Va selekciya


B.  Geterozigotada  namoyon  bo‘lishi bo‘yicha


Download 12.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41

B.  Geterozigotada  namoyon  bo‘lishi bo‘yicha:

1.  Dominant  mutatsiyalar.

2.  Retsessiv mutatsiyalar.

D. Normadan  chetga  chiqish  (yovvoyi tipga nisbatan):

1.  To‘g‘ri  mutatsiyalar.  2.  Reversiyalar (teskari mutatsiyalar).

E. M utatsiyalam i keltirib  chiqaruvchi sabablarga bog‘liq holda:

1.  Spontan  (tabiiy)  mutatsiyalar.

2.  Indusirlangan mutatsiyalar.

Yuqorida  qayd  etilgan  mutatsiyalar  tasnifining  to‘rtta  (A,  B,  D,  E) 

usuli  yetarli  darajada  qat’iy  xarakterga  ega  bo‘lib,  universal  ahamiyatga 

ega.  Bundan  tashqari,  mutatsiyalar  tashifiga  xususiy  yondashishlar  ham 

mavjud.

F.  Hujayrada joylashishi bo‘yicha:

1.  Yadroli.

2. 

Sitoplazmatik 

(bunda  yadroga  aloqador  bo‘lmagan  genlar 

mutatsiyasi nazarda tutiladi).  *

G. Irsiylanish  im koniyatiga  nisbatan:

1.  Generativ -  jinsiy  hujayralarda yuz beradigan.

2.  Somatik -  somatik hujayralarda yuz beradigan.

Nihoyat  o ‘zgarayotgan  belgiga  bog‘liq  holda  mutatsiyalami  tas- 

niflash  kuzatiladi.  Bunga  letal,  morfologik,  biokimyoviy,  organizm 

organlariga  shikast  yetkazuvchi  omillarga  nisbatan  chidamlilik  mutat­

siyalari.

Shunday  qilib,  mutatsiyalar  genetik  materialning  irsiylanadigan 

o ‘zgaruvchanligidir.  Mutatsiyalar  kelib  chiqish  sabablariga  ko‘ra  tabiiy 

(spontan)  va sun’iy  (indusirlangan) mutatsiyalarga bo‘linadi.

Tabiiy  (spontan)  mutatsiyalar.  Mutatsion  o'zgaruvchanliklami 

vujudga  keltiruvchi  omillar  mutagen  omillar  deyiladi.  Bu  omillar  tabia- 

tiga  ko‘ra,  fizik  va  kimyoviy  mutagenlarga,  ular  tabiatda  yoki  sun’iy 

hosil  qilinishiga  qarab  tabiiy  va  sun’iy  mutagenlarga  ajratiladi.  Tabiatda 

hosil  bo‘ladigan  mutagenlami,  masalan,  tabiiy  radiatsiya,  turli  xil 

zaharli  kimyoviy  moddalar  va  boshqalar  tabiiy  mutagenlar  deb  ataladi.

233


Ular  ta’sirida  vujudga  keladigan  mutatsiyalar  esa  tabiiy  yoki  spontan 

mutatsiyalar  deb  ataladi.  Tabiiy  mutatsiyalar  tabiiy  tanlanish  uchun 

boshlang'ich  material  b o iib  xizmat qiladi.

Ko'pgina  madaniy  o'simliklaming,  masalan,  qo'qongul,  shabbo'y, 

piongul,  atirgul  kabi  o'simliklaming  kelib  chiqishida  tabiiy  mutatsiyalar 

boshlang'ich manba bo'lib  xizmat  qilgan.  Zarang,  makkajo'xori,  qalampir, 

enotera  kabi  o'simliklarda  tabiiy  ravishda  vujudga  keladigan  «ola-bula»  -  

barg yuzasida yashil  qismlar  bilan  birga  sarg'ish  qismlaming b oiish i  kabi 

mutatsiyalar kuzatilgan.

Tabiiy  mutatsiyalar  hayvonlarda  ham  uchraydi.  Masalan,  meva 

pashshasi  -   drozofilada  tana  rangiga,  qanot  shakliga,  ko'z  rangi  va 

shakliga,  tana  shakliga  va  oichamiga,  tuklarining  shakli,  oichamlariga 

oid mutatsiyalar shular jumlasidandir.

Tabiiy 

mutatsiyalarning 

takrorlanish 

soni  yoki 

chastotasi. 

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  tabiiy  sharoitda  tabiiy  mutatsiyalar  juda  kam 

uchraydigan hodisa hisoblanadi.  Masalan,  drozofilada  1:100000 chastotada 

white  oq  ko'zlilik  mutatsiyasi  hosil  b o isa ,  bakteriyalarda  bitta  genning 

tabiiy  mutatsiyasi  1:10000000  gametaga  to'g'ri  keladi.  Odamlarda  ayrim 

genlaming  tabiiy  ravishda  hosil  b o iish   mutatsiyalarining  chastotasi 

o'rtacha  1:200000  ga  to'g'ri  keladi.

Tabiiy  mutatsiyalarning  ayrim  organizmlarda  bitta  genga  nisbatan 

hosil  b o iish   chastotasi  juda  kam  ko'rinsa  ham,  lekin  bitta  organizmga 

xos  genlaming  umumiy  soniga  nisbatan  va  ulaming  ma’lum  qismi 

zararli  boiishligi  ham  hisobga  olinsa,  u  holda  m aium   darajada  ular 

tirik  organizmlar  uchun  ancha  xavfli  ekanligini  anglash  mumkin.  Yana 

shuni  ta’kidlash  kerakki,  hamma  mutatsiyalami,  ayniqsa,  fiziologik 

va 

biokimyoviy 

mutatsiyalami 

aniqlab 

boiavermaydi. 

Ko'pgina 

retsessiv  mutatsiyalar  yashirin  holda  naslga  o'tganligi  uchun  genetik 

tahlil  davomida  drozofila  pashshasining  juda  kam  miqdordagilarigina 

mutatsiyaga ega emasliklari  aniqlangan.

Tabiiy  mutatsiyalarning  chastotasi  organizmlaming  genotipiga  bogiiq 

boiishi  bilan  birga  hujayralarda  boradigan  fiziologik  va  biokimyoviy 

jarayonlaming  qanday  tarzda ketayotganligiga ham bogiiq.  Undan tashqari 

bu  jarayonlar  ketish  davomida  ekologik  muhitning  organizmga  qanday 

tarzda ta’sir etishiga ham ko'p tomonlama b o g iiq  ekanligi  aniqlangan.

Mutatsiyalarning  aksariyat  turlari  organizmlar  uchun  zararli  b o isa  

ham,  ulaming  ayrimlari  organizmlarda  yangi  foydali  belgilarning  hosil

234


bo‘lishiga  olib  keladi.  Boshqacha  aytganda  organizmlar  evolutsiyasining 

yagona  boshlang‘ich  materialini  beradi.  Tabiiy  tanlanish  davrida  ularning 

zararlilari  eliminatsiya  qilinib  tashlanadi,  foydalilari  esa  saqlanib  boradi. 

Tabiiy  mutatsiyaning  kelib  chiqishi  mumkin  bo‘lgan  sabablardan  biri 

sifatida  genotipda  u  yoki  bu  moddalaming  biosintezlanishiga  to‘sqinlik 

qiluvchi 

mutatsiyalarning  to‘plana  borishi, 

natijada  oldin 

o ‘tgan 

organizrnlarda  haddan  tashqari  to‘plangan  bunday  moddalar  mutagenlik 

xossasiga ega boTgan boTishi mumkin.

Irsiy  o‘zgaruvchanlikda  gomologik  qatorlar  qonuni.  N.  I.  Vavilov 

turli  sistematik  guruhdagi  o ‘simliklarda  irsiy  o ‘zgaruvchanlikni  o ‘rganib, 

gomologik  qatorlar qonunini yaratdi.  Bu qonun  quyidagicha ta’riflanadi:

«Genetik  kelib  chiqishi  yaqin  bo‘lgan  turlar  va  turkumlar  (avlodlar) 

irsiy  o ‘zgaruvchanlikning  o ‘xshash  qatorlari  bilan  muntazam  shunday 

tartiblanadilarki,  bunda  bir  tur  doirasida  formalaming  qatorlarini 

bilgan  holda,  boshqa  turlar  va  turkumlarda  ham  analogik  formalaming 

mavjudligini  oldindan  bilish  mumkin».  Umumiy  tizimda  turlar  va 

turkumlaming  genetik  kelib  chiqishi  qanchalik  yaqin  bo‘Isa,  u  holda 

ulardagi  o ‘zgaruvchanlik qatorlari shunchalik to‘liq o ‘xshash  bo‘ladi.

N.  I. Vavilov  o‘zining  gomologik  qatorlar  qonunini  quyidagi  formula 

bilan  izohladi.

o

4



 

~i 


i---------r c T i T g n n ---------1--------- rjs.-r 

)



Bunda,  G,  -   (turkumni),  Sp  S2,  S3,  S4  kelib  chiqishi  yaqin  qarindosh 

bo‘lgan  turlami,  a,  b,  d,  e,  ...  -   har  xil  belgilami  bildiradi.  Bu  qonunga 

muvofiq,  bitta  avlod  (turkum  yoki  urug‘)  ga  kimvchi  yaqin  qarindosh 

turlardan  birida,  masalan,  S,  turida  barcha  belgilar  yaxshi  o ‘rganilib 

aniqlangan  bo‘Isa,  shu  turkumning  qolgan  S2,  S3  va  S4  turlari  ham 

o ‘xshash  belgilar  qatorlari  bilan  xarakterlanadilar.  qatorlardagi  ayrim 

aniqlanmagan belgilar aniqlanib tasvirlanishlari kerak bo‘ladi.

N. I. Vavilovning  bu  qonuni  6-jadvalda  g ‘alladoshlar  oilasi  doirasida 

ayrim  belgi  va  xossalar  bo‘yicha  irsiy  o ‘zgaruvchanlik  gomologiyasi 

misolida  keltirilgan.  Hozirgi  vaqtda  shuni  ishonch  bilan  aytish  mumkinki, 

N. I. Vavilovning  bu  qonuniga  asoslanib,  kelib  chiqishi  umumiy  bo‘lgan 

yaqin  qarindosh  turlarda  o ‘xshash  mutatsiyalarning  kelib  chiqishi

235


aniq.  Hatto  hayvonlaming  har  xil  sinflariga  kiruvchi  individlarida 

morfologik,  fiziologik,  ayniqsa,  biokimyoviy  belgilar  va xossalar bo'yicha 

parallelizmni kuzatish mumkin.  Masalan, umurtqali hayvonlar tipining har 

xil sinflarida o'xshash mutatsiyalami uchratish mumkin:  sutemizuvchilarda 

albinizm  va  junsizlik,  qushlarda  albinizm  va  patlaming  yo'qligi, 

baliqlarda  tangachalaming  yo'qligi,  yirik  shoxli  qoramollarda,  qo'ylarda, 

itlarda,  qushlarda  kalta  oyoqlilik.  Biokimyoviy  belgilarning  mutatsion 

o'zgaruvchanlikdagi  gomologik  qatorlari  nafaqat  yuksak  organizmlarda, 

balki  sodda organizmlar va mikroorganizmlarda ham uchraydi.

Sun’iy  (indutsirlangan) mutatsiyalar. XX  asming birinchi  choragida 

genetiklar  faqat  tabiiy  mutatsiyalarga  asoslangan  o'zgarishlar  haqidagi 

ma’lumotlargagina  ega edilar.  Indutsirlangan mutagenez metodlari  yaratil- 

gandan  keyingina  tashqi  omillami  organizmlarga  ta’sir  etkazib,  irsiy 

o'zgaruvchanlik  chastotalarini  oshirishga  muvaffaq  boiindi.  Harorat, 

ultrabinafsha  va  rentgen  nurlarining,  kimyoviy  moddalar  va  boshqa 

omillaming mutatsiyalar keltirib  chiqarishligi  isbotlandi.

Ionlovchi nurlanishning ta ’siri.  1925-yilda rus olimlari G. A. Nadson 

va  G.  S. Filippovlar  tuban  zamburugiarga  radiy  nurlarini  ta’sir  ettirib, 

irsiy  formalar  xilma-xilligini  oshirishga  muvaffaq  boidilar. 

1927- 

yilda  G.  M yoiler  drozofila  pashshasida  rentgen  nurlarining  ta’sirini 

o'rganib,  bu  pashshaning  X-xromosomasiga  tegishli  b oigan  retsessiv 

letal  mutatsiyalami  hisobga  olishning  miqdoriy  metodini  ishlab  chiqdi. 

Nurlantirish y o i i   bilan mutatsiya keltirib  chiqarishning  chastotasini  tabiiy 

chastotaga  nisbatan  100  marta  oshirish  mumkinligi  ko'rsatib  berildi. 

Keyinchalik  olimlardan  L.  Stadler,  A.  A.  Sapegin  va  boshqalar  yuksak 

o'simliklar  -   makkajo'xori,  tamaki,  arpa,  bug'doyda  radiatsiya  ta’sirida 

mutatsiyalar olishlikka muvaffaq boidilar.

Genetikaning  yangi  tarmog'i-radiatsion  genetika  vujudga  keldi. 

Hozirgi  vaqtda  ionlovchi  om illam ing  mutatsion  jarayonga  ta’sirini 

tadqiq  qilishga  katta  e ’tibor  berilmoqda.  Buning  sababi  ionlovchi 

nurlanishning  oxirgi  o'n  yilliklarda  inson  hayotida  muhim  o'rin 

egallaganligidir.  Ammo  radiatsiya  fonining  oshishi  qanchalik  og'ir 

oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligi  insoniyatni  ogoh  bo'lishga 

chorlaydi.  Ionlovchi  nurlanish  dozasi  (miqdori)  ning  juda  oz  miqdori 

ham  mutatsiya  chastotasini  oshirib  yuboradi.  Juda  ko'p  sondagi 

mutatsiyalarning 

aksariyati 

turli 

xil 

irsiy 

mayib-majruhlik 

va 

kasalliklarga  olib  keladi.  Ularning  avloddan-avlodga  yig'ilib  borishi

236

6-jadval

Gramineae oilasi turlarining nav (irq) doirasidagi o‘zgaruvchanliklarining 

umumiy sxemasi (N. I. Vavilov bo‘yicha)

0 ‘sim lik la m in g  irsiy  

o ‘zgaru vch i  b elgilari

J

a

v

d

a

r

B

u

g

‘d

o

y

A

r

p

a

S

u

li

T

a

r

iq

J

o

‘x

o

r

i

M

a

k

k

a

jo

'x

o

r

i

S

h

o

li

B

o

‘g

‘d

o

y

iq

T o ‘p-

gul

D on n in g

pardaliligi

Pardali

+

+

+

+

+

+

+

+

+

P ardasiz

(y a la n g 'o c h )

+

+

+

+

+

+

+

+

+

D o n

Q iltiq lilik

Q iltiqli

+

+

+

+

+

+

+

+

Q iltiq siz

+

+

+

+

+

+

+

+

+

R angi

O q

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Q izil

+

+

+

+

+

+

+

Y ashil

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Q ora

+

+

+

+

+

+

B in a fsh a

(an totsian )

+

+

+

+

+

+

Shakli

D u m a lo q

+

+

+

+

+

+

+

+

C h o ‘zin c h o q

+

+

+

+

+

+

+

+

+

K o n sisten siy a

O y n a sim o n

+

+

+

+

+

+

+

+

+

U n li

(k raxm alli)

+

+

+

+

+

+

+

+

+

B io -

lo g ik

b e lg i­

lari

H a y o t tarzi

K u z g i

+

+

+

+

+

B ahorgi

+

+

+

+

+

+

+

Ertapisharligi

K ech k i

+

+

+

+

-f

+

+

+

+

Erta

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Sovu q q a

ch id a m lilig i

P ast

+

+

+

+

+

+

+

+

Yuqori

+

+

+

+

+

+

+

+

+

M in eral  o ‘g ‘itga  

talabchanligi

Y uqori

+

+

+

+

+

Past

+

+

+

+

+

insoniyat  boshiga  juda  katta  baxtsizliklar  keltirishi  mumkin.  Shu 

sababli  hozirgi  zamon jamiyati  oldida turgan  muhim  vazifa yashab  turgan 

avlodlaming  hayoti  va  sog‘ligini  saqlabgina  qolish  emas,  balki  kelgusi 

avlodni  zararli mutatsiyalar yukidan himoya qilishdir.

237


Shu  bilan birga ionlovchi  nurlanish  seleksiya va meditsinada mutatsion 

jarayonni  o ‘rganishda keng koiam da qo‘llanilmoqda.

Hujayralarni 

nurlantirishdan 

so‘ng 

xilma-xil 

qaytariluvchi 

va 

qaytarilmas  o'zgarishlar  -   gigant  yadroli  hujayralar  hamda  ko‘p  yadroli 

hujayralarning  paydo  boiishi,  yadro  boiinishi  vaqtida  qutblilikning 

buzilishi,  mitotik  aktivlikning  tormozlanishi,  xromosomalaming  bir-biriga 

yopishishi  kabi  holatlarga  olib  keladi.  Nurlantirish  ta’sirida  mitozning 

normal  boiinishining  buzilishi  poliploid,  gaploid  yoki  aneuploid 

hujayralarining vujudga kelishini ta’min etishi mumkin.

Ko'pchi’ik  organizmlar  uchun  ultrabinafsha  nurlar  ham  mutagenlik 

ta’siriga  egadir.  Ular  barcha  turdagi 

mutatsiyalami  keltirib  chiqaradi. 

Eng  muhimi  ularda  yuqori  ta’sir  effektivligining  toiqinlar  uzunligining 

ma’lum  bir  spektri  bilan  bogiiqligidir.  Bu  ko‘rsatgich  2500  A0  dan 

2800 A0  gacha  boigan  oraliqni  tashkil  etadi.  Spektming  aynan  shu 

qismida  nuklein  kislotalar ultrabinafasha  nurlarini yutadi.

Kimyoviy 

moddalarning 

mutagenlik 

ta ’siri. 

Organizmdagi 

mutatsion jarayonni  o ‘rganish natijasida har  qanday  tashqi  va  ichki  muhit 

omillarining  mutatsiya  keltirib  chiqarishligini  aniqlashga  imkon  berdi. 

Ko‘pchilik  kimyoviy  moddalarning  ham  mutatsiya  keltirib  chiqarishligi 

isbotlandi.  Kimyoviy  mutagenez  ham  genetikaning  alohida  bir tarmogiga 

aylandi,  XX  asming  30-yillariga  kelib,  drozofilada  kimyoviy  mutagenez 

kashf  etildi.  Dastlab  V. V.  Saxarov  (1932),  so‘ngra  М.  E.  Lobashev  va

F.  A.  Smimov (1934)  ayrim  birikmalaming (yod,  uksus  kislotasi,  ammiak) 

X-xromosomada  retsessiv  letal  mutatsiyalami  keltirib  chiqarishlarini 

aniqladilar.  1939-yilda  S. M.  Gershenzon  drozofilada  ekzogen  DNKning 

kuchli  mutagenlik  efFektini  aniqladi.  1946-yilda  I.  A. Rapoport  kuchli 

kimyoviy  mutagen -   etileniminni,  Sh. Auerbax  va  J.  Robsonlar  esa  azotli 

ipritni  aniqladilar.

Kimyoviy  mutagenlar o ‘zlarining  effektlari bo‘yicha juda xilma-xildir. 

Ulaming  ayrimlari  o ‘zlarining  ta’sir  etish  aktivligi,  keltirib  chiqaradigan 

mutatsiyalarining  tiplari  bo‘yicha  ionlovchi  radiatsiyaning  ta’siriga 

o ‘xshasa,  boshqa  kimyoviy  mutagenning  ta’sir  doirasi  ulardan  keskin 

farq  qiladi.  Qator  kimyoviy  mutagenlaming  (masalan,  etilenimin)  erkak 

va  urg‘ochi  jinsiy  hujayralarga  ta’sir  etishda  kelib  chiqadigan  mutatsiya- 

laming  chastotasi  mutagenlaming  dozasiga  b o g iiq   boiadi.  Kimyoviy 

mutagenlar  o'zgamvchanlik  koiamini  kengaytirib,  seleksiya  uchun 

ahamiyatli b o ig a n  yangi  original o‘zgarishlami  keltirib  chiqaradi.

238


Kimyoviy  mutagenez  evolutsion  jarayonda  qaror  topgan  seleksiya 

uchun  to‘sqinlik  qiluvchi  belgilar  o ‘rtasidagi  korrelativ  bog‘liqlikni 

uzishga yordam beradi.

0 ‘zbekistonda  ham  kimyoviy  mutagenez  yo'nalishida  bir  qator 

olimlarimiz 

Ibragimov  Sh.  I.,  Nazirov  N. N.,  Egamberdiev  A. E.  va 

boshqalar  g ‘o ‘za  va  boshqa  obyektlarda  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan 

va  bormoqdalar.  Kimyoviy  mutagenez  y o ‘li  bilan  Egamberdiev  A.  E.  va 

hammualliflari tomonidan g ‘o ‘zaning «Oktabr 60» navi yaratildi.

Shunday  qilib,  kimyoviy  mutagenezni  o ‘rganishning  oldida  irsiyat  va 

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> S. dadayev, Q. Saparov
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a

Download 12.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling