Va selekciya


  Mendel  III  qonunining  sitologik asoslari


Download 12.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

11.6.2.  Mendel  III  qonunining  sitologik asoslari

Diduragay  chatishtirishdagi  irsiylanish  va  M endelning  uchinchi 

qonunining  asosida  esa  ikki  ju ft  allel  bo‘lm agan  genlar  (A-a, 

B-b)  faoliyati  yotganligi  bilan  yuqorida  tanishdik.  Sitologiya  fani 

yutuqlarining  ko‘rsatishicha,  organizm larning  diploid  holatdagi 

kariotipi  m a’lum,  turg‘un  sondagi  xromosomalardan  iborat  bo'lib,

39


ularning  har  qaysisi  bir juft,  ya’ni  gomologik  holatda  bo'ladi  (ilova -

10-rasm).  Meyoz jarayoni  orqali  hosil  bo‘luvchi  gametalarga  har  qaysi 

juft  xromosomaning  faqat  bittasi  o‘tadi.  Natijada,  gametalardagi 

xromosomalarning  gaploid  soni  tana  hujayralardagiga  nisbatan 

ikki  hissa  kam  bo‘ladi.  Bu  jarayonda  gomologik  bo‘lmagan 

ju ft  xromosomalar  mustaqil,  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 

taqsimlanib,  gametalarga  o‘tadi.  M akro  va  mikrogametalarning 

qo‘shilib,  ya’ni  urug‘lanib  zigota  hosil  qilish  jarayonida  yana 

xromosomalarning  juftligi  tiklanadi,  xromosomalar  soni  yana  diploid 

holatiga keladi.

Rasmda  ota-ona  organizmlarning  faqat  ikki  ju ft  nogomologik 

xromosomalari  sxematik  tarzda  aks  ettirilgan.  Ona  organizmining 

birinchi ju ft  gomologik  xromosomasi  qora  tayoqcha  shaklida,  ikkinchi 

juft  gomologik  xromosomalari  qora  doira  shaklida  belgilangan.  U lar 

bir-biriga  nisbatan  nogomologik  xromosomalar  deb  ataladi.  Ota 

organizmda  bu  xromosomalar  jufti  oq  rangda  berilgan.  Unda  ham 

birinchi  ju ft  gomologik  xromosoma  tayoqcha  shaklda,  ikkinchi  juft 

esa  doira  shaklidadir.  Ular  ham  o'zaro  nogomologik  xromosomalar 

hisoblanadi.

F,  duragaylarida  gametalar  hosil  bo‘lishda  ikki  juft  allellar  to'rt  xil 

kombinatsiya  berishi  mumkin.  Ma’lumki,  bir  genning  allellari  doimo 

har  xil  gametalarga  tushadilar.  Bir  juft  genning  ajralishi  boshqa  juft 

genlarining tarqalishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Agarda  meyozda  A  geni  joylashgan  xromosoma  bitta  qutbga 

yo'nalgan  bo‘lsa,  aynan  shu  qutbga,  ya’ni  shu  gametaga  В  geni 

joylashgan  xromosoma  ham,  b  geni  bo‘lgan  xromosoma  ham  tushishi 

mumkin.  Binobarin,  bir  xil  ehtim ollik  bilan  A  geni  В  hamda  b 

genlari  bilan  bitta  gam etada  bo‘lishi  m um kin.  H ar  ikki  hodisaning 

ehtimolligi  teng.  Shu  sababli  A,  В  genlari  bo‘lgan  gametalar  nechta 

bo‘lsa,  A,  b  genlari  bo‘lgan  gam etalar  soni  ham   shuncha  bo‘ladi. 

Xuddi  shu  narsa  a  geniga  ham  taalluqlidir,  ya’ni  a,  В  genlariga  ega 

bo‘lgan  gam etalar  soni  a,  b  genlariga  ega  bo‘lgan  gametalar  soniga 

teng.  N atijada  m eyozda  xrom osom alarning  m ustaqil  taqsimlanishi 

tufayli  F,  duragayi  -   A//a  B//b  teng  sondagi  to ‘rt  xil:  AB,  Ab,  aB,  ab 

gam etalarni  beradi.

40


F  duragaylarini  o‘z-o‘ziga  chatishtirilib  olingan  F2  da  ota  va  ona 

organizmlarda  hosil  bo'ladigan  bu  to‘rt  xil  gametalar  16  variantda 

uchrashib, urug‘lanib,  genotipik va fenotipik ajralishlarni beradi.

Shunday  qilib,  qayd  etilgan  ikkita  muhim  biologik  jarayon,  ya’ni 

xromosomalarning meyoz bo‘linishidagi holati hamda genlarning duragay 

avlodlarida  taqsimlanib  irsiylanishi  haqidagi  qonuniyat  sitologiya  va 

genetika  fanlari  tomonidan  bir-biriga  bogliq  bo‘lmagan  holda,  turli 

vaqtlarda  kashf  etildi.  Bu  ikki  biologik  fan  yutuqlarini  qiyosiy  tahlil  va 

sintez qilish natijasida irsiyatning xromosoma nazariyasining yaratilishiga 

qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lib  xizmat qiladi.



41

Ill bob.  ALLEL VA  NOALLEL GENLAR 

VA ULARNING  O'ZARO TAbSIRIDA  BELGILARNING 

IRSIYLANISHI

Bundan  oldingi  boblarda  bayon  etilgan  ma’lumotlarga  asoslanib 

irsiy  omil,  ya’ni  gen,  uning  allel  va  noallel  tiplari  haqidagi  dastlabki 

dunyoqarashni  G. Mendel  asoslaganligi  bilan  tanishgan  edik.  U  o‘zi 

yaratgan  ayrim  juft  alternativ  (keskin  farqlanuvchi)  belgilarni  genetik 

tahlil  qilish  metodidan  o‘z  tadqiqotlarida  foydalanib,  genetika  fanining 

barpo  etilishiga  asos  bo‘lgan  irsiylanish  qonunlarini  kashf  etdi.  Bu 

qonunlardan kelib  chiqadigan  irsiyat qonuniyatlari  quyidagilardan  iborat:

•  organizmlarning  har  qaysi  belgisi  ayrim  irsiy  omil  (gen)  faoliyati 

natijasida namoyon bo‘ladi;

•  har qaysi  gen ikki xil -  dominant va retsessiv allel holatida bo‘ladi;

•  bitta  belgining  alternativ  holatda  rivojlanishini  ta’min  etuvchi 

genlar  allel  genlar  deb  ataladi.  Bu  atama,  shuningdek,  bir  gen 

allellari  deb ham yuritiladi;

•  ikki  va  undan  ortiq  juft  belgilarning  namoyon  bo‘lishini  ta’min 

etuvchi genlarni  noallel  genlar deb yuritila boshlandi.

Mendel  allel  genlar  (bir  gen  allellari)  o'zaro  ta’sir  qilgan  holatda 

faoliyat  ko‘rsatishining  bitta  qonuniyatini  -   to‘liq  dominantlik  hodisasini 

kashf etdi.  Mendel  noallel  genlarning  faoliyatida ham bitta qonuniyatni -  

ularning  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  irsiylanish  hodisasini  kashf 

etdi.

Keyingi  tadqiqotlar  allel  va  noallel  genlarning  o'zaro  ta’sirining 



murakkabligini va xilma-xil ekanligini  isbotladi.

111.1,  Bir gen  allellarining  o'zaro ta’sirida 

belgilarning  irsiylanishi

Hozirgi  zamon  genetika  fanining  Mendel  yaratgan  genetik  tahlil 

metodini  turli  biologik  obyektlarda  qo‘llanilishi  natijasida  olingan 

dalillarga asoslanib, bir gen allellarining ta’sir etib  faoliyat ko‘rsatishining 



42

tiplari  --  to‘liq  dominantlik,  to‘liqsiz  (chala)  dominantlik,  kodominantlik 

va ko‘p  allellik hodisalari  aniqlandi.  Endi  ana shu tiplarning har biri  bilan 

alohida-alohida tanishib  chiqamiz.

To‘liq  dominantlik  holati.  Mendel  har  bir  genning  (irsiy  omilning) 

ikki  xil  dominant  va  retsessiv  alleliga  ega  ekanliginr  va  ular  to‘liq 

dominantlik  holatida  o‘zaro  ta’sir  qilib  faoliyat  ko‘rsatishligini  no‘xat 

o'simligi  gulining  rangi,  no‘xat  donining  rangi  va  shaklining  irsiylanishi 

misollarida ko‘rsatib bergan.

To‘liqsiz  (chala)  dominantlik  holati  bilan  yuqorida  nomozshomgul 

o'simligi  gul  rangining,  g‘o‘zada  tola  rangining,  andaluziya  tovuqlarida 

pat rangining irsiylanishi misollarida ko‘rib  o‘tgan  edik.

Kodominantlik  holati.  Odamlarda  kuzatiladigan  qon  gruppalarining 

irsiylanishini  tadqiq  qilish  natijasida  allel  genlar  o‘zaro  ta’sirining 

kodominantlik  holati  kashf  etildi.  Odamlarda  aniqlangan  to‘rt  tipdagi 

qon  gruppalarining  irsiylanishini  bitta  I  genining  uchta  alleli  -   IA,  I B, 



i°  nazorat  qilishligi  va  ularning  faoliyatida  allel  genlar  o‘zaro  ta’sirining 

to‘liq  dominantlik  tipidan  tashqari  yangi  kashf etilgan  kodominantlik  tipi 

ham namoyon bo‘lishligi  aniqlandi.

Tibbiyotda,  zaruriyat  bo‘lgan  hollarda,  bemor  odamga  sog‘lom 

odam  -   donorning  qoni  quyilishi  muhim   davolash  tadbiri  ekanligi 

bizga  ma’lum.  Bemorlarga  donor  qonini  quyishdan  oldin  bemor  qon 

gruppasi  va  donor  qon  gruppasining  allel  genlari  bo‘yicha  genotipi, 

albatta,  aniqlangan  bo‘lishi  kerak.  Ayrim  hollarda  qon  quyilgandan 

so‘ng  vujudga  kelgan  muvaffaqiyatsizlik  yoki  og‘ir  asoratlarning 

sabablari  1901-yilda  avstriyalik  K.  Landshteyner  va  1903-yilda  chex 

Y.  Yanskiylar tomonidan aniqlab berildi.  U lar har xil  odamlarning qoni 

aralashganda ko‘p hollarda eritrositlarning bir-biriga yopishish hodisasi



-   agglutinatsiya  ro‘y  berishligini  ko‘rsatib  berdilar.  Tadqiqotlar 

eritrotsitlarning  oqsil  tabiatli  yopishqoq  A  va  В  agglutinogenlar  -  



antigenlarga  ega  ekanligini  ko‘rsatdi.  Odam larning  har  birida  bu 

antigenlar  bittadan,  yoki  har  ikkalasining  birgalikda  uchrashi,  yoki 

har  ikkalasining  birgalikda  uchram aslik  holatlari  kuzatilishi  mumkin. 

Qon  plazmasida  ikki  turdagi  - a   va  p  yopishtiruvchi  moddalar  -  

agglutinin uchraydi.  U lar  antitelalar  deb  ataladi.  Har bir  odam qonida 

antitelalar  bittadan  yoki  har  ikkalasi  birgalikda  uchrashligi,  yoxud  har 

ikkalasining  birgalikda  uchramasligi  ham   mumkin.  Antigen  A  (B)  va 

antitela  a   (P) bir xil  nomlilar  deb  yuritiladi.  Agglutinin  a   antigen  A  ga



43

ega  bo‘lgan  e ritro ts itla rn i,  ag g lu tin in   p  e sa   В  antig enii  e ritro ts itla rn i 

b ir-b irig a  y o p ish tirad i  (ilova  -   11-rasm).  S hu  sababli  h ar  bir  o d a m n in g  

q o n id a  h a r  xil  nom li  ag g lu tin o g en   va  a g g lu tin in   b o ‘ladi.  Bu  d alilla rg a 

bin o an ,  o d am d ag i  qon  g ru p p a la ri  q u y id ag i  g en o tip larg a  eg a  ek an lig i 

ko‘rsa tib   b erild i.

I  -   О  qon  g ruppa tipi:  i°i°;

II  -  A  qon  gruppa tipi:  IAIA,  I Ai°;

III  -   В  qon  g ruppa tipi:  I B1B,  l Bi°;

IV  -   AB  qon  gruppa  tipi:  IAIB.

O dam larda  m azkur  to‘rtta   qon  gruppa  tip larin in g   irsiylanishini  tadqiq 

qilish  natijasida quyidagi  ikkita  qonuniyat  aniqlandi:

1.  II  va  III  qon  gruppalarining  allel  genlari  (IA  va  I B)  I  gruppa 

(retsessiv  gom ozigota)  allcli  (i°)ga nisbatan  to ‘liq  dom in antlik  qiladi,

2.  II  va  III  qon  gruppalarini  nazorat  qiluvchi  dom inant  allel  genlar 

(1A,  IB)  bitta  genotipda,  y a’ni  IV   qon  g ruppasi  (IAIB)  da  ja m la n ib   qolsa, 

u  holda  d om inant  IA  va  IB  allellar  o‘rtasid a  dom inantlik  -   retsessivlik 

holatlari  kuzatilm aydi,  har  bir  dom inant  allel  m ustaqil  faoliyat  ko'rsatib, 

ikkalasi  birg alik d a  IV   qon  gruppasini  belgilaydi.  Bu  h od isa  b ir  gen 

allellarin in g  

kodom inantlik 

holati  deb  ataladi.

• 

i : - .



f  

Л

 

-< 



'

A lb in o s



/

\

44

12-rasm.  Quyonlarda jun  rangining  irsiylanishi.



gruppadagi  odam lar  qonini  barch a  gruppadag i  o d am larg a  quyisb 

m um kin.  II  gruppadagi  od am lar  qonini  II  va  IV   g rup pad agi  odam larga,

III  gruppadagi  odam lar  qonini  III  va  IV   g ru p p a  o dam larig a  quyish 

m um kin.  IV  gruppadagi  o d am lar  faqat  IV   grupp a  od am iarig ag in a  qon 

bcra  oladilar.

Endi,  h ar  xil  qon  gru pp alarig a  ega bo‘lgan  erkak  va  ayolning  turm u sh 

qurishidan  qanday  tipdagi  qon  gru ppalariga  ega  b o'lg an   farzand larning  

tu g ‘ilishi  ustida  to'xtab  o‘tam iz.

1. 


A garda  onaning  qon  g ruppasi  I,  otaniki  esa  -   II  g ru p p a  b o ‘lsa,  bu 

o ilada  qanday  tipli  qon  g ru p p alarg a  ega b o ig a n   farzan dlar tu g ‘iladi?

va  IV  qon  g ruppalariga  ega  bo‘lgan  odam lar  m os  ravishda  0 0  



va  A B   genotiplarga  ega  ekanligi  m a’lum.  II  va  III  g ru ppadag i  odam lar 

esa  m os  ravishda  A A  va  АО  (II),  BB  va  BO  (III)  genotiplarga  ega, 

Y uqoridagi  m isolda  ona  1  g rupp a  qonga  ega  bo4ganligi  tufayli  uning 

genotipi  -   OO  bo'ladi.  O ta  II  g ru p p a  qonga  ega b o ‘lganligi  sababli  A A   va 

AO  genotiplardan  biriga ega b o lis h i  kerak.  Shu  sababli  oilada tu g ‘iladigan 

farzandlarning   qon  gru p p alarin i  ikki  variantda  ko‘rib  o‘tam iz:



a)  P

$   I  gruppa

$

  II  gruppa

b)  P  $   I gruppa

S

  II gruppa

0 0

X

'A A



О О

X

AO



g

О

A

0

A,  0

F,

AO 

II  gruppa

АО 

II  gruppa

OO 

I  gruppa

A garda  ota  qon  g ruppasi  bo‘yicha  AA  gcnotipga  ega  b o ‘lsa  (1, 

a-holat)  oilada  faqat  II  g ru p p a  qonga  ega  farzandlar  tu g ‘iladi  va  ular 

o tan in g   qon  gruppasiga  ega  b o ‘ladilar.  A garda  ota  qon  gruppasi  bo‘yicha 

AO  genotipga  ega  bo‘lsa,  oilada  har  ikki  ota-onaning  qon  gru pp asiga  ega 

bo'lgan  bolalar  tu g ‘iladi  (1,  6-holat).

2.  O na  1  qon  g ru p p ag a,  ota  esa  IV   qon  gruppaga  ega b o ‘lgan  taqdirda:

a) 


gruppa 


IV gruppa  Oilada  II  va  III  qon  gruppalriga  ega  boigan 

P  §   OO 



<$

  A B 


farzandlar  tug‘iladi.  Farzandlar  ota-ona  qon

gruppalariga ega bo‘lmaydilar. Bunday holatlarda 

О 

A,  В 



farzandlarning qonini onaga quyib bo‘lmaydi.

F, 


AO 

BO

II  gruppa 



III  gruppa

45


3. Onaning qon gruppasi II, otaniki esa -  III gruppa bo‘lgan taqdirda:

a)  $  II gruppa 

(J III gruppa

b)  $  II gruppa



8

 III gruppa

P  AA 

x  


BB

AA

X



BO

g  A 


В

A

B,0



Ft 

AB

AB



AO

IV gruppa

IV gruppa

II gruppa

d)  $  II gruppa 

S

 HI gruppa

e)  $  II gruppa

8

 III gruppa

P  AO 

x  


BB

AO

X



BO

g  A ,0 


В

A ,0


B,0

F,  AB 


BO

AB 


AO

BO

OO



IV gruppa 

III gruppa  IV gruppa;  II gruppa;  III gruppa;  I gruppa

Agarda  ona  AA  genotipga,  ota  BB  genotipga  ega  bo‘lsa,  oilada 

tamomila  boshqa  gruppadagi  (IV)  farzandlar  tug‘iladi  (3,  a-holat). 

Ona  AA  genotipga,  ota  BO  genotipga  ega  bo‘lgan  taqdirda  ona 

qon  gruppasiga  o'xshash  (II)  va  ota-ona  qon  gruppalariga  o‘xshash 

bo‘lmagan  (IV)  gruppali  farzandlar  ham  tug‘iladi  (3,  6-holat).  Agarda 

ona  AO  genotipga,  ota  BB  genotipga  ega  bo‘lsa,  u  holda  oilada  otaning 

qon  gruppasiga  o‘xshash  (III)  farzandlar  ham  tug‘iladi  (3,  d-holat). 

Agarda  ona  va  ota  AO  va  BO  genotiplariga  ega  bo‘lsalar  4  xil  qon 

gruppali  farzandlar tug‘iladi  (3,  e-holat).

4.  Onaning qon gruppasi  II,  otaniki esa IV gruppa bo‘lgan taqdirda:

a)  $ II gruppa 

$

 IV gruppa 

b)  $   II gruppa 

$

 i y  gruppa

AA x 


AB 

AO 


x AB

А 



А, В 

А,О 


A,В

F, 


AA AB 

AA 


AB 

AO 


BO

II gruppa 

IV gruppa  II gruppa;  IV gruppa;  II gruppa;  III gruppa

Ona  qon  gruppasi  bo‘yicha  AA  genotipga  ega  bo'lsa,  tug'iladigan 

farzandlar  ota-ona  qon  gruppalariga  ega  bo‘ladilar  (4,  a-holat);  agarda 

ona  AO  genotipiga  ega  bo‘lsa,  u  holda  ota-ona  qon  gruppalaridan



46

tashqari  boshqa  tipdagi  -   III  gruppali  farzandlar  ham  tu g ‘iladi  (4, 

fc-holat).

Shunday  qilib,  ota-onalari  har  xil  qon  gruppalariga  ega  bo'lgan 

oilada  tug‘iladigan  farzandlar  bir  tomondan  ota-ona  qon  gruppalariga 

ega  bo‘lsalar,  ikkinchi  tomondan  esa,  ularning  qon  gruppalariga  ega 

bo‘lmasliklari ham mumkin.



Ko‘p  allellik  hodisasi.  0 ‘simlik,  hayvon  va  odamlarda  bir  genning 

allellari  ikkitadan  ham  ortiq  bo‘lishi  mumkin.  Bu  holat  ko‘p  allellik 



hodisasi  deb  yuritiladi.  Bunga  misol  qilib  quyon  zotlarida jun  rangining 

irsiylanishini  ko‘rsatish  mumkin  (12-rasm).  Yovvoyi  quyonlarga  xos  jun 

rangini  ta’min  etuvchi  С  genining  to‘rtta  alleli  -   C+,  csh,  ch,  ca  mavjud. 

Bular quyonlarda jun rangining har xil bo‘lishligini ta’minlaydi.

Quyonlarda  albinizm  (junlari  oq,  ko‘zlari  qizil)  normal  junli 

quyonlarga  nisbatan  retsessiv  hisoblanadi.  Geterozigotali  quyoniar 

o‘zaro  chatishtirilganda  (Aa x Aa)  kelgusi  avlodda  75%  rangli  va  25% 

albinos  quyonchalarni  beradi.  Himolay  rangli  quyonlarning  ko‘zlari 



qizil  bo‘lib,  junlari  asosan  oq  bo‘ladi,  ammo  oyoqlarining  uchlari, 

tum shug‘i,  quloqlarining  .junlari  qora  bo‘ladi.  Bunday  ju n   rangi 

himolay  rangi  deb  ataladi.  Junlari  tekis  to‘q  kulrangda,  ko‘zlari  qora 

normal  quyoniar  (aguti)  himolay  rangli  quyoniar  bilan  chatishtirilsa, 



(C+C+x c hch)  C+ch  genotipli  duragay  quyoniar  olinadi.  Bu  xildagi 

urg‘ochi  va  erkak  quyoniar  chatishtirilsa  (C+chx C +ch)  keyingi  avlodda 



75%  junlari  to‘q  kulrangli  va  25%  himolay  rangli  individlar  olinadi. 

Agarda  albinos  quyoniar  himolay  rangli  quyoniar  bilan  chatishtirilsa 

(c*c“ x chch),  u  holda  olingan  duragaylarda  himolay  rang  ustunlik  qiladi. 

С  geni  uchta  allelining  o‘zaro  ta’sir  etish  holatlari  quyidagi  yo‘nalishda 

boradi.  Junning tekis to‘q kul rangda bo‘lishligi  ham himolay  rang,  ham 

tlbinosga  nisbatan  to‘liq  dominant;  himolay  rang  albinosga  nisbatan 



to'liq  dominant,  tekis  to‘q  kulrangga  nisbatan  retsessiv,  albinos  rang 

f ia   har  ikkalasiga  nisbatan  ham  retsessiv  holda  irsiylanadi.  Bu  holatni 

quyidagicha  ifodalash mumkin:  C+C+ >  chch  > caca.

Quyonlarda  jun  rangi  bo‘yicha  allellar  guruhi  qator  allellardan 



Itlhkil  topgan  bo‘lib,  ularda  bir  allelning  boshqa  allel  ustidan  to‘liq 

Oitunlik  qilish  holati  bilan  bir  qatorda  ayrim  geterozigotalarda  oraliq 

IW akterdagi  irsiylanish  hodisasi  ham  kuzatiladi.  Yuqorida  qayd  etilgan 



fellellar  guruhida  shinshilla  rangni  rivojlantiruvchi  allel  (cch)  ham 

B*avjud.  Agarda  shinshilla  rangli  quyoniar  albinoslar  bilan  chatishtirilsa

47

(cchcch x caca),  birinchi  avlodda  olingan  barcha  quyonlar  oraliq  -   och 

shinshilla  (cohca)  rangiga  ega bo‘ladilar.  Birinchi  avlodda  olingan  erkak va 

urg‘ochi  quyonlar  o‘zaro  chatishtirilsa,  keyingi  avlodda  1  qism  shinshilla 

rangli  (cchcch),  2  qism  och  shinshilla  rangli  (cchca)  va  1  qism  albinos 

(caca)  individlar  olinadi.  To‘rtta  allellar  guruhi  quyidagi  qator  genotip  va 

fenotiplarni beradi:

Genotiplar 

Fenotiplar

CC,  Cc°\  Cc'\  Cca 

yovvoyi tip (aguti)

cohch 

shinshilla



cchca  • 

och shinshilla

chch,  chca 

himolay rang

caca 

albinos


Jun  rangiga  aloqador  asosiy  С  genining  allellar  guruhi  qator 

sutem izuvchilarda  -   sichqonlar,  kalamushlar,  dengiz  cho‘chqalari, 

m ushuklar  va  boshqalarda  ham  kuzatiladi.  M ushuklarda  bu  genning 

allellari  ichida  siam  m ushuklarining  rangini  rivojlantiruvchi  allel 

ham   bor.  A lbinizm   m utatsiyasi  (C-*c)  barcha  sutem izuvchilarda 

kuzatiladi.

Qimmatbaho  mo‘yna  beruvchi  qorakuzan  (norka)  larda  jun  rangi­

ning  irsiylanishi  ham  bir  genning  bir  necha  allellari  tomonidan 

boshqariladi.  Qorakuzanlarda  mo‘ynaning  jigarrang  (yovvoyi  tip), 

platina  (kumushsimon  -   havorang)  va  oq  rangi  uchraydi.  Jigarrangli  va 

platinali  rangga  ega  bo‘lgan  qorakuzanlar  o‘zaro  chatishtirilsa,  F,  da 

jigarrang  dominantlik  qiladi.  F,  da  olingan  erkak  va urg‘ochi  hayvonlar 

o‘zaro  chatishtirilsa  F2  da  3  qism  jigarrangli  :  1  qism  platina  rangli 

individlar  olingan.  Platina  rangli  individlar  oq  rangli  individlar  bilan 

chatishtirilsa,  birinchi  avlodda  platina  rang  ustun  keladi  va  F2  da  3:1 

nisbatda platina  rangli  va  oq rangli  hayvonlar olinadi  (ilova -   13- rasm). 

Qorakuzanlarda mo‘yim  rangining  turlarini  rivojlantiruvchi  gen  allellari 

P  harfi  bilan  belgilangan.  PP  -  jigarrang; 



i t  

-

  platina  rangli;  rhph -   oq 

rang  belgilanadi.  Ko‘p  allellik  holatida  belgilarning  irsiylanishini 

o‘rganish  dominantlik  hodisasini  yanada  chuqurroq  tushunishga  va  bu 

hodisaning nisbiy xarakterga ega ekanligini,  aynan bir allelning  o‘zi  shu 

genning  boshqa  alleliga  nisbatan  dominant  yoki  retsessiv  bo‘lishligini 

ko‘rsatishga imkon beradi.

48


111.2.  Noallel  genlarning  o'zaro ta’sirida belgilarning  irsiylanishi

Mendeldan  keyingi  davrda,  turli  o'simlik  va  hayvon  turlari  ustida 

olib borilgan  tadqiqotlar natijasi  Mendel kashf etgan  irsiylanish  qonunlari 

to‘g‘ri  va  umumbiologik  ekanligini  tasdiqladi.  Genetika  fanining 

asoschilaridan  biri,  ingliz  olimi  U. Betson  o‘zining  1909-yilda  chop 

etilgan  asarida  o‘simliklarning  100  dan  ortiq,  hayvonlarning  100  ga 

yaqin belgilarining Mendel  qonunlariga binoan  irsiylanishi  aniqlanganligi 

haqida dalillar keltiradi.

Shu bilan birga, bu tadqiqotlar natijasida, organizm belgilarining genetik 

asoslariga taalluqli  yangi  qonuniyatlar ham kashf etildi.  Ma’lumki,  Mendel 

kashf  etgan  irsiylanish  qonunlari  faqat  bitta  gen  ta’sirida  rivojlanuvchi 

belgilarning  nasldan-naslga  berilishini  tadqiq  qilish  natijalari  asosida 

yaratilgan edi. Mendelning  izdoshlari  o‘simlik va hayvon organizmlarining 

aksariyat  belgilari  ayrim  genlarninggina  emas,  balki  bir  necha  noallel 

genlarning  ishtirokida  irsiylanishini  isbot  etdilar.  Bu  genlarning  turli  xilda 

o‘zaro ta’sir qilib, faoliyat ko‘rsatishlari kashf etildi.

Shuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  genetik  adabiyotlarda  «belgilar 

irsiylanadi»  degan  ibora  irsiy  jarayonni  obrazli,  qisqa  qilib  bayon  etish 

uchun  ishlatilgan.  Genetik  tadqiqotlar,  aslida,  belgilar  emas,  balki  shu 

belgilarning rivojlanishini ta’min etuvchi genlar nasldan-naslga berilishini 

isbotladi.  Yangi  avlodga  o‘tgan  ota-ona  genlari  ontogenez  davomida 

faoliyat  ko‘rsatib,  ularning  har  qaysisi  ma’lum  sifatga  ega  bo‘lgan 

oqsilning  sintez  qilinishini  ta’min  etadi.  Sintezlangan  oqsil  esa  muayyan 

belgining rivojlanishiga  sababchi bo‘ladi.

Genlarning  o‘zaro  ta’sirida  irsiylanishda  esa  bu  genlarning  faoliyati 

tufayli  sintez  qilingan  oqsillar  o‘zaro  ta’sir  qilgan  holda,  bir  belgining 

irsiylanishi  va  rivojlanishini  ta’min  etadi.  Bu  haqda  quyiroqda  batafsil 

ma’lumot beriladi.

Mendeldan  so‘ng  organizmlarning  ko‘p  turlari,  navlari  va  zotlari 

genetikasi  sohasida  olib  borilgan  tadqiqotlar  natijasida ulardagi  aksariyat 

belgilarning  irsiylanishi bitta  gen  emas,  balki  ikki va undan  ortiq  noallel 

genlarning birgalikda faoliyatiga bog'liq ekanligi  isbotlandi.

Noallel  genlar  faoliyatida  o‘zaro  ta’sir  etishning  quyidagi  tiplari 

mavjud:


•  genlarning o‘zaro komplementar ta’siri  (komplementariya);

•  genlarning o‘zaro epistatik ta’siri (epistaz);

•  genlarning o‘zaro polimer ta’siri (polimeriya);

•  genlarning o‘zaro kombinirlangan ta’siri.



Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> S. dadayev, Q. Saparov
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a

Download 12.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling