Va selekciya


GENETIKA  FANI  RIVOJLANISHINING


Download 12.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

GENETIKA  FANI  RIVOJLANISHINING 

QISQACHA TARIXI

B uyuk  chex  olimi  Gregor  Mendel  o'zining  no‘xat  o'sim ligida  olib 

borgan  ko‘p  yillik  tajribalari  natijasida  biologiya  tarixida  birinchi  bo‘lib, 

irsiylanishning uchta fundamental qonunlarini  kashf etdi.  U  genetikaning 

asosiy  va  eng  samarali  uslubi  bo'lmish -   duragaylash  yo‘li  bilan  irsiyatni 

o‘rganish  m etodini  yaratdi.  Mendel  tadqiqotlarining  natijasi  1865-yilda 

chop  etilgan  bo‘lsada,  uzoq  vaqt  u  tan  olinmadi.  1900-yilda  X.  De  Friz 

Gollandiyada,  K.Korrens  Germaniyada  va  E.  Cherm ak  Avstriyada  keng 

ko‘lam da  har  xil  turga  kiruvchi  o'sim liklar  (ko‘knor,  m akkajo‘xori, 

no‘xat  va  boshqalar)  da  Mendel  kashf  etgan  irsiylanish  qonunlarini 

takroran  k ashf  etdilar.  Bu  adolatli  olim lar  taklifi  bilan  M endel  k ashf 

etgan  uchta irsiylanish  qonunlari  «Mendel  qonunlari»  deb  atala boshlandi 

va  ilm iy  jam oatchilik  tomonidan  tan  olindi.  Shuning  uchun  ham   1900- 

yil  biologiya  tarixida  genetika  faniga  asos  solingan  sana  hisoblanadi.

10


G e n e tik a   yunoncha  genesis  so‘zidan  olingan  bo‘lib  «tug‘ilish>>,  «kelib 

chiqish»  degan  m a’noni  bildiradi.  «Genetika»  atam asi  fanga  1906-yilda 

U.  Betson  tomonidan  kiritilgan.  Genetika  fanining  rivojlanish  tarixida 

quyidagi  asosiy bosqichlarni belgilash mumkin:

•  Mendel  va  uning  izdoshlari  tomonidan  irsiylanish  va  irsiyat 

qonunlarining k a sh f etilishi;

•  T. M organning  xromosom a  nazariyasining  yaratilishi  va  uning 

rivojlanishi;

•  mutatsiya nazariyasining yaratilishi va uning rivojlanishi;

•  populatsion  genetika  va  evolutsiyaning  genetik  asoslari  sohasidagi 

tadqiqotlar;

•  molekular genetika yutuqlari va istiqboli;

•  tibbiyot genetikasi  asoslari;

•  o‘simliklar,  hayvonlar va m ikroorganizm lar  seleksiyasining  genetik 

asoslari.

M endelgacha  bo‘lgan  davrda  o‘simlik,  hayvon  va  odam larda  turli 

belgilarning  ota-onadan  kelgusi  avlodlarga  berilishiga  oid  bir  qator 

dalillar  yig‘ilgan  edi.  M asalan:  nemis  olimi  I. G. Kelreyter  (1733-1806) 

tam aki o‘simligi durdgaylarini  kuzatib,  birinchi m arta geterozis hodisasini 

tasvirladi.  Tamaki  navlari  va turlarini  har xil  kombinatsiyada  duragaylab, 

ularda ota-ona belgilarining rivojlanishini tekshirdi.

Ingliz  olimi  Т.  E. N ayt  (1759-1838)  no‘xat  o‘simligi  duragaylarini 

kuzatib,  birinchi  avlod  duragaylari  o‘simliklari  bir  xil,  ikkinchi  avlod 

duragaylarning  esa xilm a-xil bo'lishligini ta’kidladi.

Fransuz  olimi  O.  Sajre  (1763-1851)  o‘simlik  duragaylari  avlodlarida 

ota-ona  belgilari  har  xil  variantda,  qayta  taqsimlanib  xilm a-xillik  beradi 

degan xulosaga keldi.

Evolutsion  ta’lim otning  asoschisi  Ch. D arvin  (1809-1882)  irsiyat  va 

o‘zgaruvchanlik tabiiy tanlanish bilan birga organik olam evolutsiyasining 

asosiy om illari  ekanligini  isbotladi.

G.  Mendelga  qadar  bo‘lgan  tadqiqotchilar  irsiylanish  qonunlarini 

ochib bera olmadilar.  B uning asosiy sabablari quyidagilar edi:

•  ularning  tajribalarida  qo‘llanilgan  m etodlar  mukammal  emas  edi. 

Ular,  birinchidan,  belgilarning irsiylanishini  o‘rganishda «oddiydan 

m urakkabga»  tam oyiliga  amal  qilmadilar,  ikkinchidan,  barcha 

belgilarning  irsiylanishini  bir  yo‘la  o‘rganishga  harakat  qilgan 

edilar.  U chinchidan,  duragay  avlodlardagi  xilm a-xillik,  ya’ni

11


belgilarning  ajralishini  o‘rganganda,  ju d a   qulay  bolgan  matematik 

mctoddan  foydalanmaganlar.

•  irsiyatning  moddiy  asosi  -   irsiyat  om illari  haqida  oldinga  surilgan 

farazlar  ko‘p  jih atd an  taxm inlarga  asoslangan  bo‘lib,  maxsus 

genetik  tajriba dalillari bilan tasdiqlanm agan edi.

Genetika  tarixida  irsiylanish  qonunlarini  dastavval  Gregor  Mendel 

(1X22-1884)  k ashf  etdi.  B u  qonunlarning  yaratilishida  Mendelga 

muvaffaqiyat  keltirgan  om il, 

avvalo, 

o‘z  tajribalarida 

«oddiydan 

murakkab» ga  tam oyiliga  am al  qilganligi;  oldin  bitta,  so‘ngra  ikkita  va 

h.k.  belgilari  bo‘yicha  keskin  farq  qiluvchi  no'xat  navlarini  chatishtirib 

olingan  duragay  avlodlarini  alohida-alohida  genetik  tahlil  qilganligi; 

ikkinchidan,  o‘zi  asos  solgan  duragaylash  yo‘li  bilan  genetik  tahlil  qilish 

metodini  qo‘llaganligida bo‘ldi.  Bu m etodga muvofiq:

•  chatishtirish  uchun  olingan  ota-ona  organizm lar  bir  turga  mansub 

bo‘lishlari kerak;

•  chatishtirish  uchun  olinayotgan  organizm lar  bir-biridan  keskin 

farqlanuvchi belgilarga ega bo‘lishi kerak;

•  o‘rganilayotgan belgilar toza,  ya’ni  konstant bo‘lishi  lozim;

•  ajralish  kuzatiladigan  avlodlarda  m iqdor  hisob  ishlarini  olib  borish 

lozim.

G. Mendel tomonidan  irsiylanishning uchta qonuni yaratildi:



1.  Birinchi  avlod  (F,)  individlarining  o‘rganilayotgan  belgi  bo‘yicha 

dominantlik yoki bir xillilik qonuni.

2.  Ikkinchi avlodda (F2) ota-ona belgilarining  ajralish  qonuni.

3.  Belgilarning  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  m ustaqil  taqsimlanib 

irsiylanish qonuni.

X X   asrning  dastlab k i  o‘n y illik la rid a  jin siy   yo‘l b ila n  ko'payuvchi 

barcha  organizm lar  uchun  G.  M endel  tam o y illari  m os  kelishligi 

tasdiqlandi. 

K eyinroq 

esa 


irsiy lan ish n in g  

yan g i 


qonuniyatlari 

k a s h f  etildi.  O rg an izm lar  a k sariy at  b e lg ila rin in g   irsiylanishi  va 

rivojlanishida  ik k i  va  u n d a n   o rtiq   g enlar  ish tiro k   etish lig i  aniqlandi. 

G enlar  o‘zaro  ta ’sirinin g  kom plem entar,  ep ista z   va  polim eriya 

tip larid a b elg ilarn ing  irsiylan ish i  va riv o jla n ish in in g  ta ’m in etilishligi 

isbotlandi.



Irsiyat  xromosoma  nazariyasining  yaratilishi  genetika  tarixida 

alohida  o‘rin  tutadi.  Bu  nazariyaning  yaratilishiga  amerika  olimi 

T. Morgan  va  uning  shogirdlari  -   A.  Styortevant,  K. Bridjes,  G. Myo‘l-


lerlar  katta  hissa  qo‘shdilar. 

Bu  olim lar  tomonidan 

irsiyatning 

moddiy  asosi  xromosom alar  ekanligi,  irsiy  omillar,  y a’ni  genlarning 

xromosom alarda  to‘g‘ri  chiziq  bo‘ylab  m a’lum  tartibda  joylashganligi 

isbotlab  berildi.  Bu  sohadagi  tadqiqotlarning  rivojlanishi  natijasida 

xromosomaning  genetik  va  sitologik  xaritalarini  tuzish  imkoniyati 

tug‘ildi.  Yangi -  sitogenetika fani  shakllandi.



Irsiyat  mutatsiya  nazariyasining  yaratilishi  (gollandiyalik  olim 

X.  De  Friz,  1903)  genetika  tarixidagi  muhim  voqealardan  biri  bo‘ldi.  Bu 

nazariyaga  binoan,  kuchli  ta’sir  etuvchi  omillar  (mutagenlar)  ta’sirida 

organizm larning  genlari  tubdan  o‘zgarib,  yangi,  tu rg ‘un  holatda 

nasldan-naslga  beriladigan  o‘zgaruvchanlik  paydo  bo‘ladi.  Bunday 

o‘zgaruvchanlikning  paydo  bo‘lish jarayonini  mutagenez,  irsiy  o‘zgargan 

belgini  esa  mutatsiya,  mutatsiyaga  ega  bo‘lgan  organizm   mutant 

deb  ataladigan  bo‘ldi.  Bu  nazariya  uchun  dastlabki  dalillar  rus  olimi 

S. I. Korjinskiy  tomonidan  keltirilgan.  Nemis  olimi  G. Myoller  (1927) 

drozofila  pashshasiga  radiatsiya  nurlarini  ta’sir  ettirib,  sun’iy  sharoitda 

ko‘plab  mutatsiyalar  olish  m umkinligini  isbotladi.  U  tajribada  hosil 

bo‘layotgan  m utatsiyalarni  hisobga  olish,  ularning  tabiatini  o‘rganish 

metodlarini  yaratdi.  Rus  olimlari  G.A. Nadson  va  G. S. Filippov  (1925) 

rentgen  nurlari  ta’sirida  madaniy  o‘simliklarda  turli  xil  mutatsiyalar 

olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ingliz  olimi  Sh.Auerbax,  rus  olimi  I. A. Rapoport  ba’zi  kuchli  ta’sir 

qiluvclii  kimyoviy  m oddalar  ta’sirida  ham  mutatsiya  olish  mumkinligini 

isbotladilar.  Qayd  etilgan  sohadagi  tadqiqotlar  mutatsion  genetika 

yo‘nalishinmg paydo bo‘lishiga olib keldi.

Genetika tarixida olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyotlardan 

biri  -   molekular  genetikaning  maydonga  kelishi  bo‘ldi.  Molekular 

genetikaning  paydo  bo‘lishida  irsiyat  birligi  bo‘lgan  genlarning  tuzilishi 

va  faoliyatining  molekular  asoslarini  o‘rganishda  biokimyo,  biofizika, 

matematik  modellash,  kibernetika  metodlari  yordamida  tekshirish  va 

tahlil qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

Molekular  genetika  erishgan  yutuqlariga  binoan,  gen  -   irsiyatning 

moddiy asosi DNK molekulasining bir qismidir.

DNK  molekulasining  asosiy  qismi  xromosomalarda  joylashganligi 

va  ozgina  qismining  esa  sitoplazma  organoidlarida  mavjudligi  ko'rsatib 

berildi.  Tarkibida  faqat  ribonuklein  kislotasi  bo‘lgan  viruslargina  bu 

qoidadan  mustasno  ekanligi  aniqlandi.  Har  qaysi  gen  ma’lum  sondagi

13


ketma  ket  joylashgan  nukleotidlardan  iborat  bo‘lib,  m uayyan  oqsil 

moddasining  sintez  qilinishini  ta’m in  etadi.  Gen  faoliyatining  mahsuli 

bo‘lgan  oqsil  m oddalari  organizm   belgi  va  xususiyatlarining  rivojla 

nishini bevosita ta’minlaydi.

M olckular  genetikaning  bu  kashfiyotini  ta’m in  etishda  hal  qiluvchi 

ahamiyatga ega bo‘lgan ilm iy tadqiqotlar quyidagilardan iborat:

1.  DNK  molekulasi  strukturasining  aniqlanishi  (amerikalik  bioki- 

myogar J.  Uotson va ingliz fizigi F.  K rik,  1953).

2.  Oqsil  m olekulalari  tarkibiga  kiruvchi  asosiy  (20  ta)  aminokis- 

lotalarning  biosintez  jarayonida  oqsil  hosil  bo‘lishidagi  ishtirokini  ta’min 

ctuvchi  irsiy  axborot  (kod)  birligi  nukleotidlar  tripletining  k ashf etilishi 

(M. Nirenberg,  G. M attey,  S.  Ochoa va F.  K rik  1961;  1962).

3.  Genning  m olekular  genetik  ta’rifining  shakllantirilishi  (am erika­

lik olimlar J. Bidl va E.  Teytum).

4.  Laboratoriya  sharoitida DNK m olekulasining  sun’iy  sintez  qilinishi 

(amerikalik olim A. Kornberg,  1958  ).

5.  Gen  funksiyasining,  ya’ni  oqsil  sintezi  regulatsiyasi  molekular  me- 

xanizm ining ochilishi (fransuz olim lari F.  Jakob,  J. Mono,  1961,  1962).

Bu  sohada nazariy  tadqiqotlarning rivojlanishi  natijasida genetikaning 

amaliy  ahamiyatini  yanada  oshiradigan  tarm oq  -   gen  injeneriyasi  va 



biotexnologiyasi paydo bo‘ldi.

Organizm larda 

genetik 

qonuniyatlarni 

populatsiya 

darajasida 

tekshiruvchi  va  olingan  dalillarga  asoslanib  Ch. D arvin  evolutsion 

ta’limotining  genetik  asoslarini  yaratuvchi  tarm oq -   evolutsion  genetika 

vujudga keldi.  Evolutsion  genetika  duragaylash,  mutagenez,  alohidalanish 

(izolatsiya),  ko‘chish  (migratsiya),  tanlash,  genlar  dreyfi,  populatsiya 

to‘lqini  kabi  om illarning  evolutsiyadagi  ahamiyatini  aniqlaydi  va  uning 

qonuniyatlarini ochadi.

Tabiatdagi  tu rlar evolutsiyasi va seleksiya jaray onida yangi o‘sim lik 

navlari,  hayvon  zotlari,  m ik ro o rg an izm lar  shtam m larini  yaratishning 

genetik  asoslarini  variatsion  statistik   m etodlar  yordam ida  o‘rganish 

im koniyatini  beruvchi  populatsion  genetika  poydevori  yaratildi  (ingliz 

olim lari R.  Fisher,  J.  X oldeyn,  am erik alik  olim  S.  Rayt,  1920-1930, rus 

olim lari  S. S.  Chetverikov,  N. R  D ubinin,  N. V.  Timofeyev-Resovskiy 

va  boshqalar).  N .I.  V avilovning  irsiy  o‘zgaruvchanlikda  gomologik 

qatorlar  qonuni,  m adaniy  o‘sim lik larn in g   kelib  chiqish  m arkazlari 

haqidagi  ta’lim oti  ham da  ekologik  geografik  jih a td a n   uzoq  avlodlarni

14


chftlishtirish  va  im m unitet  to‘g ‘risidagi  n azariyalari  o 'sim lik lar  se- 

loksiynsi  sam aradorligini  oshirishda  k atta  aham iyatga  ega  bo'ldi. 

O 'lin ilik la rn in g   yangi  navlarini  yetishtirish  uchun  uzoq  avlodlarni 

durtlgaylash  usuli  keng  qo‘llaniladigan  bo ‘ldi.  Shu  asosda  m evali 

d ire x tla rn in g   ko'pgina  qim m atli  navlari  yetishtirildi.  (I. V,  M ichurin). 

Ruditttsiyu  va  kim yoviy  m utagenlar  m utatsiya  vujudga  keltirish  uchun 

teborn  kcng  qoMlanilmoqda.  B ir  qator  antibiotiklar,  am inokislotalar  va 

boihqa  biologik  aktiv  m oddalarni  sintezlash  funksiyasiga  ega  b o ‘lgan 

b ik lc riy u larn in g   mutant  shtam m lari  vujudga keltirildi.

15


I bob.  IRSIYLANISH VA IRSIYAT QONUNIYATLARI

1.1.  Monoduragay chatishtirish. 

Mendelning  birinchi  va  ikkinchi  qonunlari

Yuqorida  bayon  etilganidek,  irsiylanish  qonunlari 

Gregor  Mendel  tomonidan  k ashf  etildi.  Mendel 

muvaffaqiyatini  ta’m in  etgan  omillar  quyidagilar 

edi:

• 

Mendel  o‘z  tajribalari  uchun juda  qulay  bo‘l- 



gan 

o‘z-o‘zidan  changlanuvchi  no‘xat 



(Pisum 

sativum)  o‘simligini  olib,  uning  34  ta  navini 

mukammal  qiyosiy  tasvirlab  chiqdi,  ulardan  o‘zaro 

ayrim  belgilari  bilan  keskin  farq  qiluvchi  14  ta 

navini  tajriba  uchun  tanlab  oldi.  U larning  irsiy 

tozaligiga  ishonch  hosil  qilgach,  bu  navlar  ustida 

o‘z tajribalarini  o‘tkazdi;

•  M endel  dastavval  bitta  belgisi,  so‘ngra  ikki  va  nihoyat  uchta  va 

undan  ortiq  belgilari  bilan  keskin  farqlanuvchi  no‘xat  navlarini  o‘zaro 

chatishtirdi;

•  chatishtirishdan olingan duragay urug‘lar kelgusi yili  ekilib, birinchi 

avlod  (F,)  o‘sim liklari  olindi  va  ular  o‘rganilayotgan  belgisi  bo‘yicha 

tavsiflandi.  Fj  o‘sim liklari o‘z-o‘ziga chatishtirildi;

•  har  qaysi  F,  o‘simligidan  olingan  duragay  urug‘lar  kelgusi  yili 

ayrim -ayrim ,  alohida  oila  tarzida  ekilib,  ikkinchi  (F2)  avlod  o‘sim liklari 

olindi.  F2  da  o'sim liklarning  belgilari  bo‘yicha  xilm a-xillik  guruhlari  -  

sinflari  ajratilib, ularda  o‘simliklar  soni  aniqlandi.  Bu ko‘rsatgich bo‘yicha 

F2  dagi  belgilar  ajralishida  sinflarning  o‘zaro  m iqdoriy  nisbatini  aniqlash 

uchun m atem atik-statistik metoddan foydalandi;

•  ikkinchi  avloddagi  har  qaysi  sinfga  oid  o‘sim liklar  o‘z-o‘ziga 

chatishtirilib,  ularning  avlodlari  keyingi  yillarda  F 3,  F4  tarzida  tahlil 

qilindi;

•  olingan dalillar asosida belgilarning irsiylanish qonunlari ochildi.

16


Bir juft belgisi bilan  o ‘zaro keskin farq qiluvchi  ota-ona organizmlami 

chatishtirish  monoduragay  chatishtirish  deyiladi.  Ikki ju ft belgilari bilan 

farq  qiluvchi  organizmlami  chatishtirish  diduragay  chatishtirish  va 

nihoyat  uch  va undan  ortiq juft  belgilari  bilan  farqlanuvchi  organizmlami 

chatishtirish esa poliduragay chatishtirish  deb  ataladi.

Irsiyatni  duragaylash  m etodidan  foydalanib,  o‘rganilganda  quyidagi 

genetik simvollar qo‘llaniladi:

C hatishtirish 

«х» 

belgisi 


bilan 

ifo d alanad i. 

C h atish tirish 

yozilayotgan 

paytda, 


ona 

o rganizm  

« $ »  

(V enera-Z uhroning 



ko‘zgusi)  belgisi,  so‘n g ra  o ta  o rganizm   «с?»  (M arsn ing   qalqoni  va 

nayzasi)  belgisi  yoziladi.  O ta-o n a  o rg an izm lari  oldiga  « Р »  h a rfi 

(lotincha  «Parentes»  -   ota-ona)  qo‘yilad i.  O ta-o n a  o rganizm lar 

va  d uragaylarda  hosil  b o ‘ladigan  g am etalar  g  h a rfi  (gam eta) 

bilan  belgilanadi.  C h atish tirish   natijasid a  o lin g an   birinchi  avlod 

duragay  -   F p  ikk inchi  avlod  duragay  -   F2  va  hokazo  sim vollari 

bilan  belgilanadi.  « F »  h a rfi  lotin cha  « F ilii»   so‘zidan   olingan 

bo ‘lib,  bolalar  m a’nosini  b ild irad i.  B irin ch i  avlod  (F,)  duragaylarini 

dominant  yqki  retsessiv  gom cizigotali  o ta-o n a la rd an   b iro rtasi  bilan 

chatishtirish  -   qayta  ch a tish tirish   yoki  b ek k ro ss  deb  atalib,  olingan 

BVlod  esa  FB  tarz id a  b elg ilanad i.

M endel  no‘xatn ing   b ir  ju f t  belgisi,  y a ’ni  g u lin in g   rangi  qizil 



Va  oq  bo‘lgan  navlarini  c h atish tirib ,  b irin c h i  avlod  (Fj)  duragay 

O'simliklarini  oldi  (ilova  -   1-rasm).  F,  d u rag a y larin in g   barchasi  qizil 

gulli  b o'lgan.  D em ak,  b irin c h i  avlodda  b ir  j u f t  k e sk in   farqlanuvchi 

belgidan  (qizil-oq)  faqat  b ittasi  nam oyon  b o ‘ldi.  Ik k in c h i  belgi  esa 

rivojlanmadi.

Bir  belgining  ikkinchi  b ir  belgi  u stid an   u stu n   qilishlik  holatini 

Mendel  dom inantlik  h od isasi  deb  atadi.  B irin ch i  avlodda  namoyon 

boMgan  belgi  dom inant  b elgi,  nam oyon  b o ‘lm agan  belgi  esa  retsessiv 

b«lgi  deb  ataladi.

Bayon  etilgan  irsiy  jarayon  Mendel  birinchi  qonunining  mazmunini 

tftlhkil  etadi.  Bu  qonun  birinchi  avlod  duragay  organizm larining 

dominantlik yoki bir x illilik  qonuni deb  ataladi.

M endelning  ikkinchi  qonuni.  F,  o‘sim liklari  o‘z-o‘ziga  chatishtirilib 

Olingan  ikkinchi  avlod  (F2)  duragay  o‘sim liklarini  tahlil  qilish  natijasida, 

ttUrda  gul  rangi  bo‘yicha  xilm a-xillik  hodisasi  borlipi  я г й д Ь ^   ( jW a _  

l-rasm).  U larning  orasida  qizil  gulli  o‘sim likla ■



UNIVERSITETJ17 

Ahboi ot-resurs  markazl



'Т ы о с ^ Г '--------



o‘sim liklar  ham   paydo  bo ‘ldi.  U larning  miqdoriy  nisbati  3:1  bo‘lgan. 

Bu  irsiy  jarayon  M endelning  ikkinchi  qonuni  yoki  ikkinchi  avlodda 

belgilarning  ajralish  qonuni deb ataldi.

Ikkinchi  avlod  duragay  o‘sim liklarida  namoyon  bo‘lgan  belgilarning 

kelgusi  avlodlarda  irsiylanishini  aniqlash  uchun  Mendel  F 2 dagi  har  qaysi 

qizil  va  oq  gulli  o‘sim liklarni  o‘z-o‘ziga  chatishtirib,  ularning  F3  dagi 

avlodini  alohida  tekshirdi.  B uning  natijasida  F2  dagi  oq  gulli  o'sim liklar 

F3  da o'zgarm ay saqlanib  qolgan.  Dem ak, F2 dagi oq gulli o‘sim liklarning 

ushbu  retsessiv  belgi  bo'yicha  irsiy  jihatdan  gomozigota  toza  ekanligi 

aniqlandi.

F2 dagi  qizil gulli  o‘sim liklarning  1/3  qismi F3  da ham  faqat qizil  gulli 

o‘sim liklarni  bergan,  ya’ni  bu  guruhdagi  F2  ning  qizil  gulli  o‘sim liklari 

ushbu belgi bo‘yicha irsiy toza bo‘lgan.

F2  qizil  gulli  o‘sim liklarining  2/3  qismida,  kelgusi  avlodda  xuddi  F 2 

dagiga  o‘xshash xilm a-xillik,  ya’ni  ajralish kuzatilib,  3  qism qizil  gulli  va 

bir  qism  oq  gulli  o‘sim liklar paydo  bo‘lgan.  Demak,  bu  guruhga kiruvchi 

F2  ning  qizil  gulli  o‘sim liklari  F,  o‘simliklari  singari  bu  belgi  bo‘yicha 

geterozigotali ekan.

G om ozigotali  organizm lar  deb  bir  xil  irsiy  axborotni  tashuvchi 

gam etalarn in g  o ‘zaro  qo ‘shilishidan  hosil  bo‘lgan  organizm larga 

aytiladi.

G eterozigotali  o rgan izm lar  deb  esa  har  xil  irsiy  axborotni 

tashuvchi  gam etalarning  o‘zaro  qo‘shilishidan  hosil  bo‘lgan  orga­

n izm larg a  aytiladi.  «G om ozigota»,  «geterozigota»  tushunchalari  ge- 

n etikaga  1902-yilda  U.  B etson  tom onidan  kiritilgan.  M onoduragay 

ch atishtirish   natijasida  olingan  F t,  F 2  duragay  avlodlarida  b elgilarn ing  

irsiy lanishini  o‘rganish  n atijasiga  tayanib,  M endel  irsiy  om illar 



(faktorlar)  haqidagi  g ‘oyani  oldinga  surdi.  M endelning  fikricha, 

org anizm larda  u larn in g   belgi  va  xususiyatlarining  irsiylanishini 

ta’m inlovchi  irsiy  om illar  m avjud.  U lar  keyinchalik  gen  deb  ataladi. 

Irsiy  o m illarn in g   h ar  b iri  organizm ning  tana  hujayralarida  bir 

ju ftd a n   b o ‘ladi.  U larn in g   jin siy   hujayralari  -   gam etalarda  esa  irsiy 

o m illar  faq at  bittadan ,  y a ’ni  y a k k a  holatda  bo'ladi.  O ta-ona  jin siy  

hu jay ralarin in g   qo‘sh ilish idan   hosil  bo‘luvchi  zigotada  irsiy  om illar 

y an a ju f t  holatga keladi.

18


Shunday  qilib,  bu  g‘oyaga  binoan  kelgusi  avlodlarga  ota-ona  bel­

gilarining  o‘zi  emas,  balki  shu  belgilarning  rivojlanishini  ta’m in  etuvchi 

Iniy om illar (genlar) beriladi.

M endel  irsiy  omillar haqidagi  g‘oyasining yana bir  m uhim   qoidasi,  u 

kashf etgan  allelizm hodisasidir.  Uning  fikricha har  qaysi  irsiy  omil  (gen) 

ikki  xil  holatda,  ya’ni  dominant  va  retsessiv  holatda  bo‘lishi  mumkin. 

Bu  hodisa  allelizm  iiodisasi  deyiladi.  Irsiy  omillarning  ikki  xil  h o la ti-  

dom inant  allel  va  retsessiv  allel  deb  ataladi.  Mendel  irsiy  om illar  va 

ularning  allellarini  lotin  harflari  bilan  ifodalashni  tak lif  etdi.  Dom inant 

allclni  bosh  h arf  (masalan  A)  bilan,  retsessiv  allelni  esa  kichik  h a rf  (a) 

bilan  ifodalaydi.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  biz  nim a  sababdan 

F,  duragaylari  ikkinchi  avlodda  xilm a-xillik  beradi  degan  savolga 

quyidagicha javob beramiz.

Ona  o‘simligi:  qizil  gulli  no‘xat,  genotipi  AA,  ya’ni  dom inant 

gomozigotali  organizm.  Shuning  uchun  u  bir  xil,  bittadan  dom inant  A 



geniga ega bo‘lgan  gametalar hosil qiladi.

O ta  o‘simligi:  oq  gulli  no‘xat,  genotipi  aa,  ya’ni  retsessiv  gomo- 

ligotali  organizm.  Shuning uchun u  ham  bir xil,  lekin bittadan retsessiv  a 

geniga ega bo‘lgan gametalar hosil qiladi.

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> S. dadayev, Q. Saparov
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a

Download 12.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling