Vanadiy elementining kashf etilishi


Download 199.5 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi199.5 Kb.
#291534
Bog'liq
Vanadiy elementining kashf etilishi
DV-2022-Instructions-English, Elementary Reading Comprehension Test 01, 1854 09.09.2008, Vanadiy elementining kashf etilishi, Ona tili fanidan 5 9 sinflar uchun

Vanadiy elementining kashf etilishi.

«Juda qadim, zamonlarda uzoq shimolda go’zal va hamma yaxshi ko’radigan ma’buda Vanadis yashar edi. Kunlarning birida kimdir uning eshigini taqillatdi. Ma’buda kresloga o’rnashib o’tirdi va «Yana bir marta taqillatsin» deb o’yladi.



Lekin eshik taqillamadi va eshikda uzoqlashayotgan qadam tovushi eshitildi. Vanadis bu odobli, lekin, qat’iyatsiz kishi kim ekanligiga qiziqdi. U derazani ochib ko’chaga qaradi. Bu saroydan shoshib uzoqlashayotgan valer ismli kimsa edi.

Bir necha kun o’tgach uning eshigini kimdir yana taqillatdi. Bu gal u o’rnidan turib eshikni ochmagunicha taqillayverdi. Ma’buda turib, eshikni o’chgach, yosh va kelishgan Nils Sevstryomga ro’baro’ bo’ldi. Tez orada ular bir birlarini sevib qoldilar va tug’ilgan o’gillariga Vanadiy deb ism qo’ydilar.»

 Yuqoridagi jumlalar taniqli shved olimi Bertseliusning 1881 yilda, vatandoshi Nils Sefstryomning Vanadiy metallini kashf etganligi haqida yozgan maktubidan iqtibosdir. Fan tarixiga oid ba’zi bir boshqa manbalarda esa uning ilk marta kashf etilishi yuqorida aytilganidek Sefstryom nomi bilan emas, balki, Meksikalik mineralogiya professori Andres Manuel del Rio bilan bog’lanadi. U mazkur elementni qo’rg’oshin rudalaridan topgan va avval «Panxromiy» keyinroq esa «Eritroniy» deb nomlanishni taklif etgan. Biroq uning olgan natijalari va murojaatlariga Yevropaliklar shubha bilan qarashdi. Bertseliusning maktubidagi birinchi omadsiz kishi esa, Fridrix Vyoler bo’lgan ekan. U ham Meksika konlaridagi rudalarni tadqiq qila turib, vanadiy bilan duch kelgan ekan, lekun tasodifan ftorovodorod bilan zaharlanib qolib, tadqiqotlarni davom ettirolmay qolib, uloqni Sefstryomga berib yuborgan.





Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 6- umumiy

o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Rajabova Hilola
Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling