Vaqtni idrok qilish va shaxs. Shaxsning psixologik vaqti Reja: Idrok haqida umumiy tushuncha


Download 22.56 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi22.56 Kb.
#1180545
  1   2   3
Bog'liq
Vaqtni idrok qilish va shaxs


Vaqtni idrok qilish va shaxs. Shaxsning psixologik vaqti
Reja:

1. Idrok haqida umumiy tushuncha.

2. Idrokning fiziologik asoslari .

3. Idrokning turlari.

4. Idrok xususiyatlari.

Idrok haqida umumiy tushuncha.
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) deyiladi
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va xodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to’la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo’zg’aluvchilar ta’siri tufayli juda ko’p muvaqqat bog’lanishlarvujudga kelgan bo’ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo’lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo’lib aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi.
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi kuplab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan fark qiladi.


Download 22.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling