Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Download 54.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2020
Hajmi54.17 Kb.
#150910
Bog'liq
javlon b


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

Mustaqil ishi

Mavzu:Biznesda marketing tadqiqotlarini olib borish

Bajaruvchi:Allanazarov.J


Toshkent 2020

Reja:


1. Biznes reja

2. Marketing nima?

3. Marketing tadqiqotlar

Foydanilgan adabiyotlar



Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari

tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan

tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz

tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan

moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10

boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha

ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi

va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash

asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi,

savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan

raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida

axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday

yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish,

reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab

chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish,

ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini

tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik

reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda

ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash

strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul

kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi,

investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi.

Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), firma

(xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va

tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan

xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja

kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Marketing (inglizcha:

market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab

chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing



atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan.

Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi

tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi.

Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot

tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin

raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda

birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini

oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa

oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan

shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida

bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va

boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing

boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati,

1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning

50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda

marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi

kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.

Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did

va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish

marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan

bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini

rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni

shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing

faoliyatining mazmunini belgilaydi.

Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar:

rejalashtirish va mahsulotni yaratish;

mahsulotning navi va standartlarini belgilash;

mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish;

sotish;

omborga joylash;



transport xizmati;

marketing faoliyatini moliyalash;

xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.

Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing

kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov,

S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M.

Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar.

1986 yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing

boʻlimi tuzildi. Keyingi yillarda „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik

zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya

ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent

qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda

ham marketing boʻlimlari ochildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat

koʻrsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining

aksariyatida marketing boʻlimlari ish olib boradi.

Foydanilgan adabiyotlar

1.Marketing ilmiy tadqiqot metodologiyasi S.S.G’ulomov,G’.M.Qosimov



2.Internet manbalari

Download 54.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling