Va ularning mazmuni


Download 85 Kb.
bet1/7
Sana03.02.2023
Hajmi85 Kb.
#1153642
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari


7-Mavzu. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari.
Reja.

  1. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining asosiy yo‘nalishlari va ularning mazmuni.

  2. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishining mazmuni: kuzatish; diagnostik suhbatlar; birinchi bosqich - 1-4 sinf; ikkinchi bosqich - 5-9 sinf; uchinchi bosqich - 10-11 sinf yoki akademik litsey, kasb- hunar kolleji.

O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda o’qituvchilar va sinf rahbarlari; yoshlar ijtimoiy harakati bo’limi tashkiloti; ota-onalar qo’mitasi kengashi; to’garaklarning rahbarlari bevosita ish olib boradilar.


Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari yetarli darajada namoyon bo’lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va tashabbus ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Maktabdan tashqari muassasalar (o’quvchilar uyi, bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar va yosh tajribachilar texnika stansiyalari, yoshlar klublari, kashfiyotchilar uyushmalari va shu kabilar) kasbga yo’naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda o’quvchilarning maxsus qiziqishlari shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta’limni va mehnat politexnik ta’limini to’ldiradi, o’quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik asosli sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xo’jaligi turli tarmoqlari bilan tanishishni kengaytiradi, o’quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va mutaxasisliklarni, avvalo, o’z tuman, viloyatidagi kasblar va mutaxasisliklarni chuqur bilib olishga imkon beradi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha fakultativ kurs kasbga oid ma’lumot olish, uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari yuzasidan o’quvchilarga maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilariga qarab quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir:


  1. Download 85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling