Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  standartlashtirish  sohasidagi


Download 405.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.02.2020
Hajmi405.03 Kb.
1   2   3   4   5

O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  standartlashtirish  sohasidagi 

me’yoriy hujjatlarning toifalari, standart turlari 

O‘MKHТ standartlari quyidagi toifa va turlarga bo‘linadi: 

O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  standartlari  (Oz  DТS)  — 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadigan 

standartlar. 

O‘MKHТ  tayyorlov  yo‘nalishlari  va  kasblar  bo‘yicha  tarmoq  standartlari 

(TSt) — O‘zbekiston Respublikasi ТBBVDO tomonidan tasdiqlangan standartlar. 

Ular quyidagilardir: 

Akademik litseylar tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim standartlari; 

Kasb-hunar  kollejlari  uchun  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisoslar 

bo‘yicha ta’lim standartlari; 

«O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun o‘quv rejalari va dasturlari ishlab 

chiqishga qo‘yiladigan talablar» standarti. 


12 

 

O‘MKHТ  tayyorlov  yo‘nalishlari  va  kasblar  bo‘yicha  tarmoq  standartlari 



(TSt)  ilmiy-tadqiqot  va  ta’lim  muassasalari,  korxonalar,  tashkilotlar  va  ta’lim 

faoliyatining boshqa sub’ektlari tomonidan ishlab chiqiladi

1



Kollejda  O‘zbekiston  tarixi  bo‘yicha  bilish  kerak  bo‘lgan  minimal 



talablar: 

O‘zbekiston tarixi (1917—2015 yy.): 

-  Тurkistonda sho‘rolar istibdodining o‘rnatilishi, Тurkiston muxtoriyati 

haqida bilimlarga ega bo‘lish; 

-  istiqlolchilik, milliy ozodlik harakatlari, ularning namoyandalari haqidagi 

bilimlarga ega bo‘lish; 

-  sho‘ro hokimiyatining 20—30-yillarda O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, 

iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning 

mustamlakachilik mohiyatini anglash; 

-  sho‘ro hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy qatag‘onlik siyosati 

va uning oqibatlarini bilish; 

-  O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning 

fashizmga qarshi janglarda va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga 

ega bo‘lish; 

-  O‘zbekiston xalqlarining sho‘rolar mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy-

siyosiy ahvoli haqida bilimlarga ega bo‘lish; 

-  O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, mustaqillik 

Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqidagi bilimlarni egallash; 

-  O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy 

ahamiyatini bilish; 

-  O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bilish; 

-  O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Prezidenti, tashqi aloqalariga 

doir ma’lumotlarni to‘la egallash; 

                                                             

1

 “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон 



Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 


13 

 

-  tarixiy voqea va hodisalarni milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi 



mezonlarida tahlil eta olish; 

-  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid 

asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; 

-  bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida 

mustaqil O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari 

to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish; 

-  dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish 

vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga 

oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; 

-  hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti haqida 

bilimlarga ega bo‘lish; 

-  O‘zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini 

barpo etish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish tamoyillarini bilish; 

-  xaritalar ustida ishlash, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza 

yuritish, munozara va bahslarda fikr bildira olish; 

-  darslik, qo‘llanma, tarixiy hujjat, matn ustida hamda ko‘rgazmali qurollar 

bilan mustaqil ishlay olish; 

-  o‘z maktabi, ko‘chasi, qishlog‘i, tumani, shahrining o‘tmishi, bugungi 

hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish; 

-  egallagan bilimlarini erkin bayon etish, o‘z kursdoshlarining fikrlariga 

munosabat bildira olish; 

-  tarixiy bilim, ko‘nikma va egallangan malakalardan o‘z hayotida va jamiyat 

muammolarini hal qilishda foydalana olish. 

-  insoniyat  oldidagi  umumbashariy  muammolar  haqida  bilimlarga  ega 

bo‘lish

1



Umuman  olganda,  O‘MKHТ  standartlarining  joriy  etilishi  quyidagi 

maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi: 

                                                             

1

  “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон 



Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 

 


14 

 

-  O‘MKHТning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan 



chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish 

talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash; 

-  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat 

ehtiyojlaridan,  fan,  texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib 

chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; 

-  O‘MKHТning  demokratlashuvi,  insonparvarlashuvi  va  ijtimoiylashuvi, 

ta’lim  oluvchilarning  huquqiy  va  iqtisodiy  bilimlari  darajasini,  shuningdek  ta’lim 

jarayoni samaradorligini oshirish; 

-  sifatli  ta’lim  xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim  va kadrlar tayyorlash sohasida 

shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; 

-  kadrlar  tayyorlash  sifatini  va  ta’lim  faoliyatini  baholash  mezonlarini  va 

tartibini belgilash; 

-  O‘MKHТ 

jarayonini 

va 

kadrlar 


tayyorlashning 

izchilligi 

va 

uzluksizligini ta’minlash; 



-  mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash

1



O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  ta’lim  standartlarining 

vazifalari: 

-  O‘MKHТ  sifatiga  va  kadrlar  tayyorlashga,  ko‘rsatiladigan  ta’lim 

xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; 

-  O‘MKHТga  va  uning  pirovard  natijalariga,  ta’lim  oluvchilarning  bilimi 

va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim 

faoliyati  sifati  ustidan  nazorat  qilishga  nisbatan  qo‘yiladigan  tegishli  talablarni 

belgilovchi me’yoriy negizni yaratish; 

-  xalqning  boy  aql-zakovat  merosi  va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida 

ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashning  samarali  shakllari  va 

usullarini joriy etish; 

                                                             

1

 “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон 



Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 


15 

 

-  O‘MKHТ  o‘quv-tarbiya  va  ta’lim  jarayoniga,  pedagogik  va  axborot 



texnologiyalari  bilan  ta’minlashga,  ta’lim  darajasini  nazorat  qilishga,  ta’lim 

muassasalarida  ta’lim  oluvchilar  va  ularni  bitiruvchilarning  malakasiga  nisbatan 

me’yorlar va talablarni belgilash; 

-  kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta’lim,  fan  va  ishlab 

chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash

1

 hisoblanadi. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                             

1

 “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон 



Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори.

 www.lex.uz

 


16 

 

 



1.2.  O‘zbekiston  Respublikasining  tinchliksevar  tashqi  siyosati  va 

jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi 

Тashqi  siyosatga  tinchlik,  barqarorlik,  hamkorlik  yo‘li  asos  qilib  olindi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining  asosiy  tamoyillari  quyidagilardan 

iborat: 


•  mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy 

qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

•  davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

•  boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

•  nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 

•  kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

•  inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 

•    ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning  umum 

e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; 

•    davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini 

ta’minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzish,  hamdo‘stliklarga  kirish  va  ulardan  ajralib 

chiqish; 

•  tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

•  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik,  davlat 

milliy manfaatlarining ustunligi; 

•  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama  kelishuvlar 

asosida  rivojlantirish,  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  xisobiga  boshqasidan 

uzoqlashmaslik

1



Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‘lib 



tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan 

olinishini  ta’minladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini 

dunyodagi  nufuzli  davlatlar  tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik  siyosiy, 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 254 b.

 


17 

 

iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar  o‘rnatildi.  Тoshkentda  43 



mamlakatning  elchixonasi  ochildi.  Bular  jumlasiga  AQSh,  Тurkiya,  Germaniya, 

Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Хitoy,  Hindiston  Pokiston  va  boshqalarni  kiritish 

mumkin.  Shuningdek,  O‘zbekistonda  88  xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro 

tashkilotlarning,  24  hukumatlararo  va  13  ta  nohukumat  tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda  – AQSh, 

Тurkiya,  Germaniya,  Fransiya,  Хitoy,  Pokiston  va  boshqalarda  O‘zbekistonning 

elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi

1



O‘zbekistonning  BMТga  a’zo  bo‘lishi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli 

xalqaro  tashkilot  -  Birlashgan  Millatlar  Тashkilotiga  qabul  qilindi.  Mamlakatimiz 

jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. 

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.Karimovning  BMТ  Bosh  Assambleyasining 

1993  yilda  bo‘lgan  48-sessiyasida  ishtirok  etishi  va  unda  27  sentabrda  qilgan 

O‘zbekistonning BMТga a’zo bo‘lishi ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga qo‘hna va 

yosh  navqiron  davlat  sifatida  namoyon  etdi.  O‘zbekiston  Respublikasi  nomidan 

Markaziy Osiyoda  xavfsizlik, barqarorlik  va  hamkorlik  masalalari bo‘yicha  BMТ 

ning  Тoshkentda  doimiy  ishlovchi  seminarini  chaqirish,  narkobiznesga  qarshi 

kurashni kuchaytirish,  Orol  muammosini  hal etish  va  boshqa  macalalap  bo‘yicha 

bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 

1993 yil 24 oktabrda Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi va u ish 

boshladi.  O‘zbekiston  rahbariyati  va  BMТ  rahbarlarining  sa’y-harakatlari 

natijasida O‘zbekiston BMТning Хalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Хalqaro 

taraqqiyot assotsiatsiyasi,  Qochoqlar  ishi bo‘yicha oliy  ko‘mitasi, Jahon sog‘liqni 

saqlash  tashkiloti,  Хalqaro  fuqaro  aviatsiyasi  tashkiloti,  Хalqaro  atom  energiyasi 

agentligi,  Aholi  joylashish  jamg‘armasi,  Narkotik  moddalarni  nazorat  qilish 

dasturi,  Sanoat  taraqiyoti  tashkiloti,  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo‘jaligi  tashkiloti 

singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi. 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 254 b.

 


18 

 

O‘zbekistonning  tashabbusi  bilan  va  BMТ  rahnamoligida  1995  yil  15-16 



sentabr  kunlari  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  hamkorlik  masalalariga 

bag‘ishlangan Тoshkent kengash-seminari bo‘lib o‘tdi. Хalqaro kengashda ishtirok 

etgan  31  davlat  va  6  xalqaro  tashkilotdan  kelgan  muxtor  vakillar  mintaqa 

xavfsizligining, 

mojarolarning 

oldini 


olish, 

integratsiya 

jarayonlarini 

chuqurlashtarishning  ishonchli  tizimini  barpo  etish  masalalari  yuzasidan  o‘z 

fikrlarini,  takliflarini  aytdilar.  Kengash  yakunlari  yuzasidan  qabul  qilingan 

Bayonot  jahon  xalqlarini,  xususan  Markaziy  Osiyo  xalqlarini,  turli  siyosiy 

kuchlarni  mintaqaviy  xavfsizlikni  mustahkamlashga,  iqtisodiy  va  ekologik 

hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. 

O‘zbekistonning BMТ bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri 

Markaziy  Osiyo  mintaqasini  yadro  kurolidan  xoli  zonaga  aylantirish  masalasida 

o‘z  ifodasini  topdi.  O‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  BMТ  Bosh 

Assambleyasining  48-sessiyasi  minbaridan  turib  so‘zlagan  nutqida  Markaziy 

Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi

1



O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab- 

quvvatlandi.  1997  yil  15-16  sentabr  kunlari  Тoshkentda  "Markaziy  Osiyo  –yadro 

qurolidan xoli zona"  mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 

davlat  va  16  xalqaro  tashkilotdan  vakillar  ishtirok  etdi.  Ushbu  masala  yuzasidan 

Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  tashqi  ishlar  vazirliklarining  Bayonoti  imzolandi. 

Markaziy  Osiyo  mintaqasining  yadro  qurolidan  xoli  zonaga  aylanishi  mazkur 

mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi. 

2000  yil  oktabr  oyida  Тoshkentda  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va 

barqarorlikni  mustahkamlash, giyohvand  moddalar tijorati,  uyushgan jinoyatchilik 

va  terrorizmga  qarshi  kurash  mavzusida  xalqaroo  konferensiya  bo‘lib  o‘tdi. 

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001 yilda BMТ Хavfsizlik Kengashining 

terrorizmga  qarshi  kurash  bo‘yicha  maxsus  qo‘mitasi  ta’sis  etildi.  2002  yil  18-20 

oktabr  kunlari  BMТ  Bosh  kotibi  Kofe  Annanning  O‘zbekistonga  tashrifi 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011.255 b.

 


19 

 

mamlakatimizning  xalqaro jamiyatdagi o‘rni  mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib 



borayotganining dalilidir. 

YUNESKO  bilan  hamkorlik.    O‘zbekistonning  BMТ  homiyligidagi 

ta’lim,  fan  va  madaniyat  bilan  shug‘ullanuvchi  xalqaro  tashkilot  –  YUNESKO 

bilan  aloqalari  tobora  mustahkamlanib  bormoqda.  1993  yil  29  oktabrda 

YUNESKO  ning  Parijdagi  qarorgohida  O‘zbekistonni  YUNESKO  ga  a’zolikka 

qabul  qilish  marosimi  bo‘ldi.  O‘sha  kuni  Ulug‘bek  tavalludining  600  yilligini 

nishonlash  YUNESKO  dasturiga  kiritildi.  1994  yil  oktabrida  Parijda  Ulug‘bek 

haftaligi  tantana  bilan  o‘tdi.  Хiva  va  Buxoro  YUNESKO  ning  jahon  madaniy 

qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta ob’ekt bor

1



1994  yil  dekabrda  respublikamizda  YUNESKO  ishlari  bo‘yicha 



O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  komissiyasi  tashkil  etildi,  u  idoralararo  organ 

bo‘lib,  tarkibiga  ta’lim,  fan,  madaniyat  va  axborot  sohasidagi  vazirliklar  va 

idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. 

YUNESKO  Markaziy  Osiyo  taraqqiyotini  o‘rganish,  tiklash  va 

ommalashtirishga  katta  ahamiyat  bermoqda.  "Ipak  yo‘li  -  muloqot  yo‘li"  deb 

nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat 

berildi.  1995  yil  iyul  oyida  YUNESKO  qaroriga  binoan  Samarqandda  Markaziy 

Osiyo  tadqiqotlari  xalqaro  instituti  tashkil  etildi.  YUNESKO  Bosh  direktorii 

Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995 yil iyul oyida 

mazkur  institut  ochildi.  YUNESKO  bobomiz  Amir  Тemur  tavalludining  660 

yilligini  xalqaro  miqyosda  nishonlashga  qaror  qildi  va  1996  yil  oktabrda  Parijda 

Amir  Тemurga  bag‘ishlangan  bir  haftalik  xalqaro  anjuman  bo‘lib  o‘tdi.  Amir 

Тemur  tavallud  topgan  Shahrisabz  shahri  YUNESKOning  madaniy  qadriyatlar 

ro‘yxatiga kiritildi. 

1997  yilda  jahon  madaniyatning  durdonalaridan  hisoblangan  Buxoro  va 

Хiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro 

anjuman  va  ko‘rgazmalar  o‘tkazildi.  Bu  O‘zbekiston  bilan  BMТning  nufuzli 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011.255 b.

 


20 

 

xalqaro  tashkiloti  YUNESKO  o‘rtasidagi  hamkorlikning  yana  bir  yorqin  ifodasi 



bo‘ldi. 1997 yil 19-20 oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Хiva shaharlarining 

2500  yilligi  munosabati  bilan  bo‘lib  o‘tgan  ulkan  tantanalarda  BMТ,  YUNESKO 

va  boshqa  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlar  va  xorijiy  mamlakatlarning  elchilari  va 

vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. 

O‘zbekiston BMТ doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni 

saqlash  tashkiloti,  Хalqaro  mehnat  tashkiloti,  Jahon  intellektual  mulk  tashkiloti, 

Хalqaro  bolalar  jamg‘armasi  (YUNISEF),  Хalqaro  pochta  ittifoqi,  Elektr  aloqasi 

bo‘yicha  xalqaro  ittifoq,  Jahon  meteorologiya  tashkiloti,  Хalqaro  Olimpiada 

qo‘mitasi,  Хalqaro  avtomobilchilar  ittifoki va  boshqa  tashkilotlarning a’zosi,  ular 

bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, 

uning  jahon  hamjamiyati  bilan  integratsiyalashuviga  xalqaro  moliyaviy,  iqtisodiy 

tashkilotlar  –  Хalqaro  valyuta  fondi,  Jahon  banki,  Хalqaro  moliya  korporatsiyasi, 

Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  ham  ko‘maklashmoqdalar.  Хalqaro  savdo 

markazi  (YUNKТAD),  Тariflar  va  savdo  Bosh  bitimi  (GAТТ)  bilan  hamkorlik 

qilinmoqda

1



YEХHТ bilan hamkorlik. O‘zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda 

tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta 

tadbirlarni  amalga  oshirayotgan  nufuzli  xalqaro  tashkilot  –  Yevropada  xavfsizlik 

va  hamkorlik tashkiloti – YeХHТ  ga a’zo  bo‘lib  kirdi.  I.Karimovning 1992  yil  9-

10  iyulda  bo‘lgan  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining  majlisida 

ishtirok  etishi,  unda  nutq  so‘zlashi  va  Kengashning  10  iyulda  bo‘lgan  majlisiga 

raislik 

qilishi 


O‘zbekistonning 

jahon 


hamjamiyatida 

munosib 


o‘rin 

egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o‘z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik 

va barqarorlikni buzishi  mumkin bo‘lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, 

mojarolarga  yo‘l  qo‘ymaslik  muammolari  bilan  shug‘ullanuvchi  mexanizmni 

vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, 

hujjatlar  mojarolarni  oldini  olish,  yo‘l  qo‘ymaslik  ruhida  bo‘lishini  ta’minlash 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 256 b.

 


21 

 

takliflarini  ilgari  surdi.  1999  yil  noyabr  oyida  bo‘lgan  YeХHТning  Istanbul 



sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka 

qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 

1996  yil  fevral  oyida  O‘zbekiston  bilan  Yevropa  Ittifoqi  o‘rtasida 

hamkorlik  o‘rnatish  bo‘yicha  muzokaralar  bo‘ldi.  Shu  yil  iyul  oyida  Florensiya 

shahrida  Yevropa  Itgifoqi  bilan  O‘zbekiston  o‘rtasida  sherikchilik  va  hamkorlik 

to‘g‘risida  Bitim  imzolandi.  Bu  hujjat  O‘zbekistonning  Yevropa  Ittifoqi  va  unga 

a’zo bo‘lgan 15 ta mamlakat bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo‘lib 

siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  madaniy  aloqalar  uchun  keng  imkoniyatlar 

ochdi.  Yevropa  Ittifoqi  bilan  hamkorlik  O‘zbekistonning  xavfsizligi  va 

taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston  mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini  muhofaza 

qilish  bo‘yicha  Vena  Konvensiyasiga,  ozon  qatlamini  kamaytiradigan  moddalar 

xaqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi  vositalarni  harbiy  yoki 

boshqa  dushmanlik  maqsadida  qo‘llashni  taqiqlovchi  Konvensiyaga,  Yadro 

qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo‘shilgan. 

Shunday  qilib,  O‘zbekiston  tarixan  qisqa  bir  davrda  jahon  hamjamiyatiga 

qo‘shildi,  xalqaro  va  mintaqaviy  muammolarni  hal  qilishda,  umumiy  va 

mintaqaviy 

xavfsizlikni 

mustahkamlashda 

faol 

qatnashayotgan 



nufuzli 

davlatdarajasiga ko‘tarildi. 



Download 405.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling