Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Xalqaro Mehnat Tashkilotining Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana15.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

 

Xalqaro Mehnat Tashkilotining Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 

183-Konvensiyasiga ko‘ra, ayollar kamida 14 haftalik nafaqa to‘lanadigan onalik 

ta’tili olishga haqli. OAV tahririyatida bu masala qay darajada hal etilganligini 

o‘rganish lozim. CHunki, 183-konvensiya mazmuniga ko‘ra ham,  milliy 

qonunchiligimiz  talabiga ko‘ra ham onalik ta’tilidan o‘z lavozimiga yoki unga 

muqobil vazifaga qaytish kafolatlangan. Onalar go‘daklarini emizish  uchun tanaffus 

talab qilishga haqli. 



 

 

 

Tungi smenada ishlayotgan ayollar va erkaklarga yarim tunda uyga yetib 

olishlari  uchun badal sifatida  transport vositasi ajratilishi kerak. Mazkur ta’minot 

OAV tahririyati Nizomi, turli jamoa bitimlari va shartnomalarida va boshqa 

hujjatlarda aniq ifodalanishi lozim.  



 

Ayol va erkak muxbirlar, shuningdek, muharrir yordamchilari, yangiliklar 

muharrirlari va dastur ijodkorlari genderga oid treninglarda qatnashishlari lozim, 

negaki, ular yangiliklarning nomaqbul tili va stereotiplarga barham berishda jonbozlik 

ko‘rsatishlari talab etiladi.  



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-ilova. GENDER MANZARASI 

 

 

 

 

 

     

Ayrim 

foydali 

veb-manbalar 

 

 



 

1.1.Global Media Monitoring project (GMMP) 

 

GMMP ayni paytda dunyo bo‘ylab ayollarning OAVdagi faoliyatini monitoring 



qilib kelayotgan eng yirik va keng ko‘lamli loyiha sanaladi. 1995-yildan buyon uch 

marta chop etilgan global tadqiqotlarda dunyo OAVda gender borasidagi qarashlarni 

o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi.   

http://www.whomakesthenews.org/who_makes_the_news/report_2005

 

 

1.2. Imkonsiz ishning o‘zi yo‘q: gender va OAV himoyasiga doir qimmatli 

ma’lumotlar to‘plami 

 GMMP 


ma’lumotlar 

to‘plamini 

internetdan saqlab oling, mazkur qimmatli 

manba 2005-yilgi tadqiqot natijalaridan foydalangan holda, faollar malakasini 

oshirish, OAV va gender kampaniyalarini uyushtirishda asqotadi. Ma’lumotlar 

to‘plami OAVda ishlash asnosida qanday qilib gender masalasini kun tartibiga olib 

chiqish bo‘yicha jo‘yali tushuncha beradi.   

http://www.whomakesthenews.org/get_involved/advocacy_training_modules

 

1.3. Gender tengligiga asoslangan jurnalistika 

 

Erkag-u ayol – barcha jurnalistlar xotin-qizlarga munosabatni o‘zgartirish 



hamda gender qoliplariga barham berishga o‘z hissasini qo‘sha oladi. Mazkur 

maqolada material tayyorlash asnosida gender tengligini qanday ta’minlash 

mumkinligi borasida foydali tavsiyalar berilgan.  

http://portal.unesco.org/ci/en/files/14373/10769353041S-9_Gender-

sensitive_reporting.doc/S-9%2bGender-sensitive%2breporting.doc

 

 

    1.4. 

Portraying 

Politics 

 

Loyihaga Yevropa telekompaniyalari konsorsiumi, mutaxassislar hamda 



jurnalistlar uyushmalari asos solgan bo‘lib, u jurnalistlar hamda prodyuserlarni 

teledasturlarda ayol va erkak siyosatdonlar hamda ekspertlarni qay tarzda ko‘rsatish 

borasida o‘zaro mashvaratga chorlaydi.     

http://www.portrayingpolitics.net

 

 

1.5.O‘zbekiston: mamlakat bo‘ylab gender baholar. Markaziy va G‘arbiy 

Osiyo/2014 (Гендерная оценка по стране. Гендер и развитие/ Центральная и 

Западная Азия/ 2014)

 

 



 Osiyo 

Taraqqiyot 

Banki 

mutaxassislari tomonidan tayyorlangan hisobot 



mazmunidagi mazkur tahliliy sharhdan O‘zbekistonda oxirgi yillarda xotin-qizlarning 

iqtisodiy holatini yaxshilshga qaratilgan hukumat sa’y-harakatlari ijobiy natija 

berayotgan bo‘lsa-da, jamiyatda gender tengligini ta’minlash masalasi hamon dolzarb 


bo‘lib qolayotganini tasvirlovchi statistika ma’lumotlari va kuzatuvlari  o‘rin olgan. 

Mamlakatda boshqa davlatlardan farqli o‘laroq gender tengligiga erishish bo‘yicha 

tashabbuslar bunday deb atalmasa-da,  aslida ular ayollarning asosiy zahiralarga, 

qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etishni, ona-bolalikni muhofaza qilishni 

kengaytirish hamda oiladagi zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha dastur 

maqomiga ega bo‘lmoqda. Sharhda ayollarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish 

bo‘yicha Bank ekspertlarining qiziqarli tavsiyalari bayon etilgan. Ular OAV uchun 

gender tengligiga doir  material tayyorlashda jurnalistlarga amaliy ko‘makchi bo‘lishi 

mumkin. 

http://www.adb.org/sites/default/files/institutional-document/42878/files/uzbekistan-

country-gender-assessment-ru.pdf

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

 



Mazkur o‘quv qo‘llanma  tuzuvchilari Aidan White, Mindy Ran, Lena Calvert, 

Faranak Atif, Anna Noonan, Sarvesh, Judith Marloff, Oliver Money-Kyrle, Pamela 

Moriniere, Paco Audije va Ernest Sagagalarga “Oltin o‘rtalikni izlab” nomli 

qo‘llanmada keltirilgan material va ma’lumotlari uchun; shuningdek, O‘zbekiston 

Xotin-qizlar qo‘mitasiga, JQT Markaziga, O‘zMU jurnalistika fakulteti magistrantlari 

Sevara Alijonova, Tillanisa Eshboyeva, Ulug‘bek Usmonov, Aziza Kozimovalarga  

O‘zbekiston OAV faoliyatiga doir materiallari ucun  o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 

 

 



 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling