Va ularning sifati


Download 30.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.10.2022
Hajmi30.65 Kb.
#830250
  1   2
Bog'liq
8-AMALIY
1-MARUZA (1), Xiva xonligining tashqi siyosati Muhammad Rahimxon I davrida Xiv, Mavzu1, Geoaxborot tizimlarini qo’llash muammolari Reja Kirish, 4-Ma 039 ruza- 1 , 6- ma'ruza, 5- ma'ruza, notice of arb.claimant. III, IV, anorganik kurs ishi, idv, Kompyuter taminoti fan dasturi 2-kurslar, Реферат, 43411, Mustaqil ish mavzulari, Aziza leksikografiya kurs ishi


8-Amaliy mashg’ulot 
MAVZU:
QOG‘OZ ISHLAB CHIQARISHNING TEXNOLOGIK SXEMASI 
VA ULARNING SIFATI
Yuqorida qayd etgandek qog’oz ishlab chiqarishda xom ashyo massasi sifatida 
tolador o’simliklar, organik, mineral va sun‟iy tolalar, ayniqsa daraxt sellyulozasi 
tabiiy fibrillarga ajralish xususiyatiga ega barcha tolali materiallar qo’llanilishi 
mumkin.
Bu talablarga ko’ra o’ta nozik fibrillarga parchalanish xususiyatiga ega bo’lgan 
hayvonot turkumiga mos bo’lgan tabiiy ipak juda mos keladi. Oldingi bobda 
keltirilgan texnologiya bo’yicha ipakning tolali chiqindilaridan tayyorlangan qog’oz 
xom ashyosiga qo’shimcha ip yigirish texnologiyasidagi tarash mashinalaridan 
chiqqan tarandi aralashtirilib amaldagi texnologiya bo’yicha qog’oz ishlab 
chiqariladi.
Qog’oz sifatini, oqligini ta‟minlash maqsadida paxta tarandisi, linit va kalta ip
chiqindilar turli iflosliklardan tozalanib suyuqlikni, vanna usulida paxta 
tolasini oqartirish metodi bo’yicha oqartiriladi.
Mikroskop ostida o’rganilganda: ipak tolalari yanchishga qadar ayrim tolalari 15-
20 mkm diametrli zich strukturali, o’q bo’yi yo’nalgan fibrillardan tarkib topgan 
ko’rinishda, paxta chiqindi tolalar esa lentasimon buralgan zich joylashgan 
ko’ndalang kesimlari 25-35 mkm fibrillardan tashkil togan, yog’och sellyulozasi 
ko’ndalang kesimi 20-45 mkm ayrim joylarida tarqoq oldagi zich bo’lmagan 
fibrillardan iborat.
Masalan, Rollarda, tegirmonda yanchilgandan so’ng tolalar qisqarib 2,5-3 mm, 
fibrillarga, mikrofibrillarga parchalanib 1-10 mkm lik ko’ndalang kesimga ega 
bo’ladi.
Yanchilgan ipak va paxta tolalari aralashmasi o’zaro charmashib, aralashib ketgan 
fibrillar, ayrim nuqtalaridan gul kabi sochilgan mikrofibrillar ko’zga tashlanadi.
Paxta, ipak va yog’och sellyulozasi yanchilib aralashtirilganda va aralashtirib 
yanchilganda mikrofibrillar aralashmasidan quyilgan qog’ozlarning fizika-
mexanika xususiyatlari ta‟minlanadi.
Qog’oz massasiga, talabga qarab, nurlanganda yaltirab ko’rinuvchi 
(flyuressiruyushiy) bo’yoqlarda bo’yalgan tolalar, to’ldiruvchi elimlovchi moddalar 
qo’shiladi.
Tabiiy ipak va paxtaning tolali chiqindilaridan qog’oz ishlab chiqarish 
texnologiyasining ketma-ketligi


To’ldiruvchi komponent sifatida qog’oz ishlab chiqarishda kaolin - 145 kg/t; 
kanifol kleyi - 25,7 kg/t; sulfag ammoniy - 43 kg/t; poliakrilamid (PAA) - 7 kg/t 
qo’shiladi.


Tajriba usulida, ishlab chiqarish sharoitida turli variantlarda, yog’och sellyulozasi 
va paxta tolasi; yog’och sellyulozasi va ipak tolasi; ipak va paxta tolalaridan tarkib 
topgan va har xil foiz aralashmalardan olingan qog’ozlarning sifatlari aniqlandi.
Paxta va ipak tolalarini aralashtirganda 10 foizdan ipak tolasini qo’shib 
ko’paytirib borish, qog’oz fizika-mexanika xususiyatlarini yaxshilanib borishiga 
sabab bo’ladi. Tabiiy ipakni ko’paytirish, uning fibrillarini yog’och sellyulozasiga 
nisbatan qayishqoqligi, qog’ozning bukilishdagi pishiqligini bir necha bor 
ko’paytiradi va chiziqli bog’lanishiga ega. Ipakning zichligi (γ= 1,37 g/sm
3
) paxta 
tolasi zichligidan (γ=1,2 g/sm
3
) yuqoriligi qog’oz zichligini oshishiga bog’liq.
Qog’ozni uzilishigacha cho’zilishi ipak tolasini ko’paya borishiga bog’liqligi 
parabolik xarakterga ega, ipak tolasini 30 foizgacha qo’shilishi qog’ozni 
uzilishigacha cho’zilishini oshirib borib 50-60 foizga qo’shilganda ta‟siri deyarli 
oxirlanadi. Bu holat esa tolani qog’ozdagi vazifasi nazariyaga mos keladi, bu holat 
kelgusi bo’limda o’rganiladi.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling