Vasila Gaziyeva, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi


Download 421.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.03.2020
Hajmi421.36 Kb.

Vasila Gaziyeva,

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

TATU «Chet tillar» kafedrasi

katta o‘qituvchisi,

Barchinoy Shoyimova,

TATU talabasi 

Ma’lumki, har bir davlatning o‘z milliy ramzlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikni, taraqqiyotni ta’minlovchi vosita ham 

aynan davlat ramzlari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bizning mamlakatimiz ham uzoq yillik mashaqqatlardan so‘ng istiqlol 

oftobi yorqin nur sochgan 1991-yilning 31-avgust sanasida o‘z mustaqilligini rasman qo‘lga kiritdi. Ushbu kun millatimiz 

tarixining zarvaraqlariga oltin harflar bilan muhrlandi. Mustaqillikdan so‘ng birin-ketin davlatimiz ramzlari – mamlakat 

bayrog‘i, gerbi va madhiyasi qabul qilindi. 1992-yil 8-dekabrda esa xalqimizning, davlatimizning dunyodagi mavqeyi, 

istiqbolini huquqiy jihatdan mustahkamlagan va kafolatlagan muhim hujjat, Bosh Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi qabul qilindi.



KONSTITUTSIYA — 

TARAQQIYOTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI

a’lumki, Konstitutsiya qonunlarga 

asos bo‘luvchi, davlatning huquqiy 

maqomini belgilovchi muhim huj-

jatdir. Bosh Qomusimiz hisoblangan Konsti-

tutsiya xalqaro standart talablariga to‘la javob 

beradigan darajada mukammal tarzda yaratil-

gan. Respublikamiz Konstitutsiyasi mamlaka-

timizning kelajagi, jahon miqyosida tutgan 

o‘rnining mustahkam bo‘lishida muhim aha-

miyatga ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshi-

rishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqti-

sodiyotining huquqiy negizlarini yaratishdan 

w w w.infocom.uz

14


iboratdir. Avvalboshdanoq, biz o‘zimiz uchun 

muhim saboq chiqarib, zarur huquqiy omilni 

shakllantirgan holda, tegishli qonunlar va 

me’yoriy hujjatlarni qabul qilib, islohotlarni 

amalga oshirishning ishonchli kafolati, islo-

hotlar ortga chekinmasligining kafolati amal-

da ta’minlandi. Chunki «bizning bosh strate-

gik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, 

bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin 

demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jami-

yatining mustahkam poydevorini shakllanti-

rishdan iborat»dir.

Bozor iqtisodiyotini qaror toptirish 

yo‘lida huquqiy jihatdan ko‘p ishlar qilindi. 

Bozor munosabatlarini rivojlantirishga imkon 

beradigan Konstitutsiya normalari asosida 

yangi qonun hujjatlari majmui yaratilmoqda. 

Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasiga tegishli 

bo‘lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllan-

tirishning huquqiy negizini barpo etadigan 

asosiy qonun hujjatlari qabul qilinib, islohot-

larning huquqiy negizini yaratish bir qancha 

muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi.

Tizimdagi o‘zgarishlarga, sifat jihatidan 

yangi iqtisodiy munosabatlarga va eng av-

valo, mulkchilik munosabatlariga asos sola-

digan qonunlar majmui yaratildi. O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul 

qilingan ana shunday bazaviy, asoslarni bel-

gilab beruvchi qonunlar jumlasiga mulkchilik 

to‘g‘risidagi, yer to‘g‘risidagi, davlat tasarrufi-

dan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi, 

ijara to‘g‘risidagi, davlat uy-joy fondini xusu-

siylashtirish to‘g‘risidagi va boshqa qonun-

larni kiritish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Shavkat Mirziyoyev: «Samarali mehnat uchun 

zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy 

uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam 

olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoni-

yatlar yaratish — bularning barchasi iqtisodiy 

sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmu-

nini belgilab beradigan muhim omillardir» 

— deya ta’kidlagandilar. Mamlakatimizda in-

vestitsiya siyosatini kuchaytirish masalasiga 

biz alohida ahamiyat qaratishimiz kerak. 

Xorijiy sarmoyalarni va ilg‘or texnologiyalarni 

iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi 

diplomatik vakolatxonalarimiz jiddiy ish olib 

borishlari lozim. Buning uchun Tashqi ishlar 

vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mam-

lakatlardagi elchilarimiz nafaqat siyosiy, ayni 

vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish 

masalalari bilan ham faol shug‘ullanishlari 

darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini na-

zorat qilish uchun Oliy Majlis Senatining 

Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasining faoli-

yat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur. 

Bu qo‘mita xalqaro iqtisodiy hamkorlik, chet 

el investitsiyalarini faol jalb etish masalalari 

bo‘yicha parlament nazoratining muhim 

bo‘g‘iniga aylanishi lozim. Qo‘mita mamlaka-

timizda investitsiyalarni jalb qilish borasidagi 

ishlarning samaradorligi, bu sohadagi muam-

molar, to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, inves-

titsiyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha tegishli 

idoralarning mas’uliyatini oshirish choralarini 

ko‘rishi maqsadga muvofiqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 

nafaqat davlatimizning asosiy qonuniy hujjati

balki, o‘z navbatida, xalqimizning eng yuksak 

insoniy qadriyatlari aks etgan qomusi ham hi-

soblanadi. Chunki Konstitutsiyamizda boshqa 

davlatlar qomusida uchramaydigan oila, ota- 

ona va farzandlarning insoniy mas’uliyat va 

burchlari to‘g‘risida boblar mavjud. Bu orqali 

davlatimiz siyosatida insonparvarlik va mil-

liy qadriyatlarning ustuvorligi yaqqol ko‘zga 

tashlanadi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Res-

publikasi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy tafak-

kurining noyob namunasi va davlatimizni 

jahonga yuzlashtiradigan huquqiy hujjatdir. 

Ushbu qomusiy manba millat taqdirida be-

qiyos ahamiyat kasb etadi. Zero Prezidentimiz 

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Mus-



taqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz 

yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli 

fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari 

va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqti-

sodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod 

va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning 

xalqaro maydonda munosib o‘rin egal-

lashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat 

qilmoqda».

15

eжeмeсячный инфoрмaциoннo–aнaлитичeский жyрнaл /



 

¹12 / 2018



Ta’lim


Download 421.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling