Variant-8 Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari


Download 98.08 Kb.
bet1/5
Sana22.04.2023
Hajmi98.08 Kb.
#1379930
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Variant-8


Variant-8
1.Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari.
2.Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg'arish. Jamg'arish normasi.


Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning sohalari.
Iqtisodiy rivojlanish qishloq xo’jalik tarmoqlarida doimo sanoat, savdo, transport va boshqa sohalar bilan bog’liq bo’ladi. Mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jalik xom ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo’jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg’un rivojlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu holat tarmoqlarning yagona, yahlit tizimini keltirib chiqarishga asos bo’ladi.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste‘molchilarga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotdari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib borish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.
ASM to’rtta sohani o’z ichiga oladi:

  • birinchi soha – qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalri yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar;

  • ikkinchi soha – qishloq xo’jaligi o’zi;

  • uchinchi soha – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste‘molchiga yetkazib berishni ta‘minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish);

  • to’rtinchi soha – odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan infrato’zilma (yo’l-transport xo’jaligi, aloqa, moddiy texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan iborat.

Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalrni (uy-joy, madaniy maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqalarni) o’z ichiga oladi.
Masalan, qishloq xo’jaligida yerni unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan ishlarga 75 mlrd so’mdan ortiq mablag’ o’zlashtirildi. Bu mablag’ni ko’p qismi kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv xo’jaligi tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta‘minlashga ishlatildi.
Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek: “Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega”. Shu sababli respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash Dasturini amalga oshirish bo’yicha 2009 yilda bir qator ishlar amalga oshirildi va davom ettirilmoqda. (Konstitutsiyaning qabul qilinganligiga 17 yilligi munosabati Prezident i. A. Karimovning ma‘ruzasiga qaralsin. “Xalq so’zi” gazetasi 6 dekabr, 2009 yil) Bozor sharoitida qishloq хо'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi barcha bo'g'inlar bozor talabi doirasidagi tovarlarni iste'molchiga taklif etish orqali o'z xarajatlarini qoplashi vа daromad ko'rishi lozim. Bunda agrosanoat integratsiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Agrosanoat integratsiyasida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchi хо'jaliklar birlashgan bo’lib, ularning ish1ab chiqarish faoliyati samaradorligi integratsiya doirasidagi bo'g'inlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga bog'liq. Qishloq xo'jaligi vа unga tutash tarmoqlarning uzviy birikishi jarayoni
agrosanoat integratsiyasida namoyon bo'ladi. Natijada turli tarmoqlarning o'zaro hamkorligi oqibati sifatida agrosanoat majmuasi yuzaga keladi.
*100rRPn
Pn – yerning bahosi;
R – renta hajmi;
r – foiz stavkasi.

O'zbekiston Respublikasi yalpi qishloq хо'jalik mahsulotini ishlab chiqarishda xo'jalik yuritish ayrim shakllarining salmog’i (%da)


Fermer va dehqon хо'jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish Q'zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi, "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi, "Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida"gi Qonunlariga (yangi tahriri, 2004 yil 26 avgust) hamda qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini аnа shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi хо'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish muhim yo'nalish etib belgilandi.
"Fermer хо'jaliklari qishloq хо'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko'rsatishlari lozim. chiqaruvchi, chorvachilik uchun omixta уеm ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo'jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar va boshqalar kiradi. Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligini sanoatlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnika taraqqiyoti uchun asos yaratish, majmuaning barcha bo'g'inlarini samarali faoliyat ko'rsatishi uchun shart-sharoit barpo etishga imkon yaratadi. Qishloq хо'jaligi mahsulotlari va umuman pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir maromda kechishi, uzluksizligi va ommaviyligi ushbu tarmoqlar faoliyatiga bog'liq.1
• Ikkinchi sohaga bevosita qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklari kiradi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasining ikkinchi sohasiga, pillachilik, asalarichilik, qisman o'rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o'simliklar yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi. Bu soha agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etadi. Majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu soha mahsulotlari asosida faoliyat yuritadilar yoki ushbu sohaga xizmat ko'rsatadilar.
• Tarmoq va korxonalar moddiy ishlab chiqarish faoliyatiga ta'sir etuvchi, uni tashkil etishda bilvosita ishtirok etuvchi shunday muassasalar mavjudki, ular mohiyatan infratuzilma tushunchasi va atamasi tarzida talqin etiladi hamda ishlab chiqarish shart - sharoitlarini yaratuvchi tarmoqlar majmuidan
iborat bo'ladi. Bular yo'l-transport xo'jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulot1arni saqlash tizimi, ombor va tara хо'jaligi va boshqalar. Infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirmasdan turib, agrosanoat majmuasining barcha sohalarida samaradorlikni oshirishga erishib bo'lmaydi va uning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga ajratilgan kapital quyilmalar nafaqat
bevosita egasiga, balki ASMning boshqa sohalaridagi korxonalarning daromadlarini ko'paytirishga ham imkoniyat yaratib beradi.
Infratuzilma iqtisodiy-huquqiy, savdo-vositachilik, mоliya-kredit, tashqi-iqtisodiy va axborot xizmatlari ko'rsatishda ishtirok etib, qishloq хо'jaligi sub'ektlarining iqtisodiyotdagi barcha sub'ektlar bilan moddiy va moliyaviy resurslar harakatini bog'lovchi bo'g'in bo’lib xizmat qiladi.2
Agrosanoat majmuasining uchinchi sohasi qishloq хо'jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o'z ichiga qamrab oladi. Paxta, go'sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog'-moy
kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug'ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Download 98.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling