Vaqt o'tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan о`zgarishi jismning deb ataladi


Download 22.68 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi22.68 Kb.

1-Varyant

  1. Vaqt o'tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan о`zgarishi jismning ... deb ataladi.

A) traektoriyasi. B) mexanik harakati. C) ko'chishi. D) yo'li. E) sanoq sistemasi

  1. Suzuvchi oqimga qarshi suzmoqda. Oqim tezligi 1 m/s. Suzuvchining suvga nisbatan tezligi 3 m/s. Uning qirg'oqqa nisbatan tezligi qanday (m/s)?

A) 4. B) 2. C) 3. D) 1,5. E) 5.

  1. Qanday harakat to‘g‘ri chiziqli tekis harakat bo‘ladi?

A) teng vaqt oraliqlarida bir xil masofaga ko`chuvchi jism harakati.

B) traektoriyasi to`g'ri chiziqdan iborat harakat.

C) hech qanday tezlanishga ega bo'lmagan harakat.

D) tezligining moduli o'zgarmaydigan harakat.



  1. Uzunligi 150 m va tezligi 54 km/h bo'lgan poezd 300 m uzunlikaagi tunneldan necha sekundda o'tadi?

A) 30. B) 20. C) 10. D) 45. E) 55.

  1. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori.....

A) moduli o‘zgarmas bo'lib, yo‘nalishi uzluksiz o'zgarib turadi.

B) nolga teng.

C) <0 holda moduli va yo‘nalishi o'zgarmaydi.

D) >0 holda moduli va yo‘nalishi o'zgarmaydi.



  1. . Jism tekis tezlanuvchan harakat qila boshlab, 2 s da 30 m yo‘l bosgan bo‘lsa, u qanday tezlikka erishgan (m/s)?

A) 15. B) 25. C) 90. D) 60. E) 30.

  1. Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=10t2 (m) ko‘rinishga ega. Uning tezlanishi qanday (m/s2)?

A) 2,5. B) 5. C) 10. D) 20. E) 40.

  1. Rasmda 5 ta jism tezliklarining vaqtga bog`lanish grafiklari keltirilgan. Qaysi jismlar tekis harakat

qiladi?


A)hammasi. В) 1, 4. C) 2. D) 1, 2, 4. E) 3, 5.



  1. Erkin tushish boshlanganidan 4 s o‘tgan paytda jism tezligi necha m/s bo‘ladi?

A) 40. B) 30. C) 20. D) 10.

  1. Tosh yuqoriga vertikal otildi. Tosh traektoriyaning qaysi nuqtasida eng katta tezlanishga ega bo‘ladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

A) traektoriyaning o'rtasida.

B) tezlanish hamma joyda birday va g ga teng.

C) traektoriyaning eng quyi nuqtasida.

D) traektoriyaning eng yuqori nuqtasida.



  1. Quyidagi fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?

A) agar jism biror sanoq sistemaga nisbatan tinch turgan bo‘lsa, uning bu sistemaga nisbatan tezligi nolga teng bo‘ladi.

B) harakatlanish vaqtini topish uchun o'rtacha tezlikni bosib o'tilgan уо`lga bo`lish kerak.

C) tekis harakatda tezlikning son qiymati o'zgarmas kattalikdir.

D) harakatning o'rtacha tezligini topish uchun bosib o'tilgan yo`lni harakatlanish vaqtiga bo'lish kerak.



  1. To‘g‘ri chiziqli va tekis harakatlanayotgan vagon oynasidan buyum tushib ketdi. Yer bilan bog‘langan sanoq sistemada buyum traektoriyasi qanday bo'ladi?

A) giperbola. B) to‘g‘ri chiziq. C) ellips yoyi. D) parabola

  1. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning traektoriyasi qanday bo‘ladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

A) ellips.

B) gorizontga qiya to‘g‘ri chiziq.

C) aylana.

D) gorizontal to`g`ri chiziq.



E) parabola.

  1. Jism 20 m balandlikdan gorizontga 300 burchak ostida 30 m/s tezlik bilan otildi. Jism necha sekund uchgan?

A) 2. B) 3. C) 4. D) 5. E) 6.

  1. Moddiy nuqta aylana bo‘ylab tekis harakatlanmoqda. Uning tezligi va tezlanishi vektorlari orasidagi burchak qanday?

А) π. В) π/2. C) π/3. D) π/6. E) 0
Download 22.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling