Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti mustaqil ish


Download 379.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.05.2020
Hajmi379.12 Kb.
#111739
Bog'liq
marketing mix


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI 

VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 

TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI 

 

   



 

 

 



 

MUSTAQIL ISH 

 

                            Mavzu : Marketing mix 



 

                                                                         

 

                                                                   Bajardi:Sultonov Muhriddin 



                                        

 

 



 

 

 



 

 

                



                                                      Toshkent 2016 

Reja: 

 

 

 

1.Kirish. 

 

2.Asosiy qism.  

            

             1)Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi… 

             

             2)Marketing-miksning moxiyati va elementlari… 

              

             3) Xizmatlar uchun marketing -miks 

       

      3.Xulosa.  

       

      4.Foydalanilgan adabiyotlar. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                              Kirish. 

  

Bozor  sharoitlari  va  uning  o`ziga  xos  xususiyatlarini,  undagi  raqiblar 



salohiyatiyu, raqobat  usullarini, muayyan  tovar  va xizmatlarga bo`lgan  talab va u 

erda  mavjud  bo`lgan  taklifni  puxta  va  atroflicha  o`rganish  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  va  xizmat  ko`rsatuvchilar  uchun  yutuq  va  barqarorlik  garovidir. 

Ana  shu  aytib  o`tilgan  ishlarni  amalga  oshirish  hozirgi 

zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor 

mexanizmining  asosiy  elementlari  (tovarlar  taklifi, 

xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy 

bog`liqki,  ularni  o`rganmay  turib,  bozordagi  jarayonlarni 

to`g`ri  tushunib  etish  anchagina  mushkul  ishdir.  Shuning 

uchun  xo`jalik  amaliyotining  chalkashliklari,  uning  siru 

asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, 

maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib 

turmog`i  lozim.Marketing  faoliyati  tijorat  ishlarida  xavf-xatarni  kamaytirish, 

mavjud  sharoitu  vaziyatlarni  eng  maqbulini  tanlab  olish,  ishlab  chiqarish  va 

sotuvning  yuqori  foyda  berib  turishini  ta`minlash  va  xaridorlar  uchun  to`g`ri 

keladigan  baholarni  belgilashga  yordam  beradi.  Marketingning  asosiy  tamoyillari 

bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir.

 

 



Bozorni bilish deganda, iste`molchilarni har  tomonlama  o`rganish, ularning 

did  va  istaklarini  bilish  ko`zda  tutiladi.  Demak,  bozorga  moslashish  muayyan 

talabni  qondiradigan  mahsulotlarnigina  ishlab  chiqarmoqni  bildiradi.  Nima  ishlab 

chiqarilgan  bo`lsa,  shuni  sotmaslik,  balki  bozortalab  mollarnigina  ishlab 

chiqarmoq  zarur.  Bozorga  ta`sir  o`tkazish  talabni  shakllantirish  demakdir,  ya`ni 

tovarni yaratish bilan iste`molchini ham “yaratmoq” lozim. 

 

 

Marketingning  umumiy  tamoyillari  va  vazifalariga  qarab  faoliyatning  aniq 



yo`nalishlari  va  mazmuni  belgilanadi.  Ularning  orasida  eng  muhimlari:  bozorni 

atroflicha  o`rganish,  mahsulot  turlarini  rejalashtirish,  mahsulot  sifatini  qiyomiga 

etkazish,  tovar  reklamasini  tashkil  qilish,  uning  eng  maqbul  bahosini  belgilash 

hamda savdosini tashkil etishdir. 



 

 

 

 

 

 

 

 

                

 

           Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi. 

 

Marketing  -  insonning  ayirboshlash  vositasida  talab  va  extiyojni  kondrishga 



qaratilgan  faoliyatidir.  Marketing  tarkibiga  bozorni  urganish.  Iste’molchi 

buyurtmasiga  kura  maxsulotlar  assortimentini  rejalashtirish,  bozorni  egallash, 

reklama,  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqaruvchidan  iste’molchiga  yetkazib 

berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Marketing konstruktor, muxandis, 

iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor extiyojlari bilan tanishish, iste’molchi 

ushbu  maxsulotning  qanday  bo’lishini  istashi,  unga  qancha  xak  tulashi,  u  kim 

uchun zarurligi xaqida muloxaza yuritish imkonini beradi. 

Bozor  sharoitida  korxonani  boshqarish  marketingni  ishlab  chiqarish  siklining 

boshiga  kuyadi,  chunki  xo’jalik  qarorlarini  qabul  qilish  asosida  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlari  emas,  balki  bozor  talablari,  xaridor  extiyojlari  yotadi.  Oxir  natijada 

korxona  kulami,  korxonani  boshqarish  tashkiliy  tarkibini,  boshqaruv  tamoyil  va 

usullarini, xizmat ko’rsatish yunalishlarini bozor belgilaydi. 

Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor konyuqturasi, bulajak sheriklar 

imkoniyatlari,  narxlar  o’zgarishi  xaqida  axborot  olish  asosida  o’z  ishlab 

chiqarishini  moddiy-texnikaviy  ta’minlash  va  kapital  kurilishni  tovarlar  va 

xizmatlar  bozoridan  (bevosita  ishlab  chiqaruvchidan,  ulgurji  savdoda,  shu 

jumladan,  yarmarka,  kimoshdi  savdosi,  xamda  moddiy-te’minot  va  boshqa 

vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib olish yo’li bilan amalga oshiradi. Natijada 

korxonaning  reja-iqtisod,  texnika,  texnologiya,  ta’minot  va  sotuv  bo’limlari 

vazifalari    o’zgaradi.  chunki  korxona  muxandis-texniklari  resurslardan  kay 

darajada foydalana olish imkoniyatiga ega ekanliklarini bilishlari, bozor ta’siridan 

erkin bo’lishlari uchun korxonada bozor iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va 

moliya siyosati masalalari bo’yicha axborot manbaasi, bo’lgan maxsus marketing 

xizmatini tashkil etish extiyoji vujudga keladi. 

Marketing  bo’limi  bozorni,  ijtimoiy  talab  xolati  va  o’zgarishi,  konyuqturani 

urganish  natijasida  korxonada  ishlab  chiqariladigan  maxsulot  zarurligi,  istikboli 

masalasini xal etadi. 

Korxonani  marketing  vositasida  boshqarish  ancha  mushqul  bo’lib,  katta 

xajmda  reja-xisob  qitoblarini,  qadrlarni  qayta  tayyorlashni,  boshqaruv  vazifa  va 

usullarini  tubdan  o’zgartirishni  talabkiladi.  Fakat  korxona,  butun  iqtisodiyot 

xo’jalik  mexanizmini  tubdan  qayta  qurishi  asosidagina  marketing  tendensiyasini 

qo’llash  mumkin.  Aks  xolda  korxona  tez  o’zgaruvchan  talabga  moslasha  olmay 

rakobat kurashiga bardosh  bera olmaydi. Bu korxona foyda kurmasligi va undan 

kelib  chikuvchi  boshqa  okibatlarga  olib  keladi.  Chunki  fakat  iste’molchilar 

extiyojini  xisobga  olib,  fan-texnika  tarakkiyoti  yutuklaridan  foydalana  olgan 

korxonagina o’z maxsulotini sotishdan foydaolishi mumkin. 

Bu  ma’noda  amerikalik  avtomobil  magnati  G.Fordning  fikrini  ta’kidlab  utish 

zarur. Undan qanday qilib millioner bo’lganligini suraganlarida quyidagicha javob 

bergan:  «Juda  oson.  Men  o’z  avtomobillarimni  bozorda  boshqalarga  nisbatan 

arzonrok  sotib,  o’z  ishchilarimga  boshqalarga    nisbatan  ko’p  xak  tulaganman». 

Bunday xolda u sinishi kerak edi, lekin u rakobatchilarini bozordan sikib chiqarib 

bozorni egallagani  uchun millioner buldi. 



Tovar  pul  munosabatlari  jamiyatni  o’z-o’zini  boshqarish  mexanizmi  bilan 

qurollantirgani uchun bebaxo xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xo’jalik 

faoliyatini  iste’molchiga  qaratish,  tashkiliy  tizimlar,  boshqaruv  tamoyili  va 

usullarini qayta qurish, korxona maksad va vazifalarini o’zgartirishni talab kiladi. 

Amerikalik    iqtisodchi  Filipp  Kotler  o’zining  mashxur  «Marqting  bo’yicha 

boshqaruv» qo’llanmasida marketing turlarining klassifikatsiyasini bergan. 

Marketing  turlari. 

Talab xolati 

Marketing vazifasi 

Marketing turi 

Salbiy talab 

Talab yaratish 

Konversion marketing 

Talab yuk 

Talabni ragbatlantirish 

Ragbatlantiruvchi 

marketing 

Mumkin 


bo’lgan marketing 

Talabni oshirish 

Remarketing 

O’zgaruvchan 

talab 

Talabni muvozanatlash 



Sinxromarketing 

Tulik talab 

Talabni qo’llash 

Kullovchi marketing 

Ortikcha talab  

Talabni kamaytirish 

Demarketing 

Maqbul 


bulmagan talab 

Talabni tugatish 

Qarshilik 

qiluvchi 

marketing 

 

Marketing  strategiyasi  jamiyat  va  korxona  jamoasining  uzviy  manfaatlari 



ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini xal qilishga xizmat qilish kerak. 

Marketing strategiyasi bosqichlarini sxema tarzida ifodalash mumkin. 



 

 

 

Marketing bosqichlari. 

                         

 

 

 

   

                                                                                                             

                                                                                                

 

 

 

 

 

                                                                                                                    

                                                                     

 

                                                                                                              

1)Talab 

konyukturasi-ni 

urganish 

3)Korxona maksad 

va imkoniyatlari-ni 

aniklash 

2)Bozorni taxlil 

etish 


4)Marketing 

strategiyasini 

ishlash 

5)Yangi texnika va 

texnolo giyani 

joriy kilish 

9)Savdo faoliyatini 

boshkarish 

6)Bozorga kirib 

borish. Tovar 

xarakati yulini 

tanlash 


7)Reklama va 

bozorni 


raіgbatlanti-rish 

8)Tovar 


assortimentini 

boshkarish 

10)Savdodan keyingi xizmat 

kursatish 

11)Marketing faoliyatini 

nazorat kilish 



1-bosqich  -  talab  konyuqturasini  urganish.  Korxona  bozordagi  iqtisodiy 

vaziyatni  xar  tomonlama  urganadi,  talab  konyuqturasini,  shuningdek.  Xaridor 

imkoniyatlarini urganadi. 

2-bosqich  -  bozor  sigimini  urganadi.  Korxona  ko’zda  tutilgan  savdo  sigimini 

aniqlaydi. Bu ushbu soxaga kapital sarflash uchun to’rtki bo’lib xizmat kiladi. 

3-bosqich  -  mavjud  bozor  sharoitida  korxona  maksad  va  imkoniyatlarini 

aniqlash. Bozor extiyojlarini bilish ularni korxona imkoniyatlari bilan taqqoslashga 

imkon beradi. 

4-bosqich  -  marketing  reja  va  strategiyasini  ishlash.  Ґam  maksadga 

erishishning  umumiy  strategiyasi,  xam  korxona  yunalishi  va  bo’linmalari  uchun 

batafsil reja sifatida ishlanadi. 

5-bosqich  -  limiy-texnik  va  tajriba  konstruktorlik  ishlari.  4  ta  bosqichda 

rivojlanish  yo’llari  belgilangandan  sung  bevosita  sotish  uchun  maxsulot  ishlab 

chiqarishga  ilmiy-tadkikot  ,  tajriba  va  konstruktorlik  ishlari,  texnologiya,  ishlab 

chiqarish  rejasi,  tajriba  ishlab  chiqarish  va  x.k.ga  utiladi.  Nixoyat,  maxsulot 

yaratildi. 

6-bosqich  -  maxsulotni  bozorga  kiritish.  Buning  eng  muxim  sharti  bozorga 

chiqishning  eng  maqbul  yo’lini  tanlash  bilan  birga,  narx  siyosatini  xam 

belgilashdir. 

7-bosqich  -  reklama  bozorda  uylab  samarali  ish  yuritmay  muvaffakiyatga 

erishib  bulmaydi.  Tovar  xaqida  xaridorlarga  axborot  berish  va  uni  sotib  olishga 

undash  -  murakkab  va  ma’suliyatli  vazifa  bo’lib,  u  bilan  bir  vaqtda  savdoni 

ragbatlantirish xaqida xam gamxurlik qilish  kerak. 

8-bosqich - maxsulot assortimentini boshqarish. Talab xaridorning assortiment 

o’zgarishiga talabi o’zgarishini urganish. Assortimentni o’zgartirish, bozorga taklif 

etilgan dastlabki variantga to’zatish kiritish. 

9-bosqich  -  savdo  faoliyatini  boshqarish.  Savdo,  ikni  tashish,  yuklarni 

kadoklashga aloxida e’tibor beriladi. 

10-bosqich - savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, iste’molchiga servis xizmati 

ko’rsatish, tovardan foydalanishda kumaklashish. 

11-bosqich  -  marketing  faoliyatini  nazorat  qilish.  Butun  faoliyat  dasto’rini 

nazorat  qilish.  Oxirgi  bosqichning  tugashi,  birinchi  bosqichning  boshlanishini 

bildiradi. 

Marketing  strategiyasini  bilish  «marketingni  boshqarish»  tushunchasiga  ta’rif 

berishga imkon yaratadi. Marketingni boshqarish  - bu ishlab chiqarish va bozorni 

foyda  olish,  savdo  xajmini  oshirish,  bozordagi  xissasini  oshirish  maksadida 

xaridorlar  bilan  foydali  ayirboshlashni  ta’minlash,  mustaxkamlash  maksadida 

urganish va taxlil etishdir. 

Marketingni  boshqarish  vazifalari  jumlasiga  talab  darajasi,  vaqti  va 

xususiyatiga  tashkilot  oldida  tutgan  maksadga  erishish  uchun  yordam  berish 

niyatida ta’sir etish xam kiradi. Boshqacha qilib aytganda marketingni boshqarish - 

bu  talabni  boshqarishdir.  Xakikiy  talab  darajasi  istalgandan  past  yoki  yuqori 

bo’lishi  mumkin.  Bunday  xolat  bilan  marketing  bo’yicha  boshqaruvchi  duch 

kelishi mumkin. 



Marketing  bo’yicha  boshqaruvchi  -  tashkilotning  marketing  vaziyatini  taxlil 

qilish,  belgilangan  rejalarni  amalga  oshiruvchi  va  nazorat  vazifalarini  amalga 

oshiruvchi xodimidir. Bunga savdo xizmati boshqaruvchisi va xodimlari, reklama 

xizmati  xodimlari,  savdoni  ragbatlantirish  bo’yicha  mutaxassislar,  marketing 

bo’yicha  tadqiqotchilar,  marketing  bo’yicha  tadqiqotchilar,  tovarlar  bo’yicha 

boshqaruvchilar va narxni tashkil etish bo’yicha mutaxassislar kiradilar. 



             

              

               Marketing-miksning moxiyati va elementlari. 

       Zamonaviy bozorda sezilarli ahamiyat kasb etayotgan marketingning yana bir 

turi  bo`lib,  xaridor  (iste`molchi)ga  yo`naltirilgan  marketingdir.  Bu  turdan  uncha 

katta bo`lmagan ishlab chiqaruvchilar foydalanganlari ma`qul, chunki bu sohadagi 

tadqiqotlar,  odatda,  xaridorlarning  qiziqtirishlari  va  xohishlarini  o`rganishga 

yo`naltirilgan  bo`ladi.  Bunda  shu  muhimki,  iloji  boricha  iste`molchi  o`zi  nima 

xohlaydi  va  nimaga  pul  to`lashga  tayyorligini  aniqroq  belgilashdan  iborat.  Biroq 

marketingning  bu  turga  mo`ljalni  olish  muayyan  tavakkalchilik  bilan  bog`liq, 

chunki iste`molchini topish, hali korxonada kerakli tovar mavjud degani emas. 

O`zbekistonning shakllanayotgan bozori uchun bozorga ta`sir ko`rsatuvchi eng 

muhim  omillarni  tadqiqotlarni  olib  borish  ma`quldir.  U  “marketing-miks”  deb 

ataladi. 

 Marketing-miks  (  marketing  majmui  )  bu  marketing  vositalaridan 

kombinatsiyalashhgan va muvofiqlashgan xolda foydalanish 

Marketing-miks  bu  vositalar  va  parametrlarning  shunday  jamlanmasiki  uning 

yordamida  marketologlar  mijozlarini  eng  maqbul  tarzda  qatnashishga  xarakat 

qiladilar.  Boshqacha  qilib  aytganda,  marketing  majmui  deganda    marketingni 

doimiy  nazorati  ostida  bo’lgan  muvofaqiyatli  foyd`alanishdagi  o’zgaruvchilar 

jamlanmasi tushuniladi. 

Bu  tur  marketing  bozoriga  ta`sir  o`tkazuvchi  to`rt  omilning  ahamiyatini 

aniqlashga  qaratilgan,  bu  to`rt  omil  –  tovar,  narx,  uning  bozordagi  ahamiyati  va 

uning  harakatlanishi  bo`yicha  tadbirlar  tizimi.  Bunday  yo`l  tutish  inglizcha  to`rt 

termin  –  “produkt”,  “price”,  “place”  va  “promotion”  birinchi  xaftalari  bilan  “4p” 

deb  ataladi.  Marketing  –  miks, amalda,  moliyaviy, xom-ashyo,  mutaxassis  xodim 

va ishlab chiqaruvchilar boshqa imkoniyatlarini xaridorlar ixtiyoji hamda talablari 

bilan o`zaro aloqasini ta`minlashni anglatadi. 

Marketing – miks barcha ichki va tashqi faktorlarni bozorga mujassama ta`sirini 

to`la ravishda ta`minlaydi va bunda marketing asosiy elementlarini qamrab oladi: 

-  tovar  siyosati  (tovar  pul  (assortiment))  qismi  sifatida  qaraladi,  uning 

barcha tavsiflari esa har tomonlama baholanadi; 

-  narx  siyosati  (muayyan  tovarga  nisbatan  mavjud  sotuv  omillari  va 

sharoitlari); 

-  taqsimlash  siyosati  (tovarni  bozorga  yetkazib  berish  vositasi  va  shakllari, 

tovarni  omborlarga  joylashtirish  hamda  harakatlanish  yo`llari  tahlil 

etiladi); 


kommunikativ siyosat (reklama, tovar harakatlanish vositasi shakli, korxonalar 

ijobiy imidjini yuzaga keltirish bo`yicha mujassama tadbirlar). 



 

     

 

Marketing – miksni amalda tadbiq etish marketing boshqa turlariga qaraganda 

ancha  murakkab  ish.  Biroq,  O`zbekiston  marketolog  (bozorshunos)lari, 

menejmentlari  va  tadbirkorlari  uchun  bozor  munosabatlari  bo`yicha  jahon 

tajribasini, boshqaruvning  eng  zamonaviy  usul  va  xillarini qunt  bilan o`rganishga 

to`g`ri  keladi,  chunki  shundagina  o`tish  davri  bir  qadar  qisqaradi,  sanoati 

rivojlangan  mamlakatlar  erishgan  xo`jalik  yuritish  darajasiga  juda  yaqinlashtirib 

keladi. 


”4P” nazariyasi xozirgi kunga kelib  o’z mazmun  moxiyatini  kengaytirib  o’z 

sonini 24 taga yetkazdi(1-jadval). 

 

                                                                                                             1-jadval 



N

“P” 



 

Product 



Maxsulot  

Price 



Narx 

Promotion 



Maxsulotni xarakatlantirish  

Place 



Joy 

People 



Sotuvchi va xaridorlar 

Package 



Qadoqlash 

Purchase 



Xarid 

Personal 



Personal 

Process 



Jarayon 

10 


Politics 

Kompaniya siyosati 

11 

Public relation’s 



Ommalashtirish 

12 


Plan 

Rejalashtirish 



13 

Power 


Hukmronlik 

14 


Position 

Joylashtirish 

15 

Press 


Pressa,OAV 

16 


Phychology 

Psixologiya 

17 

Prestige  



Prestij 

18 


Purpose 

Maqsad 


19 

Presentation 

Prrezentatsiya 

20 


Provider’s 

Yetkazib beruvchilar 

21 

Presage 


Intuitsiya 

22 


Potential 

Imkoniyatlar 

23 

Progress 



Rivojlantirish, yuksalish 

24 


Probe 

Tadqiqot 



 

Xizmatlar uchun marketing miks 

Xizmatlar xar bir mijoz talabiga mos ravishda turlicha shaklda bo’lishi mumkin. 

Xizmatni standartlashtirish juda xam qiyin.Xizmatlarning  nomoddiy ekanligi va 

tarkibining o’zgarib turishi sifatini standartlashtirishva o’lcahm imkoniyatini 

pasaytiradi. Xizmat sifatini baxolashda mijozlarning yuqori sifatli xizmat qanday 

bo’lishi keragligi xaqidagi fikri xisobga olinishi kerak. 2- jadvalda xizmat sifatini 

belgilovchi omillar ro’yxati keltirilgan.  

                                                                                                                       2-Jadval 



№ 

Mezon 

Tavsif 

 

1.   

Doimiylik 

Sifat barqaror va doimiy bir xilda bo’lishi kerak 

2.   Masuliyat 

Xodimlar xizmatini ishtiyoq va qiziqish bilan 

qilsinlar 

3.   Ixtisos 

Xizmat to’gri bajarilgani uchun kerakli bilim va 

hunarga ega bo’lishi zarur 

4.   Qabul qilish 

Xizmat yetkazuvchi bilan bog’lanish va uchrashish 

oson bo’lish 

 

5.   Mulozamat 

Xizmatni iltifotli, xurmatini o’z joyiga qo’yadigan, 

samimiy bo’lishi va do’stona kayfiyatda ishini 

bajarishi lozim  



6.   Komunikatsiya 

 

Xizmat ko'rsatuvchi mijozlarga qulok solishi, ularni 



har bir yangilikdan boxabar etishi va ular 

tushunadigan tilda gapirishi zarur  



 

7.   Ishonch 

 

Xizmatchi ishoniladigan, amonatli va to'g'riso'z 



bo'lishi zarur 

 

8.   Xavsizlik 

Xizmatchi mijozni xavf, tavakkal va gumondan 

himoya qilishi zarur. Shaxsiy ma'lumotni e'lon 

qilmasligi kerak 



 

9.   Anglash 

Xizmatchi mijoz nimani istashi va nimaga ehtiyoji 

borligini anglashi zarur 

 

10.   

Moddiy Vositalar 

Sifatli xizmat etkazish uchun zamonaviy uskuna, 

vosita va materiallar bo'lishi zarur 



 

 

 Xizmatlar uchun marketing -miks

   


         Xizmat turi qanday bo'lishidan qat'i nazar sifat uchun ma'lum bir standartlar 

o'rnatilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Shuningdek, xodimlar vakolatini 

kengaytirish ham xizmatning tez va qulay bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, bank 

xodimi biror chekda xato borligini ko'rgan taqdirda mijozni qayta yozishga majbur 

qilmasdan, menejerdan ruxsat so'rab yurmasdan o'zi chekni tuzatishga vakolati 

bo'lsa, bu xizmatdan qoniqish yanada yuqori bo'ladi. 

Yuqori sifatli xizmat o'nta asosiy tamoyilga tayanadi: 

• Hech qachon «bu mening ishim emas» demaslik kerak; 

• Xizmatni yuqori sifatli qilish mijozning vazifasi emas;  

• Kompaniya siyosati va ish usuli mijozlar uchun noqulaylik tug'dirmasligi kerak; 

• Hech kachon mijozni dardini va muammosini bir necha marta va bir necha 

kishilarga aytishga majbur etmaslik kerak

• Mijozni o'z yaqin kishisidek hurmat qilish zarur; 

• Mijozning quvonchi sizning quvonchingiz bo'lishi kerak; 

• Xizmatchining shaxsiy ishi o'z ishiga to'sqinlik qilmasligi zarur; 

• Mijozlarga nisbatan yomon munosabat albatta o'z natijasini ko'rsatadi; 

• Ko'p mijozlar yomon xizmatli joyga qaytib kelmaydi. Ular hech qachon siz bilan 

urishmaydi, sizga baqirmaydi va noroziligini aytmasligi qam mumkin, oddiygina 

umuman sizga qaytib kelmaydi, vassalom; 

• Yomon xizmat sabali mijozni yo'qotsangiz, buning sababini bilish hech qachon 

sizga nasib etmaydi. 

Xizmatga narx belgilash. Xizmatlar narxi xarajatlar va foydani qamrab oladi. 

Xizmatlar nomoddiy bo'lganligi uchun mijoz uning tarkibida nima borligi va nima 


uchun to'layotganligidan to'liq xabardor bo'lishi kerak. Ko'p holatlarda xizmatlar 

uning narxi asosida tavsiflanadi, ya'ni narx asosiy farq qiluvchi va belgilovchi omil 

sifatida ishlatiladi.  

Xizmatlar uchun taqsimot kanali. Ishlab chiqarish va iste'mol ajralmas bo'lganligi 

uchun xizmatlarni etkazib berish qulay joylashish o'rnini tanlashga asoslanadi. 

Shuningdek, ko'p xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar franchayzing tizimidan keng 

foydalanadi. Franchayzing shartnomasi asosida firmalar asosiy firma markasidan 

va vositalaridan foydalanganlari uchun foydaning bir qismidan to'lab turadilar.  

Kommunikasiya. Xizmatlarni sotib olishdan oldin baholab bo'lmasligi uchun 

reklama va pablisiti muhim ahamiyatga ega. Reklama qilganda ham nomoddiy 

xususiyatlarni ma'lum bir mezonlar asosida baholab, tushuntirib berish kerak 

bo'ladi. Kommunikasiya orqali bu xizmat iste'molchiga qanday ta'sir qilishni 

etkazish muhim ahamiyatga ega. 

Mavzuning qisqacha mohiyati 

Xizmat ko'rsatuvchilarning ko'pchiligi marketing tamoyillaridan to'liq 

foydalanmayaptilar. Buning sababi marketingli fikrlashning cheklanganligi, 

raqobatning cheklanganligi, boshqaruvning zaifligi, eskirishning yo'qligi, xizmatlar 

taqsimot kanalining uzgarmasligi bo'lishi mumkin. Mahsulotlardan farq qilib, 

xizmatlar quyidagi xususiyatlarga egadir: nomoddiylik, ajralmaslik, mijoz 

ishtiroki, sifat o'zgaruvchanligi, nobud bo'lish, o'ziga xos taqsimot kanali, mijozlar 

bilan yaqin munosabat. Foydalaniladigan vositalarga qarab xizmatlar ikki turga 

bo'linadi: jonsiz ashyolarga asoslangan va insonlarga asoslangan. Tashkilotlar 

turiga qarab xizmatlar quyidagicha bo'linadi: biznes korxonalari xizmatlari, davlat 

xizmatlari va notijorat tashkilotlari xizmatlari. Mijozlar turiga qarab xizmatlar ikki 

turda bo'lishi mumkin: pirovard iste'molchiga yo'naltirilgan xizmatlar va biznes 

tashkilotlariga yo'naltirilgan xizmatlar. Mahsulotlarga moddiy xususiyatlari 

asosida baho berilsa, xizmatlar esa quyidagi nomoddiy omillar asosida baholanadi: 

ma'lumot manbalari, baholash va tajriba. Xizmatlar har bir mijoz talabiga mos 

ravishda turlicha shaklda bo'lishi mumkin. Xizmatni standartlashtirish juda ham 

qiyin. Xizmatlar narxi xizmat ko'rsatish uchun ketgan xarajatlar va foydani qamrab 

oladi. Ishlab chiqarish va iste'mol ajralmas bo'lganligi uchun xizmatlarni etkazib 

berish qulay joylashish o'rnini tanlashga asoslanadi. Xizmatlarni sotib olishdan 

oldin baholab bo'lmasligi uchun reklama va pablisiti muhim ahamiyatga ega. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                                                Xulosa 

      Mamlakatimizda  XX  asrning  90-yillariga  qadar  hukm  surgan  va  ma`muriy- 

buyruqbozlikka  asoslangan  xo`jalik  yuritish  tizimi  davridagi  eng  katta  illatlardan 

biri,  bu  –  talab  bilan  taklif  o`rtasidagi  nomutanosibliklar  bo`lib,  uning  asosiy 

sababi  ishlab  chiqarishning  bozor  talablariga  moslashmagani  edi.  Moddiy 

ta`minotdagi  etishmovchiliklar,  fan-texnika  taraqqiyotining  pastligi,  reklamani 

yaxshi 

yo`lga 


qo`yilmagani, 

iqtisodiyotni 

rejalashtirish 

tizimining 

takomillashmagani,  bozorda  ro`y  berayotgan  jarayonlar  to`g`risida  axborotlarni 

etarli  bo`lmagani  va  boshqa  sabablar  natijasi  o`laroq  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilish va uning samaradorligi achinarli ahvolda edi. 

 

Endilikda,  bozor  iqtisodiyotiga  amal  qilinayotgan  sharoitda,  respublikamiz 



iqtisodiyotida  vaziyat  tubdan  o`zgardi.  Bozor  munosabatlari  talab  va  taklifga 

samarali  ta`sir  o`tkazish,  tovar  va  xizmatlarning  raqobatbardoshligini  oshirish,  bu 

sohada  turli  mamlakatlarda  to`plangan  ijobiy  tajribani  o`rganish  va  marketing 

tamoyillarini to`la-to`kis o`zlashtirishni talab qilmoqda. 

 

Jahon  tajribasi  shu  narsadan  dalolat  beradiki,  bozorga  marketing  yo`li  bilan 



yondashish va ishlab  chiqarishni  shu  yondashuv  asosida tashkil qilish har qanday 

firma  yoki  kompaniya  muvaffaqiyatining  garovi  bo`lib  xizmat  qiladi. 

Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti tabaqalashib, ehtiyojlar 

o`sib  borgani,  fan-texnika  taraqqiyoti  kuchayib,  xizmat  ko`rsatiladigan  sohalar 

kengaygani  va  raqobat  keskinlashgani  sayin  marketing  strategiyasi  va  taktikasini 

ishlab chiqish va amalga oshirishga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi. Chunki marketing 

bozorni  har  tomonlama  tahlil  qilish,  barcha  ijtimoiy  va  iqtisodiy  jihatlardan, 

jumladan,  baholar  siyosati  jihatidan  uni  tartibga  solish,  talab  va  ehtiyojlarni 

hisobga olgan holda tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish, barcha turdagi 

xizmatlarni rivojlantirish omilidir.

 

             



                             

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                          Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

1.      О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T.: О‘zbekiston, 2009. – 



40 b.  

2.      О‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Xususiy 

korxona tо‘g‘risida”gi Qonuni. -О‘zbekiston Respublikasi qonun 

xujjatlari tо‘plami. № 3 - T.:  Adolat, 2004. – 7-9 b.  

3.     “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni 

rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 

tо‘g‘risida” : О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 

fevraldagi PF-4191-son Farmoni // О‘zbekiston Respublikasi qonun 

hujjatlari tо‘plami – 9 son – 2010- 9 mart. 

4.     “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga 

oshirish bо‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari tо‘g‘risida: О‘zR 

Prezidentining Farmoyishi. 2009 yil 9 dekabr //Xalq sо‘zi. -2009. - № 

238. – mo dekabr. – 1 b. 

5.     О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Bozor islohotlarini 

chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi 

ustuvor yо‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari 

tо‘g‘risidagi” Farmoni// Xalq sо‘zi, 2005 , 15 iyun. 

6.     О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari 

tomonidan taqdim etiladigan xisobot tizimini takomillashtirish va uni 

noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida” 



Farmoni// Xalq sо‘zi, 2005,15 iyun. 

 

 

Download 379.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling