Valiylik maqomi zokirova madinabonu


Download 13.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi13.52 Kb.
#1829385
Bog'liq
valiylik maqomi



VALIYLIK MAQOMI
ZOKIROVA MADINABONU 


• Valiyning lug’aviy ma’nosi – Avliyo-yaqin bo’lmoq.
• Valiylikning istilohiy ma’nosi – Allohga ma’qul keladigan amallar bilan
yaqinlashish.
• “Allohn ing valiylari deganda Alloh haqida ilmga ega bo’lgan, Uning
buyruqlaridan chiqmagan holda Allohning o’zigagina xolis ibodat qiluvchi
tushuniladi”
• “Ogoh bo’lingizki, Albatta, Allohning valiylari (do’stlari) ga xavf yo’qdir va ular
tashvish ham chekmaslar. Ular imon keltirgan va taqvoli bo’lganlardir. (YUNUS
-62-63)


“Karomat” so’zi arab tilidagi “Karuma” “Yakruma” fe’lidan olingan
Masdar bo’lib, Sharaf, obro’, in’om, oliyhimmatlik, yuqorilik, kabi ma’nolarni
anglatadi. Karomat shu ma’noda 2 xil bo’ladi:
1. Asliy
2. Kasbiy
Asliy karomatga “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va )
mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib
qo’ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O’zimiz yaratgan
ko’p jonzotlardan Afzal qilib qo’ydik” (ISRO SURASI 70-OYAT)
Ushbu karomat mo’min bo’lsin, kofir bo’lsin, bashariyatning hamma
a’zolari uchun umumiydir.


Ikkinchi, kasbiy karomatga “Albatta, Alloh nazdida (eng azizu)
mukarramrog’ingiz taqvodorrog’ingizdir” (HUJUROT – 13- OYAT)
Oyatdan ko’rinib turibdiki, bu karomat taqvodor mo’minda hosil bo’ladi.
Islomda karomat istilohi – g’ayritabiiy faoliyat bo’lib, Alloh o’sha
ishlarni taqvodor mo’min (valiy) ning sharafi uchun uning o’zi tomonidan
sodir etadi. Karomatning ne’mat, ya’ni marhamati bilan adashtirib yuborish
kerak emas. Karomatning ayon bo’lishidagi hikmat- karomat sodir
bo’lganidan so’ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo’lib, dunyodagi
zuhdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo’qolishidir.


Karomat sodir bo’lmayotganda Alloh tomonidan valiylarga kuch va qudrat
ato etish, yoki farishtalar yordami orqali amalga oshiradi.
“Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir.
Allohning so’zlarida o’zgartirish yo’qdir. Ana shu buyuk yutuqdir.
(YUNUS SURASI – 64-OYAT)
Valiylarga
beriladigan
karomat o’zlarining
davrlariga
xos
bo’lgan
g’ayritabiiy ish bo’lib, bu faoliyat davrlar o’tishi bilan kelajakda oddiy hol bo’lishi
mumkin. Bundan tashqari karomat har qanday valiyga berilishi shart qilib
qo’yilmagan. Aksar valiylarga karomat berilmasligi ham mumkin va bu o’sha shaxs
valiy emas degani bo’lib qolmaydi. Sababi, yuqoridagi Qur’on oyatlarida
taqvodorlik tavsifi keltirilgan ko’plab musulmonlarga karomatlar in’om etilmagan.


G’ayritabiiy ishlar bir necha zotlarga ato qilinib, Payg’ambarlarga
beriladigan faoliyat Qur’onda oyat (alomat) va Burhon (dalil) iboralari bilan
nomlanib, mo’jiza so’zini ishlatish urfga kirgan. Valiylarga berilgan ishlar
karomat. Sehrgar va folbinlarga beriladigan turli shaytoniy amal hisoblanadi.
Bu g’ayritabiiy ishlarning ichida eng sharaflisi va qudratlisi payg’ambarlarga
beriladigan mo’jiza bo’lib, ular narsalarning asliga o’zgartirish kirita oladigan
kuchga egalar. Karomat esa narsalarning asliga o’zgartirish kirita olmaydi,
sehrgar va folbinlarning ishi bo’lsa faqatgina xayollanishga sabab bo’ladi.


Payg’ambarlarga berilgan mo’jizalar va avliyolarga ato etilgan
karomatlar haq va rostdir. Ammo axborlarda rivoya etilgan Iblis, Fir’avn,
Dajjol kabi Allohning dushmanlariga berilgan va beriladigan g’ayritabiiy
imkoniyatlar mo’jiza ham emas, karomat ham deyilmaydi, balki ularning
hojatlarini ravo etish deb sanaladi.


Download 13.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling