Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univesiteti


Download 114.48 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi114.48 Kb.
#112710
Bog'liq
Xujaqulov Xusniddin CAO009 YN 57 var


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVESITETI

DASTURIY INJINIRINGI FAKULTETI

Komputerni tashkillashtirish fanidan


Yakuniy nazorat ishi


CAO009 - guruh talabasi Xujaqulov Xusniddin

Variant №57

1.Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar traktini ko‘rsatuvchi chizmani keltiring va unga tushuntirishlar bering.


2. Pentium protsessorlari haqida ma’lumot bering.
3.Xotira turlarining texnik ko’rsatkichlari haqida ma’lumot bering.

1-Savol.

1.Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar traktini ko‘rsatuvchi chizmani keltiring va unga tushuntirishlar bering.



1-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti.

Arifmetik mantiqiy qurilma – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi (1-rasm).

Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi – bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan – inkorlash, qo‘shish, ayrish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan registrlardan biriga joylashtiriladi.

Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar trakti – mikroprogramma (mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat qilinadi. Boshqa xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti – apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi sathning nomi – mikroarxitektura sathi deb nomlangan.

Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan kompyuterlarda, mikrodastur deganda – ikkinchi sath buyruqlarining interpretatori, ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi. Masalan: ADD – qo‘shish buyrug‘ini bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar registrlarga joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga yoziladi.

Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan kompyuterlarda ham, xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya qiluvchi mikrodastur bo‘lmaydi.

2-Savol.

2. Pentium protsessorlari haqida ma’lumot bering.



Pentium protsessorlari.
1992 yilning oktyabrida Intel beshinchi avlodning moslashuvchan kompyuterlari ko‘pchilik o‘ylaganiday 586 emas, balki Pentium deb atalishini e’lon qildi. 586 deb nomlanishi tabiy edi, biroq raqamli belgilashlar savdo markasi sifatida ro‘yxatga olinmaganligi uchun, ularning raqobatchilari ko‘payib ketar edi va ular ,,patentlanmaydigan“ nom bilan shunday mikrosxemalarni ishlab chiqishni boshlab yuborar edi. 1993 yil martda birinchi Pentium protsessorlari,bir necha oydan so‘ng ular asosida birinchi kompyuterlar chiqarila boshladi. Pentium Intel firmasining oldingi protsessorlari bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan birga, ulardan ko‘zga ko‘rinarli farq qiladi. Undagi bir hususuiyatni inqilobiy den hisoblash mumkin. Pentium protsessorida ikkita konveyer bo‘lib, uning bir vaqtda ukkita buyruqni bajarishiga imkon yaratadi (Barcha oldingi protsessorlar vaqtning har bir momentida faqat bitta buyruqni bajara oladi).
Intel bu imkoniyatni superskalyar texnologiya deb atadi. Shu texnologiyaga asosan Pentiumning samaradorligi protsessor bilan taqqoslaganda ko‘zga- ko‘rinarli oshdi .
486 standart mikrosxema bir buyruqni o‘rtacha ikki ichki taktda bajaradi, DХ2 va DХ4 protsessorlarida esa chastotasini ikki marta oshirish natijasida bir taktda bajaradi. Pentium protsessorida superskalyar texnologiyadan foydalanish natijasida bir taktda ikkita buyruqni bajarish mumkin. Superskalyar arxitektura tushunchasi odatda yuqori samaradorligi RISС-protsessorlari bilan bog‘liq. Pentium— superskalyar deb ataluvchi, birinchi CISC (Complex Instruction Set Computer) protsessorlaridir.U bitta korpusga biriktirilgan 486 ikki protserssoriga ekvivalent.

Pentium protsessorlarining xarakteristikalari.


Vujudga kelish sanasi



1993 yil, 22-mart (1-avlod), 1994 yil ,7 -mart(2-avlod)

Maksimal takt chastotasi

60,66 MGts (1-avlod), 75, 90, 100, 120, 133, 150, 166, 200 MGts (2-avlod)

Chastotaning ko‘payish karraligi

1x (1-avlod), 1,5x-3x (2-avlod)

Registrlarning razryadliligi

32

Malumotlarning tashqi shinasining razryadliligi

64

Manzil shinasining razryadliligi

32

Manzillanayotgan xotira

4 Gbayt

Ichki kesh xotiraning o‘lchami

8 Kbayt (kodlar uchun),8 bayt ( ma’lumotlar uchun)

Ichki kesh xotiraning tipi

Ikki betli, ikki yo‘nalishli ( ma’lumotlar uchun)

Xotiraning qisqartirilgan sikllari

Bor

Tranzistorlar miqdori

3,1mln va undan yuqori

Kristaldagi elementlar miqdori

0,8 mkm (60/66 MGts), 0,6mkm (75-100MGts), 0,35 mkm(120 MGts va undan yuqori)

Korpus

273-kontaktli RGA, 196-kontaktli SPGA,qatlamli korpus

Soprotsessor

O‘rnatilgan

Energiya ta’minotining pasayishi

CMM tizim,2-avlodda yaxshilangan

Ta’minot kuchlanishi

5 V(1-avlod), 3,465; 3,3; 3,1; va 2,9 V (2-avlod)


3-Savol.

3.Xotira turlarining texnik ko’rsatkichlari haqida ma’lumot bering.



Ichki xotira:

Tezkor xotira (ram-ixtiyoriy kirish mumkin bo’lgan mikroprosessor, qurilmalar nazoratchilari bular kantrolyorlar, adapterlar, elektr manbai bilan taminlash bloki), yumshoq disk qurulmasi,qattiq disk qurulmasi,faqat o’qish uchun mo’ljallangan lazir disk qurulmasi shinalar madem va boshqa qurulmalar.Sestema blogiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurulmalarni ulash mumkin.
Tezkor xotira -kompyuterning muhum qismi bo’lib, prosessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyutero’chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yokidisketlarda saqlab qolish kerak. Kompyuterishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o’chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhum tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o’lchovi sifatida bayt qabil qilingan bo’lib, 1 bayt 8 bitga teng. O’z navbatida bayt bir simvolni belgini tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familyangizda nechta harf bo’lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabil qilingan va K bilan belgilanadi. O’z navbatida bir kilobayt 1000 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbaytga teng.Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko’proq bo’lgan dasturlarni, xususan WINDOWS3.1.,3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 to’laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 prosessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operasion sistemasida ishlash uchun, FotoShop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM-2,3 prosessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko’rsatgichlar yangi prosessorlar va dastur mahsulotlarining paydo bo’lishi bilan yil sayin oshib boradi.

Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operasion sistemaning boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi

Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprosessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamoda amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprosessorning xotiraga muroajaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo’lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo’ladi. PENTIUM-2,3

Kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512Kni tashkil qiladi.




Tashqi xotira:

Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so'ng, tezkor xotira(ОЗУ)dagi barcha ma'lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o'chgan ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda, elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan foydalaniladi. Bu maqolada shu qurilmalar haqida yozmoqchiman.

Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga bo'linadi:


  • Magnitli saqlash qurilmasi.

  • Optik saqlash qurilmasi.

  • Elektr saqlash qurilmasi.

Endi har bir turiga qisqacha to'htab o'tamiz.

Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar(ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ kompyuterlar,..) foydalanishadi.

Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:

— Qattiq disklar(HDD).

— Egiluvchan disklar(floppi disk).

— Magnit lentalar.

Qattiq diskni(vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. Hajmi ham xar hil bo'ladi(250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb,..). Hajmi qanchalik katta bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga yana tashqi qattiq disklar ham kiradi. Ular USB port orqali ulanadi va kompyuterdan elektr manbai oladi. Bu turi katta hajmdagi ma'lumotlarni olib yurish uchun ishlatiladi.

Egiluvchan disklar hozirgi kunda kamayib ketgan. 1.44 Mb hajmga ega bo'lib, ma'lumotlarni bir necha martta o'qib, yozish uchun ishlatiladi. Unchalik ishonchli emas, magnit plyonkalar ham yupqa bo'lib, juda tez ishdan chiqish ehtimoli katta. Tashqi ta'sirlarga umuman bardoshli emas.

Keyingi magniitli saqlash qurilmasi bu – magnit lentalardir. Bular asosan server kompyuterlar bilan ishlaganda kerak bo'ladi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni arxivlash yoki nusxasini olish jarayonida ishlatiladi. O'qish va yozish tezligi unchalik katta emas, lekin uzoq vaqt davomida saqlash uchun mo'ljallangan.

Navbatdagi tashqi saqlash qurilmasi bu optik disklar hisoblanadi. Bu disklarga ma'lumotlar lazer nurlari orqali yoziladi va lazer nurlari orqali o'qiladi. Optik disklarni quyidagi turlari mavjud:

— Faqat o'qish uchun mo'ljallangan disklar: CD, DVD.

— Faqat bir marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-R, DVD-R.

— Bir necha marotaba yozish uchun mo'ljallangan disklar: CD-RW, DVD-RW.

CD disklar 700 Mb atrofida, DVD disklar esa 4.7 Gb atrofidagi ma'lumotlarni o'zida saqlay oladi. Bu optik disklarni o'qish uchun kompyuterga CD-ROM, DVD-ROMqirilmalari ulanadi. Hozirgi kunda yangi DVD disklari paydo bo'lgan, bular Blu-ray deb nomlanadi va ular ko'k rangdagi lazer orqali ma'lumotlarni yozadi(oddiy optik disklarga qizil rangdagi lazer ishlatiladi). Blu-ray disklarning hajmi 25 Gb dan boshlanadi.

Keyingi tashqi xotira qurilmasi bu – elektr saqlash qurilmasidir. Bu xotira qirilmasida ma'lumotlar, mikrosxemalar orqali yaratilgan va programmalashtirilgan xotirada saqlanadi. Bunga misol, flesh-xotiralardir(fleshka). Bu qurilmalar kompyuterga USBport orqali ulanadi. Qurilmaning o'lchamlari kichik va hajmi hozirgi kunda 64 Gb dan ham oshdi. Bu qurilmaning asosiy parametri hajmidan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi hisoblanadi. Ma'lumotlarni yozish va o'qishda hech qanday dasturlarning keragi yo'q va ishlatish juda soddadir




Xotira

Turi

Nomi

Qurilma nomi

Axborot sig’imi

Tashqi korinishi tavsifi

O’qish tezligi

Ichki xotira

Tezkor xotira




32 Mb

-

1 megagers

1Mb/3.5*10-3



Kesh xotira




8 Kb-512 Kb

-

128/256/512 Kb/ sekund

Doimiy xotira




256 Kb

-

4 Mb/ 60 nanosekund


Tashqi xotira

Flesh xotira




64 GB +

-

USB 1.1

12 Mbit/sek, USB 2.0 480 Mbit/ sek USB 3.0 da esa bu ko’rsatgich 480 Mbit/ sek

Magnit

Qattiq disk HDD

250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb…

-

3600, 4500 va 5400 ayl/min

Magnit disk FDD

1.44 Mb

3,5 dyumli, 5,25 dyumli

150 Kbayt/sekund

Magnit tasma

-

eni 3,81 va 6,25 mm, qalinligi 9–55 mkm

Bir kasetali4,76 sm/s.ni. ikki kassetali 9,53 sm/s.ni, diktofonlarda esa 2,38 sm/s.

Optik

CD

700 Mb

diametri 4,72 dyuym va qalinligi 0,05 dyuymli plastik diskdan iborat, markazida diametri 0,6 dyuymli teshik bor, ikki qatlamli: yupqa kaytaruvchi metall aktiv qavati va lakli qoplama

o'qish tezligi 150 dan 3000 Kbayt/s gacha.

DVD

4.7 Gb+

12 sm va 8 sm  diametrli

1380 Kbit/sek dan

22080 Kbit/sek gacha

Download 114.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling