Va selekciya


Download 12.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
74718

GENETIKA 

VA  SELEKCIYA 

ASOSLARI

a*

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA M A X SU S TA’LIM VAZIRLIGI

D. A. MUSAYEV,  Sh. TURABEKOV, A. T. SAIDKARIM

A. S. ALMATOV , A. K. RAHIM OV

GENETIKA VA SELEKSI Y 

ASOSLARI

О  'zbekiston Respublikasi  Oliy  va о ‘rta maxsus  ta ’lim  vazirlig 

5420100 -  Biologiya ta ’lim yo  ‘nalishi  bo ‘yicha ta ’lim  olu 

talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT

«VORIS-NASHRIYOT»

2012


\nonidan

\>?n

УДК:  633.411(075) 

КБК  28.04 

G 34

M as’ul  m uharrirlar -  0 ‘zbekiston  Fanlar Akademiyasining  akademik- 

lari -  A. A. Abdullayev, A.  A. Abdukarimov.

T a q r i z c h i l a r :

P. X. X oliqov -  Toshkent Tibbiyot A kadem iyasi,  G istologiya va tibbiyot biologiyasi 

kafedrasining professori,  biologiya  fanlari  doktori;

M. N.  Valixanov -  0 ‘zbekiston  M illiy universiteti,  biologiya-tuproqshunoslik 

fakulteti biokim yo  kafedrasining professori,  b iologiya  fanlari  doktori;

Sh. A vazov -  0 ‘zbekiston  Respublikasi  O liy va o ‘rta m axsus  ta’lim  vazirligi bo‘lim  

b o sh lig 'i,  dotsent,  pedagogika fanlari  nom zodi.

D. A. Musayev

Genetika  va  seleksiya  asoslari:  oliy  o ‘quv  yurtlari  uchun  darslik/

A. S. Alraatov

D. A. Musayev,  Sh. Turabekov,  A. T.  Saidkarimov,

A. K. Rahimov.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta’lim 

vazirligi. -  Т.:  «Voris-nashriyot»,  2012,  432-bet.



M azkur  d a rslik   5 4 2 0 1 0 0   -   B io lo g iy a   ta’lim   y o ‘n a lish i  b o ‘y ich a   o ‘quv  dasturi 

a so sid a   y o z ilg a n   b o ‘lib ,  u n iv ersitetla rn in g   b io lo g iy a   fakultetlari  talabalari 

u ch u n   m o‘ljallan gan .  U n d a   g e n etik a   fa n in in g   p red m eti,  vazifalari  va  tadqiqot 

m etod lari,  r iv o jla n ish in in g   q isq ach a  ta r ix i,  irsiy la n ish   v a   irsiyat  qonuniyatlari, 

irsiyatn in g  x r o m o s o m a   n azariyasi;  irsiy a tn in g   m olekular  g en etik   asoslari, 

o ‘zg a ru v ch a n lik   v a   u n in g   tiplari,  p o p u la tsio n   v a   evolu tsion   g en etik a   asoslari; 

o d a m   g en etik a si,  tib b iy o t  g e n e tik a si  m a sa la la ri  ham da  selek siy a n in g   gen etik  

a so sla ri  y o ritilg a n .  M a v zu la rn in g   b a y o n   e tilish id a   g en etik a   fa n in in g   so 'n g g i 

yutuqlaridan  fo y d a la n ib ,  m a h a lliy   m ateriallar  b ilan   b o y itilg a n .  D arslikdan  o ‘rta 

m aktab  o ‘q itu v ch ila ri,  b io lo g iy a   y o ‘n a lish id a   ix tiso sla sh a y o tg a n   m agistrantlar 

ham   foyd alan ish lari  m u m k in .

УДК:  633.411(075)

N A M A N G A N  

DAVLAT 


к б к  28.04

m m s n ?

3

-

9943

..- 

"

I S B I  

©  «VORIS-NASHRIYOT»,  2012-y


K IR IS H

GENETIKA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI 

VA TADQIQOT METODLARI

G enetik a  fan i  barcha  tirik  organizmlarga  xos  b o ‘lgan  -   irsiyat, 

irsiylanish  va  o ‘zgaruvchanlik  qommiyatlarini  k ashf etadi.  Bu  qonuniyat- 

lami o ‘rganish uning p red m eti hisoblanadi.

Irs iy a t  -   tirik  organizmning  o ‘z  belgi  va  xususiyatlarini  kelgusi 

avlodlarga  o'tkazish,  y a ’ni  nasldan naslga  berish  xossasidir.  Irsiyat 

tufayli  organizmlar  avlodlarining  turg‘unligi  ta ’m in  etiladi.  Irsiyat 

organizmlaming  o ‘zaro  va  avlodlararo  o ‘xshashligining  asosiy  sababchi 

omilidir.  Shu  bilan birga  irsiyat har xil  turlarga mansub  organizmlar belgi 

va xususiyatlaridagi  tafovutlarrring avlodlar osha saqlanib  qolishini ta ’m in 

etadi.

Shunday  qilib,  organizmlami  o ‘zaro  o ‘xshashlik  va  qarindoshlik 



darajasiga  qarab  tur,  turkum  (urug‘),  oila  kabi  sistematik  guruhlarga 

muayyan  tartibda  taqsimlashning  asosida 

irsiyat  yotadi. 

Chunki 


irsiyat  tufayli  bu  sistematik  guruhlardagi  organizmlaming  turg‘unligi, 

o'xshashligi bilan birga ularning o'zaro farqi ham  saqlanib qoladi.

Organizm  belgilarining  avlodlar  osha  turg‘unligini  ta’m in  etish 

irsiyatning  bir  yo‘nalishdagi  faoliyati  hisoblanadi.  Uning  ikkinchi 

yo'nalishdagi  faoliyati  esa  organizmlar  ontogenezining  m a’lum   turg‘un 

tartibda  kechishini,  ulardagi  bosqich  va  fazalam ing  m a’lum  tartibda 

ketm a-ket  nam oyon  b o ‘lishini,  ulardagi  m oddalar  almashinuvining 

xarakterini belgilashdan iborat.

Irsiyatning  turg‘unligidan  tashqari,  uning  yana  bir  xususiyati,  y a ’ni 

o'zgaruvchanligining  ham  mavjudligidir.  Binobarin,  organizmlar  aksa- 

riyatining  turg‘unligi mutlaq emas.  Ular o ‘zaro  turg‘unlik darajasi bilangina 

farq  qiladilar.  Masalan,  ginkgo  (Ginkgo  biloba)  deb  atalgan  va  hozirgi 

vaqtda yashab  turgan  ochiq urug‘li  o'simliklar bo ‘limi,  qubbalilar  sinfining 

bu  turi  paleozoy  erasinmg  oxiri  perm  davridan  buyon  yashab  kelm oqda 

va  qazilma  ajdodlari  bilan  solishtirilganda  million  yillar  o ‘tgan  bo‘lishiga

3


qaramay,  ular  dcyarli  o'zgarmay  saqlanib  qolganligini  ko‘ramiz.  Xuddi  shu 

lanqa  cho'tka  qanotli  latimeriya balig‘i  (Latimeria  chalumnae)  ham million 

yillardan  buyon dcyarli o ‘zgarishsiz Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida 

yashab  kclmoqda.  Lekin  aksariyat organizm turlarida  irsiyatning turg‘unligi 

muayyan darajada nisbiy ekanligi k o ‘rsatilgan.

0 ‘zgaruvchanlik -  tirik organizmning tashqi  va  ichki  omillar ta’sirida 

< iL zgargan  belgi  va  xususiyatlar  hosil  qilish  xossasidir.  0 ‘zgaruvchanlik 

tufayli  organizmlar  o ‘z  ajdodlaridan  hamda  bir-birlaridan  belgi  va 

xususiyatlari  bilan  farq  qiladilar.  Buning  natijasida  ularda  xilma- 

xillik  (polimorfizm)  namoyon  bo'ladi.  Irsiyat  va  o ‘zgaruvchanlik  tirik 

organizmning  bir-biriga  qarama-qarshi,  ammo  o ‘zaro  uzviy  bog‘liq 

bo‘lgan xossalaridandir.

Genetika  fani  organizmlar  belgi  va  xususiyatlarining  nasldan-naslga 

berilishini  (irsiylanishini)  ta’m in  etuvchi  gen  deb  ataluvchi  irsiy  birlik 

mavjudligini  isbot  etdi.  Gen  yunoncha  «genos»  so‘zidan  olingan  bo‘lib, 

avlod,  kelib  chiqish  demakdir.  Organizmdagi  genlar  kelgusi  avlodlarga 

jinsiy ko‘payish jarayonida urug‘  va tuxum hujayralar  orqali  beriladi.  Jinssiz 

va  vegetativ  ko‘payishda  esa  genlar  keyingi  avlodlarga  sporalar  yoki  tana 

hujayralari orqali beriladi.

Organizmdagi  barcha  genlarning  y ig ‘indisi  genotip  deb  ataladi. 

Genotip -  gen va yunoncha typos -  iz,  tam g‘a demakdir.  Organizmlaming 

individual  rivojlanishida  hosil  b o ‘lgan  belgi,  xossa,  xususiyatlarining 

yig‘indisi  esa  fenotip  deb  yuritiladi.  Fenotip  -   yunoncha  phaino  -  

ko ‘rsatmoq  va  tip  so‘zlaridan  tuzilgan.  «Gen»,  «genotip»,  «fenotip» 

atamalari  fanga  1909-yilda  daniyalik  olim  V.  Iogansen  tomonidan 

kiritilgan.

M olekular  genetika  dalillariga  binoan  gen  -   DNK  m olekula­

sining  muayyan  bir  qismi  b o ‘lib,  u  m uayyan  sifatga  ega  b o ‘lgan  oqsil- 

ning  sintez  qilinishini  ta ’m in  etadi.  Gen  faoliyatining  m ahsuli  b o ‘lgan 

oqsil  esa  muayyan  belgining  rivojlanishini  ta ’m in  etadi  yoki  uning 

rivojlanishida  boshqa  oqsillar  bilan  birga  ishtirok  etadi.  Genlarning 

aksariyati  xrom osom alar  tarkibidagi  DNK  m olekulasida  joylashgan. 

Xrom osom alarda  joylashgan  genlar  faoliyati  orqali  am alga  oshadigan 

irsiyat  xromosoma  irsiyati  yoki  yadroviy  irsiyat  deb  ataladi. 

Genlarning  nisbatan  kam   qismi  hujayradagi  sitoplazm ada  joylashgan 

plastidalar,  m itoxondriyalar  va  xrom osom alar  bilan  b o g ‘liq  b o ‘lmagan 

boshqa  elementlarda  joylashgan  b o ‘ladi.  Bu  organoidlardagi  genlar

4


laoliyati  bilan  amalga  oshadigan  irsiyat  -   sitoplazm atik  irsiy a t  deb 

yuritiladi.

Organizmlaming  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  b o ‘lgan  irsiyatni 



tadqiq  qilganda  quyidagi  ikki  tushunchani  -   irsiyat  va  irsiylanishni 

bir-biridan  farqlash  kerak  bo'ladi.  Irsiyat  -   bu  xossa,  irsiylanish 



esa  -   jarayondir.  Shu  bilan  birga  irsiyat  qonuniyatlarini  irsiylanish 

qonuniyatlaridan  ham  farqlay  bilish  lozim.  Genetik  tadqiqotlar  natijasida 



irsiylanish qonunlari hamda ulardan kelib chiqadigan irsiyat qommlari kashf 

ctiladi.

Mendel  tadqiqotlari  natijasida  organizm  belgi,  xossa  va  xusu- 



siyatlarining  nasldan-naslga  berilishining,  y a ’ni  irsiylanishming  uchta 

qonuni kashf etildi.  Bu qonunlar quyidagilar:

•  dom inantlik  yoki  birinchi  avlod  (F()  duragaylarining  bir  xillilik 

qonuni;

•  ikkinchi  avlod  (F2)  duragaylarida  belgilarning  ajralish  yoki  xilma- 



xillik qonuni;

•  belgilarning  mustaqil  taqsimlanib,  turli  kombinatsiyalarda  irsiy 

lanish  qonuni.

Ushbu  qonunlar  adabiyotlarda  ko‘pincha  M endel  q o n u n lari,  Mendel 



kashf  etgan  irsiyat  qonunlari  deb  yuritiladi.  Yuqorida  bayon  etilgan 

mulohazalarga  asoslanib,  bu  qonunlami  irsiylanish  qonunlari  deb  atash 

mantiqan  to‘g ‘ri  bo'ladi.  Mendel  kashf  etgan  irsiylanish  qonunlaridan 

Irsiyat  qonunlari kelib  chiqadi.



Bu  qonunlar quyidagilar:

•  organizm   belgi  va  xususiyatlarining  irsiy  asosini  genlar  tashkil 

etadi;

  irsiyat birligi bo'lgan genlar nisbatan turg‘un bo‘ladi;



•  har qaysi  gen turli  allel (dominant va retsessiv) holatda bo‘ladi;

•  tana  hujayralarida  genlar  jinsiy  hujayradagiga  nisbatan  ikki  hissa 

ko‘p bo‘ladi.

Amerikalik  olim   T.  Morgan  gen  funksiyasi  haqidagi  fikrlarini 

fivojlantirib,  irsiyat  xromosom a  nazariyasini  yaratdi.  Morgan  tomonidan 

ifliylanishning quyidagi yangi  qonunlari ochilgan:

•  belgilarning jins  bilan birikkan holda irsiylanishi;

  bitta  xrom osom ada  joylashgan  genlarning  birikkan  holdagi 

irsiylanishi.


Bu qonunlardan irsiyatning quyidagi qonunlari kelib  chiqadi:

•  gen -  xromosomaning m a’lum  bir lokusi;

•  bir  genning  allellari  gom ologik  xrom osom alarning  aynan  o‘xshash 

lokuslarida joylashgan;

•  genlar xromosomada chiziq bo ‘ylab joylashgan;

•  krossingover 

-  

gom ologik 



xromosom alar 

o‘rtasida 

genlar 

almashinuvi ro‘y beradigan doim iy jarayon,



Irsiyat  qonunlari  negizida  genlarning  molekular  genetik  strukturasi 

(tuzilishi)  va  funksiyasi  haqidagi  ta ’lim ot  yotadi.  M olekular  genetika 

yutuqlariga  binoan  gen  DNK  m olekulasining  muayyan  bir  qism i  b o ‘lib, 

u  m a’lum  sondagi  nukleotidlar  ketm a-ketligi  tartibidan  iborat.  Gen  DNK 

ning  replikasiyasi  orqali  k o ‘payadi.  Gen  genetik  kodning  birligi  triplet 

(kodon)  lardan  iborat  b o ‘lib,  m uayyan  oqsil  m olekulasining  sintezini 

ta’m in etadi.

Irsiylanish  -   genetik  axborotning  bir  avlod  organizmlaridan  kel­

gusi  avlod  organizmlariga  uzatilishi.  Bu  jarayon  ota-ona  belgi  va 

xususiyatlarining  rivojlanishini  ta ’m in  etuvchi  irsiy  birlik  -   genlarning 

jinsiy hujayralar  orqali  kelgusi  avlodlarga berilishidir.  Irsiylanish jarayoni 

quyidagi ikki bosqich orqali  amalga oshiriladi:

1)  genlarning keyingi avlodlarga o ‘tkazilishi;

2)  keyingi  avlod  organizmlarida  ota-ona  genlarining  faoliyat  k o ‘rsa- 

tib,  belgi  va  xususiyatlaming  rivojlanishini  ta’m in  etishi.  Irsiylanish 

qonuniyatlarining  negizida  m olekular  genetik  m exanizm   yotadi.  Gen- 

lam ing  kelgusi  avlodlarga  berilishi  quyidagi  jarayonlar  orqali  amalga 

oshiriladi:

a)  DNK molekulasining replikatsiyasi  tufayli  DNK va  genlarning ko ‘- 

payishi;

b)  jinsiy  hujayralarga  ota-ona  DNK  lari  va  genlarining  ikki  hissa 

kamaygan holda o ‘tishi;

d)  gametalarning qo‘shilishidan hosil bo ‘lgan zigotada otalik va onalik 

D N K   lari  va  ulardagi  genlar jam lanib,  ularning  soni  ikki  hissa  ko ‘payib, 

organizm turi uchun xos holatga kelishi.

Irsiylanishning  ikkinchi  bosqichi  kelgusi  avlodda  ota-ona  belgi 

v a  xususiyatlarining  rivojlanishini  ta ’m in  etuvchi  m olekular-genetik 

jaray o n lar  quyidagilardan  iborat:  i-R N K   ning  transkripsiyasi  va  oqsil 

m olekulalarining  biosintez  (translatsiya)  qilinishi.  Sintezlangan  oqsil 

m olekulalari,  y a ’ni  gen  faoliyatining  m ahsuli  o 'z a ro   t a ’sir  qilgan  hoi-


da,  m uayyan  tashqi  sharoitda  ota-ona  belgilarining  yan gi  avlodda 

rivojlanishini  ta ’m in  etishi.  Shuni  ham   ta ’kidlash  kerakki,  genetik 

adabiyotda  «irsiyat»  atam asini  keng  m a’noda  ishlatish  holati  ko‘proq 

uchraydi.  Bu  atam a  yuqorida  qayd  etilgan  tor  m a’noda  ishlatiluvchi 

irsiyat  ham da  irsiylanish  atam alarini  o ‘z  ichiga  oladi.  Shuni  e ’tiborga 

olib  irsiyatga  quyidagi  yanada  m ukam m alroq  b o ‘lgan  ta ’rifni  berish 

mumkin.

Irs iy a t  deb  organizm lam ing  tana  tuzilishi  va  funksiyasiga  oid 



belgi  va  xususiyatlari  b o ‘yicha  ham da  muayyan  sharoitda  ontogenetik 

rivojlanish  tartibi  b o ‘yicha  irsiy  o'xshashligini  avlodlar  osha  ta’m in 

ctish xossasiga aytiladi.

Kuchli  ta ’sir  etuvchi  fizik  v a  kim yoviy  omillar  ta ’sirida  irsiyatning 

turg‘unligini  ta ’m in  etuvchi  irsiy  birlik  genlar  tubdan  o ‘zgarishi 

mumkin.  N atijada  yangi  irsiy  o ‘zgaruvchanlik  -   m utatsiya  paydo 

bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  duragaylarda  genlar  kom binatsiyasining 

o ‘zgarishi  natijasida  ham   irsiy  o ‘zgaruvchanlik  kelib  chiqadi.  Shunday 

qilib,  irsiyat  organizm lam ing  avlodlararo  o ‘xshashliginigina  emas,  balki 

o ‘zgaruvchanlik  tufayli  hosil  b o ‘lgan  tafovutlam i  ham  saqlab  qoladi. 

Atrof-m uhit  omillari  ham   organizm   genotipining  fenotipik  rivojlanishi 

darajasiga  ta ’sir  k o ‘rsatadi.  Dem ak,  tirik  organizmlar  fenotipining 

qanday  b o ‘lishi  uning  genotipiga  ham da  m a’lum  darajada  sharoit 

om illariga ham  b o g ‘liq.

Irsiyat va o ‘zgaruvchanlik, buyuk olim  Charlz Darvin ta ’kidlaganidek, 

organik olam   evolutsiyasining  m uhim  omillari hisoblanadi.

G enetika  fanin in g  vazifasi.  Genetika  fani  biologiyaning  bir  qator 

nazariy  va  amaliy  muam molarini  hal  etadi.  Uning  hal  qilishi  lozim 

bo'lgan nazariy muammolari  quyidagilar:

•  irsiyatn ing   m oddiy  aso slari  -   xrom osom alar,  genlar,  D N K   va 

R N K  m olekulalarin in g  s tru k tu ra  va  funksiyasini  tekshirish;

•  organizm lar  belgi  va  xususiyatlarining  kelgusi  avlodlarga  berilish 

va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;

•  turli  fizik  va  kim yoviy  om illar  ta’sirida  organizmlarda  irsiy 

o‘zgaruvchanlikning paydo bo‘lish  qonuniyatlarini ochish;

•  irsiy  o ‘ zgaruvchanlikning  organizm lar  evolutsiyasidagi  ahamiyatini 

tadqiq etish.

7


Genetika  fani  nazariy  qonuniyatlarga  asoslanib,  katta  ahamiyatga  ega 

bo'lgan quyidagi  amaliy m uam m olam i ham  hal  etadi:

•  madaniy  o‘sim liklarning  yangi  navlari,  xonakilashtirilgan  hayvon- 

larning  yangi  zotlari,  foydali  m ikroorganizm larning  yangi  shtam- 

mlarini  yaratishning  samarali  m etodlarini  ishlab  chiqish;

•  odamlarda  turli  irsiy  kasalliklarning  paydo  bo‘lishini  o‘rganish, 

ularning oldini olish va davolashning samarali metodlarini yaratish;

•  ekologik  m uhit  sharoitini  sog‘lom lashtirish,  uning  irsiyatga  salbiy 

ta’sir etuvchi  om illaridan  organizm lar genofondini  asrab  qolishning 

genetik m etodlarini yaratish.



Genetikaning  tadqiqot  m etodlari

Hozirgi  zamon  genetika  fani  irsiyat  va  o ‘zgaruvchanlikni  tiriklikning 

turli  tuzilm a  darajasida,  y a’ni  molekula,  xromosoma,  hujayra,  organizm 

va  populatsiya  holatida  tadqiq  qiladi.  Qayd  etilgan  vazifalam i  yechishda 

genetika  fani  bir  qator  metodlardan  foydalanadi.  Bular  qatoriga 

duragaylash,  sitogenetik,  molekular  genetik,  ontogenetik,  populatsion- 

statistik,  genetik injeneriya va boshqa metodlar kiradi.

1.  Duragaylash  orqali  genetik  tahlil  qilish  m etodining  mohiyati  -  

chatishtirish  natijasida  olingan  duragay  avlodlarida  ota-ona  belgilarining 

irsiylanishini  o ‘rganish  va  uning  qonuniyatlarini  ochishdan  iborat.  Bu 

m etod genetikaning asosiy eng muhim metodi hisoblanadi.



2. Sitogenetik m etod q o‘llanilganda ota-ona belgilarining duragaylarda 

irsiylanishini  o ‘rganish  bilan  bir  vaqtda,  ular  xromosomalarining  holati 

ham  sitologik usulda maxsus mikroskoplar yordamida o ‘rganiladi.

3.  P o p u la ts io n -s ta tis tik   m etod  yordam i  b ilan   m urakkab  m iqdor, 

ju m lad a n , 

x o ‘ja lik  

nuqtai 

nazaridan 



ah am iyatli 

belgilarnin g 

irsiy lan ish i  o ‘rganiladi.  B uning  uchun  k o ‘p  sonli  organizm lar 

p o p u latsiy a si  u stid a   kuzatish  olib  boriladi.  T ajrib a  n atijasid a  oling an 

m iq d o r  d a lilla r  m axsus  m atem atik-statistik  m eto d lar  yordam ida 

tah lil  q ilin ad i.  O lingan  natijalarga  asoslanib,  b elg ilarn in g   irsiy lan ish  

q o n u n iy atla ri  aniqlanadi.

4.  O n to g en etik   m etod  yordamida  organizm larning  individual 

riv o jlan ish   jaray o n id a,  genotip  va  tashqi  m uhit  om illari  t a ’sirida 

b elgi  va  xususiyatlarining  fenotipda  namoyon  b o ‘lish  qonuniyatlari 

o ‘rganiladi.



5.  M olekular  genetik  metodning  m ohiyati  —  irsiyatning  moddiy 

asosi  b o ‘lgan  nuklein  kislotalar  (DNK,  RNK)  ning  strukturasi  va 

funksiyasini  o ‘rganishdan  iborat.

6.  Genetik  injeneriya  metodi  bir  organizmning  noyob  genlari  yoki 

xromosomalarini boshqa organizmga k o‘chirib  o ‘tkazishga asoslangan.

Irsiyatning  moddiy  asoslarini  tadqiq  qilishda  sitokimyo,  biokimyo, 

biofizika  va  fiziologiya  metodlaridan  tobora  keng  foydalanilmoqda.  Bu 

tadqiqotlarga  zamonaviy  asbob-uskunalar,  laboratoriya  jihozlari  jalb 

etilmoqda.



Genetika  fani  tarm oqlarining  tasnifi

Genetika  fanining  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanishi  natijasida  bu  fan 

doirasida  ko ‘plab  genetik  fan  yo ‘nalishlari  paydo  b o ‘ldi.  Ulaming 

aksariyati  mustaqil  genetik  fanlar  darajasiga  k o ‘tarildi.  Shuning  uchun 

ham biz bay on  etgan  genetika  fanining um umiy  genetika  deb  qo‘llanilishi 

maqsadga  muvofiqdir.  Umumiy  genetika  negizida  paydo  bo‘lgan  genetik 

fanlar ikki tamoyilga k o ‘ra tasniflanadi:

1.  Genetik  fanlar  o'rganayotgan  obyektiga  qarab  quyidagi  xususiy 

genetik  fanlarga  ajratiladi:  odam  genetikasi,  hayvonlar  genetikasi, 

o ‘simliklar  genetikasi,  mikroorganizmlar  genetikasi,  viruslar  genetikasi. 

Yuqorida  keltirilgan  yirik  xususiy  genetik  fanlar  o ‘z  navbatida  ayrim 

organizmlar turi,  turkum   genetikasini  o'rganadigan  kichik xususiy genetik 

fanlarga  b o ‘linadi.  M asalan,  o ‘sim liklar  genetikasi  doirasida  quyidagi 

xususiy  genetik  fanlar  paydo  b o ‘ldi:  bug‘doy  genetikasi,  kartoshka 

genetikasi,  g‘o ‘za genetikasi va boshqalar.  .

2.  Genetik fanlar ilmiy tadqiqotlarda q o ‘llaniladigan metodlariga qarab 

quyidagicha tasniflanadi:

ontogenetika  (fenogenetika)  -   genlar  faoliyati  natijasida  organizm 

belgi  va  xususiyatlarining  ontogenez  (shaxsiy  rivojlanish)  jarayonida 

uning  fenotipida rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qiladi;

sitogenetika  -   duragaylash  genetik  tahlil  metodini  sitologik  metod 

bilan kompleks holda q o ‘llaydigan  fan.



mutatsion  genetika  -   organizmlar  genotipining  mutatsion  (irsiy) 

o ‘zgarish qonuniyatlarini tadqiq etadi;



ekologik  genetika  -   organizmlar  genotipining  fenotip  tariqasida 

rivojlanishiga  ekologik  om illam ing  ta ’sirini  o ‘rganadi.  Ulaming  geno-

9


fondini  ekstremal  omilning  salbiy  ta ’siridan  saqlash  muam molarini 

yechish usullarini yaratadi;

populatsion  genetika  -   populatsiya  genofondining  sifat  va  miqdor 

tarkibi,  populatsiyada  genlar  v a 

genotiplarning  tarqalish  ham da 

taqsimlanish qonuniyatlarini  o‘rganadi;

tibbiyot  genetikasi  -   odam larda  irsiy  kasalliklarning  kelib  chiqish 

sabablarini  diagnostika  qilish  va  davolash  metodlarining  genetik 

asoslarini  ishlab chiqadi;

m olekular  genetika  -   irsiyat  va  o‘zgaruvchanlikning  m oddiy  asosi 

bo‘lgan  genlarning  strukturasi va funksiyasini tadqiq  etadi;

genetik  injeneriya  -   m olekular  genetikaning  nazariy  yutuqlariga 

asoslangan  holda  gen  va  xrom osom a  injeneriyasi  bo‘yicha  amaliy 

natija  beruvchi  tadqiqotlar  o‘tkazadi.  Transgen  *o‘simliklar,  hayvonlar 

formalarini  yaratish,  ayrim  xrom osom alarni  yoki  uning  foydali  gen 

joylashgan  bo‘lagini  ko‘chirib  o‘tkazish  orqali  yangi  formalar  yaratish 

bilan  shug‘ullanadi;

biotexnologiya  -   genetik  injeneriya  m etodi  bilan  olingan  yangi 

genotipga  ega  bo‘lgan  organizmlar  yordam ida  fiziologik  aktiv  moddalar, 

rekombinant  oqsillar,  dori  sifatida  ishlatiladigan  m oddalar  olish  m etodlari 

va texnologiyalarni yaratadi  hamda amaliyotga tatbiq etadi.


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> S. dadayev, Q. Saparov
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a

Download 12.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling