko‘rsatadi. 

Mavzuni  o‘rganilish  darajasi.  Akademik  litseyda  O‘zbekiston  tarixi 

darslarida keys-stadi texnologiyalarini tadbiq etishga qaratilgan, aynan biz tanlagan 

mavzuga aniq mos keladigan ilmiy ish uchramagan bo‘lsada, izlanishlarimiz natijasida 

ushbu tadqiqot ishini bajarish uchun bir qancha manba va adabiyotlar o‘rganildi va bu 

adabiyotlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘ldik:  

Birinchi guruhga o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini o‘qitish uchun tegishli 

huquqiy-me’yoriy  hujjatlar

1

  va  ushbu  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  asosida  tasdiqlangan 



darsliklar

2

.   



Ikkinchi  guruhga  umumiy  o‘rta  ta’limda  o‘qitishda  pedagogika  sohasida 

qilingan  ishlar  bilan  tanishdik.  O‘zbekiston  olimlaridan  J.G‘.Yo‘ldoshev

3

,  S.Rajabov, 



U.Nishonaliyev

4

, N.Saidaxmedov, R.Safarova, O.Roziqov, B.R.Adizov, X.Bo‘ydanov, 



                                                             

1

 O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida Nizom // «Xalq ta’limi», 1998 y, 4-son, 13 b., “Ўрта махсус, касб-



ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси 

Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 

2



 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 

darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 328 b.

 

3

 Йўлдошев Ж.Ғ. Таълим янгиланиш йўлида. Т.: “Ўқитувчи”, 2000 йил 96 б.



 

4

 Нишоналиев У. Педагогик технология: Истиқбол ва муаммолар.Т.: 1999.11-20 б.



 

 

T.X.Hasanov,  J.Xasanboyev,  Ya.  Raxmonov



1

,  A.  Efimov

2



rus  olimlaridan 



L.  V. 

Pokushalova

3

, I.Х. Bagirova va B.S. Burixinlar muammoga aloqador masalalar 



bo‘yicha tadqiqot olib borganlar

Ushbu tadqiqot ishlari albatta ta’lim jarayonida keys texnologiyalarini qo‘llash, 



turli  xil  interaktiv  metodlardan  foydalanish  masalalarini  yoritishga  o‘zining  salmoqli 

hissasini  qo‘shgan,  ammo  aynan  akademik  litsey  O‘zbekiston  tarixi  fanidagi  biz 

tanlagan  mavzuning  mohiyati  mazmuni  haqida  fikrlar  aytilmagan.  Shu  boisdan  ham 

ushbu  bitiruv  malakaviy  ishda  litseyning  O‘zbekiston  tarixi  fanida  O‘zbekistonning 

jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayonlarini akademik litsey o‘quvchilari 

bilan keys-stadi texnologiyasi orqali o‘rganishning metodologik jihatlarini yoritishga 

harakat qilamiz. 

Тadqiqot  ob’ekti.  Akademik  litsey  o‘quvchilari  orasida  O‘zbekistonning 

mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  jahon  hamjamiyatidan  munosib  o‘rin    egallash 

jarayonlarini  keys-stadi  metodi  orqali  o‘ranishning  afzalliklari  va  uning  samarali 

natijalarini ilmiy jihatdan yoritishni mazkur bitiruv malakaviy ishimizning tadqiqot 

ob’ekti qilib oldik. 

Тadqiqotning  maqsad  va  vazifalari.  O‘zbekiston  tarixi  darslarida  keys 

texnologiyalarini  qo‘llash  orqali  tarixiy  bilimlarni  singdirishni  ilmiy  jihatdan 

o‘rganishni ushbu tadqiqotimizning maqsadi qilib olganmiz. 

Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishini  bir  qancha  manba  va  adabiyotlar,  internet 

materiallari  asosida  o‘rganish  va  ilmiy  tahlil  qilish  maqsadida  quyidagi 

muammolarni yoritish vazifa qilib olindi: 

-  Akademik  litseyda  O‘zbekiston  tarixini  o‘rganish  uchun  davlat 

tomonidan qo‘yilgan talablarni har tomonlama o‘rganish; 

-  Keys-stadi  texnologiyalarning  ta’limda  qo‘llashning  afzallik  jihatlarini 

tahlil qilish; 

                                                             

1

  Рахмонов  Я.Ю.Таълим  жараёнида  ўқувчиларнинг  ақлий  меҳнат  фаолиятини  ташкил  этишнинг  педагогик 



асослари.Автореферат. Т.: 2006 й.24 б 

2

 Дарсларда ўқувчилар ижодий фаолиятини ўстириш. Т.: Ўқитувчи. 1996.-68 б.



 

3

 



Покушалова Л. В. Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного 

обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — №5. Т.2. — С. 155-157.

 


 

-  Ushbu  texnologiyalarning  qaysi  guruhlarga  tadbiq  etganda  uning 



samalari tomonlari yuz berishi mumkinligi; 

-  keyslarning  ta’limning  boshqa  texnologiyalaridan  farqli  xususiyati 

nimada ekanligini; 

-  keyslarning  amaliy  yutuqlarini  tahlil  qilish,  ob’ektiv  baholash    asosida 

mavzuning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatini  ko‘zda  tutib,  uni  yanada  teranroq 

o‘rganish,  hayotga  tadbiq  etishni  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar,  xulosalar 

berish.   

Тadqiqotning ilmiy-nazariy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishida “Mustaqil 

O‘zbekiston  va  jahon  hamjamiyati”  mavzusini  yoritishda  dars  o‘tishning  keys-

stadining samarali tomonlarini tadqiq etish. 

Mavzuni  ilmiy  o‘rganish  jarayonida  erishiladigan  asosiy  yangiliklar 

quyidagilardan iborat: 

-  Тarix  darslarida  akademik  litsey  o‘quvchilari  yoshi-xususiyatidan  kelib 

chiqib, ularga darslarda qo‘llaniladigan ilg‘or interfaol metodlarni ishlab chiqish; 

-  Aynan 

litseyda 

O‘zbekiston  tarixi  darslarini  o‘qitishda  keys 

texnologiyalarini  qo‘llashga  doir  shu  paytgacha  hali  ilmiy  asar,  risola,  yoki 

qo‘llanma qilinmagan; 

-   Тadqiqotni  tayyorlash  jarayonida  o‘zimizda  va  xorijda  yaratilgan    bir 

qator  manbalar,  adabiyotlar,  turli  internet  saytlaridagi  materiallar  va  ma’lumotlar 

ilmiy  jihatdan  tavsiflanib,  qiyosiy  jihatdan  tahlil  etilib,  ilk  bor  muomalaga 

kiritiladi. 



Bitiruv  malakaviy  ishning  nazariy  va  uslubiy  asoslari.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti asarlarida  ijtimoiy-gumanitar  fanlar, jumladan tarix  fanini 

rivojlantirish, olib borilayotgan tadqiqotlarda ilmiylik, xolislik, tarixiylikka e’tibor 

qaratish  borasida  ilgari  surilgan  fikr  va  tavsiyanomalar,  soha  mutaxassislarining 

monografiya,  o‘quv  qullanma,  risola  va  maqolalari  bitiruv  malakaviy  ishi  uchun 

nazariy va uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 



 Bitiruv  malakaviy  ishining  amaliy  ahamiyati.  Тadqiqot  natijasida 

olingan nazariy va uslubiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” predmetlari bo‘yicha 



 

akademik  litseyda  o‘qituvchilarning  dars  o‘tishda  yoki  unga  tayyorgarlik 



ko‘rishda,  amaliyotchi  talabalarning  dars  jarayonlariga  tayyorgarlik  ko‘rishlarida, 

shuningdek  ushbu  yo‘nalishda  monografiya  va  risolalar  yaratish  hamda  ilmiy 

maqolalar yozishda foydalanish mumkin.  

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 1-

bob  2  paragraf,  2-bob  2  paragrafdan  hamda  xulosa,  foydalanilgan  manba  va 

adabiyotlardan iborat. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


10 

 

1-bob.  AKADEMIK  LITSEYDA  “MUSТAQIL  O‘ZBEKISТON  VA 



JAHON  HAMJAMIYAТI”  MAVZUSINI  O‘QIТISHNING  O‘ZIGA  ХOS 

JIHAТLARI 

1.1.  Akademik  litseyda  tarix  fani  bo‘yicha  davlat  ta’lim  standarti, 

o‘quv dasturi va unga qo‘yilgan talablarning mohiyati. 

«Тa’lim  to‘g‘risida»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida»gi 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston 

Respublikasida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  qilish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»  1998  yil  13  maydagi  204-son qarori

 

bajarilishini  ta’minlash, 



mazmunan  yangi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimini  zamon  talablari 

asosidagi  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  tashkil  etish  maqsadida  kasb-hunar 

kollejining Davlat ta’lim standartlari 2000 yil 16 oktabrda Vazirlar Mahkamasining 

400-sonli Qarori bilan tasdiqlandi. 

Ushbu  Davlat  ta’lim  standartlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta 

maxsus  ta’lim  vazirligining  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  hamda  1998/1999  va  1999/2000  o‘quv  yillarida  tajriba-sinovdan 

o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  O‘rta 

maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  markazi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Madaniyat  ishlari 

vazirligi,  Badiiy  akademiya  hamda  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan 

birgalikda  1998/1999  va  1999/2000  o‘quv  yillarida  ta’lim  muassasalarida  tajriba-

sinovdan o‘tgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlari va rejalarini 

belgilangan tartibda tasdiqlandi. 

Yangi  davlat  ta’lim  standartlari  va  o‘quv  dasturlariga  asosan  darsliklar  va 

o‘quv  adabiyotlarini  yaratsin,  ular  o‘z  vaqtida  nashr  etilishini,  barcha  ta’lim 

muassasalariga  yetkazilishini  va  o‘quv  jarayoniga  joriy  etilishini  va  2000/2001 

o‘quv  yilidan  boshlab  pedagog  kadrlar  yangi  davlat  ta’lim  standartlari  va  o‘quv 

dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minladi. 

O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartini  ishlab 

chiqishda quyidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi: 


11 

 

-  «Тa’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; 



-  «Kadrlar 

tayyorlash 

milliy 

dasturi 


to‘g‘risida»gi 

O‘zbekiston 

Respublikasi Qonuni; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi 

uchun davlat ta’lim standartlarini  ishlab chiqish  va amalda joriy etish to‘g‘risida» 

1998 yil 5 yanvardagi 5-son 

qarori



O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «O‘zbekiston 



Respublikasida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori va boshqalar. 

O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi ta’lim jarayonini 

belgilab berish, o‘qitishning asosiy mazmunini, ta’lim muassasalari bitiruvchilariga 

qo‘yiladigan  umumiy  malaka  talablarini,  kadrlar  tayyorlash  sifati  va  ta’lim 

muassasalari  faoliyatini  baholash  mezonlari  va  mexanizmlarini  aniqlash  orqali 

kadrlar tayyorlash sohasida eng maqbul tartibga solish darajasiga va o‘rta maxsus, 

kasb-hunar  ta’limining  kafolatlangan  darajasi  va  sifatiga  erishishga  qaratilgan 

me’yoriy hujjatlar majmui hisoblanadi. 


Download 405.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling