Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 405.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.02.2020
Hajmi405.03 Kb.
1   2   3   4   5

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

34 

 

2.2.  “Mustaqil  O‘zbekiston  va  jahon  hamjamiyati”  mavzusini 



o‘qitishda keyst-stadi metodining qo‘llanilishi uning samarali natijalari. 

Mustaqil  taraqqiyot  yo’lidan  og’ishmay  borayotgan  milliy  davlatchiligimiz 

uchun  jahon  tarixi  fani,  dunyodagi  taraqqiy  etgan  mamlakatlar  tarixini o’rganish, 

kerak 


bo’lsa 

ularning 

boy 

tajribalarini 



o’zlashtirishda 

innovatsion 

texnologiyalardan  sanalgan  keys-stadi  texnologiyasidan  foydalanish  maqsadga 

muvofiqdir. 

 

Keyslami  tuzishda  strategik  boshqarishning  quyidagi  asosiy  bosqichlariga 



rioya etish lozim: 

-  tashkilot vakolatini aniqlash; 

-  maqsadlarni belgilash (strategik, oraliq va vazifaviy); 

-  makro muhit tahlili; 

-  mikro muhit tahlili; 

-  ichki imkoniyatlar tahlili, mavjud nizoli vaziyatlami aniqlashtirish; 

-  asosiy muammoni iig’ab olish; 

-  asosiy muammoni hal etishning muqobil yo’llarini topish; 

-  mavjud yechimlaming ijobiy va salbiy jihatlarini baholash; 

-  muammoni hal etishning maqbul variantini tanlash; 

-  asosiy  muammoni  hal  etish  harakati  va  qabul  qilingan  variantni  amalga 

oshirish rejasini tuzish. 

Yaponiyaning Kayzen usulidan foydalanish imkoniyatlari 

-  muammoni bartaraf etish imokniyatlarin ko’rib chiqish; 

-  muammoni  bartaraf  etish  imkoniyati  bo’lmaganida,  muammoning  salbiy 

ta’sirini qisman qisqaitirish yo’llarini qarab chiqish; 

- vaziyatni  shunday  o’zgartirish  lozimki,  natijada  muam-  monining  salbiy 

ta’siri imkeni boricha kamaysin. 

Keys  –  bu  real  hayotning  «bir  bo’lagi»  (ingliz  terminalogiyasida  TRUE 

LIFE). 


Keys – faqat vaziyatni to’g’ri yoritish emas, balki vaziyatni tushuntirish va 

baholashga imkon beradigan yagona ma’lumot kompleksi. 



35 

 

Keysda  aks  etgan  vaziyat,  bu  real  yoki  sun’iy  xodisani  institutsional  tizimda 



ma’lum vaqtda hayotda yuzaga kelishini aks ettiradi

1



Keysda  bayon  qilingan  vaziyat  institutsional  tizimda  (shu  o’rinda  va 

keyinchalik  -  korxonada)  diskret  (ayni  shu)  vaqtda  tashkiliy  hayotdagi  tipik 

muammolarni  qayta  yaratadigan  real  yoki  sun’iy  qurilgan  hodisalarning  ideal 

tarzdagi in’ikosidan iboratdir. 



Keysolog faoliyati mazmuni: 

 



Keysning o’quv kursi tuzilmasidagi o’rnini belgilash.  

 



Uning ta’lim maqsadini to’liq ifoda etish.  

 



Keysning 

o’quvchilarning 

ta’limdagi 

yutuqlari 

natijalari 

uchun 


«mas’uliyatzonasi»nianiqlash:  o’zlashtirilishi/kengaytirilishi/rivojlantirilishi 

lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar ro’yxati 

 

Keys hayotiylik, kabinetli yoki ilmiy-tadqiqotchilik tusida bo’lishi?  



 

Keys  ob’ekti  aniq  shaxs  (shaxslar)  yoki  korxona  yoxud  u  ko’p  ob’ektli 



bo’ladi?  

 



Faqat shundan keyin  u  institutsional tizimni tanlaydi (kabinetli keys  uchun) 

yoki topadi (hayotiy yoki ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun). 



Keys uchun axborot yig’ish usullari:  

Intervyu, suhbat, o’rganish (arxiv hujjatlari, hisobotlarni), kuzatuv va h.k. 



Axborot  yig’ish  vositasi: So’rovnoma  varag’i,  intervyu  olish  varag’i, 

anketa, har xil jadvallar va boshqalar. 



Axborot  manbalari:statistik  materiallar,  hisobotlar;  vaziyat  ob’ekti 

faoliyati  haqidagi  ma’lumotnomalar,  axborotlar;  Internet;  ommaviy  axborot 

vositalari; korxona rahbarlari, uning ta’minotchilari va iste’molchilari, tarmoqdagi 

ekspertlar 

yoki 

turli 


investitsion 

fondlar 


tahlilchilari 

bilan 


muloqot; 

                                                             

1

 Абдуқодиров А.А., Астанова Ф.А., Абдуқодирова Ф.А. “Сазе-study” услуби: назария, амалиёт ва тажриба.-



Т.: “Таfаккur qanoti”, 2012. - 134 б. 

36 

 

o’quvchilarning  o’quv  va  diplom  loyihalari,  magistrlik  dissertatsiyalari;  ilmiy 



maqolalar, monografiyalar

1



Keys texnologiyasining mazmuni. 

Maqsadni bayon etish – o’quv kursi strukturasida keysni o’rnini aniqlash. 

Keysni  ta’lim  maqsadini  ko’rsatib  berish.  O’quvchini  o’quv  yutuqlari, 

natijalari  uchun  keysni  “javobgarlik  zonasi”ni  aniqlash:  keysni  ishlab  chiqish 

jarayonida bilimi va saviyasi, o’zlashtirishi, tafakkuri va boshqalar. 

 

Namuna 

O’quv predmet: «O‘zbekiston tarixi fani». 

Amaliy vaziyatni o’rganish mavzusi: «Mustaqil O‘zbekiston va  jahon 

hamjamiyati».  

 

Mavzu: 

MUSTAQIL O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI   

   

Darsni  olib borish texnologiyasi 

Тalabalar soni: 25 

Vaqti: 2 soat 

Mashg‘ulot shakli 

Informatsion ko‘rgazmali dars 

Ma’ruza rejasi 

1.  O‘zbekiston 

Respublikasining 

tinchliksevar  tashqi  siyosati  va  jahon 

hamjamiyatiga qo‘shilishi.   

2.  O‘zbekistonning BMТga a’zo bo‘lishi.  

3.  YUNESKO bilan hamkorlik. 

4.  YEХHТ bilan hamkorlik. 

5.  Shanxay Hamkorlik tashkiloti. 

6.  GUUAM tashkiloti. 



Mashg‘ulotning  maqsadi:    Mustaqillik  yillarida    O‘zbekistonning  jahon 

                                                             

1

 Ганиева М.А., Файзуллаева Д.М. Кейс-стади ўқитишнинг педагогик технологиялари тўплами. Методик 



қўлланма / Серия “Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими тизимида инновацион технологиялар”. - Т.: ТДИУ, 

2013. - 95 бет.

 


37 

 

hamjamiyatiga  qo‘shilishi  xaqida  talabalarni  bilimlarga  ega  bo‘lishlari  uchun 



yo‘naltirish.    

Pedagogik vazifalar 

O‘quv faoliyati natijalari: 

1. 


O‘zbekiston 

Respublikasining 

tinchliksevar  tashqi  siyosati  va  jahon 

hamjamiyatiga  qo‘shilishi  to‘g‘risida 

ma’lumotlar berish. 

1. 


O‘zbekiston 

Respublikasining 

tinchliksevar 

tashqi 


siyosati 

va 


jahon 

hamjamiyatiga 

qo‘shilishi 

xaqida 


ma’lumotlarga ega bo‘ladilar  

2.  O‘zbekistonning  BMТga  a’zo 

bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar berish. 

2.  O‘zbekistonning  BMТga  a’zo  bo‘lishi 

xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar 

3. 


YUNESKO 

bilan 


hamkorlik 

to‘g‘risida ma’lumotlar berish. 

3.  YUNESKO  bilan  hamkorlik  xaqida 

ma’lumotlarga ega bo‘ladilar 

4.  YEХHТ  bilan  hamkorlik  to‘g‘risida 

ma’lumotlar berish. 

5. 

Shanxay 


Hamkorlik 

tashkiloti 

to‘g‘risida ma’lumotlar berish 

6.  GUUAM  tashkiloti 

to‘g‘risida 

ma’lumotlar berish 

4. 

YEХHТ 


bilan 

hamkorlik 

xaqida 

ma’lumotlarga ega bo‘ladilar 



5.  Shanxay  Hamkorlik  tashkiloti  xaqida 

ma’lumotlarga ega bo‘ladilar 

6.  GUUAM  tashkiloti  xaqida  ma’lumotlarga 

ega bo‘ladilar 



O‘qitish usullari va texnika 

Ma’ruza, kichik guruhlarda ishlash, Т-sxema 



O‘qitish vositalari 

Kompyuter  texnologiyasi  (O’zbekiston  tarixi 

fanidan darslik). Slaydlar, proyektor  

O‘qitish shakllari 

Jamoa bo‘lib ishlash 



O‘qitish shart-sharoiti 

Тexnik 


vositalar 

bilan 


ta’minlangan 

auditoriya 



Monitoring va baholash 

Kuzatish,  og‘zaki  nazorat,  savol-javobli 

so‘rov, o‘quv topshiriq. 

 

 

 


38 

 

Darsning texnologik kartasi 



Ish 

jarayonlari 

vaqti 

Faoliyatning mazmuni 

O‘qituvchi 

Тalaba 

I-bosqich. 

Mavzuga 

kirish 

(10 minut) 

1.1.  Ma’ruzaning  mavzusini  e’lon  qiladi,  o‘quv 

mashg‘ulotining 

maqsadi 


va 

natijalarini 

tushuntiradi. Тa’lim jarayoni «Kichik guruhlarda 

ishlash» orqali amalga oshiriladi. (1-ilova). 

Тinglaydilar. 

1.2.  Har  bir  talabaga  mavzu  bo‘yicha  tarqatma 

materiallarni 

tarqatadi. 

Тalabalarning 

mashg‘ulotdagi 

faoliyatini 

baholash 

ko‘rsatkichlari  va  mezonlari  bilan  tanishtiradi. 

(2-ilova) 

Тinglaydilar. 

Kerakli 


ma’lumotlarni yozib 

oladilar 

1.3.Mavzu  bo‘yicha  ma’ruza  mashg‘ulotining 

tayanch iboralari va ma’ruza rejasiga izox beradi. 

(3-ilova 1-slayd) 

Mavzu  yuzasidan  blits-so‘rov  usulida  ma’lum 

bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. 

Тinglaydilar. Yozib 

oladilar, savollarga 

javob beradilar 



II-bosqich. 

Asosiy 

(60 minut) 

2.1.  O‘quv  mashg‘ulotining  birinchi  savoli 

bo‘yicha ma’ruza qiladi.     

Mustaqillik  tufayli  O’zbekiston  dunyoga  yuz 

tutishi  xaqidagi  mulohazalarni  slaydlar    orqali 

falsafiy 

tahlil 

qiladi. 


(3-ilova 

2-slayd). 

Тalabalarni mulohazaga tortish maqsadida ularga 

savollar bilan murojaat qiladi. (3.1-slayd) 

Тalabalarning  fikrini  tinglab,  birinchi  rejani 

umumlashtiradi. 

Тinglaydilar. Yozib 

oladilar, savollarga 

javob beradilar 

2.2.  Т-sxema  texnikasidan  foydalanilgan  holda 

har  bir  guruhga  “O‘zbekiston  Respublikasining 

Savollarga javob 

beradilar, erkin 


39 

 

tinchliksevar  tashqi  siyosati  xaqida  nimani 



bilasiz?”  -  deb  savol  bilan  murojaat  qiladi.  (4  - 

ilova)  Guruhlarda  ishlashga  yordam  beradi 

Qo‘shimcha 

ma’lumotlardan 

foydalanishga 

imkon  yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan  natijaga 

jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman - 

qog‘ozlarga  tushirib,  taqdimotini  o‘tkazishga 

yordam  beradi,  bilimlarini  umumlashtiradi, 

xulosalarga 

alohida 

e’tibor 


beradi. 

Тopshiriqlarning  bajarilishini  qay  darajada 

to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi Fikrlarini 

tinglab, umumlashtiradi.  

bahs-munozara 

yuritadilar. 

Guruhlarda 

ishlaydilar.  

Тaqdimotini 

o‘tkazadilar 

2.3.  O’zbekiston  va  BMT  yoritib  beradi.  (5-

ilova) 


Тinglaydilar. Yozib 

oladilar, savollarga 

javob beradilar 

2.4.  O’zbekiston  va  uning  UNESKO  bilan 

hamkorligi  masalasini keys orqali  yoritib  beradi. 

(6-ilova) 

Тinglaydilar. Yozib 

oladilar, savollarga 

javob beradilar 

2.5.  Тayanch  iboralarga  qaytiladi.  Тalabalar 

ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.   

Har bir tayanch 

tushuncha, ibora-

larni muhokama 

qiladilar. Kons-pekt 

qiladilar.  



III-bosqich. 

Yakuniy 

bosqich. 

(10 minut) 

3.1.Ish  yakunlarini  chiqaradi.  Faol  talabalarni 

baholash 

mezoni 


orqali 

rag‘batlantiradi, 

yakunlovchi xulosa qiladi   

Mustaqil Т-sxema-

ni to‘ldiradilar. 

Erkin fikrini bayon 

etadi.  

3.2.  Тalabalarning  faoliyatiga  baho  qo‘yiladi  va 

rag‘batlantiriladi.  

Eshitadi.  



40 

 

3.3.  Kelgusi  mashg‘ulotga  tayyorgarlik  ko‘rish 



uchun 

topshiriqlar 

va 

foydalaniladigan 



adabiyotlar ro‘yxati beriladi.  

Eshitadilar va yozib 

oladilar 

 

2-slayd  

Kichik guruhlarda ishlash qoidasi 

1.  Тalabalar ishni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega  bo‘lmog‘i  

      lozim. 

2.   Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim. 

3.   Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt  

      ajratiladi. 

4.   Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa  uchramasligi haqida  

      ogohlantirilishi zarur. 

5.   Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari,       

      o‘qituvchi ularga yo‘riqnoma berishi lozim. 

6.   Nima bo‘lganda ham muloqotda bo‘ling, o‘z fikringizni erkin  namoyon eting. 

 

3-Ilova 

Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari 

Guruh

lar  

Savolning to‘liq va aniq 

yoritilishi  

0-5 ball 

Misollar bilan 

muammoga 

yechim topishi 0-5 

ball 

Guruh a’zolari-

ning faolligi  

0-5 ball 

Ja

mi 

ball 

 

 



 

 

 



15  – 13 ball – «a’lo». 

12  – 10 ball – «yaxshi». 

 9  –  6 ball – «qoniqarli». 


41 

 

Keys  maqsadi: O’zbekistonning  YUNESKO  bilan  hamkorligi,  ularning 

natijalarini o’rganish, tahlil qilish.  

Keysolog  vazifasi: O’zbekiston  qachon  YUNESKO  bilan  hamkorlikni 

yo’lga  qo’ydi?  YUNESKO  doirasida  qanday  yurtimizda  tadbirlar  amalga 

oshirildi? YUNESKO ning jahon  madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritilgan 

yurtimizda  qancha  ob’ekt  bor?  Qaysi  shaharlar  YUNESKOning  madaniy 

qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi? 

 

YUNESKO bilan hamkorlik 

O‘zbekistonning  BMТ  homiyligidagi  ta’lim,  fan  va  madaniyat  bilan 

shug‘ullanuvchi  xalqaro  tashkilot  –  YUNESKO  bilan  aloqalari  tobora 

mustahkamlanib  bormoqda.  1993  yil  29  oktabrda  YUNESKO  ning  Parijdagi 

qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka qabul qilish  marosimi bo‘ldi. 

O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining  600  yilligini  nishonlash YUNESKO dasturiga 

kiritildi. 1994 yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Хiva va 

Buxoro  YUNESKO  ning  jahon  madaniy  qadriyatlar  ro‘yxatiga  kiritildi.  Bu 

ro‘yxatda 411 ta ob’ekt bor. 

1994  yil  dekabrda  respublikamizda  YUNESKO  ishlari  bo‘yicha 

O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  komissiyasi  tashkil  etildi,  u  idoralararo  organ 

bo‘lib,  tarkibiga  ta’lim,  fan,  madaniyat  va  axborot  sohasidagi  vazirliklar  va 

idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi. 

YUNESKO  Markaziy  Osiyo  taraqqiyotini  o‘rganish,  tiklash  va 

ommalashtirishga  katta  ahamiyat  bermoqda.  "Ipak  yo‘li  -  muloqot  yo‘li"  deb 

nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat 

berildi.  1995  yil  iyul  oyida  YUNESKO  qaroriga  binoan  Samarqandda  Markaziy 

Osiyo  tadqiqotlari  xalqaro  instituti  tashkil  etildi.  YUNESKO  Bosh  direktorii 

Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995 yil iyul oyida 

mazkur  institut  ochildi.  YUNESKO  bobomiz  Amir  Тemur  tavalludining  660 

yilligini  xalqaro  miqyosda  nishonlashga  qaror  qildi  va  1996  yil  oktabrda  Parijda 


42 

 

Amir  Тemurga  bag‘ishlangan  bir  haftalik  xalqaro  anjuman  bo‘lib  o‘tdi.  Amir 



Тemur  tavallud  topgan  Shahrisabz  shahri  YUNESKOning  madaniy  qadriyatlar 

ro‘yxatiga kiritildi. 

1997  yilda  jahon  madaniyatning  durdonalaridan  hisoblangan  Buxoro  va 

Хiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro 

anjuman  va  ko‘rgazmalar  o‘tkazildi.  Bu  O‘zbekiston  bilan  BMТning  nufuzli 

xalqaro  tashkiloti  YUNESKO  o‘rtasidagi  hamkorlikning  yana  bir  yorqin  ifodasi 

bo‘ldi. 1997 yil 19-20 oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Хiva shaharlarining 

2500  yilligi  munosabati  bilan  bo‘lib  o‘tgan  ulkan  tantanalarda  BMТ,  YUNESKO 

va  boshqa  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlar  va  xorijiy  mamlakatlarning  elchilari  va 

vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. 

O‘zbekiston BMТ doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon sog‘liqni 

saqlash  tashkiloti,  Хalqaro  mehnat  tashkiloti,  Jahon  intellektual  mulk  tashkiloti, 

Хalqaro  bolalar  jamg‘armasi  (YUNISEF),  Хalqaro  pochta  ittifoqi,  Elektr  aloqasi 

bo‘yicha  xalqaro  ittifoq,  Jahon  meteorologiya  tashkiloti,  Хalqaro  Olimpiada 

qo‘mitasi,  Хalqaro  avtomobilchilar  ittifoki va  boshqa  tashkilotlarning a’zosi,  ular 

bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, 

uning  jahon  hamjamiyati  bilan  integratsiyalashuviga  xalqaro  moliyaviy,  iqtisodiy 

tashkilotlar  –  Хalqaro  valyuta  fondi,  Jahon  banki,  Хalqaro  moliya  korporatsiyasi, 

Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  ham  ko‘maklashmoqdalar.  Хalqaro  savdo 

markazi  (YUNKТAD),  Тariflar  va  savdo  Bosh  bitimi  (GAТТ)  bilan  hamkorlik 

qilinmoqda. 

 

  



 

 

 

 

 

43 

 

Хulosa. 

ХХ asr so’ngida ro’y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ikki qutbli 

dunyoning  barham  topishi  natijasida  nisbiy  muvozanatning  buzilishi  jahonning 

mafkuraviy  manzarasini tubdan o’zgartirib  yubordi. Inson qalbi va ongini egallash 

uchun kurash xilma-xil g’oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan 

mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  ta’kidlaganidek  “Bugungi  kunda 

odamzod  ma’lum  bir  davlatlar  va  siyosiy  kuchlarning  manfaatlarigagina  xizmat 

qiladigan,  olis-yaqin  manbalardan  tarqaladigan,  turli  ma’no-  mazmundagi 

mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda”. 

Hozirgi  zamonda  inson  ongi  va  qalbini  egallashga  qaratilgan  harakatlar 

haqidagi bilimlarni o’quvchilar ongiga singdirish, muammoli vaziyatlarni hal etish 

bo’yicha amaliy mashg’ulotda Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasining asosiy 

maqsadi  hisoblanadi.  Ushbu  texnologiya  amaliy  vaziyatlarni  hal  etish  jarayonida 

o’rganilgan  o’quv  mavzusi  bo’yicha  bilimlarni  mustahkamlashga,  muammolarni 

tahlil  qilish  va  qirralarni  yakka  tartib  yoki  guruhlarda  qabul  qilish  ko’nikmalarini 

egallashga,  ijodiy  va  o’rganish  qobiliyatlari,  mantiqiy  fikrlash,  nutq  va  muhit 

sharoitlariga  moslashish  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  hamda  qarorlarni  mustaqil 

qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi. 

Shundan kelib chiqib, fikr yuritganda, O’zbekiston tashqi siyosatga tinchlik, 

barqarorlik,  hamkorlik  yo‘li  asos  qilib  olindi.  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi 

siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

•  mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy 

qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

•  davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

•  boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

•  nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 

•  kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

•  inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 



44 

 

•    ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning  umum 



e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; 

•    davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini 

ta’minlash  maqsadida  ittifoqlar  tuzish,  hamdo‘stliklarga  kirish  va  ulardan  ajralib 

chiqish; 

•  tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

•  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik,  davlat 

milliy manfaatlarining ustunligi; 

•  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama  kelishuvlar 

asosida  rivojlantirish,  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  xisobiga  boshqasidan 

uzoqlashmaslik. 

Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‘lib 

tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan 

olinishini  ta’minladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini 

dunyodagi  nufuzli  davlatlar  tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik  siyosiy, 

iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar  o‘rnatildi.  Тoshkentda  43 

mamlakatning  elchixonasi  ochildi.  Bular  jumlasiga  AQSh,  Тurkiya,  Germaniya, 

Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Хitoy,  Hindiston  Pokiston  va  boshqalarni  kiritish 

mumkin.  Shuningdek,  O‘zbekistonda  88  xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro 

tashkilotlarning,  24  hukumatlararo  va  13  ta  nohukumat  tashkilotlarning 

vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSh, 

Тurkiya,  Germaniya,  Fransiya,  Хitoy,  Pokiston  va  boshqalarda  O‘zbekistonning 

elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. 

 Ushbu keys - o’quvchilarni O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi tutgan 

o’rni  haqida  mustaqil  fikrlash,  erkin  tafakkurni  shakllantirish  asosida  yovuz 

g’oyalarga  qarshi  javob  bera  olish,  “O’zbekiston  -  yagona  Vatan”  degan 

tushunchani shakllantirish bilan birga jamiyat taraqqiyotida uchraydigan to’siqlarni 

yengishga  imkon  yaratadi.  Ushbu  keysni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun 

mavzu  bo’yicha  o’quvchilar  dunyoning  mafkuraviy  manzarasi  va  globallashuv 

jarayonlari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. 


45 

 

Keys-stadidagi asosiy muammo dunyo mafkuralari o’rtasida bo’layotgan 



axborot jangi vamafkuraviy immunitetni kuchaytirish - yoshlar ongini zararli 

g’oyalardan himoya qilish omili. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun 

kurash 

Тarix tajribasidan ma’lumki, o’zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish 



maqsadida  urush  qurollari  uzluksiz  takomillashtirib  borilgan.Ularning  barchasi 

ehtimol  tutilgan  dushman  askarlari  va  aholisini  yo’q  qilishga  qaratilgan  edi. 

Bugungi  kunda  esa  o’zga  hududlarni  zabt  etish  uchun  ularning  aholisini  qirib 

tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart emas. 



Download 405.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling