Va selekciya


bo‘linishi 48-rasm . Yakka krossingoverdan  so‘ng gametalaming hosil bo‘lishi


Download 12.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41

bo‘linishi

48-rasm . Yakka krossingoverdan  so‘ng gametalaming hosil bo‘lishi:

1  -  ota-ona  genlariga o ‘xshash gametalar;  2 -  rekombinant genii gametalar.

141


Shu  vaqtga  qadar  birikkan  holdagi  irsiylanish  va  krossingover 

hodisalari  shartli  ravishda  xromosomalar  chalkashuvi  deb  kelindi, 

aslida  esa  xrom atidalarning  chalkashividir.  Juft  gomologik  xro­

mosomalarning  ikkinchi  xrom atidalari  normal  ilgarigi  holatida 

qoladilar.

Shunday  qilib,  m eyotik  krossingover  ju ft  gom ologik  xrom o­

som aning  konyugatsiyasi  oqibatida  hosil  b o ‘lgan  bivalentning 

to ‘rtta  xrom atidadan  iboratlik  davrida  sodir  b o ‘ladigan  48- 

rasm da  k o 'rsa tilg an id e k   m eyoz  b o ‘linishi  natijasida  bosh lan g ‘ich 

hujayrada  o 'ta d i.  M eyozning  keyingi  bosqichlarida  har  qaysi 

xrom osom aning  xrom atidalari  bir-biridan  ajralib,  yangi  to ‘rtta 

xrom osom alarga 

aylanadi. 

U larning 

ikkitasi 

ota-onalarniki 

kabi  krossoverlanm agan  xrom osom a,  ikkitasi  krossoverlangan 

xrom osom alarga  ega  b o ‘ladi.

Yuqorida 

bayon 


etilgan 

krossingoveming  mexanizmi  xroma­

tidalar  faqat  bitta  chalkashish  sodir  bo igan  variantiga  tegishlidir.  Lekin 

meyozdagi  juft  gomologik  xromosomalar  xromatidalari  faoliyatida 

nisbatan  kam  bo‘lsa  ham  boshqacha  murakkabroq  holatlar ham uchraydi. 

Shunday  holatlardan  to‘it  xili  49-rasmda  namoyish  etilgan.  Ular 

quyidagilardan  iborat:

1.  Bivalentdagi  4  ta  xromatidadan  2  tasi  krossoverlanmagan,  2  tasi 

qo‘sh  (ikki  marta)  krossoverlangan  (49-rasm,  1).

2.  Bivalentdagi  4  ta  xromatidadan  bittasi  krossoverlanmagan,  2 

ta  xromatidasi  bir  martadan  krossoverlangan,  bitta  xromatida  qo‘sh 

krossoverlangan (49-rasm,  2,  3).

3.  Bivalentdagi  barcha  -   4  ta  xromatidalar  bir  martadan  krossover­

langan  (49-rasm, 4).

Yuqorida  bayon  etilgan  krossingover  mexanizmini  tadqiq  qilishni 

genetik  metod  deb  nom lash  mumkin.  Bu  metodning  negizida 

xromosomalarda  geterozigota  holda  joylashgan  birikkan  genlam ing 

meyozda  bivalent  holatdagi  xrom atidalarning  krossoverlanish  or­

qali  rekom binant  zigotalar  m iqdorini  -   morganidlarni  aniqlashga 

asoslangan.



142

49-rasm . Xromosoma xromatidalari  o'rtasidagi  qo'sh  almashinish:

I -  xromatidalar o'rtasida retsiprok qo‘sh almashinish (ikki  ipda almashinish boMgan);

4 -  barcha xromatidalar o ‘rtasida komplementar almashinish (to'rtta ipda almashinish 

bo'lgan);  2,  3  -  uch xromatida o'rtasida diagonal  almashinish 

(uch  ipda almashinish  bo'lgan).

Vll.4.  Xromosomalaming  genetik va  sitologik xaritasi 

Vll.4.1.  Xromosomalaming  genetik xaritasi

Xromosomalaming  genetik  xaritasi  deb,  muayyan  xromosomada 

birikish  guruhidagi  birikkan  genlaming  m a’lum  tartibda  va  bir-biridan 

muayyan  masofada  joylashganligini  hamda  genlam ing  nomlarini 

ifodalovchi  simvollar aks  ettirgan  sxemaga aytiladi.  Xromosomalaming 

genetik  xaritasi  genetik  yaxshi  tadqiq  qilingan  quyidagi  organizm 

turlarigagina  tuzilgan;  drozofila,  makkajo'xori,  pomidor,  laboratoriya 

sichqonlari,  neyrosporalar,  ichak  tayoqchasi  bakteriyasi  va  boshqalar. 

Genlar  xromosomada  ma’lum  tartibda  chiziq  b o'y lab   joylashganligi 

sababli  krossingover  chastotasi 

bu  genlar 

orasidagi  masofani 

ko'rsatadi.  Shuning  uchun  olingan  dalillarga  asoslanib,  genning 

xromosomada  joylashgan  o'rnini  aniqlash  mumkin.  Genlaming



xromosomada  joylashgan  o ‘rinlarini,  y a ’ni  lokuslarini  aniqlashdan 

oldin  mazkur  gen  qaysi  xromosomada joylashganligini  aniqlash  lozim, 

Bitta  xromosomada  joylashgan  va  birikkan  holda  irsiylanadigan  genlar 

b irikish   g u ru h la rin i  hosil  qiladi.  Birikish  guruhlarining  soni  har 

bir  turning  gaploid  sondagi  xromosomalar  to ‘plamining  soniga  teng 

bo‘lishi  kerak.

Ayrim  hayvon  va  o‘simlik  turlarida  birikish  guruhlari  va  xromo- 

somalaming gaploid  sonlari  quyida keltirilgan.



Turlar

Xromosomalar 

gaploid soni

Aniqlangan birikish 

guruhlarining  soni

Makkajo‘xori  (Zea-mays)

10

10

Pomidor (Lycopersicon  esculentum)

12

12

No'xat (Pisum sativum)

7

7

Neyrospora (Neurospora crassa)

7

7

Drozofila (Drosophila melanogaster)

4

4

Sichqon (Mm muskulus)

20

20

Hamma  gaploid  sondagi  xromosomalar  -   birikish  guruhlarining 

tartib  raqamlari  belgilanadi.  Masalan,  drozofilada  X-xromosoma 

1-tartib  raqami  bilan,  ikkita  uzun  teng  elkali  xromosomalari  2-va 

3-tartib  raqamlari  bilan,  eng  kichik  xromosoma  4-tartib  raqami  bilan 

belgilangan.  M akkajo‘xorida  gaploid  sondagi  10  ta  xromosomasi  1  dan 

10  gacha tartiblangan.

Genetik  xarita  tuzish  uchun  dastavval  har  qaysi  xromosoma  eng 

kam ida  bitta  gen  bilan  markerlangan  (nishonlangan)  b o ‘lishi  kerak. 

Genetik  xarita  tuzish  uchun  k o ‘p  sondagi  genlam ing  irsiylanish 

qonuniyatlarini  tadqiq  qilish  kerak.  Masalan,  drozofilada  500  ga 

yaqin  gen  tadqiq  qilinib,  ulaming  to ‘rtta  xromosomada  joylashish 

tartibi  aniqlangan.  M akkajo‘xorining  400  ga  yaqin  genlari  tadqiq 

qilingan  va ularning  10  ta xromosomada joylashish tartibi  aniqlangan. 

X rom osom alarning  genetik  xaritasiga  quyidagi  m a’lum otlar  qo‘yi- 

ladi:


144

• har qaysi xromosomaning tartib raqami;

• aniqlangan genning to‘liq yoki  qisqartirilgan  nomi;

•  genlaming xromosomada joylashish tartibi;

•  orasidagi  masofa.  Bu  masofa  xromosomadagi  birikkan  genlaming 

krossingover  foizi-morganidlar  bilan  o ‘lchanadi.  Genetik  xaritada  shu 

ko‘rsatkich ham yoziladi.

Genning  qaysi  xromosoma  birikish  guruhiga  tegishli  ekanligi 

aniqlangandan  so‘ng  keyingi  bosqichga  -   genning  birikish  guruhidagi 

o‘mini  (lokusini)  aniqlashga  kirishiladi.  Genning  joylashish  o‘rnini 

aniqlash  krossingover  natijalarini  hisobga  olish  orqali  amalga  oshiriladi. 

Xromosomada  uchta  lokusni  nishonlash  genlaming  xromosomada 

joylashish  tartiblari  va  ular  orasidagi  masofani  aniqlashga  yordam 

beradi.

Drozofila  tanasining  sariq  rangdaligini  belgilaydigan  у  geni  bilan 



ko‘zning  oq  rangini  ta’min  etuvchi  w  geni  orasidagi  krossingover 

ko‘rsatgichi  1,2%  ga  teng  bo‘lgan,  w  geni  bilan  qanotning  ayrisimon 

bo‘lishini  belgilovchi  bi  geni  orasidagi 

krossingover  3,5%  ni  tashkil 

etadi.

Bu  ko‘rsatkichlar  hali  у  genning  w  geniga  nisbatan  chap  yoki  o‘ng 



tomonda joylashganligini  -  xuddi  shunday  w  genining  bi  geniga  nisbatan 

qanday joylashganligini  bildirmaydi.  Faqat uchinchi juft -  у  va bi  genlari 

orasidagi  krossingover  foizi  (mazkur  holatda  4,7%)  aniqlangandan  so‘ng, 

w  geni  albatta  у  va  bi  genlari  orasida  joylashgan  bo‘lishi  kerak  degan 

xulosaga kelinadi  (50- rasm).

Binobarin,  gen  birikish  guruhida  m a’lum  bir  joyni  egallar  ekan,  bu 

har  bir  xromosomada  genlaming  tartibli joylashish  va  xromosomalaming 

genetik xaritasini tuzish imkonini beradi.

51  va  52-rasmlarda  drozofila  va  makkajo'xori  xromosomalarining 

genetik xaritasi keltirilgan.

,y _______________ .  w ______________________________ bi*

ч -------1,2%------- ►  ^ -------------------------3,5% ------------------ ►

--------------------------------   4,7%

50-  rasm.  Xromosomada genlaming joylashish  sxemasi.  Raqamlar genlar orasidagi 

krossingover foizini  ko‘rsatadi.

145


Rasmlaming  tagida  xaritadagi  genlaming  nomi  va  ulaming  ta’sirida 

rivojlanuvchi  belgilarning  fenotipi  yozilgan.  Raqamlar  genlar  orasidagi 

masofani ko‘rsatadi.

Drozofila xromosomalarining  genetik xaritasi:

I:y -sariq  tana  (kulrang  -   belgining  normadagi  holati);  w - o q  

ko‘z  (qizil);  e c -tu k la ri  orasidagi  fasetkalari  (tuklaming  yo‘qligi); 

ev-qanotidagi 

tomirlardan 

birining 

yo‘qligi 

(tomiming 

borligi); 

v -  kinovar  ko‘z  (qizil);  m -  kichik  qanotlar  (normal);  s -  qora  tana 

(kulrang);  f-ay risim o n   tuklar  (normal);  B - q is iq   ko‘z  (yumaloq);  car- 

qalampirmunchoqli ko‘z (qizil);  bb -  kalta tuklar (normal).

II:al-kalta  aristlar  (normal);  d p -k a lta   qanotlar  (normal);  d - k a lta  

oyoqlar (normal);  b -  qora tana  (kulrang);  pr -  to‘q qizil  (qizil);  vg -  qisqa 

qanot  (normal);  c-q ay rilg an   qanot  (to4g‘ri);  a-ark sim o n   qanot  (to‘g‘ri); 

sp -  qanotdagi  dog‘  (dog‘ning yo‘qligi).

III:ru   -d a g ‘al  fasetkalar  (normal);  s e -jig a rra n g   ko‘z  (qizil); 

D -tuklarning  kamaygan  soni  (normal);  p -  pushti  rang  ko‘z  (qizil); 

ss -  kalta  tuklar  (normal);  e -  qora  tana  (kulrang);  ro -  dag‘al 

fasetkalar  (normal);  ca -  yoqut  rangli  ko‘z  (qizil);  Mg -  kichraygan 

tuklar  (normal).

IV :b t -  bukilgan qanot (to‘g ‘ri);  ey -  ko‘zning yo‘qligi  (borligi).

M akkajo‘xori  xromosomalarining  genetik xaritasi:

I -  X -  birikish guruhlari;  sentromeralar aylana bilan ko‘rsatilgan.

I : sr  -  yo ‘l-yo‘l  barglar;  ga6 -  gametofitli  omil;  ms]7 -  erkaklik 

pushtsizligi;  ts2 ~ donli  ro ‘vak;  P - b o ‘yalgan  perikarp;  z l- z ig o tik  

letal;  a s -  asinapsis;  hm -   gelmintosporiozga  chidamlilik;  brj  -  qis- 

qargan 

bo‘g ‘im  oraliqlari;  vg -  qisqa  popuklar;  f,  -  yupqa  chiziqli 



barglar;  a n ,-  changchilari  b o ‘lgan  so‘ta;  K n - g ‘adir  barglar;  gs(-  

yashil  y o ‘l-yo‘lli  barg;  Ts6 ~ donli  ro‘vak;  bm2-b a rg n in g   jigar- 

rangsimon  o ‘rta tomiri;

II:w s3- o q   о ‘ram;  a l -   oqish  barg;  ]g( -  tilchasiz; 

lg2-yaltiroq 

barg;  B -a n to tsia n   rangni  kuchaytiruvchi;  sk -  mayinlikning  yo‘qligi; 

fl  -   kraxmalli  endosperm;  ts, -  donli  ro‘vak;  v4 -  sariq-yashil  o ‘simtalar; 

Ch -  shokolad rangidagi  perikarp.



146

51-rasm.  Drozofila xromosomalarining genetik xaritasi.

f

и

28

56

6*

0t



85

66

ty*t

/27

135

t i n



a

as

ttm

6r,

vg

h

an,

к п

9st

a

0

 |  -s


* I si *

•i

4.

*r

lit

94

в

SH

fi,

ts.

S6

I I I

m.75

m

m

sr 

о *  ae.

Ш

m

a.

3S

n



Oa.

et

9*i

to?

Щ

rt3

gtn

e*3

От,

n \8 ts

?5

  **'


(•a.

ip,

Stl,

4s,i 

lh

Га,

],

9h

»T.

Л,

pr



г

P9„

Pi

вь

sm

РУ

IBS

r'?>


9l<

Tt>,

st

4

Bn

ea

J>

44

S3



Si

66

B t,

■ m

0

яр

IS

Од

i t ,

I t ■ а

IS

■ Bp

4

 



3

g t

■ wx

57 ■Я*

Ch

13 f  

^m4

ли-

Г6Г-

tm .

52-rasm.  Makkajo‘xori  xromosomalarining  genetik  xaritasi.

I l l : cr, -  buralgan 

barg; 

d,  -  pakanalik; 



rt -  ildizning 

yo‘qligi; 

Lg3 -  tilchasiz;  Rg -  g ‘adir-budirli  barglar;  ts4 -  donli  ro‘vak;  ba, -  naslsiz 

poyalar;  na,  -  pakanalik;  a,  -jigarrang  perikarp;  sh2 -  burishgan  endos­

perm;  et -  naqshli  endosperm;  ga, -  gametofitli  omil.

IV : de, -  rivojlanmagan  endosperm;  Ga, -  gametofitli  omil;  Ts5 -  donli 

ro‘vak;  sp, -m ay d a  chang;  su, -  qandli  endosperm;  deJ6-rivojlanmagan 

endosperm;  zb6 -   ko‘ndalang  yo‘lli  barglar;  Tu,-  yupqa  pardali  j„ 

«yaponcha»  albinos  yo‘l-yo‘lli;  gl3 -  yaltiroq barglar.

V : gl17 -  yaltiroq  barglar;  a2 -  antotsian  rangli  o ‘simliklar;  b m ,- jigar- 

rang  o ‘rta  tomir;  bt, -  m o‘rt  endosperm;  v3 -  sariq-yashil  o‘simtalar; 

bv,  -  past  bo‘yli  o ‘simlik;  p r - q iz il  aleyron;  ys, -  sariq  yo‘l-yo‘lli; 

v2 -  sariq-yashil  o ‘simtalar.

148


VIrpOj  -  ko‘psonli  mitozlar;  у  -  sariq  endosperm;  pg— 

oeh-yasLil 

yangi  unib  chiqqan maysalar;  PI -  

to‘q 


qizil 

o ‘sim iik; 

Bh -  dog‘!i  aieyron; 

sm -  pushti  rang tumshuqcha;  py -  may da  o ‘simlik.

V II: 

Ns 


-  tukli 

o ‘raraa;  in 

-  

aieyron 


rangini  kuchaytiruvchi;  v, -  

sariq- 


yashil 

o 'siratalar; 

ra -   shoxlangan  boshoq;  gl  -  

yaltiroq 

barglar; 

Tp, -  o‘zgargan  to'pgul;  s l-k e s ik   barglar;  i j - y o ‘l-yo‘liik;  Ba 

- j i g a r  

rang 


aieyron; 

bd -  shoxlangan  so‘ta.

V III: v [6 -  sariq-yashil 

o'simtalar; 

msg -  erkaklik 

pushtsizligi; 

ji -  «yaponcha» yo‘l-yo‘llik.

IX :D tt - d o g ‘li  aieyron;  yg2 -  sariq-yashil  o ‘simlik;  с  -  bo‘yalgan 

aieyron;  sh, 

-  


burishgan  endosperm;  bz, 

-  


bronza rangli 

aieyron;  bp  -  jig a r 

rang  perikarp;  wx -  mumli  endosperm;  d3 -  

pakanalik; 

v  --  sariq-yashil 

o ‘simtalar; bm4 -  jigar rang tomir.

X:Rp  —  zang  kasaliga  chidamlilik; 

O g 


—tilla 

rang 


yo‘l-yo‘llik; 

li 


-  

barglardagi  ingichka yo‘l-yo‘llik;  18  -   sariq 

o ‘simtalar; 

gl -  gullashdan 

so 'n g  

o‘simliklaming tilla rangi; Rr -  rangli aieyron va o'simlik; w  -  

oq o ‘simtalar.

Drozofila  va  makkajo‘xori  xromosomalarining  genetik  xaritasi 

ko‘pgina  tadqiqotchilaming  juda  katta  sistemali  mehnatlarining  mevasi 

hisoblanadi,  Genetik  xaritalaming  tuzilishi  xaritalarga  tushirilgan  genlar 

tomonidan  boshqariladigan  belgilar  irsiylanishining  xarakterini  ochishga, 

seleksion  ishlarda  chatishtirish:  uchun  ota-ona  juftlarini  tanlashning 

osonlashishiga  yordam  beradi.  Xromosomalaming  genetik 

xaritalarini 

ko‘zdan  kechirar  ekanmiz,  drozofila  hamda  makkajо‘xonning  birikish 

guruhlarida  52  yoki  107  morganidli  gen  lokuslari  qanday  aniqlanadi 

degan  savol  tug‘iladi.  Chunki  digeterozigotali  organizmlarda  kroscoverli 

gametalaming  miqdori  50  foizga  tenglashishi  ham mumkin  emas,  u  holda 

ota-ona va genlaming yangi  tipdagi birikmasiga ega  gametalaming  nisbati 

mustaqil  irsiylanishdagidek  holatga  kelib  qolgan  bo‘lar  edi,  Binobarin, 

bitta  xromosoma  doirasiga  eng  chekka  nuqtalar  orasidagi  masofa  50 

foizdan  oshmasligi  kerak  bo‘ladi.  Nomuvofiqday  bo‘lib  ko‘ringan 

bu  holat  genlaming  xromosoma  uzunligi  bo‘yicha  ketma-ket  olingan 

qismlarida  ro‘y  bergan  krossingoverlami  hisobga  olish  orqali  aniqlanishi 

bu  bilan  tushuntiriladi,  genetik  xaritalarga  esa  xromosomaning  barcha 

qismlariga  tegishli  bo‘lgan  krossingover  kattaligining  yig‘indisi  haqidagi 

foiz  kiritiladi.  Shu  sababli  genetik  xaritaning  umumiy  uzunligi  tajribada 

olingan xromosomaning qarama-qarshi uchlarida joylashgan genlar orasida 

ro‘y bergan  krossingover qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

149


Vll.4.2.  Mikroorganizmfarda  genetik xaritafar

Ko‘p  hujayrali  organizmlarda  genlaming  rekombinatsiyasi  retsiprok 

holida  bo‘ladi.  Mikroorganizmlarda  esa  u  bir  tomonlama  bo‘ladi.  Bir 

qator  bakteriyalarda,  masalan,  ichak  tayoqchasi  {Escherichia  coli)  da 

genetik  axborotni  o‘tkazish  hujayralar  konyugatsiyasi  vaqtida  ro‘y 

beradi.  Bakteriyaning  yagona  xromosomasi  yopiq  halqa  shaklida  bo‘lib, 

konyugatsiya  vaqtida  ma’lum  nuqtalarida  uzilish  sodir  bo‘lib,  uzilgan 

qism bir hujayradan boshqasiga o‘tadi.

Uzatilgan  xromosoma  qismining  uzunligi  konyugatsiyaning  qanchalik 

uzoq  davom  etishiga  bog‘liq.  Xromosomada  genlaming  ketma-ketligi 

doimiy  bo‘ladi.  Halqa  shaklidagi  xaritada  genlar  orasidagi  masofa 

krossingover  foizlari  bilan  emas,  balki  minutlarda  (53-rasm)  ifodalanib, 

konyugatsiyaning  davomiyligini  aks ettiradi.

t h r

53-rasm . Esherichia  coli ning  genetik  xaritasi.

Genlar orasidagi  masofa minutlar bilan  olingan.  Genlaming belgilanishi: 

arg,  thr,  try,  his,  pur,  ser,  gly,  ile -  arginin,  treonin,  triptofan,  gistidin,  purin,  serin, 

glitsin,  izoleysinga b o ‘lgan talab;  lac,  gal -  laktoza  va  galaktozani  achitish;  str -  

ctreptomitsinga chidamlilik.

150


VI!.4.3.  Xromosomalaming  sitologik xaritalarini  tuzish

Buning  uchun  dastavval  biologik  obyekt  -   tadqiq  qilinadigan 

organizm  turi  kariotipining  mukammal  tavsifi  tuziladi.  Gaploid  ho­

latdagi  xromosomalar  o‘lchami,  shakli  tasvirlanadi.  Bundan  tashqari 

xromosomalami maxsus differensial bo‘yoqlar bilan bo‘yab, ulaming ichki 

tuzilishida  namoyon  bo‘ladigan  ko‘ndalang  turli  qora  chiziq  shaklidagi 

qurilmalar aniqlanib tasvirlanadi.  Shuni  alohida ta’kidlash  zarurki, bunday 

ichki  tuzilish  belgilari  har  xil  nogomologik  xromosomalarda  har  xil  va 

faqat o‘ziga xos  ekanligi  aniqlanadi.

Yuqorida  bayon  etilgan  belgilar  b o ‘yicha  gaploid  sondagi  har 

qaysi  xromosoma  uchun  mukammal  tavsif tartib  raqam lari  qo‘yiladi. 

Bundan  kcyin  xromosomalar  sitologik  xaritasini  tuzishning  ikkinehi 

va  asosiy  bosqichi  boshlanadi.  Bu  bosqichda  amalga  oshiriladigan 

ishlar  xromosomaning  genetik  xaritasini  tuzish  bilan  bog‘liq  holda 

murakkab  sitologik  metodlarni  qo‘llash  orqali  olib  boriladi.  M asalan, 

drozofilada  sitologik  xarita  tuzish  uchun  quyidagi  metodlardan 

foydalaniladi.

1. 

Translokatsiyadan  foydalangan  holda  sitologik  xarita  tuzish. 

Translokatsiya  deb  nogomologik  xromosomalaming  o‘zaro  ayrim 

qismlari bilan  almashinish jarayoniga aytiladi.  Har bir translokatsiya sodir 

bo‘lgan  nogomologik  xromosomalardan  ajralib  chiqqan  bo‘laklarining  va 

qolgan bo‘laklarining uzunligi aniqlanadi.

Raqamlar  genlar  orasidagi  masofaning  morganidlar bilan  ifodalanishi. 

Genlaming belgilanishini  51-rasmdan qarang.

Buning  uchun  genetik  metod  -   krossingover  chastotasini  aniqlash 

metodini  qo‘llash  mumkin  yoki  sitologik  yo‘l  bilan  nogomologik 

xromosomalaming 

o ‘zaro 


almashgan  qismini  bevosita 

o ‘lchash 

y o ‘li  bilan  aniqlanishi  mumkin.  Bu  jarayon  genetik  xaritasi  tuzilgan 

xromosomalarda  olib  boriladi.  Shuning  uchun  nishonli  genlar  holatiga 

qarab  xromosomadagi  genlar  orasidagi  masofa  aniqlanadi.  Ushbu 

metodni  qo‘llab,  F.  Dobjanskiy birinchi bo'lib  drozofilada xromosomalar 

sitologik  xaritasini  yaratdi  va  uni  xromosomalaming  genetik  xaritasi 

bilan  solishtirishga  erishdi  (54-rasm).

151

1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling